Мevalar g’arq pishadigan, dehqonlarimiz hirmoniga baraka kiradigan kuz faslida dimlama yeyish bir boshqacha bo’lsa kerak a? Ayniqsa, ariq bo’yida, daraxt soyasi tagida mehnat qilib bo’lgach, behili dimlama dasturhonga kelsa"¦
O’zbek milliy taomlari ichida dimlama o’zining turli xil ko’rinishlari bilan o’ziga xos joy egallagan. Keling, behili dimlama qanday tayyorlanishini, qaysi masalliqlar kerak bo’lishi bilan tanishib chiqaylik.
Masalliqlar:
1. Behi (nordon turi imkoni boricha)
2. Qo’y go’shti, dumba
3. Piyoz, bulg’or qalampiri, sabzi, pamildori, sarimsoq.
4. Ziravorlar.