Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!  ( 466794 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 82 B


Humayro  23 May 2011, 14:10:11

Ассаламу алейкум вр вб
Имом Ахмад ибн Кудома Макдисийнинг "Минхожул-Косидийн" (Саодат изловчиларга кулланма) китобини изласпман. билганлар хабар колдиринглир Аллох рози булсин

Qayd etilgan


Shuhratbek_88  24 May 2011, 10:10:22

Menga Facebook haqida ma'lumot beringlar, iltimos. Qanaqa sayt u? Javob uchun oldindan Rahmat

Qayd etilgan


BelleQizcha  24 May 2011, 17:20:54

Pokiston va Hindiston o'rtasidagi Kashmir haqida malumot bervorila, o'zim yiqqan informatsiyalar yetarli bo'mayapti...
oldindan rahmat.

Qayd etilgan


ibnUyayna  25 May 2011, 23:40:41

oldindan rahmat.
 arzimidi
 jaa unchali kop narsa bilmimanu xulosasini qiberaman.
 Britaniya mustamlakasi bogan Hindistonni 2 ga bolib tashagan.Aholisi musulmonlardan iborat bogan qismida Pokiston davlati paydo boldi.Endi shu kashmir degan joy 2lasini ortasida talash bop yotibdi.InshaAllah biz Hind butparastlaridan Kashmirri olamiz.
 1947-йилларда Кашмирда ҳиндлар, мусулмонларнинг 70 000 дан зиёдини қириб ташладилар. Шулардан 3370 тасини то слгунларига қадар қийнаганлар. Юз минглаб мусулмонларни ҳеч қандай маҳкамасиз қамадилар.

Qayd etilgan


ibnUyayna  26 May 2011, 00:03:57

Ассаламу алейкум вр вб
Имом Ахмад ибн Кудома Макдисийнинг "Минхожул-Косидийн" (Саодат изловчиларга кулланма) китобини изласпман. билганлар хабар колдиринглир Аллох рози булсин


 Ozbekchaga tarjima qilinganmi?
 Yoki arabchasi keremi?

Qayd etilgan


Usmon  27 May 2011, 22:41:04

Pokiston va Hindiston o'rtasidagi Kashmir haqida malumot bervorila, o'zim yiqqan informatsiyalar yetarli bo'mayapti...
oldindan rahmat.


Xolajon...mana buni ovolin asqotib qolar..

Kashmir  — Hindiston yarimorolining shimoli-g’arbida joylashgan bahsli viloyat, tarixan — Himolaydagi sobiq knyazlik. Kashmirning bo’linishi hech qanday chegara to’g’risidagi rasmiy kelishuvlarda belgilanmagan bo’lib, uning hududi asosan Hindiston va Pokiston o’rtasidagi keskinlik o’chog’i hisoblanadi.

Kashmir shimolda Afg’oniston bilan, sharqda Xitoyning Shinjon-Uyg’ur va Tibet avtonom rayonlari, janubda Hindistonning Ximachal-Pradesh va Panjob shtatlari va g’arbda Pokiston bilan chegaradosh.

Bugungi kunda Kashmir Hindistonning hududi 101 387 km² va aholisi 10,1 million kishidan iborat Djammu va Kashmir shtatiga (Ladakx provintsiyasini qo’shib hisoblaganda); o’zini davlat deb e’lon qilgan, tan olinmagan, Pokiston tomonidan nazorat qilinuvchi hududi 13 000 km² va aholisi 3,6 million kishidan iborat Ozod Kashmir davlatiga; Pokiston nazorati ostida bo’lgan maydoni 72 500 km² va aholisi 1 mln kishidan iborat "œshimoliy hududlar"ga; Hitoy yurisdiktsiyasi ostida bo’lgan maydoni 37 555 km² va bir necha ming kishilik aholiga ega bo’lgan kichik hududga bo’linadi. Kashmirning umumiy hududi - 222 236 km².

Tarixda Kashmir karvon yo’llarining (jumladan Buyuk Ipak yo’lining) chorrahasida joylashgan bo’lib, Uzoq SHarq, o’rta Osiyo, YAqin SHarq va Janubiy Osiyoni tutashtirib turgan. Kashmirning shimolida asosan musulmonlar, janubida — induistlar, sharqida — buddistlar istiqomat qilishgan. Biroq konfessiyalar ko’p asrlar davomida tinchlikda va muvozanatda yashashagan va umumiy identifikatsiya hosil qila olishgan.

14-asrda Dulucha boshliq mo’g’ullar Kashmirga bostirib kiradilar va induistlar hukmronligiga deyarli barham beradilar. Shundan so’ng Kashmirda Roja Shaxadev, undan keyin Rinchen 3 yil hukmronlik qiladi.

Ulardan so’ng Shams-ud-Din Shaxmir Kashmirdagi birinchi musulmon hukmdor bo’ladi va Shax-Miriylar (Svati) sulolasiga asos soladi.

19-asr o’rtalariga kelib Kashmirda 4 asrlik mo’g’ul musulmonlari va afg’onlar hukmronligi yakuniga yetadi va Kashmir Durroniylar imperiyasi tarkibidan chiqadi — Kashmirni Sikxlar bosib oladi.

1846 va 1947 yillar orasida Kashmir katta yarimmustaqil davlat bo’lib, britaniya kolonial administratsiyasi uni faqat rasman induist maxarojalarga sotgan.

1947-1948 yillar

1925 yilda Kashmir taxti Xari Singxga meros bo’lib qoldi va 1947 yilda Britaniya Hindistonining bo’linish paytida u mustaqil monarxga aylandi. Kelishuvga ko’ra Hindiston yoki Pokistonga qo’shilish uning ixtiyorida qoldi. Kashmirda 77 % aholi musulmon bo’lganiga qaramay, ichki viloyatlarda musulmon bo’lmagan aholi ham ko’p edi. 14/15 avgust kuni britaniyaliklar Kashmirni tark etgach, maxaroja Pokistonni tanlashi kutilgandi. U bunday qilishdan bosh tortganda pushtunlar Kashmirga bostirib kirib, hukmdorga bosim o’tkazish uchun partizanlik urushi ochadilar. Shunda maxaroja Mauntbettenga yordam so’rab murojaat qiladi, General-Gubernator esa Kashmirning Hindistonga qo’shilishi sharti bilan rozi bo’ladi. Maxaroja Birlashuv Aktini imzolaydi va Hind qo’shini Kashmirdan Pokiston harbiylarini chiqarib yuboradi.

1948 yil oxirida BMT tomonlar o’rtasida o’t ochishni to’xtatish to’g’risidagi kelishuvga erishdi. Biroq Hindiston va Pokiston o’rtasidagi nizolar kuchayib bordi. 1949 yilda Hindiston va Pokiston orasidagi harbiy nizo tufayli Kashmir mamlakatlar o’rtasida taxminan teng bo’lingan va bugungi kungacha shu hol saqlanib kelmoqda.

Hindiston sobiq knyazlikning taxminan yarmini nazorat qiladi; Pokiston esa — 1/3 qismini — Gilgit-Baltiston va Ozod Kashmir. "Britannika" entsiklopediyasi ma’lumotiga ko’ra, «Kashmirda 1947 yilda musulmonlar ko’pchilikni tashkil etgani va geografik joylashuvi, madaniyati va iqtisodiyoti jihatidan u Panjobga yaqinroq ekani ochiq-oydin ko’rinib turgan bo’lsa ham, siyosiy o’zgarishlar Kashmirning bo’linishiga olib keldi. Pokistonga musulmonlar yashaydigan, ammo kam aholi istiqomat qiuvchi va iqtisodiy qoloq hudud nasib qildi. Katta musulmon guruhlari Hindiston nazorati ostidagi hududda qoldi va u erda musulmonlar aholining yarmini tashkil qiladi. Hindison Jelama vodiyidagi yo’llarni yopib qo’ygach, ular Pokistondan ajralib qoldilar».

Kashmirning sharqiy qismi ham bahsli hisoblanadi. 1950-yillarda Xitoy Kashmirning Aksay-Chin qismini bosib oladi, 1963 yilda Pokiston tomonidan Trans-Qoraqurum Traktiga asosan yana 8% hudud Xitoyga qo’shib beriladi.

Bugungi kunda Hindiston va Pokiston bir-biri tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarni tan olmaydi. Shuningdek, Hindiston 1963 yilda Xitoyga berilgan hududga da’vogarlik qiladi. Pokiston esa shu hudud va Aksay-CHindan boshqa barcha hududlarga da’vogarlik qilib keladi.

Shtat ustidagi konfliktli holat 1965 yildagi hind-pokiston urushiga va 1999 yildagi Kargil konfliktiga olib keldi.

wikipedia маълумотлари асосида
P.S. Атоқли отлар баъзилари русчадан қандай бслса шундайлигича олиб қсйилган.

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 May 2011, 02:05:21

ovora bobsiz, og'lim....lekin rahmat.. rahmat tugmasini lekin bosgim kemayapti..

Qayd etilgan


registan  06 Iyun 2011, 14:17:36

Fayllarni to'g'ridan-to'g'ri saytdan yuklasa bo'ladigan, Tas-IX tarmog'iga kiradigan "fayl obmennik" bormi?

Qayd etilgan


Akbarjоn  06 Iyun 2011, 14:39:33

dump.uz

file.nnm.uz

file.comnet.uz

myfolder.uz


larni sinab ko'ringchi

Qayd etilgan


registan  06 Iyun 2011, 14:50:56

dump.uz

file.nnm.uz

file.comnet.uz

myfolder.uz


larni sinab ko'ringchi

Javob uchun rahmat, dump.uz va myfolder.uz da unaqa xizmat yo'q. file.comnet.uz bu yerda ochmayapti, file.nnm.uz ga esa to'g'risi tushunmadim, ssilka orqali yuklash, FTP, yana bir nimalar bor ekan. Tushunadigan kishi bo'lsa aytib yuborsalaringiz. Man bir saytdan video yuklamoqchiman, mytube.uz va metube.uz u saytdan ololmaskan. U-bu kishi bilsa aytib yuborsa, duo qilardim, Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan