
Kamina bundan bir yarim yilcha oldin internetda bir sayt tuzgan edim. Saytdan asosiy maqsadim bitta saytga barcha o'zbekcha foydali narsalarni jamlash edi. Nomini ham Hamma.cuoz.ru deb qo'ygandim. Boshida saytga ancha mulohazali, o'zimga maqul bo'lgan maqolalarni qo'sha boshladim. Keyin semestr oxirlab mutlaqo saytga qaramay qo'ydim. Bir internetdagi tanishimga saytni topshirdim. Shu vaqtgacha deyarli sayga o'zim kirmadim. Faqat o'zimga maqul bo'lgan mazmumli maqolalarga link berdim. U yigit esa ularni bazisini joyladiyu, bazisini jolamadi. Saytda turli rasmlar ham qo'shilgan bo'lib ularnining orasida betayinlari ham ko'p ekan.
Hullas o'tgan hafta men saytni qayratib oldim va uni foydali, manfaatli malumotlar, fayllar bilan to'ldirish niyatidaman. Bu ishda manga yordamchilar kerak.
1.Sayt uCoz tizimida bo'lib, men ucozda dizayn bilan ishlashni uncha qoyillatmayman. Shuning uchun menga birinchi dizayn bo'yicha yordamchi kerak.
2.Saytdagi har hil bemani maqola, rasmlardan tozalashga ham yordamchilar kerak.
Saytdan asosiy maqsad insonlarga foyda keltirish, o'zbeklar o'zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni topib, bilimlarini, dunyoqarashlarini kengaytirish...
Kimda qanday fikr, mulohaza, taklif bo'lsa marhamat qilib o'rtoqlashishlarini iltimos qilardim...
Hurmat bilan...