2 kurs paytimiz "country study" degan fanimiz bo'lardi...
Bir seminar mavzusi biron davlatni bayrami yoki odatlarini sahna ko'rinish qilib berish edi. Xaqiqiy studentmizda, darsga 3 kun qolganda tayyorlandik. Inglizlarni yangi yil kutib olishlarini ko'rsatmoqchi bo'ldik:
"Odin doma" yangi talqinda. Siddiqaxon bosh rolda.
Inglizlar odatiga ko'ra yangi yilda dasturxonda pishirilgan kurka bo'lishi lozim ekan. Kurka olib kelish xam siddiqani bo'yniga tushdi.
Hamma narsa tayyor, faqat siddiqa kurkaga o'xshagan yumshoq o'yinchog'ini topolmay, o'rniga......jirafa(!) ko'tarib kebti

.Tag'in pushti rang! Endi u jirafani amallab bo'ynini qiyshaytirib boylab laganga o'tqizib ustini sochiq bilan yopib qo'ydik. Mayli, yangi yil ham kirib keldi. Oyisi rolidagi qiz "kurka''ni dasturxonga qo'yishi bilan hamma oila a'zolari (ya'ni qolgan studentlar) "TURKEY!!!!" deb chapak chalishdi. Oyisi sochiqni ko'tarsa,....
bo'ldi kulgi, bo'ldi kulgi......

Bechora jirafani bo'ynini boylab qo'yganimiz yechilib ketibdi, oyisi ustini ochmasdan Turkeyni kallasi lagandan osilib qolsa bo'ladimi...
Sahan ko'rinishimiz "Jingla bells" qo'shig'i bilan tugashi lozim edi, qo'shiq ham 1 kun oldin berilganiga faqat 2 qiz yaxshi yodlab kebti. Qolganlar shpargalka olib olgan. Qo'shiqni chala-chulpa boshladik (to'g'rirog'i faqat 2 qizni ovozi chiqdi) Lekin naqorati yaxshi esda qoldan ekan."Jingle bells, Jingle bells, Jingle all the way"
Naqoratda ashula baland bo'lib ketadi, matniga kelganda pasayiiiiib ketadi.
Xullas, tamosha qilib o'tirgan paralell gruppa ham, o'qituvchi ham rosa kulishgandi.
Baho olish uchun nimalar qilmaganmiz...