FAQAT TALABALAR UCHUN!!!  ( 202876 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 40 B


Ansora  18 Noyabr 2009, 14:36:01

Haaa, talabalik yillari haqida qancha gapirsak, shuncha oz : )
Talabalar qadrini bilinglar, men ham o'zi yaqinda talabalikni tugatdim, lekin keyingi yilga niyyat qilib turibman, doktorantura imtixonlarini o'ta olsam, yana qo'limda "studentcheskiy" bilan avtobuslarda mazza qilib yuraman deb : )

Uyimdagilar haliyam kulishadi, o'qib to'ymadingmi, deb. Yooo, deyman, inson hayotini har lahzasida bir narsalar o'rganish bilan o'tkazsa umri yana ham mazmunli o'tadi. İnsonlarga ham zarari kamroq tegadi, aytishadi-yu Bekorchidan Xudo bezor, deb : )

Bugun bir voqea esimga tushib ketdi. Nizomiyda 1 chi kursdamiz, oktyabr bo'lgan bizga endigina Turk tili domlasi kelibdi, degan xabar tarqaldi kursda. Hammamiz hayajonlimiz. Men ham  : ) Chunki hayotimda ilk marotaba Turk ko'raman-da  : )
Domlamiz (xozirgi kunda Chanaqqal'a Unv-da Dotsent Doktorlar) Yusuf Avji xonaga kirishlari bilan "gup" etib odekolonlarini hidi keldi.

Ko'zlari va mo'ylmovlari qop-qora edi. Oradan yillar o'tib İstambulda domlam bilan ko'rishdim. Qora ko'zlar oldingiday teran va "yosh" boqmas, mo'ylovlarga esa oq tushgan edi....Ah yillar yillar, degandim o'shanda....

Ha xonaga kirdilar. Salom berdilar. Biz ham bir ovozdan a.alaykum, dedik. O'tirdik.

Domla doskaga harflarni yoza boshladilar.

"Kuchuk harf", deyishlari bilan hammamiz kulib yubordik.

Domla hayron, ozgina hijolat ham bo'ldilar. Biz haliyam kulyabmiz. Hayron boqishlariga taskin berish uchun Toshkentlik dugonamiz Gavhar o'rnidan turib, shirin Toshkent shevasi bilan: "Domlee, kuchuk bizda kichkina it, degani, (yana qo'li bilan harakatlar qildimi-yey) hav hav, gav gav" ,dedi  : )

Butun sinf yana qotib kuldik. Domla ham qizarib ketdi, lekin juda juda xursand edi....

(bu kuchuk masalasini registan ham litseydagi xotiralarida aytib o'tgandilar, xayolga sig'magan xayollar'da)

Ah o'sha kunlar, inshalloh xotiralardan yozib boraman.

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 18:08:28

Bizda darsning o`rnida faqat qiziq voqealar bo`lyapti!!!!

Qayd etilgan


Ansora  25 Noyabr 2009, 13:36:27

Bizda darsning o`rnida faqat qiziq voqealar bo`lyapti!!!!

Nimalar bo'lyabdiykan : )
Biz ham vaqtida dars bo'lmasa rosa xursand bo'lar edik. Endi esa shunday pushaymon bo'laman-ki koshki shu darsni yaxshiroq o'tsak edik, yana ham yaxshi o'rgangan bo'lardik darsimizni, deb.

Qayd etilgan


siddiqa  26 Noyabr 2009, 01:04:48

 :as:
litsey paytimdan beri unversitetda to'g'risini aytsam sevimli o'qituvchim bo'lmagandi ,lekin bu o'qituvchi opani  kundan kunga yahshi ko'rib borayapman ,
yana litseydagi sevimli o'qituvchiga sevimli o'quvchi bo'lish tuyg'usini his qilayotgandekman .
Bugun ustozning qalbiy dardlaridan ularning ayrim savollarga sukunat orqali yengilgina uh tortishlaridan sezib qoldim ,
Alloh rozi bo'lsin bergan har sohadagi bilimlaridan .
ustoz hayitga besh qo'yib bering ;D ;D ;D ;D hamma talabani dardi shu ,
ularning javoblari  sokingina bo'ldi: hayitni judayam yahshi ko'ramanda .

Qayd etilgan


MSJON  26 Noyabr 2009, 16:10:51

Nimalar haqida gap ketyapti bu yerda

Qayd etilgan


MSJON  26 Noyabr 2009, 16:34:48

shpionlar haqida gaplashvommiz....

Ular nima deyishyapti bilsak bo'ladimi>???<

Qayd etilgan


Abdullоh  28 Noyabr 2009, 19:17:28

Universitetda hammasi dabdala bo'lib ketdi. Bular talabalarni robot deb o'ylashyapti shekilli. Hamma fandan mustaqilishmiyey, kursavoymiyey, hammasi bir go'r... Qulog'ingni qashishga vaqt yo'q. Ammo, forum.ziyouz.com ga har doim vaqt topiladi...   :D

Qayd etilgan


siddiqa  30 Noyabr 2009, 02:28:34

Universitetda hammasi dabdala bo'lib ketdi. Bular talabalarni robot deb o'ylashyapti shekilli. Hamma fandan mustaqilishmiyey, kursavoymiyey, hammasi bir go'r... Qulog'ingni qashishga vaqt yo'q. Ammo, forum.ziyouz.com ga har doim vaqt topiladi...   :D
:as:
Talabalar charchamanglar.
ayniqsa 3 kurslarni limonday siqib suvini ichishyapti hali sessiya boshlanmay turib  ;)
logiya bn tugovchi fanlar har gal qo'rqitadi yosh bollarni + li baholar bilan ,
mayli buni ham o'z gashti bor ,lekin haliyam stipendiya berishmagani ja yomon bo'ldide :( :(

Qayd etilgan


MSJON  30 Noyabr 2009, 09:01:22

Talabalar qandoqsizlar.....
Charchamasdan yuribsizlarmi??
Hozir darsga 5 minut kechikib borgandim eshikni orqasidan yopishga majbur qilishdi :( Nima qilishni bilmay forumdoshlarni ahvolidan xabar olay deb kirgandim....
Nima yangiliklar

Qayd etilgan


MSJON  02 Dekabr 2009, 14:20:01

Talabalar nimaga jimsizlar????

Qayd etilgan