Talabalikda juda ko'p qiziqarli voqea bo'lgan. Parkentlik dugonam bilan juda "qalin edik". Bilasizlar, Parkentni uzumi, mayizi mashhur. Dugonam doimo uydan mayiz olib kelardi. Darsda domlalarga sezdirmay yeb o'tirardik

Yana bir kuni Ababiyot tarixi, darsimizdamiz, biz yana mayiz ziyofatimizdamiz.
Domla ham mashalloh, Hoji va 80 dan oshgan ayol edilar. Ovozlari juda ta'sirchan edi. Bir "Alisher Navoiy", deyishlari bilan xonaning derazalari titrab ketardi.
Dars tugab, domla xonadan chiqa boshladilar. Biz ohirgi partada edik. Bizga sekingina yaqinlashib: "Qalay qizlar, mayiz shirin ekan-mi" ?, desalar bo'ladimi

Dugonam bilan qip-qizil bo'lgandik.....Rosa uyalganmiz, biz "uzoqdagi uzumni qanday ko'rdilar-a", deb rosa hayron bo'lgandik