Haaa, talabalik yillari haqida qancha gapirsak, shuncha oz
Talabalar qadrini bilinglar, men ham o'zi yaqinda talabalikni tugatdim, lekin keyingi yilga niyyat qilib turibman, doktorantura imtixonlarini o'ta olsam, yana qo'limda "studentcheskiy" bilan avtobuslarda mazza qilib yuraman deb
Uyimdagilar haliyam kulishadi, o'qib to'ymadingmi, deb. Yooo, deyman, inson hayotini har lahzasida bir narsalar o'rganish bilan o'tkazsa umri yana ham mazmunli o'tadi. İnsonlarga ham zarari kamroq tegadi, aytishadi-yu Bekorchidan Xudo bezor, deb
Bugun bir voqea esimga tushib ketdi. Nizomiyda 1 chi kursdamiz, oktyabr bo'lgan bizga endigina Turk tili domlasi kelibdi, degan xabar tarqaldi kursda. Hammamiz hayajonlimiz. Men ham
Chunki hayotimda ilk marotaba Turk ko'raman-da
Domlamiz (xozirgi kunda Chanaqqal'a Unv-da Dotsent Doktorlar) Yusuf Avji xonaga kirishlari bilan "gup" etib odekolonlarini hidi keldi.
Ko'zlari va mo'ylmovlari qop-qora edi. Oradan yillar o'tib İstambulda domlam bilan ko'rishdim. Qora ko'zlar oldingiday teran va "yosh" boqmas, mo'ylovlarga esa oq tushgan edi....Ah yillar yillar, degandim o'shanda....
Ha xonaga kirdilar. Salom berdilar. Biz ham bir ovozdan a.alaykum, dedik. O'tirdik.
Domla doskaga harflarni yoza boshladilar.
"Kuchuk harf", deyishlari bilan hammamiz kulib yubordik.
Domla hayron, ozgina hijolat ham bo'ldilar. Biz haliyam kulyabmiz. Hayron boqishlariga taskin berish uchun Toshkentlik dugonamiz Gavhar o'rnidan turib, shirin Toshkent shevasi bilan: "Domlee, kuchuk bizda kichkina it, degani, (yana qo'li bilan harakatlar qildimi-yey) hav hav, gav gav" ,dedi
Butun sinf yana qotib kuldik. Domla ham qizarib ketdi, lekin juda juda xursand edi....
(bu kuchuk masalasini registan ham litseydagi xotiralarida aytib o'tgandilar, xayolga sig'magan xayollar'da)
Ah o'sha kunlar, inshalloh xotiralardan yozib boraman.