FAQAT TALABALAR UCHUN!!!  ( 189025 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 40 B


Muslima.bgm  17 Dekabr 2009, 15:17:35

Men Jahon Tillari Universitetiga kirish uchun(2003 yil) imtohon topshirganimda xam juda qiziq voqea bo'lgan. Bilsangiz xalqaro jurnalistika fakultetiga kirish uchun 2 marta ,ijodiy va test imtihon bo'ladi. Ijodiydan eng yuqori ballni olganman.Keyin bir necha kundan keyin test javobi chiqdi.Qarasam byudjetga kiribman, dugonam esa kontrakt. Lekin negadir biz topshirgan yili test javoblari chiqqanda ingliz tili 1kun kechikib chiqdi. Ertasi kuni ingliz tili javoblari xam chiqi. Qarasam man kontraktda, dugonam esa byudjet bo'lib turibdi. Shunaqangi kulgandik ikkimiz.......

Qayd etilgan


Ansora  17 Dekabr 2009, 15:20:29

Yana bir kuni "Bozor iqtisodiyoti" degan darsimizda domla yozma ish qiladigandi. Biz bechora til-adabiyotchilar" iqtisod" degan narsani qanchalik tushunaylik-ki:)

Butun sinf sinovga tayyorlanmay kelibdi. 10 talaba Turkiyadan. 23 kishi esa O'zbekistonlik. Butun sinf har doim dars o'tadigan sinfdan chiqib podval qavatdagi kichkinagina xonaga yashirinib olgandik. Domla bizni rosa qidirgan ekan : )

Keyingi haftaga baribiram sinov bo'lgan-di.....

Qayd etilgan


Robiya  17 Dekabr 2009, 15:27:44

Menam bi resga olay a?

Tasavvuf darsi edi, undan bir yoshi kattaroq domla kirardila. To'g'risi aytsam, mavzudan tashqari gaplar juda ko'p bo'lardi, shu sababli ham talabalar kursdoshlar unchalik qiziqishmasdi, darsdan oldin hamma qochib quyon bo'lardi. Xullas, o'sha darsdan oldin, 6 ta talaba qolganmiz, men guruh sardori sifatida doim bor edim :)
  4 ta yigit ham bor edi, xullas birg'oya kepqoldiki, yigitlarni sinfda kiyim saqlaydigan xonachaga qamaymiz, domla kelganlaridan keyin, borimiz shu domla, darsni o'tmay qo'ya qoling deymiz... Domla keldilayu, lekin darsni o'taman deb turib oldilar. Menga talaba soni muhimmas, darsimni baribir o'taman dedilar :)

Ana tomoshada, bolalar juda ziq bo'lib ketishdi ichkarida :) Darsni tugashini bilamiz, otilib chiqib ketdida tashqariga..

Bu esimga kelgani, qolganini ham kiritaman inshaAllah...

Qayd etilgan


Ansora  17 Dekabr 2009, 15:28:00

1 chi kursdamiz, endigina o'zimizcha Turk tilini o'rgana boshladik...Kursdoshlardan Hasan Turkiyaning Konya degan shaharidan, juda hushchaqchaq bola. Bizni fakultetda novvoyxona bor edi. Tanaffuslarda yugirib non olib kelib issiqqina yerdik, ham arzon:)
Partani ustiga gazeta yozib non yeb tursak Hasan kelib qoldi. "Hasan nondan oling", dedik. Hasan esa: "Taze-mi?" deb so'radi. (Taze- Turk tilida "svejiymi" degan ma'noni bildiradi) Men esa, "bizni yeyotgan nonimizga Tozami, deyabdimi", deb shunaqa jahlim chiqdi. Darrov urusha boshladim. "Haaa, sen o'zingni nima deb o'ylayabsan, biz kir non yeymizmi", deb  :3

Hasan bechora "Hay Zamira, to'htab tur, sen notog'ri tushinding", deb yolvorsa ham qayerdaaaa, hech quloq solmadim. Keyin bilsam boshqa ma'noda ekan....

Uzr so'ragandik bir-birimizdan  :7

Qayd etilgan


MSJON  17 Dekabr 2009, 15:30:12

Mani litseyda birga o'qigan kursdoshim xozi "Gubkina" nomli "Neft-Gaz" Institutida o'qyidi. Ulada qaysidir fanda (fan nomi esimdan chiqdi) 1 kun darsga qatnashganga 1 bal, darsga kirmaganga -3 bal  :D.

Menimcha o'sha -3 ballni "otrobotka" qilib to'g'rilasa bo'lar. Chunki hozir ko'p joylarda shunaqa-ku.

Bizning institutda esa embeni otrobotkasi domlasiga qarab 5000 gacha boradi.... :o :) :1 :1 :1 :1

Qayd etilgan


MAFIYA  18 Dekabr 2009, 00:10:00

yahwimisila? Maqol to'qildi ,svejiy" : DOMLA KO'ZINI SUZMASA, STUDENT PACHKANI BUZMEDI!!! (pulni pachkasini)

Qayd etilgan


siddiqa  18 Dekabr 2009, 07:40:07

 :as:
kursdosh bir bolamiz bor ,lekin hozir darsga kirmaydi ,
u hamma haqidagi ma'lumotlaru hammasini biladi ,,vay og'zi ham tinim bilmay ishlardi ,
bir kuni bir qizimizning uyiga sovchilar kelishi kerak edi ,biz qizlar hali eshitib eshitmay yurganiydik ,
u bolamiz uyiga borib erinmay tell qilib ,
hmm yahshi kutvoldizmi sovchilani deb qizni ham hayron qoldirganiydi ,
hozir darslarga kirmayotganiga chyota darslar zerikarli u hammamizni 10 qizni  holasi  :D :D edida

Qayd etilgan


Shokir63  18 Dekabr 2009, 22:22:46

yahwimisila? Maqol to'qildi ,svejiy" : DOMLA KO'ZINI SUZMASA, STUDENT PACHKANI BUZMEDI!!! (pulni pachkasini)
To'g'ri.
Lekin, pul olmaydigan, talabalarni o'qishga majburlaydagan domlalarni, ko'p talabalarning yomon ko'rishi ham to'g'ri.


Qayd etilgan


MSJON  22 Dekabr 2009, 15:09:34

Talabalar ko'rinmay qolishdi.........
Qanisizlar???????????????
kirib turinglar yangiliklardan eshitaylik

Qayd etilgan


Ansora  22 Dekabr 2009, 15:48:13

Talabalar ko'rinmay qolishdi.........
Qanisizlar???????????????
kirib turinglar yangiliklardan eshitaylik

1 chidan- hamma dars qilyabdi, hammayam sizga o'hshab darsdan qochib yurgani yo'q  : )
2 chidan esa-forumga kirisha olmayotgandir... : )

Qayd etilgan