İnson talabaligida imtihonlar hech tugamaydi, deb o'ylaydi...
İmtihon kunlaridagi ruh holimni haliyam unutganim yo'q:)
Aspiranturada yomon stressga kirardim, bildirmaslikka harakat qilardim lekin ich-etimni yerdim.
İmtihonlarimiz rostdan ham juda qiyin edi.
Bo'limim Turk tili bo'lgani uchun darsga qarab shu davrga hos matn berilardi, original holida. Masalan Qorahonli Tili grammatikasida Qutadg'u Biligni eng eski nushasidan yani Arab yozuvidan o'rganganmiz, domla imtihonda shu matndan 10-15 qator berardi.
Avvalo bu matnni o'qishingiz kerak.
Qisqa unlilar yo'q.
Asarni juda ko'p joyi eskirgani uchun harflarni uchlari bazan o'chgan bo'lardi.
Bazan esa yillar davomida matnda har xil dog'lar paydo bo'lgan bu esa bizni chalg'itishga yetardi....Chunki dog'larni harf deb o'ylardik....
İmtihon 1 soat bo'lardi. Bazan 10 daqiqa yalinib olardik....
Keyingi savollar shu davrga oid til bilan bog'liq grammatik savol.
Eng yomon ko'rgan savolim esa so'zlarni etimologiyasi yani kelib chiqishi bilan bog'liq savollar edi...
Teppa sochlarim tom ma'nosida tikka bo'lardi...
İmtihondan chiqqandan keyin esa sabr bilan javoblarni kut....
Hech oson emasdi, Alloh talabalarimizga sabr bersin......