FAQAT TALABALAR UCHUN!!!  ( 189049 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 40 B


Afruza  25 Yanvar 2010, 22:18:49

Sessiya payti bo'lib bu bo'lim ancha ommalashib ketibdmi? :)
Mayli hamma talabalarga omad, domlalarga insof tilaymiz.
O'qishda tanaffusga chiqqanda qizlar bilan xazillashamiz:
-"Kamosh nima ichamiz?"
-"Kofe...yo'q yaxshisi shirin choy"
-"I, sessiya payti shakarsiz choy ham teshib chiqmiydi, ekomonika payti hozir"....

Qayd etilgan


Afruza  25 Yanvar 2010, 22:51:45

2 kurs paytimiz "country study" degan fanimiz bo'lardi...
Bir seminar mavzusi biron davlatni bayrami yoki odatlarini sahna ko'rinish qilib berish edi. Xaqiqiy studentmizda, darsga 3 kun qolganda tayyorlandik. Inglizlarni yangi yil kutib olishlarini ko'rsatmoqchi bo'ldik:

"Odin doma" yangi talqinda. Siddiqaxon bosh rolda.

Inglizlar odatiga ko'ra yangi yilda dasturxonda pishirilgan kurka bo'lishi lozim ekan. Kurka olib kelish xam siddiqani bo'yniga tushdi.

Hamma narsa tayyor, faqat siddiqa kurkaga o'xshagan yumshoq o'yinchog'ini topolmay, o'rniga......jirafa(!) ko'tarib kebti :D.Tag'in pushti rang! Endi u jirafani amallab bo'ynini qiyshaytirib boylab laganga o'tqizib ustini sochiq bilan yopib qo'ydik. Mayli, yangi yil ham kirib keldi. Oyisi rolidagi qiz "kurka''ni dasturxonga qo'yishi bilan hamma oila a'zolari (ya'ni qolgan studentlar) "TURKEY!!!!" deb chapak chalishdi. Oyisi sochiqni ko'tarsa,....
bo'ldi kulgi, bo'ldi kulgi...... :D
Bechora jirafani bo'ynini boylab qo'yganimiz yechilib ketibdi, oyisi ustini ochmasdan Turkeyni kallasi lagandan osilib qolsa bo'ladimi...

Sahan ko'rinishimiz "Jingla bells" qo'shig'i bilan tugashi lozim edi, qo'shiq ham 1 kun oldin berilganiga faqat 2 qiz yaxshi yodlab kebti. Qolganlar shpargalka olib olgan. Qo'shiqni chala-chulpa boshladik (to'g'rirog'i faqat 2 qizni ovozi chiqdi) Lekin naqorati yaxshi esda qoldan ekan."Jingle bells, Jingle bells, Jingle all the way"
Naqoratda ashula baland bo'lib ketadi, matniga kelganda pasayiiiiib ketadi.

Xullas, tamosha qilib o'tirgan paralell gruppa ham, o'qituvchi ham rosa kulishgandi.
Baho olish uchun nimalar qilmaganmiz... :1

Qayd etilgan


Abdullоh  25 Yanvar 2010, 23:25:51

Xaqiqiy studentmizda, darsga 3 kun qolganda tayyorlandik.
Bizdan ikki kun avval boshlarkansila tayyorgarlikni  :1

Qayd etilgan


siddiqa  26 Yanvar 2010, 07:26:58

ehhhhhhhh,Afruza faqat kurkani o'rniga jirafa olib borganimni eslatma ........
yana ayni spektakl qizigan paytda jirafani bog'langan uzun kallachasi shappa chiqib turibdida ,
A group ana kuldi vey mana kuldi ,o'zi jirafani obketayoyganimda uydegilar qotishuvdi .
Afruza sotqin .....

Qayd etilgan


MSJON  26 Yanvar 2010, 16:19:21

Xaqiqiy studentmizda, darsga 3 kun qolganda tayyorlandik.
Bizdan ikki kun avval boshlarkansila tayyorgarlikni  :1

Haqiqiy talabaning gapi bo'pti.
o'zi asli 1 kun ham ko'p muddat 1 soat ham yetadi bitta fanni o'rganishga talabaga

Qayd etilgan


siddiqa  26 Yanvar 2010, 23:31:59

Xaqiqiy studentmizda, darsga 3 kun qolganda tayyorlandik.
Bizdan ikki kun avval boshlarkansila tayyorgarlikni  :1

Haqiqiy talabaning gapi bo'pti.
o'zi asli 1 kun ham ko'p muddat 1 soat ham yetadi bitta fanni o'rganishga talabaga

Bizga ertaga 12 da imtihon ,soat 10 ,11larda o'qiganday bo'lib turamiz  :D :D :D :D

Qayd etilgan


Akbarjоn  26 Yanvar 2010, 23:40:04

Iqtibos
Bizga ertaga 12 da imtihon ,soat 10 ,11larda o'qiganday bo'lib turamiz

Ammo jiddiy tayorlanish kerak
Bir maqol bor ediku ammo bu juda qo'polda :D shu vaziyatga mos bo'lgan... :)

To'g'ri men ham masalan Gost imtihoniga 1 kun tayyorlanganman, lekin kishida tayyorgarlik yaxshi bo'lsa imtihon tashvish tug'dirmiydi

Imtihonga shparagalka yozardim, :) o'zim uchun amo xech shu shparagalkalarda foydalana olmadimda, nasib qilmagan ekan, lekin shu shparagalkalarni kompiyuterga kiritayotgan vaqtimda o'qiganlarim foyda qilgan, oldingi partada o'tirib qolganligim, va birinchi bo'lib javob berishga majbur bo'lganligimga qaramay a'lo  natijaga erishgandik
Barchalarizga imtihonda omad tilaymiz, Alloh madadkor bo'lsin

Qayd etilgan


Abdullоh  27 Yanvar 2010, 22:45:53

Shpargalkadan foydalanib bir marta qo'lga tushganman. Lekin, juda yomon natijaga olib kelgandi. "Jahon iqtisodiy geografiyasi" fanidan yakuniy yozma ishda o'tirgandik. Imtihonga 8-"Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi" darsligini hamda "Strani mira" degan kitoblarni olib kirgandim. Savollar tarqatildi. Shu yerda bir xatolikka yo'l qo'yganman. Kitobdan ayrim sahifalarini yirtib olganman... Ana ko'ringki, qo'lga tushganman. Kitob varaqlarini yirtish yomon oqibatlarga olib kelishini real misoli bu. Shu-shu umuman kitob varag'ini yirtmay qo'yganman.
Umuman olganda, o'sha paytgacha kitob varag'ini yirtganimni eslay olmayman. Balki, o'sha birinchisi bo'lgandir. Umid qilamanki, bu oxirgisi bo'lib qoladi.

Qayd etilgan


Akbarjоn  27 Yanvar 2010, 23:22:53

Eng yomon ko'rgan narsam kitobni yirtishlik

1 kursda Psixologiya fanidan darslik topilmas edi, Menda shunaqa topilmas kitobim bor edi, imtihonga tayyorlanish uchun paralel patokdagi bolani iltimosiga ko'ra shu kitobni berib turgandim, ertasiga varoqlari yirtilgan xolda qaytardi :(


Ko'zimdan yosh chiqib ketgandi, shu bolani xaligacha kechiraolmayman... Shu qilgan ishidan xaligacha noroziman

Kitobni qadriga yetishimiz kerak, Nonni yeysiz  foydalanib bo'lganingizdan keyin u yo'q bo'ladi, kitobdan qanchalik ko'p foydalansangiz unda shuncha ko'p manfaat topasiz
Yana bir bora qaytaraman kitobni qadriga yetayli azizlar

Qayd etilgan


MSJON  06 Fevral 2010, 11:23:38

Salom hamma talabalarga.
Ishlar o'qishlar deganday hammasi yaxshimi ???
Insyitutlaringizda ahvol qanday.
Bizlarning institutda Toshkentdan tekshirish kelarkan,
dushanba kunida.
Sessiya bizlarda haligacha boshlangani yo'q.
15-larga boshlanishini kutyapmiz.
hozircha NDPI da shular.

Qayd etilgan