Navoiy viloyatida ESIH  ( 7208 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Usmon  02 Mart 2009, 18:47:06

Navoiy viloyatida tashkil qilingan Erkin Sanoat-Iqtisodiy Hudud haqida



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi 4059-PF farmoyishiga muvofiq quyidagilar belgilab qo'yilgan:

- "Navoiy" Erkin sanoat-iqtisodiy hududining amal qilish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil deb belgilangan;

- ESIH amal qilish muddati davomida uning hududida maxsus bojxona, valuta va soliq rejimlari, kirish, yashash va chiqish, shuningdek, nerezident-fuqarolar uchun mehnat faoliyati bilan shug'ullanishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi;

- Maxsus soliq, valuta va bojxona rejimlarini ham o'z ichiga olgan maxsus huquqiy rejim ESIH direksiyasi tomonidan ro'yxatga olingan xo'jalik subyektlari tomonidan ESIH hududidagina amalga oshirilayotgan faoliyat uchun taalluqli;

- ESIH faoliyatini muvofiqlashtirish va operativ boshqarish mos ravishda davlat organlari vakillaridan tuziladigan Ma'muriy kengash va ESIH direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ma'muriy Kengashning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

"Navoiy" ESIHda ro'yxatdan o'tgan xo'jalik subyektlari kiritgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarining hajmiga qarab, quyidagi muddatlarga yer, mulk, daromad, obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliqlari, yagona soliq to'lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo'l fondi va maktab ta'limi fondiga majburiy to'lovlardan ozod qilinadi:

- 3 mln. yevrodan 10 mln. yevrogacha — 7 yilga;

- 10 mln. yevrodan 30 mln. yevrogacha — 10 yilga. Keyingi 5 yilda daromad solig'i va yagona soliq to'lovi joriy stavkadan 50% past darajada belgilanadi.

- 30 mln. yevrodan ko'proq bo'lsa — 15 yilga. Keyingi 10 yilda daromad solig'i va yagona soliq to'lovi stavkalari joriy stavkadan 50% past darajada belgilanadi.

ESIHda ro'yxatdan o'tgan xo'jalik subyektlari butun ESIH fayoliyati davri mobaynida olib kirilayotgan uskuna, shuningdek, eksportga ishlab chiqariladigan mahsulot uchun olib kirilayotgan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvidan tashqari) ozod qilinadilar.

O'zbekiston ichki bozorida sotishga mo'ljallangan mahsulot uchun olib kirilayotgan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchu nbojxona to'lovlari belgilangan stavkaning 50% miqdorida, ularning muhlatini 180 kunga cho'zish imkoniyati bilan olinadi (agar qonucnhilikda bundan ham imtiyozliroq rejim o'rnatilmagan bo'lsa).

ESIHda ro'yxatdan o'tgan xo'jalik subyektlariga quyidagilar uchun ruxsat beriladi:

- ESIH chegarasida hisob-kitob va to'lovlarni o'zaro shartnoma va kelishuvlar asosoda xorijiy valyutada amalga oshirish;

- boshqa xo'jalik subyektlari - O'zR rezidentlari tomonidan yetkazib berilgan tovar, ish va xizmatlar uchun to'lovlarni erkin konvertirlanuvchi valyutada amalga oshirish;

- eksport va import qilinadigan mahsulotlar uchun to'lov va hisob-kitoblarning o'zlari uchun qulay shakl va shartlaridan foydalanish.

Qayd etilgan


Usmon  02 Mart 2009, 18:54:43

Shu yilning 5 mart kuni Koreyaning Seul shahridagi "Lotte Seul" mehmonxonasida "Navoiy" Erkin sanoat-iqtisodiy hududining taqdimoti bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Konferensiyada 1000ga yaqin Koreya hukumat hamda ishbilarmon doiralari vakillari hamda O'zbekiston vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etishi mo'ljallangan.

Qayd etilgan