Men mana tahminan ikki yildan beri Tohir Malikning asarlari, maqolalari bilan oshnoman. To'g'risi shu insonni hayotimda ideal deb bilaman. (Albatta ota onamdan keyin). Hurmatim bo'lakcha. Kumirim ham o'sha odam. U insonning asarlarining ichiga kirib ketganimni bilmay qolaman. O'sha asarlardan ilhomlanishim natijasida qancha hikoyalar yozdim. Ahir Navoiydan oldin ham "Xamsa"chilik an'anasi bo'lgan-ku?
Lekin ko'p o'qituvchilarimiz detektiv-fantastik asarlarni mensimaydilar. Keragi yo'q deyishadi. Lekin imkonim boricha, so'nggi imkoniyatimgacha ular bilan bahslashaman. Siz nima deysiz hurmatli forumdoshlar?
Hurmatli forumdosh, uni gapi bundoq ekan, buni gapi bundoq ekan deb insonlarning og'zidan chiqayotgan har hil fikrlarga juda ko'p e'tibor qarataversak, umirimiz, vaqtimiz qanchalik shiddat b-n o'tib ketib qolganini sezmay qolamiz. Bizga Beshikdan to qabrgacha ilm olishlik farz qilinganmi, demak ilmni olishimiz shart. Kimdan qaysi kitobdan bo'lishidan qat'iy nazar. Asosan, o'zingiz u-n chiqaradigan yaxshi xulosa. Va ayni kitobdagi so'zlardan hayotingizga tadbiq qilishlik, ya'ni qanday ma'noda tadbiqlash esa o'zingizga havola...
Dunyoning o'zi bir ibrat, har bir yomondan ham bir yaxshi olishimiz m-n. Ahir, shunaqa sirli, shunchalar hikmatli yaratilmaganmidi bu dunyo?!
уфф.. Бу думли Х билан думсиз Х балосидан қачон қутуларканмиз?
Iltimos, uff demang, sizdan yosh bo'la turib bu gapni aytganim u-z uzurimni so'rayman va to'g'ri xulosa chiqazasiz dgan umiddaman... Haya, yoshligimda uff dema, juda yomon odat, ayniq birodaringga nisbatan ishlatganingda, juda hunuk holat, katta hurmatsizlikni ifodalaydi deb o'rgatishishgandi