Biologiyadan xabarsiz kishilar bulutlardagi kuchli elektr energiyasini suv va tuz molekulalarining ionlashuviga bog‘liq energiyalar deb hisoblaydilar.
Holbuki, oyatda bu elektrik kuchlanishga oid bir kalavaning uchi, ya’ni dalil bor. Ko‘kdan tushgan o‘lchovli, taqdir etilgan bu suv o‘lik shaharga jon ato etadi. Biz yuqorida hayot negizida yotgan narsa suv ionlari ekanligini aytgan edik. Jamiki jonlilarda suv molekulasining tez-tez o‘zgarib turishga majburligi, ionlarning, ayniqsa, hidrogen ionlarining kuchlanishi bilan yaqindan aloqadordir. Bulutdan yuzaga keluvchi yomg‘ir, xususan, bu devday elektrik kuchlanishlar bilan shunaqanggi kuchli bir ion xususiyatini qo‘lga kiritadiki, haqiqatdan tuproqqa tushgach, jamiki bioximiya xodisalari darhol avj olib ketadi va o‘lik shaharga jon ato bo‘ladi.
Mana, oyat yomg‘irning tashkil topishini ham hikmatdan bir qodar o‘lchovi, deb ta’riflaydi va hali qancha biofizika sirlari borligiga e’tiborni tortadi. U qandil donalariday yog‘ishi lozim bo‘la turib, naqadar muloyim bir kattalikka keltirib o‘lchab qo‘yilganligi xayratlanarlidir. Endi yomg‘irning "O’lik shaharga jon berganligi" siriga yaqinlashaylik: Oyat quruq tuproqni o‘lik shaharga qiyoslaydi. Ya’ni quruq tuproqning o‘zi jonli emas, o‘lik bir shahardir, ko‘chalari, muassasalari, tashkilotlari, binolari bo‘lgan, ammo jonsiz bir shahardir. Yomg‘ir u kentga yog‘dimi, tamom, u yerda hayot boshlanadi. QURUQ tuproqda turg‘un (statik) bir holga kelgan qandaydir bir ma’noda qotirib (muzlatib) qo‘yilgan milliardlarcha genetik shifr bor. Bu shifrlar yuksak potentsial bilan yangilangan suv ionlarini topgan zahoti hayot hikoyasini boshlaydilar.
Oyatning so‘nggi jumlasida esa, Haq-Taolo bizning mahsharda tirilishimizni xotirlayotir. Biz bundan keyingi bahsda buning butun tavsilotlarini berishga harakat qilamiz. Bu yerda Olloh sizning genetik shifrlaringizni ham xoxlagan kunimiz, xoxlagan onimizda faoliyatga o‘tkazamiz, amri bilan katta ilmiy haqiqatga urg‘u berayottanini aytish bilan kifoyalanamiz. Bamisoli QURUQ tuproqda genetik shifrlar bir o‘lik shahar ko‘rinishida bo‘lsa, sizning ham un-urvoq bo‘lib yotgan jasadlaringizdan qolib ketgan qanchadan-qancha shifrlar bor.
Olloh xohlasa, ularni bir lahzada ishga qo‘yadi, yangidan hayotni boshlatadi. "Yosin" surasining oxirida Alloh bergan genetik shifr misoli ham, shunday qilib, ilohiy mo‘jiza hikmatini cheksiz ufqlarga yoyadi (Qur’onning "Yosin" surasidan 78-82- oyatlarni o‘qing).