Alhamdu vat ta'ziymu lillah. Vassolatu vat taslimu 'ala ashrafi xolqillah.
Ammo ba'd:Islom olamining mashhur ulamosi Imom G'azzoliy shunday deganlar: "
Qur'on bir nurdir. Xatoga bormoqdan najot topish, qutilish faqat u bilan mumkindir. Qalblarni buzgan kasalliklarga shifo undadir". Darhaqiqat, Qur'oni karimning mo'jizasini qarangki, 15 asrdan buyon insoniyatga Allohni tanitib, hidoyat yo'lini yoritib kelayotgan bu muqaddas kalom ummatlarning tashna qalblarini, ruhlarini imonning pokiza suvlari ila sug'oribgina qolmay, ulaqrning jasadlari va a'zolaridagi xastaliklarga ham shifo bo'lib kelmoqda, turli shaytoniy vasvasalardan va xabis yomonliklardan panoh topishlariga yordam bermoqda.
Ushbu mo'jazgina risolamiz Qur'oni majidning ana shu kashfiyotini, hayotda duch keladigan xastalik, ofat va xatarlardan insonni asrashlik mo'jizasini ko'rsatishga kamtarona bir urinishdir.
Ma'lumingizkim, keyingi paytlarda kitob rastalarida "
Bibi mushkulkushod", "
Bibi seshanba",
Ming dardga - ming shifo"... kabi ishonchli dalillarga suyanmagan, manbaining tayini yo'q, "bozorgar" kitobchalar ko'payib ketdi. Ilohiy chashmalardan suv ichmoqqa tashna xalqimizga bu kitoblarning qay darajada manfaati bo'lyabti bilmadigu, ammo ularni o'qigan farosatli dindorlarimizda chuqur taassuf uyg'otayotgani, Islom haqiqatlari bilan endigina oshno bo'layotganbiro9darlarimizning dunyoqarashidaesa, sof dinimizni hurofot va uydirmalar bilan qorishtirib yuborishdek nohush hissiyot tug'dirayotgani aniq.
Qur'onning ta'sirchan va shifo ekanini aytib, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
"
Biz mo'minlar uchun shifo va rahmat bo'lgan Qur'on oyatlarini nozil qilurmiz". (Isro, 82-oyat);
"
Ayting: "(Ushbu Qur'on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir" (Fussilat, 44-oyat)
Bu borada Ibn Moja Ibn Mas'uddan (r.a.) rivoyat qilgan hadisi sharifada sevimli payg'ambarimiz Muhammad
bunday tavsiya qiladilar: "O'zingizga 2 shifo - asal va Qur'onni lozim tuting".
Hazrati Alidan rivoyat qilingan hadisi sharifda esa: "Davolarning yaxshisi - Qur'on", deydilar.
Qur'oni karim bilan dam solish va panoh haqida salasi solih ulamolarimizning so'zlarini ham bu o'rinda zikr qilib o'tamiz.
Imom Ibn Tiyn aytadilar: "Falaq va Nos suralari va Alloh taoloning ismlari bilan dam solish tibbi ruhoniydir. Agar u abrorlar tili orqali bo'lsa, Allohning izni bilan shifo hosil bo'ladi".
Bunga Payg'ambarning
: "Agar kishi uni ishongan holda toqqa o'qisa, u o'rnidan siljiydi", degan so'zlari ham dalildir.
Imom Qurtubiy aytadilar: "Alloh taoloning kalomi va ismlari bilan dam solish joiz".
Imom Shofe'iy: "Allohning kitobi va mashhur zikrlar bilan dam solishning zarari yo'q", deydilar.