Qur'on Shifo  ( 58721 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Munavvara  08 Mart 2009, 14:05:07

Falaq va Nos suralarida panoh tilash mavjud. "O'zi yaratgan narsalarning yomonligidan" panoh tilash, deganda jism va ruhlarda yomonliklardan panoh tilash tushuniladi. "Zulmatga cho'mgan kechaning yomonligidan" panoh tilashda kunduz nuridan cho'chib, tun zulmatida harakatga keladigan xabis ruhlar sharridan omonlik so'rash bor. "Tugunlarga dam soluvchilarning yomonligidan" panoh tilashda sehrgarlar va ularning yomonligidan omonlik so'raladi. "Hasad qilayotgan hasadgo'yning yomonligidan" panoh so'rashda esa, hasad va qarashi bilan ozor berguvchi habis nafslar yomonligidan panoh istash mavjud.
Ikkinchi sura esa, ins va jin shaytonlarining sharridan panoh tilashni o'z ichiga olgan. Bu ikki surada oldindan yomonliklardan saqlanish va qo'rg'onlanish uchun buyuk manfaatlar bor. Shuning uchun Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Uqba ibn Omirga har namoz ortidan ushbu suralarni o'qishni tavsiya qilganlar. Buni imom Termiziy zikr qilganlar. Bu tavsiya namozdan namozgacha bo'lgan vaqt mobaynida yomonlik va nohushliklardan himoyalanish sirrini ochadi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam boshqa bir hadisda "Panoh tilaguvchi bu 2 suradek qilib panoh tilay olmaydi", deganlar. Naql qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 11 tugun bilan sehrlanganlarida Jabroil alayhissalom ushbu 2 surani olib tushadilar. Bulardan har bir oyatni o'qiganlarida bittadan tugun yechilib boraveradi va batamom xalos bo'ladilar. "Sahihayn"da keltirilishicha Oisha (r.a.): "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'shaklariga yotgan paytlarida, 2 kaftlariga Ixlos, Falaq va Nos suralarini o'qib, suflab, so'ng ular bilan yuzlarini, tanalaridan qo'llari yetgan joylarini mash qilardilar", deganlar.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:06:19

Ifritning fitnasi

Imom Ad-Daynuriy "Al-Mujolasa" kitobida Hasandan quyidagicha rivoyat qiladi: Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jabroil (a.s.) kelib: "Jinlardan kuchlisi senga fitna qiladi. Agar to'shaginga yotsang "Oyatul-kursiy"ni o'qigin", dedilar".

G'amginlikda

"Firdavs"da Abu Qatodadan quyidagi hadis rivoyat qilingan:
"G'amga botganda kim "Oyatul-kursiy"ni o'qisa, Alloh unga yordam beradi".

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:07:34

Ikki shifo oyat

Imom Daylamiy Abu Hurayradan (r.a.) ushbu hadisni rivoyat qiladi: "Qur'onda ikki oyat bor. Ular shifodir, Alloh sevadigan oyatlardandir". Ular Baqara surasining oxirgi ikki oyatidir.
Izoh: Qurbat (Allohga yaqinlik) lazzatini tatib ko'rgan zotlar aytadilar: "Alloh subhanahu va taolo dardga shifo qilib, Qur'oni karimdan ko'ra umumiyroq, foydaliroq, ulug'roq va ta'sirliroq malham tushirmagan. U kitob dardga davo, qalb zangiga jilo (ketkazuvchi)dir. Alloh taolo marhamat qilib aytadi: "Biz mo'minlar uchun shifo va rahmat bo'lgan Qur'on oyatlarini nozil qilurmiz" (Al-Isro, 82-oyat).
Imom Ibn Kasir tafsirida ushbu ikki oyatning fazilati haqida 10 ta hadisi sharif zikr qilingan. Ulardan biri Imom Buxoriy rivoyat qilgan quyidagi hadisdir: "Kim kechasi Baqara surasining oxirgi ikki oyatini o'qisa, ular o'sha kechaga kifoya qiladi".

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:08:35

Qarzdorning qarzdan qutulishi uchun

Imom Tabaroniy Maozdan (r.a.) bunday rivoyat qiladi: "Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam u kishiga aytdilar: "Agar Subayr (Makka yaqinidagi tog') chalik qarzing bo'lsa ham, Alloh qutulishinga yordam beradigan duoni o'rgataymi?" U Oli Imron surasidagi:

Qulillahumma malikal mulki tutil mulka man tashau va tanzi'ul mulka mimman tashau va tu'izzu man tashau va tuzillu man tasha, biyadikal xoyr, innaka 'ala kulli shayin qodiyr. Tulijul layla fin nahari va tulijun naharo fil layli va tuxrijul mayyita minal hayyi, va tarzuqu man tashau big'oyri hisob.

Ayting: "Ey mulku davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilursan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olursan, istagan kishingni aziz qilursan va istagan kishingni xor etursan. Bor yaxshilik yolg'iz Sening qo'lingdadir. Albatta, Sen barcha narsaga qodirsan. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o'likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda istagan kishingga behisob rizq berursan", degan oyatlarni o'qib, "Dunyo va oxiratning Rahmoni va Rahimi, ularni hohlaganinga berasan, hohlaganingdan to'sasan, menga O'zingdan boshqaning rahmidan behojat qiladigan rahmat ila rahm ayla!", degin".

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:09:34

Ulov sarkashlik qilgan paytda

Imom Bayhaqiy "Ad-Da'vat" kitobida Ibn Abbosdan (r.a.) quyidagi hadisi sharifni rivoyat qiladi: Agar birortangizning ulovi qaysarlik yoki terslik qilsa, uning qulog'iga mana bu oyatni o'qisin:

Afag'oyro diynillahi yabg'una valahu aslama man fis samavati val arzi tov'av va karhav va ilayhi yurja'un.

Allohning dinidan o'zga din istaydilarmi?! Axir osmonlaru yerdagi barcha jonzot istasa-istamasa, Unga bo'ysunib turibdi-ku! O'shalar (ya'ni, Allohning diniga itoat qilishni hohlamayotganlar) ham faqat Uning o'ziga qaytariladilar-ku! (Oli Imron, 83-oyat).

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:10:48

Bemorga davo

Imom Bayhaqiy "Ash-Shuayb" nomli kitobida Alidan (r.a.) quyidagi naqlni rivoyat qiladilar:
"An'om surasi o'qilgan bemorga Alloh shifo beradi".

To'lg'oqni yengillashtirish uchun

Imom Ibn Sunniy Fotimadan (r.a.) rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning tug'ishi yaqinlashganda Ummu Salama va Zaynab binti Jahshlarni (r.a.) qizlarining oldiga yuborib, unga: "Oyatul-kursiy" va ikki "Qul a'uzu"ni o'qib panoh tilamoqlikka buyurgan ekanlar.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:11:35

Chayon chaqishiga davo

Imom Tabaroniy Alidan (r.a.) ushbu hadisi sharifni rivoyat qiladilar:
"Payg'ambarni sollallohu alayhi vasallam chayon chaqdi. Suv va tuz olib kelishni buyurdilar va ularni chaqqan joyga surtib, Kafirun, Falaq, Nos suralarini o'qidilar".
Izoh: Ibn Qoyyim al-Javziya aytadilar: Ibn Abu Shayba Abdulloh ibn Mas'uddan ushbu hadisi sharifni rivoyat qilgan:
"Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam namoz o'qiyotgan edilar, sajdada turgan paytlarida barmoqlarini chayon chaqib oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam burilib: "Chayonga Allohning la'nati bo'lsin, na payg'ambarni (tinch) qo'yadi va na boshqani", dedilar. So'ng suv va tuz olib kelishni buyurdilar va ularni chaqqan joyga qo'ydilar hamda Falaq, Nos va Ixlos suralarini o'qidilar. Og'riq to'xtadi".
Bu hadisni imom Bayhaqiy ham rivoyat qilganlar. Ushbu hadisi sharifdagi muolaja 2 xil, ya'ni tabiiy va ilohiy muolajalardan iboratdir.
Tuz juda ko'p zaharlarga, hususan, chayon chaqishiga naf bo'lishi o'z isbotini topgan. Bunga "Al-Qonun" ning muallifi ham ishora qilgan: "Tuz paxta urug'i (chigit) bilan birga chayon chaqqan joyga bog'lanadi", degan.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:12:17

Ga'm-tashvishga tushganda

Imon Hokim va boshqalar Abu Hurayradan roziyallohu anhu ushbu hadisni rivoyat qiladilar: "Bir ish meni g'amga solganda Jabroil alayhissalom ko'rinib: "Ey Muhammad: "Tavakkaltu 'alal hayyillazi la yamut", deng va quyidagi oyatni o'qing:
"Va qulilhamdulillahillazi lam yattaxiz valadav va lam yakuluhu sharikun fil mulki va lam yakullahu valiyyum minazzulli va kabbirhu takbiro". (Isro, 111-oyat).
(Hamdu sano bola-chaqa qilmagan, podshohlik-ilohlikda tengi yo'q, xor-zorlikdan (qutqarguvchi) do'sti - yordamchisi bo'lmagan (ya'ni hech kimga xor-muhtoj bo'lmaydigan) zot - Alloh uchundir" deb ayting va U zotni mudom ulug'lang!), dedilar".

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:13:02

O’g’irlikdan saqlanish

Sobuniy Ibn Abbosdan roziyallohu anhu o’g’irlikdan saqlanish uchun quyidagi oyat o’qilishi lozimligini naql qiladi:
Kulid’ulloha avid’urrohmana ayyamma tad’u falahul asma’ul husna vala tajhar bisolatika va la tuxofit biha vabtag’i bayna zalika sabila. Va qulil hamdulillahillazi lam yattaxiz valadav va lam yakunlahu sharikun fil mulki va lam yakunlahu valiyyum minazzulli va kabbirhu takbiro". (Isro, 110-111-oyatlar).

(Ey Muhammad), ayting: "œAlloh, deb chorlangiz yoki Rahmon — Mehribon, deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, U zotning go’zal ismlari border". (Ey Muhammad), siz namozingizni juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki, mushriklar eshitib, Qur’onni haqorat qilmasinlar) va o’ta maxfiy ham qilib yubormang (toki, suhbatlaringiz tinglab-foydalansinlar). Shularning (ya’ni, jahriylik bilan mahfiylik) o’rtasidagi yo’lni tuting! "œHamdu sano bola-chaqa qilmagan, podshohlik-ilohlikda sherigi yo’q, xor-zorlikdan (qutqarguvchi) do’sti — yordamchisi bo’lmagan (ya’ni, hech kimga xor-muhtoj bo’lmaydigan) zot — Alloh uchundir", deb ayting va U zotni mudom ulug’lang! 

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:14:00

Ofatlardan qo’rg’on

Imom Bayhaqiy "œAd-Da’vat" nomli kitobida Anasdan roziyallohu anhu quyidagi hadisi sharifni rivoyat qiladi: "œBanda Alloh taolo bergan ahlu ayol, mol va farzanddan iborat ne’matga:

Mahsaallohu la quvvata illa billah.

Alloh hohlagan narsagina (bo’lur), bor kuch-quvvat yolg’iz Alloh bilandir, desa, o’limdan boshqa hech qanday ofat ko’rmaydi.

Izoh: Bu hadisi sharif Qahf surasining 39-oyatidagi:
"œSen bog’ingga kirgan paytingda "œAlloh hohlagn narsagina (bo’lur), bor kuch-quvvat yolg’iz Alloh bilandir", desang edi!" deya solih bir kishining kufroni ne’mat etgan kishiga qilgan tavsiyasiga mos keladi.
Shuning uchun Imom Ibn Kasir ushbu oyati karima tafsirida shu ma’noga ishora qilib deydilar: Salafi solihlardan ba’zilari: "œKimni holi, moli va farzandlari mahliyo qilib qo’ysa: "œMashaallohu la quvvat illa billah", desin", deyishgan.

Qayd etilgan