So'rovnoma

Qaysi choyni xush ko'rasiz?


Qora choy
  15 (29.4%)
Ko'k choy
  26 (51%)
Choy ichmayman
  4 (7.8%)
Farqi yo'q
  6 (11.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 47



Ko'k choymi yoki qora?  ( 72133 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Habib  26 Mart 2010, 14:07:06

Ko'k choy baribir zo'rda, ayniqsa oshdan keyin mazza qilib ichasiz :D :D

Ishtahani ochdizku! Nahorgi oshdan keyin holva degan shirinlik bilan ko'k choy ichishga nima yetsin a, labbay? ;)

Qayd etilgan


JaviK  26 Mart 2010, 14:40:44

Ko'k choy baribir zo'rda, ayniqsa oshdan keyin mazza qilib ichasiz :D :D

Ishtahani ochdizku! Nahorgi oshdan keyin holva degan shirinlik bilan ko'k choy ichishga nima yetsin a, labbay? ;)

Undan ham Soyning bo`yida, majnuntol soyasi ostidagi so`ri ustida bir oyoqni suvga solib choy ichishga nima yetsin

Qayd etilgan


Habib  26 Mart 2010, 14:47:44

Undan ham Soyning bo`yida, majnuntol soyasi ostidagi so`ri ustida bir oyoqni suvga solib choy ichishga nima yetsin
Demoqchisizki bitta dimlamani yeb keyin choy ichsa dimoqchisizda a? ;D

Qayd etilgan


Ansora  27 Mart 2010, 22:19:25

Kecha sog'inib ko'k choy ichgandim, qon bosimim tushib, boshim og'ridi...Shunisi yomon-daaa

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 Mart 2010, 01:14:33

Issiqini Ko'k choyga nima yetsinnn...

Qayd etilgan


JaviK  28 Mart 2010, 09:01:47

Rahmatlik hojiboy aytgandiku:
-O`zbeklar havo 36 daraja issiq issiq issiq choy ichishadi ;)

Qayd etilgan


Nurilla  28 Mart 2010, 09:04:59

   Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
   Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!

Qayd etilgan


Hadija  28 Mart 2010, 20:54:53

Qora choy!
choy barglari uyumi ochiq havoda quritilganda ular tarkibidagi namlikning 3.1 yo'qotiladi so'ngra bu barglar mashinalar yordamida eziladi. ezilish davomida hujayralardagi shira havoda oksidlanadi va barglar rangsizlanib boradi. Yashil barglar qo'ng'ir va qizg'ish tusga kiradi. 85-88 daraja issiqlikda quritilgan barglar qorayadi va shu taqlidda qora choy vujudga keladi. Bu vaqtda unign to'qimalari buzilib, ajralib chiqqan sharbat ta'm va rang hosil qiladi. Mazkur jarayonda kofein, sezilarli ko'payadi. Ma'lumki, kofein yurak-qon tomiri va nafas olish markazi faoliyatini qo'zg'aydi. u tanani bardamlashtiruvchi va tiklovchi ta'sir ko'rsatadi. Qora choy shuning uchun charchoqda, uyqusizlikda, ishchanlik xususiyatining, yurak faoliyatining susayishi va pasayishida, gipotoniyada tafsiya etiladi.
Maqolamizning so'nggida olim va shifokorlarning kuzatishlariga asoslanib quyidagi bizlar bilib-bilmagan maslahatlarni eslatib  o'tamiz:
1. Homilador ayollarga achchiq va ko'p choy ichish tafsiya etilmaydi, chunki choydagi kofein, tanin va efir moylari, purin kabi moddalar ona qornidagi homila qoniga o'tib uning organizmiga zararli ta'sir etadi.
2. Emizikli ayollarga achchiq choy ichish tafsiya etilmaydi, chunki u ona sutini juda quyuqlashtirib va ser moyli qilib kamaytirib yuboradi.
3. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga choy ichirish tavsiya etilmaydi.
4. 3-9 yoshdagi bolalarga qaynoq suvga sut, asal yoki meva sharbatlari qo'shib ichishlari tavsiya etiladi. 
5. O'tish davridagi 10-17 yoshdagi bolalarga "suyuq" (kuchsiz) choy ichirish tavsiya etiladi, chunki ularda hali asab tizimini tetiklashtirishga muhtojlik yo'q, aks holda ular ulg'ayishgach "choyxo'r"likka chalinib qolishlari m-n.
6. Yosh qizlar, kelinlar, ayollar achchiq va ko'k choy ichmaganlari maqul

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 Mart 2010, 23:31:37

Ko'p odamdan Qora choy zarar dib eshitganman..

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  28 Mart 2010, 23:40:12

   Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
   Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
Kenayishkalarizdan so'rap ko'rinde oldin, mani sog'lig'immi o'ylap yengilavoslami yo'ki yengilashka boshqa narsa yo'mi.

Qayd etilgan