Bolalik
Qo’shnimiz Dovudning besh va yetti yoshlardagi ikki farzandi bor. Bir kuni yetti yoshli Karimga hovlidagi o’tlarni gazon kesish asbobida to’g’irlashni o’rgatardi. Asbobni qanday burish kerakligini tushuntirar ekan, Dovudni hotini chaqirib qoldi. U uyga kirib ketgandan so’ng, Karim asbobni ishga tushirdi va otasining qancha paytlardan beri sevib o’stirayotgan gullar bog’chasiga qarata yurg’azdi. Dovud uydan qaytib chiqqanda, hamma qo’shnilarning havasini keltirgan, ne mehnatlar bilan parvarishlagan bog’chadan asar ham qolmagandi. U o’g’liga qarab endi baqirmoqchi bo’lib turganda, hotini chiqib: «Adasi, gul emas, bola o’stirayotganingizni unutmang!" dedi. Bu so’zlar bilan ayol ota-onaning birinchi vazifasi farzand tarbiyasi ekanligini yahshi anglatgandi. Bola sindiradi, yoradi, yo’qotadi. Gullar ham endi payhon bo’ldi. Lekin farzandlarimizga qahr bilan baqirishdan oldin o’zimizni qo’lga olib, ularning bir bola ekanliklarini unutmaylik.
* * *
Bir necha hafta oldin bir do’stim bilan farzand tarbiyasi haqida so’zlashib qoldik. U menga yetti yoshli qizi haqida gapirib: "œBir kuni oilaviy ovqatlanib o’tirganimizda qizim choyni stolga to’kib yubordi. Stolni artib, tozalangandan so’ng u bizga qarab: "œBilasizlarmi, men sizlarga boshqa ota-onalarga o’xshamaganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Do’stlarimning ota-onalari shunday bir ish qilsalar ularga baqirgan va e’tiborliroq bo’lishlarini uqtirib tanbeh bergan bo’lardi. Siz esa bunday qilmaganingiz uchun sizdan minnatdorman!", dedi.Bir safar do’stlarimning uyida mehmonda edim. Dasturhon atrofida o’tirganimizda besh yoshli o’g’illari stol ustiga sut to’kib yubordi. Ota-onasi unga tanbeh bera boshlaganlarida, men ham piyolamdagi choyni ag’dardim. 48 yoshli bo’lishimga qaramay, qanday qilib bunday holga yo’l qo’yganimni tushuntirib o’zimni oqlamoqchi bo’lganimda bolaning ko’zlari porlardi. Ota-onasi ham o’zlariga kerakli darsni olib bolaga tanbeh berishdan to’htadilar. Ota-onalar bir vaqtlar o’zlari ham bola bo’lganliklarini bot-bot eslab tursalar yahshi bo’lardi.
* * *
Kuni kecha bir taniqli olim haqida bir hikoya tingladim. U tib mavzusida yangi va unumli yangiliklar qilgandi. Muhbir qanday qilib olimning bunday yutuqlarga erishganligi haqida qiziqdi. O’zini boshqalardan ayirgan, ko’p narsalarga erishishi mumkinligida ishonch tug’dirgan narsa nima edi? Olim bu savolga javoban ikki-uch yoshlarida bo’lib o’tgan voqeani gapirib berdi:Muzlatgichdan shishadagi sutni olayotganimda to’kib yubordim. Oshxonaga kelgan onam tanbehning o’rniga: "œJuda go’zal hato qilding. Men bunday chiroyli sut ko’lmagini ko’rmagandim. Mayli bo’lar ish bo’ldi. Bu sut ko’lmagini tozalashdan oldin biroz o’ynashni hohlaysanmi?" Men bu ko’lmakda o’ynadim. So’ngra onam: "œO’g’lim, endi bu yerni tozalashimiz kerak", dedi, keyin birgalashib tozaladik. "œBilasanmi, bu shishani tushirib yubording, demak qo’llaring hali kuchli emas, shuning uchun endi qanday qilib shishani to’g’ri ushlashni o’rganamiz", deya hovliga chiqib shishaga suv to’ldirib, uni to’g’ri ushlashni o’rgatganlar. Qanday go’zal bir dars! Bu olim onasidan hatolardan qo’rqmaslik lozimligini o’rgangan. Qilingan hatolar yangi narsalar o’rganish zamiri ekanligini anglagan. Zotan, keyingi hayotidagi ilmiy tadqiqotlarini ham shu asosga tayangan holda bajargan. Butun ota-onalar bu olimning onasi kabi yo’l tutsalar farzandlarimiz ko’pgina muvaffaqiyatlarga erishgan bo’larmidi?! Bu voqeani bir necha yil oldin radioda eshitgandim. Ishdan uyga qaytayotgan yosh ayol mashinasini boshqa bir mashinaga urib oldi. Yangigina mashinaga achinibmi yoki eriga nima deyishini bilmaymi, yig’lab yubordi. Bunga boshqa mashinani egasi: "œSizga hech qanday da’voim yo’q, ammo baribir hujjatlaringizni ko’rsatishingizga to’g’ri keladi", dedi. Hujjatlarini olib ochar ekan ichidan bir qog’oz yerga tushdi. Qog’ozni olgan ayol erining qo’li bilan yozilgan: "œSevgilim, agar biror narsa bo’lsa men mashinani emas seni sevishimni unutma», degan so’zlarni o’qiydi.
P.S. Mana shu misollarni o’qiganimizda albatta o’zimizni ko’p jahldor ekanligimizdan koyiymiz. Har qanday holatda ham farzandlarimiz, yaqinlarimizni qalblarini og’ritmasdan chiqishimiz mumkin. Bu bilan biz ularga ham mehr darsidan saboq beramiz va bu ular qalblarida mehr ildizini barpo etadi. Tarihdan ma'lumki, dunyodagi eng go’zal gul bu solih bir insondir.