BOLAJONLARGA...  ( 91469 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 19 B


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:08:18

SIZ ESHITMAGAN QO'SHIQLAR
-----------------------------------------------


CHIRMANDA QO'SHIG'I

Yum-yumaloq qosqonim,
Bak-baka-bum.
Bo'ynimda mis marjonim,
Bak-baka-bum.

Menga tushar shapaloq,
Bak-baka-bum.
Siz otasiz shataloq,
Bak-baka-bum.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:08:48

CHIGIRTKA QO'SHIG'I

O'z qornimni o'ylayman,
Chirik-chirik.
Qornim to'ysa, kuylayman
Chirik-chirik.

O'lja poylab turibman,
Chirik-chirik.
Shunday yashab yuribman,
Tirikchilik!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:09:07

SIGIR QO'SHIG'I

"Qand" deb yig'lar buzog'im,
Hech tinchimas qulog'im,
M-o'-o'-o'.

Ko'nmayapti u sira,
Bersam hatto kunjara,
M-o'-o'-o'.

Bilmaydiki esi past,
Ko'k beda ham yomonmas,
M-o'-o'-o'.

Nima u - "qand" degani,
Arziydimi yegani?
M-o'-o'-o'.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:09:27

QO'G'IRCHOQLAR QO'SHIG'I

Bolajonlar, to'siqdan -
Sizga bo'ylaymiz.
Vaqtingiz choq bo'lsin deb
Sho'x-sho'x o'ynaymiz,
Jikir-jikir.

Tovuq bo'lsak bittamiz,
Birimiz - Tulki.
Bari yolg'on yig'idir
Va yolg'on kulki,
Qiqir-qiqir.

Olishadi hattoki,
Bizni kinoga.
Sakratishar gohida
Pianinoga,
Dikir-dikir.

Ko'nglimizda sirayam
Yo'qdir kirimiz.
Ammo, do'stlar, bizning ham
Bordir sirimiz,
Pichir-pichir.

So'ylasin deb faqat biz
Aytgan gaplarni,
Chetdan tortib turishar
Turli iplarni,
Shitir-shitir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:09:44

CHIVINLAR QO'SHIG'I

Tovuqlarga don shirin,
Ming'ir-ming'ir.
Chivinlarga qon shirin,
Ming'ir-ming'ir.

Biz hammaga yoqamiz,
Ming'ir-ming'ir.
Haq olmasdan chaqamiz,
Ming'ir-ming'ir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:10:03

TOMIRQURT QO'SHIG'I

Tayyorxo'rman, urinmayman,
Qirt, qirt.
Eng muhimi - ko'rinmayman,
Qirt, qirt.

Tomirlarni qirqaman men,
Qirt, qirt...
Ertamdan sal qo'rqaman men,
Qirt, qirt.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:10:42

SARATONQO'NG'IZ QO'SHIG'I

Shabko'rroqman, bor hassam,
Vs-s-s.
Turgizib qo'y ag'nasam,
Vs-s-s.
Men ketyapman mehmonga,
Vs-s-s.
Aytib qo'yma Ilonga,
Ts-s-s!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:11:05

BULBULNING CHO'PCHAKLARI
-----------------------------------------------


SALOMNOMALAR

Qo'rqoqlarning qo'rqog'i g'ilay Quyonga salom,
Yo'qdir yaqin o'rtog'i, sho'rlik Chayonga salom.

Shoxdan shoxga yugurgan, dumida uy supurgan,
Yong'oq chaqib tupurgan sho'x Olmaxonga salom.

Arg'amchidek buralar, yantoqlarga o'ralar,
Qo'ng'iz o'tsa mo'ralar, bo'g'ma Ilonga salom.

Ho'kizlarni yiqitgan, Qashqirlarni qo'rqitgan,
Bor jonzotni hurkitgan shoh Arslonga salom.

Xo'tikchaning qondoshi, ochlikka zo'r bardoshi,
Kamroq bo'lsa ham oshi, erkin Qulonga salom.

Xumbosh hamda hirqiroq, oziq tishi oshpichoq,
Ochko'zligi sal chatoq, hasis Qobonga salom.

Nafsi o'lja tilagan, qo'lin qonga bulgan,
Asta mo'ylov silagan pismiq sirtlonga salom.

Meshkay qorni qovoqdir, burni tappak tovoqdir,
Ikki lunji lavoqdir, go'l Karkidonga salom.

Guldor to'ni kelishgan, qurtlarni yeb to'lishgan,
Daraxtlarda in teshgan Qizilishtonga salom.

Chidab sovuq-ushukka, insof tilab Mushukka,
Pishloq sudrar teshikka, olg'ir Sichqonga salom.

O'g'rilarning ustasi, qushning xunuk tusdasi,
Ko'rib qo'yning nusxasin, sur Zag'izg'onga salom.

Tunu kun yer qazigan, zaxda yotib ozigan,
Ko'p tirishib, oz yegan go'sxo'r Yumronga salom.

Igna-bigiz sotuvchi, kuzda loyga botuvchi,
Ilon poylab yotuvchi Tipratikonga salom.

Bebahodir po'stini, poylar hatto do'stini,
Sipo demang siz uni, ayyor Qoplonga salom.

Rizqin mag'rur izlagan, yuksaklarni ko'zlagan,
Dushmanlarin tuzlagan botir Tarlonga salom.

Bulbul kabi izillar, tog'-toshlarda g'izillar,
Yirtqichlardan bezillar, do'stim Jayronga salom.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:11:29

PARRANDALAR SAYLI

Do'konchaga kirib Zag'cha sotib oldi pildiroqdan,
Oyisi sal koyib berdi:"Olmabsan-da shildiroqdan!"

Qarg'a yo'lda qo'ng'iz sotar:"Kepqolinglar arzoniga!
Mana zo'r-zo'r tilla qo'ng'iz, totib ko'ring yiltiroqdan".

Mast Chug'urchuq qo'nib tomga g'iybat qildi sinchalakni,
Tarqalishdi qushlar sekin bezib tili valdiroqdan.

"Qushsaroy"ga kirib Chittak o'rin topdi eng orqadan,
Bir Tuyaqush kelib barvaqt joy olibdi oldiroqdan.

Mayin qo'shiq aytdi Kaklik, sayrab turdi Bedanaxon,
Pastdan talab qildi O'rdak:"Eshitaylik Qarqunoqdan!"

Bir payt sharros quydi yomg'ir, savay ketdi ko'ringanni,
Panalarda Musichalar "g'u-g'u"lashar dildiroqdan.

Bulbulligim ko'rsatay deb men ham kuylab yurgan edim,
Sayilgohdan qochib keldim, qo'rqib momoqaldiroqdan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:11:54

BEPUL TOMOSHA

Jonivorlar qishloqda sirk ochishdi kengashib,
Tuya yemni chuqurdan olvolarmish engashib.

Yuguroqmish Qoramosh, bo'lar qiziq tomosha,
Uni quvlar Kuchuklar Olaparga ergashib.

Pishiq yog'och oxurni Ot pachoqlar shattalab,
Ma'rar dorvoz To'xliqo'y simyog'ochga tirmashib.

Polvon Buqa siltanib, uzib tashlar zanjirin,
O'tar shovvoz Serkalar to'siqlardan sakrashib.

Ko'zboylog'ich Bo'taloq sim o'tkazar burundan,
Kurash tushar Eshaklar qayish belbog' boylashib.

Epchil Buzoq bir paytda emar to'rtta Sigirni,
Uloq oshar umbaloq, arg'amchiga tirmashib.

Qiziqchisi yo'q-ku deb Bulbul hayron turgan choq,
Chiqib keldi cho'chqalar betga balchiq surkashib.

Qayd etilgan