BOLAJONLARGA...  ( 119466 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 19 B


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:16:56

NONUSHTADA

Xontaxtaga
Bo'ylaymiz.
"Bosqon-sandon"
O'ynaymiz.

Bosqon tushsin
Sandonga -
Qo'lni cho'zing
Qanddonga!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:17:14

CHALASAVOD

Eshakvoy
Qilib toqat,
Cho'chqajonga
Yozdi xat:

"Salam, ashna,
Sag'misan,
Yaki pishkan
Yag'misan?"

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:17:29

KUMUSH UY

Ipak qurti
Uy qurdi.
Sof kumushdan
G'isht urdi.

Qurib bo'lib
Qarasa.
Yo'qmish
Eshik-deraza.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:17:47

QURUMSOQ

Yoz, deb qistar
Muallim.
Yo'q, deb yig'lar
Mirsalim.

Ko'p yozsam, der,
Mirsalim,
Odosh bo'lar
Qalamim.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:18:13

YAYLOVNI SOG'INISH

"Ishlar qalay?"-
Desam, Qo'y
Javob berdi surib o'y:

- Kamchilik yo'q
Oziqdan...
Bezor bo'ldim
Qoziqdan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:18:33

MAKTAB

Baxtga narvon, bilimga kon erur maktab,
Zakovat doniga xirmon erur maktab.
O'g'il-qizlar, o'qing ulkan murod ko'zlab,
Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.
O'qing, minglab ahli dono kerak yurtga,
Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga.

Navoiy so'zni zar etdi ilm istab,
Buxoriy el kezib o'tdi ilm istab.
Riyoziyot shohi bo'ldi Xorazimiy,
Ulug'bek yulduzga yetdi ilm istab.
O'qing, Farg'oniy, Huvaydo kerak yurtga,
Beruniy, Termiziy, Kubro kerak yurtga.

Necha yovdan qaqshagan bu aziz tuproq,
Qadim janglar guvohi har dala, so'qmoq.
Buyuk yurt tarixin anglab g'urur to'plang,
Mard bobongiz Temurbekdek turing ogoh.
O'qing, idrokli posbonlar kerak yurtga,
Shiroq yanglig' pahlavonlar kerak yurtga.

Surib davron, Vatanda xon bo'ling doim,
Qadoqqo'l bu elga darmon bo'ling doim.
Shahar tiklang, oching dunyo sari yo'llar,
Nomi besh qit'ada doston bo'ling doim.
O'qing, ongli qizu o'g'lon kerak yurtga,
Qodiriy, Nodira, Cho'lpon kerak yurtga.

Qunt ila qirq hunar olmoqqa shahd aylang,
Shamoldan ham shakar olmoqqa shahd aylang.
Zamondan-da yurib ilg'or, bo'lib koshif,
Har ilmdan samar olmoqqa shahd aylang.
O'qing, qudrat ila shuhrat kerka yurtga,
Ma'rifatga tashna millat kerak yurtga.

Ma'rifatsiz elat maqsadda jam bo'lmas,
Ma'rifatli o'lka yotga qaram bo'lmas.
Agar maktab quyosh ersa, ilm nurdir,
Fikrsiz bosh ichra hattoki sham bo'lmas.
O'qing, fikri yorug' avlod kerak yurtga,
Va ertangi taraqqiyot kerak yurtga.


Yuqoridagi sherlar va maktubchalar Anvar Obidjon qalamiga mansub

Qayd etilgan


Ansora  25 Avgust 2009, 22:58:55

Obbo' Anvar Obidjon akayey:) Sherlar juda yoqdi. Necha yildan beri bolalar uchun hech narsa o'qimagan edim. Aslida bolalar uchun bir narsalar yozish osonday tuyuladi, aslida unday emas. Ular uchun yozish uchun kattalarday kuzatib, yosh boladay yozish kerak:) Akbarjonda ham katta rahmat:)

Qayd etilgan


Ansora  25 Avgust 2009, 23:01:50

MAHALLIY GEOGRAFIYA

- Aholining qalini
Qaysi joyda, To'lanboy?
- U, menimcha, domlajon,
To'qqizinchi tramvay.

Rostdan ham aholini qalini 9 tramvayda edi, yotoqxonadan o'qishga qatnab yurganimizda juda qiynalanmiz:)


Qayd etilgan


Ansora  25 Avgust 2009, 23:09:52

Akbarjon, Anvar Obidjonni she'rlarining jamlangan holini qayerdan topsam bo'ladi? Ozb-da bo'lmaganim uchun majburan internet o'rtamida o'qishga to'g'ri keladi. Ziyouzga qaradim 5-6 she'r bor ekan. Hozirdan katta rahmat.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Sentyabr 2009, 08:53:30

Darhaqiqat, bolaning maktabdagi dastlabki yutuqlari bevosita uning ota-onasi bilan bog’liqdir. U partaga o’tirishdan oldin aynan nimalarni o’rganishi lozim, shuningdek, ota-ona bolada bilimga bo’lgan qiziqishni so’ndirmaslik uchun yodda tutishi lozim bo’lgan narsalar to’g’risida.


Qayd etilgan