Jaloliddin Rumiy
(1207-1273)
Jaloliddin Rumiy Balx shaxrida tug'ilib o'sdi. Uni ba'zan Jaloliddin Balxiy deb atashdi.
Rumiy she'riyatning barcha shakllarida mukammal ijod qiladi. U Bitgan g'azallar, ruboiylar va masnaviylar she'riyat bo'stonining durdonasiga aylangan. Rumiy asarlarida tashbehlarga o'ralgan falsafiy, so'fiyona, teran g'oyalarga keng o'rin berilgan.
***
Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil.
***
O'limdan so'ng meni qaro yerdan emas, ma'rifatli insonlar qalbidan izlang.
***
Uzum haqida masalBir-birini tushunmaslik do'stni dushmanga aylantirish haqida Rumiyning shunday masali bor.
Turli tilda turlicha aytilgan so'z ba'zan o'zaro nizoga sabab bo'ladi. Turk, arab, fors va yunon millatidan bo'lgan to'rt nafar yo'lovchilar o'rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. Forsiy tilda so'zlovchi sheriklariga:
-Yuringlar, bozorga boramiz-da angur
1 sotib olamiz,-deydi.
-Ey firibgar!- uning so'zini bo'ladi arab.-Men angur emas, eynab
2eyishni xohlayman!
Turkiy yo'lovchi esa ularning har ikkisiga e'tiroz bildirib, shunday deydi:
-Birodarlar nega shovqun ko'tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz?
Yunonistonlik yo'lovchi esa:
-Qanday odamsiz o'zi. Kelinglar stafil
3 sotib olamiz-da maza qilib eymiz,-deydi.
Shu tariqa to'rt yo'lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Aslida ular aynan bir narsani istashardi.
To'rt yo'lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rossa do'pposlashdi.
Agar ularning orasida yuz tilni biladigan odam bo'lganda bir so'z bilan nizoga chek qo'yishi mumkin edi.
Angur
1-forsiyda uzum ma'nosini anglatadi
Eynab
2-arab tilida uzum ma'nosini anglatadi
Stafil
3- yunonchada uzum ma'nosini anglatadi
***
So'z- bu libos. Ma'no shu libos ostiga yashiringan sir
Mumtoz faylasuf kitobidan olindi