Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!  ( 34492 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  25 Mart 2009, 21:27:35

Assalomu alaykum forumdoshlar BIZDAN BIROR KIMSA SORARASA AGAR MUSLMON DIYMIZA ASLIDACHI INSONLAR DUNYOGA KELIB ISLOMDAN BEHABAR O'TIB KETEAMIZA.

Va alaykum assalom!
To'g'ri, ko'pchilik o'zini musulmon sanaydi-yu, yolg'on va firib yo'llari bilan birodarini aldaydi. Yana qanaqa musulmonsizlar, sizlar deydi.
Opajon, siz mening postimni o'qimadingiz shekilli.

Iqtibos
Hudoga shukur shu ziyouzga kiradigan hamma birodarla nomoz o'qishadi kitob mutola qilishadi QURON o'qishadi. nega hammaleni sho'ta o'tirib hich narsani bilmasdan bir insoni ustidan yomon so'zla ishlatila ahir o'qimadilami u insonni ohirgacha gaplarini taffakur qilmadizlami.

Aqlni yurgizganimiz uchun ham, aniq dalillar borligi uchun ham, musulmonligimiz, musulmon boshqa musulmon birodarining aldanishiga befarq qarab tura olmasligi uchun ham shu yo'lni tutdik. Oldingi postimda men bir hadis keltirgan edim: Payg'ambarimiz Muhammad SAV aytadilar: "Mo'min kishi bir marta qo'lini ilon chaqib olgan teshikka ikkinchi marta qo'l tiqmaydi".

Iqtibos
Alloh qo'shib yordam so'rganalarku Allohni nomi bilan yordam so'rgan insondan firibgarlik chiqadimi qani etila. ABDULAZIZ aka uylariga borib keliptila shundayam ishonch hosil qilmadilami.

Odamlar shu darajada pastkash bo'lib ketganki, ba'zida o'zlarining yolg'on niyatlarini-da, Alloh nomi boshlaydilar...
Ha, men ularning uyiga ham bordim. Lekin u aytgan gaplar bilan, boshqalarga aytgan gaplari bir-biriga muvofiq kelmasa, men yana ishonishim kerakmi? 50-60 ming kerak xolos, deb turib, 140000 ni olib, yana boshqalardan 80000, 100000, 100$ so'rashni davom etgandan so'ng ham indamay turish kerakmi? Boshqa musulmonlar ham soddalik qilib, xolislik qilib, uning aldovlariga?

Iqtibos
Maylin yordam bermas ekansila nima qilardila u insonni firibgar deyishga u inson bilan borib gaplashdilami yoki telefonda suhbatlashdilami qani eti hich narsani bilmasdan yozganlarizni qaren. ahir sila birodarlika sal tafakkur qilmadilami.

Ha, men gaplashdim. Yana 1-2 kishi gaplashgan. Bilib yozganmiz. Yolg'on gapirgani, avragani haqiqat, uning isbotini ham berib qo'yibman.
Va keyin birodar degan aslo A dek ishlarni qilmaydi.

Iqtibos
yana forumdoshla etishibpti qiz bola nomahram erkaka pul bermidi. qaysi kitobda o'qigansial shu haqda hadisla bormi isbotila bormi manga korsatila hadisla. sizlaga bir hadisni kelirmoqchiman. M.S.A.V. vafotlaridan keyin SAHOBALAR BILMAGAN NARSALIGINI OISHA R.A. KELISH SO'RASHGAN EKAN.
 

Opajon, o'ylab gapiryapsizmi? Qaysi sahobiy qaysi sahobiyning nomahram qizidan pul so'rabdi? Yoki qaysi sahobiy boshqa sahobiyning xotinidan man qiynalib qoldim, 80000 bering, 100000 bering deb so'rabdi?
Erkak kishi ilm so'raganda ham avval erkak kishidan so'raydi, u bilmasagina shunda ayol kishidan so'raydi.

Iqtibos
endi yahshilab tafakkur qilin forumdoshlar hali bilmagan narslaga oldin hulosa qilmila iltimos hafa qilgan bo'lsam uzr so'riman

Opajon, bu gapingizni o'zingiz uchun aytib ko'rsangiz.
Tafakkur qilib ko'ring.

Payg'ambarimiz SAV yolg'onchi kimsalarga hech qachon ishonmaganlar. Biz ham payg'ambar SAVning sunnatlaridan yuramiz, inshaalloh.
Siz ham shunday qiling, opajon. Yolg'onchining yonini olish, aslida unga sheriklik hamdir. Vayl ahlida bo'lib qolishlikdan asrasin!

Qayd etilgan


Muhseena  25 Mart 2009, 21:29:04

nomoz o'qishadi kitob mutola qilishadi QURON o'qishadi. nega hammaleni sho'ta o'tirib hich narsani bilmasdan bir insoni ustidan yomon so'zla ishlatila ahir o'qimadilami u insonni ohirgacha gaplarini taffakur qilmadizlami.Alloh qo'shib yordam so'rganalarku Allohni nomi bilan yordam so'rgan insondan firibgarlik chiqadimi qani etila. ABDULAZIZ aka uylariga borib keliptila shundayam ishonch hosil qilmadilami. Maylin yordam bermas ekansila nima qilardila u insonni firibgar deyishga u inson bilan borib gaplashdilami yoki telefonda suhbatlashdilami qani eti hich narsani bilmasdan yozganlarizni qaren. ahir sila birodarlika sal tafakkur qilmadilami. yana forumdoshla etishibpti qiz bola nomahram erkaka pul bermidi. qaysi kitobda o'qigansial shu haqda hadisla bormi isbotila bormi manga korsatila hadisla. sizlaga bir hadisni kelirmoqchiman. M.S.A.V. vafotlaridan keyin SAHOBALAR BILMAGAN NARSALIGINI OISHA R.A. KELISH SO'RASHGAN EKAN.  endi yahshilab tafakkur qilin forumdoshlar hali bilmagan narslaga oldin hulosa qilmila iltimos hafa qilgan bo'lsam uzr so'riman
[/quote]  :as: siz bizni tafakkurga chorlabsiz birodar,biz tafakkur qilib,axiri bu mavzuni aniqlanishi tarafdori bo'ldik,kimga nima uchun shuncha pul berayotganingizni va nimaga sarf qilayotganingizni bilmogi'iz kere.Siz u bolaga ishonar ekansiz,ho'sh nima uchun singillari haqida yozmayaptilar,nima uchun pullarni aniq qayerga ketgazganlarini yozmadilar,yo uyaldilar,yoki nma uchun pul so'raganliklarini unutib qo'ydilar chog'i.Avvalo AbdulAziz akani tekshiruvlarini va boshqalarni postlarini o'qib siz ham tafakkur qilib ko'rin.
Muslim muslimligin unutib qo'ysa,
Qiyomat bo'larkan Hudo xohlasa.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Mart 2009, 21:35:36

Assalamu alaykum va rahamatullohi va barakatuh!!!
Aziz muslim va muslimalar. Men Forumga 3-4 kun kira olmagandim. Bugun kirsam shuncha mojaro. Avvalo, ALloh barchamizga insof bersin va bizlarni mag'firat qilsin.
Men bu mavzuda post qilmoqchi emasdim. Lekin yuqoridagi fikrlarni o'qib, ayniqsa ummugulsumni postlarini o'qib post qilishga qaror qildim.
Bunday PM enga ham kelgandi, lekin men bu Pmni javobsiz qoldirgandim.
Bu yigit haqida Abdulazizni fikrlari bilan tanishdim, avvalo biz Abdulazizni bir nech yilda bei bilamiz. Uni aniq dalili bo'lmasa bir kishiga qarshi fikr bildirmaydi, men bunga ishonaman.
Bu yigit nima uchun asosan qiz ayollardan pul so'ragan? Bu savol yuqorida ham berilgan. Erkak kishi hech qachon tanimagan ayol qizlardan, ularni holatini bilmay, yashash tarzidan xabardor bo;lmay turib pul so'ramasligi lozim. Bu insoniy tomondan olganda shunday. Chunki hamma ayol qizlar yoki ota-onasi, yoki erini qaramog'ida bo'ladi.
Ummugulsum, sizga  murojaatim, to'g'rirog'i, noroziligim bor. Siz bu forumga yangi kirgansiz, bu yerdagi ishtirokchilar bilan ham hali yaxshi tanish emassiz. Ualr haqida aniq fikr bildirishingiz ham juda mushkul. Shuning uchun sizga bilmagan kishilaringiz haqida guvohlik berishda ehtiyot bo'lishingizni maslahat berardim. Bu yerdagilarni ko'pi Iymoni butun, Alloh uchun xolis xizmat qilishga tayyor insonlar deb bilaman. Buni dalili, shu yigitni tanimay turib unga yordam bergan birodarlarimizni tutgan yo'llaridan ham bilsa bo'ladi.
Men Ummugulsumga bitta savol bermoqchiman:"Agar sizdan umuman tanimagan er kishi katta miqdorda pul yordam so'rasa, siz eringizdan yoki ota-onangizdan ruxsat olmasdan pulni bera olasizmi?"
Shaxsan men bera olmayman. Bu yigitni Pmini javobsiz qoldirganimni sababi ham shu edi. Meni qo'limda shuncha pul bo'lgan taqdirda ham, men erimdan so'ramasdan bunday pulni bera olmayman. Hatto onamga berishga ham haqqim yo'qku, erimni molini, begona kishiga yo'l bo'lsin. Oiladagi har narsa erni mulki hisoblanadi. Agar ayol eridan so'ramasdan qo'shnisiga bir dona narsa bersa ham bu xiyonat bilan teng bo'ladi. Bunga dalil so'rashni hojati yo'q.
Bu yigit haqiqatan ham shu pulga muhtojdir, lekin Abdulloh birodarimiz bu yigitga yordam qo'lini cho'sibdila, ALloh u kishidan rozi bo'lsin. Alloh har kishiga niyatiga yarasha beradi, bu yigitimiz savob umidida bergan ekanla, savoblarini to'la to'kis oladila, InshaAlloh. Alloh uchun yordam berdim, deb, bu yaxshiliklarini unutsinla, deb maslahat berardim.
Lekin bu yigit Abdullohdan shuncha yordam olganidan keyin, nega yana qiz ayollarga murojaat qilishda davom etgan. Agar, pul topishni xohlasa, bozorda arava tortib bo'lsa-da, pul topib oilalari cuhun ishlatganlarida, bu ham barakali, ham halol, ham minnatsiz bo'lardi.
Hali ham bu yigitga shuni maslahat bergan bo'lardim. Erkak kishi birovni qo'liga qarab o'tirishi yaxshi emas. Bitta ishi yurishmasa, boshqa ishni boshini tutgan yaxshi.
Men bu maslahatim bilan aqllilik qilmayapman, faqat bir birodarimizga, ALloh uchun xolis maslahat berdim, xolos.
Bu maslahatga amal qiladilarmi yoki yo'qmi,bu o'zlariga havola.
Yuqorida Dilsora singlimiz keltirgan hadisi sharifni yaxshilab o'qib unga amal qilishi lozim, har bir inson, ayniqsa erkaklar.
Alloh barchamizga rushti hidoyat ato qilsin.
Er yigitlarimizni g'ururlaridan ayrimasin,Alloh barchalarini ishlarini o'nglab, halol rizq ato qilsin va tophanlariga barakani ham nasib qilsin.
ALloh hech kimni O'zidan boshqaga muhtoj qilmasin!!!
Amiyn.


Qayd etilgan


Chustiy  26 Mart 2009, 02:32:42


Lekin bir savol tug'ildi: Admin PMlarimizni ko'ra oladimi?

Off:Ha taqsir, qizlarga yozgan pmngizni adminstrator o'qirkanda deb sarosimaga tushib qoldizmi? =))

On: Mavzu bo'yicha rostini aytsam nima deyishgayam hayronman, lolman, AbdulAziz qattiq tergov ishlarini olib boribtiku a?
Alloh hukmiga havola qilib qolamiz, inshaAlloh hali shoxli qo'ydan shoxsiz qo'yning haqqi olib beriladigan kun keladi albatta.

Qayd etilgan


Hadija  26 Mart 2009, 18:23:54

 :as:

Alloh rozi bo'lsin, avvalo 1 chilardan bo'lib anglab yetgan, sezgir, savollari bilan forumni jonlanishiga his qo'shgan, gumonlarni aniq qilishga yordam bergan shoir forumdoshdan. Forum jonkuyari, qaysidir postda o;qiganimizdek "Forum otaxoni" Admin Abdulaziz dan, eng sevimli hurmat qiladigan opajonim Muniraxonim, Noza, singlim mutaallimah jamiyki birodarlardan...

Bo'lib o'tgan ishlar haqida o'zaro birodar opa-singillar, dugonalar bilan fikr almashdik, bu yerda uni muhokama qilib yozishimga hojat yo'q. Yozmoqchi bo'lganimki, bunday fitnalar, yolg'onlar, nafsga bo'ysunib qilingan ishlar orqasidan forumning obro'siga ziyon yetishi, ortiqcha asabbuzarliklar va asosiysi shaytonni hursand qiladiganiki birodarchilik o'rtasiga nizo solishlikni olib keladi. Haqiqatda ibrat olaman degan odam olib qoladi, ammo olomayman deganichi. Yuqoridagidek o'zini Haq sanayveradi? InshaAlloh, buni ham bir Alloh tomonidan kelgan bir sinov deb bilamiz. Yangi kirayotgan, endi-endi qiziqishi ortib forumga mehr qo'yishni boshlagan userlar u-n bu yomon xotira, xulosa bo'la olmaydi deb umid qilaman, InshaAlloh...

P/S: Mavzu boshidagi anglashmovchiliklar u-n uzur...

Qayd etilgan


AbdurRohman  27 Mart 2009, 16:55:47

 :as:

manimcha endi bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. yetadi bir kishini shuncha tanqid qilish. hammayam adashadi, kimdir bilib, kimdir bilmay. kimdir adashib kichik xato qilar, kimdir juda katta xato qilar, kimdir boshqa bu yo'lga qaytmaydi, kimdir yo'lida davom etadi. Man o'ylaymanki birodarimiz o'zlariga yetarli xulosa chiqarib oldilar. Avallo Alloh hidoyat bermasa bizni bu yozganlarimiz befoyda.
Allohu a'lam, balki rostanam yordam kerak bo'lgandir. nima bo'lganda ham manimcha yetarli bo'ldi. Userlar ogoh bo'ldi, tanqid qiladiganla tanqid qildi, rahmi keladiganlani rahmi keldi, so'kadiganla so'kindi.
bundan buyog'i ehtiyot bo'lsalariz bo'ldi. Albatta boshqa taniydigan userlarni ham bexabar bo'lsa ogohlantirib qo'ysangiz bo'ldi.

PS:shu insonga yordam beraman dip kuyib-pishib yurgan userlarni o'z ko'zim bilan ko'rdim. Hozir ahvolga qarab esa forumdoshlarga bir maslahat bermoqchiman, shu va shunga o'xshagan voqealarda ko'r-ko'rona harakat qilmang. Savob ish qilaman deb kimnidir gunoh qilishiga sababchi bo'lishiz mumkin. tilanchilar haqida bir hadis o'qigandim, mazmunam shunaqa edi: "O'z ehtiyojidan ortig'ini tilangan kishi, o'zi uchun do'zax olovini olibdi" shunday ekan birodarlar, xayr-ehson qilaman, savob ish qilaman deb, kimgadir do'zax olovini yedirib qo'ymanglar!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Mart 2009, 18:02:42

Iqtibos
manimcha endi bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. yetadi bir kishini shuncha tanqid qilish. hammayam adashadi, kimdir bilib, kimdir bilmay. kimdir adashib kichik xato qilar, kimdir juda katta xato qilar, kimdir boshqa bu yo'lga qaytmaydi, kimdir yo'lida davom etadi. Man o'ylaymanki birodarimiz o'zlariga yetarli xulosa chiqarib oldilar. Avallo Alloh hidoyat bermasa bizni bu yozganlarimiz befoyda.

Mening fikrim ham xuddi shunday!

Qayd etilgan


Chustiy  28 Mart 2009, 01:10:08


Off:Ha taqsir, qizlarga yozgan pmngizni adminstrator o'qirkanda deb sarosimaga tushib qoldizmi? =))


Off: Ha endi hechdan ko'ra kech bo'lsa ham, keldik hassamizi sudraaap  ;D

On: Ma'n ibn Yazid  :ra: : "Otam Yazid sadaqa qilib, dinorlarni chiqargan ekan. Ularni masjidga olib kelib bir kishining huzuriga qo'yibdi. Men kelib, ularni olibman. Ularni olib, otamni oldiga borsam:
"Allohga qasamki, men seni iroda qilmaganman edim" dedi.
Uning ustidan Nabiy  :sw:ga shikoyat qildim. U zot  :sw: :
"Ey Yazid, senga niyat qilgan narsang. Ey Ma'n, senga olgan narsang" dedilar. (Buhoriy rivoyati) (Hadis va Hayot 3-juz "Niyat, Ihlos va Ilm" kitobi, 2- bob "Kishi niyatiga yarasha savob oladi" 38-bet)

InshaAlloh forumdoshlar yaxshi niyatlar ila ehson qilishgan, Alloh, ularning niyatlari va ehsonlaridan ham ziyoda qilib qaytarsin va ajrlantirsin. 

Qayd etilgan


Moxim bonu  04 Aprel 2009, 14:10:44

Assalomu aleykum man bu fikrga yangi qo'shilgan bo'lsam xam fikr bildirgim keldi. Manimcha pul so'ragan inson asosan qizlardan so'raganlari uchun gaplari xaqiqatga yaqin emas deb o'yladim. Chunki biz ayollar ojizamiza, erkaklardan past turamiz. Agar ularga rostan yordam kerak bo'lsa bunday muassasa, idoralar foliyat olib boradilar. Bu forum ziyo tarqatish maskani dib bilaman zero OLLOXga yaqin bo'lish maqsadida birodar bo'lganmiz. Nnega OLLOXni tilga olib turib bandasidan umidvor bo'lishimiz kere? Axir yo'qdan bor qilgan, yaratgan egamizdan eng yaqini yo'qku. Bu dunyoda yolg'onni bekitishimz mumkindir lekin oxiratdachi..... Aziz qadrdonim kim xaq bo'lsa OLLOXdan umid qilaylik OLLOHdan so'raylik. Noxaq aldov yo'li bilan yurgan zamondoshlarimizni OLLOHni o'ziga topshirdim yaratganni o'zi kifoya qilsin!

Qayd etilgan


Imron  05 Aprel 2009, 20:52:42

Ҳақиқий журналистик текширув бслибди.

Qayd etilgan