Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!  ( 41488 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


shoir  18 Mart 2009, 14:05:54

Assalomu alaykum!
Avvalroq boshqa yuzerlarga ham shunday PM kelgani haqida eshitgan edim.
Barcha boshqa yuzerlar qatori bir yuzerimiz menga ham moliyaviy yordam berishim haqida maktub yozibdilar.

Birodar, bu yerda menimcha saxovat qila olish darajasidagi badavlat odamlar yig'ilmagan. Ko'pchilik o';zini zo'rg'a boqadigan talabalardir.

Bir narsani yozishdan avval biroz aql yurgizing. Islom odobi bo'yicha ham moliyaviy yordam bunday tartibda so'ralmaydi. So'rovchi odamning holiga ham qaraladi.

Birodar, bunday faoliyatni bas qiling. Judayam muhtoj bo'lgan odam internetda o'tirishi va faol bo'lishi biroz gumonli. Undan ko'ra Allohdan so'rab, duo qiling, imkoningiz qadar ishlashga harakat qiling.

Mayli, agar jiddiy bir sababingiz bo'lsa, unda o'sha sababni aniq oshkor qilib, yozing. Istaganlar hayr qilishi mumkin.

Birodar, meni to'g'ri tushunasiz degan umiddaman.

PS. Mendan keyin yozdigan userlar! Anonymlik saqlansin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2009, 15:44:12

Assalomu alaykum!

Bilmadim, balki bu mavzuni ochish shartmidi???

Lekin shaxsan menda ham shu holat bo'lgandi. Ularni ahvolini to'g'ri tushundim. Ammo ming afsus biron moliyaviy yordam bera olmas edim. Anchadan buyon ularni oldida o'zimni xijolaat sezib yurardim. Biron javob xati yozishga ham qo'lim bormadi. Meni to'g'ri tushuning, birodar, men haqiqatdan siz so'raganchalik moliyaviy yordam berolmasdim.

Ollohim ishlaringizga rivoj bersin, ilohim.

Qayd etilgan


Imron  18 Mart 2009, 20:40:03

Форумда молисвий ёрдам ссраб мурожаат қилишнинг зарари йсқ. Имкони бор одам ёрдам қилади, иложсиз бслса, узр айтади. Ҳаммамизда ҳам пулга муҳтожлик бор.

Ардамга муҳтож одам бундай хатни минг бир истиҳола билан ёзса керак. Унга ҳам ссраш ноқулай. Қсшни форумда ҳам менга шунга схшаш хабар келувди, лекин негадир хат сгаси билан қайта боғланишнинг иложи бслмади.. Ҳар ҳолда от ёки тус ссрамаса керак. Ўша йигитга 3-4 минг ссмдан бслса ҳам ҳарнада, деб сйладим сзимча.

Биз асҳоби киромларнинг хулқига бир назар солиб ксрайлик. Ўзлари қанчалик муҳтож бсла туриб, биродарларига саховат қила олишган. Тарихларини сшитсак ксзимизга ёш келади. Аммо сзимиз ундай бслолмаймиз, нега?

Ишимиз ксп. А­симиздан чиқиб кетади.. Ҳамма сзи билан овора, биров билан ишимиз йсқ, нега ундаймиз?..

Qayd etilgan


Munavvara  18 Mart 2009, 21:20:09

 :as: uzr baxsga aralashganim u-n lekin yozishni o'zimga joiz deb bildim.
Hurmatli Shoir aka sizni fikrlarizni hurmat qilaman lekin shu mavzuni ochish shart edimi agar o'sha insonga yordam bera olmas ekansiz PMda o'ziga yozib yuborsangiz bo'lmaydimi...
O'zi menga kelmadi bunday xat lekin opamlarga kelgan edi opam manga o'qib berdilar opam bilan yiqqan bor pulimizni tayyorlab qo'ydik o'sha insonga opam Pm yozdilar ammo javob keldimi kelmadimi uyog'ini bilmayman manimcha kelmadi...
Aytmoqchi bo'lganim bu mavzuni ochib o'sha birodarimizni hijolat qilib qo'ymadikmikan...
Bir mavzu ochishdan oldin o'sha insonga og'ir botadimi yo'qmi avval o'ylab k-n ochish kerak emasmi mayli Alloh hammamizga insof bersin o'sha birodarimizni esa mushkullarini oson qilsin amiyn!  :as:

Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Mart 2009, 23:31:04

Bu mavzuning o'chirilishi tarafdoriman. Shoir akamni hurmat qilaman. Lekin menimcha mavzu sal noto'g'ri ochilgan. Biz bu yerda anionimlikni saqlaganimiz bilan baribir hammamiz gap kim haqida ketayotganligini bilib turibmiz.

Qayd etilgan


Chustiy  19 Mart 2009, 02:25:37

 :bs1:

Asslamu alaykum!

Agar iloji bo'lsa forumda bir bo'lim ochim "yordamga muhtoj" deb nomlab qo'yish kerak, kimga qanday yordam kerak bo'lsa, o'sha bo'limda mavzu ochib musulmonlardan, yordam so'ralishi kerak, zero  musulmonlarning mushkuli bizning ham mushkulotimiz, qo'lida kelganlar Alloh roziligi uchun yordam berishadi. Ham forum uchun ham forumchilar uchun foydali bo'ladi inshaAlloh.

Mana misol ayni damda manga boshqa forumda pm keldi, bir tanish birodarimiz Toshkentda, ayni damda ishsiz ekanlar, oldinlari paynetda ishlagan ekanlar, shularga tanish bilishlarda ish beruvchi vakansiyalar bo'lsa Alloh roziligi uchun yordam bervoselar ko'p va ho'p yaxshilik qilgan bo'lar edingiz.

Zero Nabiy  :sw: "Kimki bir musulmonning mushkulini oson qilsa, qiyomat kuni Alloh uning mushkulini oson qilur" mazmunda hadislar mavjud.

 :as:

Qayd etilgan


shoir  19 Mart 2009, 08:42:04

Биз асҳоби киромларнинг хулқига бир назар солиб ксрайлик. Ўзлари қанчалик муҳтож бсла туриб, биродарларига саховат қила олишган. Тарихларини сшитсак ксзимизга ёш келади. Аммо сзимиз ундай бслолмаймиз, нега?

To'g'ri, lekin ashobi kirom kimdan, qanday so'rashni ham yaxshi bilishgan. Buyuk sahobalar esa umrlari davomida garchi muhtoj bo'lsalar-da, hech kimdan hech narsa so'ramaganlar. Hatto otda ketayotgan paytda qamchilari yerga tushsa-da, shuni ham o'zlari tushib olganlar. Va keyin sahobalarning hech biri kimningdir o'ziga nomahram bo'lgan qizidan hech qachon pul so'ramaganlar. Bu narsa musulmon kishi uchun uyat.

Dilsora va Muslimaa singlim, sizga savol:
Siz umuman tanimagan, bilmagan, ko'rmagan, sizga nomahram bo'lgan bir yigit dab-durustdan sizdan pul so'rasa, qancha bo'lsayam mayli, beruvring desa, shubha qilmaysizmi?

Men bermanglar, deganim ham yo'q, demoqchiham emasman. Istaganingizcha xayr qiling.

Lekin bu narsa ko'pchilikka ibrat bo'lsin, deb yozgan edim. Erkakda or yo'qolgan kun - uning halokatidir. Ehtiyot bo'laylik, birodarlar.
Barchangizdan uzr so'rayman...

Qayd etilgan


Munavvara  19 Mart 2009, 13:49:17

Bu mavzuning o'chirilishi tarafdoriman.

Xullas, bu mavzu, o'chirib tashlansa judayam yaxshi bo'lardi...

 :as: AbdulAziz akadan iltimos qilib so'raymiz mavzuni o'chirib tashlasinlar...

Qayd etilgan


Zamiraxon  19 Mart 2009, 15:42:18

 :as:
Birodarlar, Shoir akamiz sizlar o'ylagan ma'noda ochmagan menimcha, shunchaki hammagayam bu yerda oson emas yashash, o'zimizdan ortmaydi, hammamiz studentlarmiz, agar yordam berish ilojimiz bo'lganda bajonidil qo'limizdan kelganini qilardik degan ma'noda tushundim men. Shaxsan o'zimgayam keldi bunaqa xat, lekin men hecham uning biron bir o'yin qilib yoki hazil qilib yozishi mumkinligi haqida o'ylaganim yo'q. Agar o'sha payti o'sha inson so'ragan miqdordagi pulim bo'lganda, Olloh yo'lida birodarlik xurmati berardim. Zero, boshqalar hojatini chiqarish ham oliy savoblar jumlasiga kiradi, Vallohu A'lam. Bir-birimizga yaxshi gumonda bo'laylik.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 18:53:19

Mavzuni yopa qolaylik....

Ammo mavzu noto'g'ri ochilmagan. Birdan yomon tomonini ko'rmaylk buni...

Qayd etilgan