Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!  ( 41509 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  24 Mart 2009, 23:00:14

Assalamu alaykum!

Shoirning ochgan mavzusidan so'ng bu masala haqida biroz o'rganishimga to'g'ri keldi. Aniq bir dalil bo'lmaguncha mavzuni vaqtinchalik yopgan edim. Bugun ko'pchilikka ibrat bo'lsin, deyana yana mavzuni tikladim.

Haqiqatan ham bundan 1-1,5 oylar chamasi oldin forumda boshlangan "moliyaviy yordam" so'ralgan PMlar shu kungacha davom etib, birqancha userlarga jo'natilgan. Userlarning ko'pchiligi buni oddiy qabul qilishgan bo'lsa-da, ba'zi userlar jiddiy olib, yordam bermoqchi bo'lishgan. Yordam uchun summa har kimga har xil jo'natilgan. Kimgadir 50000, kimgadir, 80000, kimgadir 20000, yana kimgadir 100$. Ba'zi userlarimiz turli sabablarga ishonib, o'sha shaxsga yordam ham berganlar. Men shartli ravishda PM yozgan shaxsni A, yordam bergan shaxslarni B va C, D deb atadim.

Shaxsan menga ham shunday xabar kelganidan so'ng, qiziqib, B va Cga aytilgan gaplar, o'zimga yozilgan PMlar va ba'zi birodarlardan bu haqdagi argumentlarni yig'ib, solishtira boshladim. Keltirilgan argumentlar va sabablar ko'pincha bir-biriga nomuvofiq keldi. Kuni kecha A ning uyiga ham bordim, uyda faqat A ni ko'rdim, suhbatlashib, onasi bilan ham telefonda gaplashganimdan so'ng shubhalar yana ortdi. Ba'zi xulosalarni hukmingizga havola qilsam:

Menga va boshqa ko'p userlarga kelgan PM:
Kichik singlim kasal, orqa beli qiyshiq, doctorlar yillar davomida davolash kerak deyishyapdi. Yoshi 6 da, 12 yoshgacha muolaja qilish kerak ekan. Har bir muolaja uchun haftasiga 4oooo so'm berish kerak. Belini hozirdan davolab borilmasa keyin kech bo'ladi. To'g'ri savol tug'ilishi mumkin, tanishlardan, qarindoshlardan yordam so'ramadingmi deb, ulardan yordam so'raganmiz, ammo "o'zinda yo'q, olamda yo'q" deganlaridey yordam olomadik. Oilada 5 kishimiz: opam, man, ukam va 2 ta singlim ( otam 2001 yil o'tib ketganlar ). Shu sababli hozirda bizlar 8oooo so'm ga muhtoj bo'lib turibmiz yoki o'zi umuman qancha bera olasiz ? Javobingizni KUTAMAN !
P/S: man o'zi evroremontda ishliman, biroq hozir ish to'xtab qolgan, shunga majburlikdan yordam so'radim !


Yana bir birodarga jo'natilgan PM:
Siz qaysi davlatdasiz, aynan qancha deb so'raganizga taxminan 100 $ yetadi ! pulni jo'natish uchun man yashayotgan joyda tanishiz bormi , ya'ni Toshkentda, pulni WESTERN UNION orqali jo'natsa bo'ladi, lekin sizga ma'qulmi?

Boshqa birodarga yozilgan PM:
Alloh sizdan rozi bo'lsin, hozirda bizaga 50000-100000 so'm atrofida kerak, agar bu pul sharoitizga to'g'ri kelmasa, qanchagacha bera olisiz, pul berishga kelsak, boshqa viloyatdan bo'lsez qatnaydigan mashinalardan berib yuborsez bo'ladi, mabodo boshqa mamlakatda bo'lsez WESTERN UNION orqali bersez bo'ladi...

A  C dan 15 kuncha oldin singlisining muolajasi bahonasida dastlab 50000 olgan va "shu pulni bersangiz, muolajani boshlaymiz", degan. Vaholanki, bugun men gaplashganimda esa hali muolaja bo'lmaganini aytdi. So'ng onasi bilan gaplashganimda esa bugun bir kasalxonaga olib borganini, "qaysi kasalxona?" deb so'rasam, yo'q, hozir boshqa poliklinikaga olib ketayotganini gapirdi. "Muolaja uchun qancha kerak?" - deb so'raganimizda, 50-60 ming yetadi, dedi.
Savol tug'iladi: Agar muolaja uchun faqatgina 50-60 ming kerak bo'lsa, nega ko'pchilikdan 80000, yana 100$ so'rab yuribdi? Nega menga hozircha aniq bo'lgan 140000 ni olganidan so'ng ham, shoirning ushbu mavzusidan so'ng ham u o'z "faoliyat"ini to'xtatmadi?

C xuddi shu narsaning oldini olish maqsadida (u boshqalarga ham xuddi shunday xat jo'natilganidan bexabar bo'lgan) boshqa userlarni bezovta qilmay qo'yaqoling, kerak bo'lsa, yana men beraman" - degan. Lekin A boshqa userlardan ham xuddi shu holatda pul olishni ko'zlab, PM va ba'zilarga telefon ham qilgan. U yana talaba B dan avval 15000 xayr, so'ng "nonga ham pul qolmadi" deb 25000 + Rossiyadan pul kelishi kerak, shuning harajatkariga deb 10000 qarz olgan va Rossiyadan kimdir 1000$ jo'natadi, fevralning oxiriga keladi, shunda qaytaraman deb aytgan. B ni ishontirish maqsadida uning telefonida rasmga tushib, "Bu rasmni (ya'ni A ning rasmini) Rossiyaga jo'nataman. Ular mening haqiqatan ham toshkentlik ekanligimga ishonishgach, keyin jo'natisharkan" degan. C ga esa allaqanday Madagaskardanmi (lekin Rossiyadan emas) unga pul jo'natishayotganini aytgan.

A yana talaba D dan ham "yordam so'rab" telefon qilgan. D ham uning gaplariga ishonib, pul bermoqchi bo'lib yurgan paytda uni ogohlantirdim. 

A  C dan avval 50000 olingandan so'ng, yana telefon qilib, "uyda hech narsa qolmaganini" bahona qilib, yana 20000 oladi. So'ng yana bog'lanib, yangi ishga kirganini, yo'lkiraga ham puli yo'qligini aytib, "yo'lkira uchun" deb yana 20000 oladi. Men gaplshganimda esa hozir ukasi bilan "yevroremont qilishini, ukasi ishga ketganini" aytdi.
Savol tug'iladi: Yo'lkirayu nonga ham puli yo'q odam, kunduz kuni evroremont ishida bo'lsa, qanday qilib kechayu kunduz internetda o'tiradi?
B ga esa forumdagi ODAM niki bilan kiradigan user uning ukasi ekanligini aytgan. Vaholanki, men ikki xil nikda kirayotganini bilib qolib (bu nikda kirib, hamma postlariga Rahmat berib chiqqan), unga tanbeh berganimda, u bu nikning o'ziniki ekanligi, boshqa qaytarilmasligini yozgan edi. O'sha paytda bu userni ban qilmoqchi edim. Lekin "xayr" sabab ban qilib yuboribdi - degan yomon gumon bo'lmasligi uchun sabr qilgandim.

Va yana men A bilan gaplashganimda telefon nomerimni faqat sizga bergan edim, dedi. Vaholanki, yana 4-5 ta userlarga o'z telefon nomerini berib, ular bilan "muomala"ni kelishib olgan.

A ning onasidan olingan summalar miqdori va sarfi haqida so'raganimizda tayinli va aniq javob ololmadik...

A yolg'on gapirib, forumdoshlarni aldagani, ikki nikdan kirib forum qoidalarini qo'pol ravishda buzgani uchun ban qilindi.

Musulmon birodarlar! Mo'min kishi biroz ehtiyotkor ham bo'lishi kerak. Kim nima desa ishonib ketaverish, hozirgi davrimizga to'g'ri kelmaydi. Biz Saodat Asri zamonida yashamayapmiz, hammaga ishonadigan davr emas hozir. Ayniqsa, mana shunday pul muomalalarida quruq gapga ishonib, tekshirmasdan aldanib qolish, yaxshi xislat emas.
Payg'ambarimiz Muhammad SAV aytadilar: "Mo'min kishi bir marta qo'lini ilon chaqib olgan teshikka ikkinchi marta qo'l tiqmaydi".

Forumda yana shunday masala bo'lsa, avvalo fikr qilib ko'ring. Tekshiring, yaqinlaridan surishtiring, shundan so'nggina xayr qiling. Avvalo xayrni o'z yaqinlaringiz, qo'shnilaringiz, siz tanigan, bilgan odamlardan boshlang...

Allohdan bu oilaga insof, baraka va haqiqiy islomiy hayot kechirishlarini tilaymiz.
Alloh ishlarini o'nglab, to'g'ri yo'lga boshlasin!

Qayd etilgan


Muhseena  25 Mart 2009, 06:24:52

Aniqlangani yaxshi bo'libdi,hammamizga Alloh to'g'ri yo'lni ko'rsatsin.

Qayd etilgan


Muhseena  25 Mart 2009, 06:55:11

Manga ham bu insobndan xat kelganda pulim yo'q edi,lekin stipendiyam chiqishi kerak edi,keyin dugonamga maslaxat qilgan edim hamki,u mani qat'iy qaytardi,admindan surishtirib ko'r,ahir sen qiz bola bo'lsang,qanaq qilib musulmon odam ayol kishidan pul so'raydi-degandi,keyin man AbdulAziz akadan so'radim,nima qilsam ekan-deb.Ular bu haqida bilmasliklarini aytdilar va mani bu yo'ldan qaytardilar.Keyin u insonni postlarini qarab chiqdim.Bironta islomiy post qilmagan,har nimalarni yozib yurarkanlar.Keyinchalik boshqa qizlarga ham shu kabi xat kela boshlabdi.Agar ular pulga muhtoj bo'lganlarida,avvalo admin bilan maslaxatlashib olishlari kerak edi.Keyin qizlardan pul so'rash uyat bo'lsa kerak.Biz ishlamasak,bizni kimdir boqsa.Buni ham hisobga olmaganliklaridan kimliklari ko'rinib turibdi.

Qayd etilgan


jasur85  25 Mart 2009, 08:15:31

AbdulAziz burodar juda yahshi (ibratli) ish qilibsiz.
Odam degani buncha sodda bolmasa deb kuzatayotgan
edimki sizni postingizni o`qib   ko`nglim    taskin   topdi.

Qayd etilgan


shoir  25 Mart 2009, 11:21:00

Assalamu alaykum!
Rahmat, AbdulAziz. Alloh rozi bo'lsin!

Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Mart 2009, 12:01:28

Assalamu alaykum.

Mana manga o'sha boladan kelgan 1 xat


Assalomu Alaykum , yaxshimisiz, bitta iltimos bo'yicha sizdan yordam so'ramoqchidim...bilasizmi hozir oilamiz qiyin vaziyatga tushib qoldi (hazilmas) shunga siz moliyaviy yordam berolisizmi...?
Bizaga ko'p keremas !

Alloh sizdan rozi bo'lsin !


Vaalaykum assalam!
Nima maqsadda pul kerak?
Ham nima uchun shu forumdagi boshqa insonlardan ham pul so'raganingizni tushuntirib bering.
Sizni qaysi vaziyatdaligingizni yaxshi bilmiman, lekin o'g'il bolasiz ishlashingizga nima halaqit qiladi?
Gaplarimga hafa bo'men to'g'ri ma'noda so'radim?



Haqiqatda boshqa forumdoshlardan yordamni man so'ragandim, lekin bir narsani aytay, manga ham osonmas, sizlarni oldizgizda uyatliman, juda ilojsiz qolganimdan so'radim, unaqa ko'p keremas, o'zimizni o'nglab olsak albatta qaytaramiz, man tushunishlarini xoxlardim.

Vaziyatimizni batafsil bayon etsam:

Kichik singlim kasal, orqa beli qiyshiq, doctorlar yillar davomida davolash kerak deyishyapdi. Yoshi 6 da, 12 yoshgacha muolaja qilish kerak ekan. Har bir muolaja uchun haftasiga 4oooo so'm berish kerak. Belini hozirdan davolab borilmasa keyin kech bo'ladi. To'g'ri savol tug'ilishi mumkin, tanishlardan, qarindoshlardan yordam so'ramadingmi deb, ulardan yordam so'raganmiz, ammo "o'zinda yo'q, olamda yo'q" deganlaridey yordam olomadik. Oilada 5 kishimiz: opam, man, ukam va 2 ta singlim ( otam 2001 yil o'tib ketganlar ). Shu sababli hozirda bizlar 8oooo so'm ga muhtoj bo'lib turibmiz ! Javobingizni KUTAMAN !


P/S: man o'zi evroremontda ishliman, biroq hozir ish to'xtab qolgan, shunga majburlikdan yordam so'radim !


Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Mart 2009, 12:12:18

Avvalo adashishdan Alloh asrasin.

Man bu insonni maqsadini tushunmadim.
Agar rostan ham singillarini davolashga pul shu qadar tez kerak bo'lganida, nimaga Abdulazizga yoki shu forumdagi bironbir ishonchli insonga "Yordam berolisizlarmi? Forum bilan yig'ilishib yordam berilar disalar bo'ladi?"
Manimcha bu har bir insonga alohida PM yozgandan ma'qulroq edi.
Biz ham yig'ilishim vaziyatni ko'rib qo'ldan kelganicha kim qancha imkoniga qarab yordam beraridi.

Yana 1 masala. O'zlari o'g'il bola bo'salar, ishlashga qurbilari yetsa, nimaga ishlab shu pulni topishga harakat qilmadilar shu vaqt ichida? Hozir sharoit qiyin bilaman. Lekin ishlab o'sha so'ralgan pulni 2-3 kunda uzog'i 1 haftada topsa bo'ladiku.
Evroremont qachon boshlansa shunda ishliman dib o'tirmasdan.
Agar ish topolmasalar, mana biz yordam beramiz ish topishlariga.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  bizlarni tilanchilik qilishdan (o'z ishga qodir bo'lib boshqalardan pul so'rashni nazarda tutib...)qaytarganlar. Bu bilan bu bola tilanchilik qilgan demoqchi emasman.
Lekin inson ishlab o'zi topsa bo'ladi. Mayli qodir bo'lmasalar yordam beramiz. Lekin bunaqa fitna chiqarishga sababchi bo'lish yaxshi emas.

Alloh hammamizga insof bersin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Mart 2009, 12:29:09

Avvalombor, AbdulAziz aka hushyorligingiz uchun.

Bu boshqalarga ham o'rnak bo'lsa ajab emas. Aslida u kishining bu ishi Firibgarlik hisoblanadi (Jinoyat Kodeksi 168-modda):

Firibgarlik, ya'ni aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini yoki o'zganing mulkiga bo'lgan huquqini qo'lga kiritish -
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.



P/S: Qolgan userlardan iltimos! Barcha ish fosh etildi. Shu sababli iltimos, urushdan keyingi qahramon sifatida o'sha inson bilan bo'lgan suhbatlaringizni yoki o'zaro yozishmalaringizni kiritishga hojat yo'q. O'zingiz uchun xulosa qiling, shuni o'zi yetarli.

Qayd etilgan


Musannif Adham  25 Mart 2009, 12:40:23

Assalomu Alaykum.

Oxiri muammo "yechilibdi". Buni oldinroq yechish kerak edi. Mayli hechdan ko'ra kech yaxshi. AbdulAziz akamga fevralning boshidayoq "bu ish shubhali" degandim. Allohga shukrki, O'zi bergan zehn tufayli mana bu firibgarlik ham ochilibdi.

Oldingi postimga keladigan bo'lsak, men u odamni himoya qilmadim. Faqat bu mavzuni o'chirishni so'radim. 

Ko'rdimki, xato qilgan ekanman. Buning uchun Allohdan mag'firat so'rab, Shoir akamga o'z uzrimni aytmoqchiman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Mart 2009, 13:07:34


P/S: Qolgan userlardan iltimos! Barcha ish fosh etildi. Shu sababli iltimos, urushdan keyingi qahramon sifatida o'sha inson bilan bo'lgan suhbatlaringizni yoki o'zaro yozishmalaringizni kiritishga hojat yo'q. O'zingiz uchun xulosa qiling, shuni o'zi yetarli.

Agar bu gapni mani postimga qarab yozgan bo'sez etib qo'yi "urushdan keyingi qahramon sifatida" bularni yozmadim.
Bu bolani ko'pchilik haq deb tarafini olishdi, xatto Abdulazizni ishini qoralashdi.
Man ham buni mavzu qilib chiqarishlarini hohlamasdim.
Man bu yerda dalil, va asoslarga asoslanib shu hulosaga kelinganini nazarda tutib yozganman!

Qayd etilgan