Assalamu alaykum forumdoshlar !!!
Man o'sha sizlardan yordam so'ragan Baxtiyorman, kecha ertalab AbdulAziz va Abdulloh uyimizga keldilar, gaplashdik, lekin manga ishonmay chiqib ketdilar.
Endi AbdulAziz yozgan B olgan pullar, ya'ni Toshkentdagi B dan olganman, lekin manga hech kim 100 $ jo'natmagan, hozir mani bilmay 1 minutda firibgarga chiqarib qo'ydinglar, o'zi bitta narsa man birovdan 100 $ olganimni o'z ko'zinglar bilan ko'rdinglarmi yoki jo'natgan odam isbotlab berdimi ?
Man sizlarga yosh bolamasman, arzimagan yordamni sizlarga ishonib so'rasam, sizlar bu firibgar deb G'IRT TUXMAT qildinglar, ishonmasangiz uyimga kelib mani o'zim, oyim bilan gaplashib ko'ringlar, nega sizlar hali isbotlanmagan narsa bo'yicha mani bulg'ab tashadinglar, ayniqsa sizlardan kutmagandim, isbot kerak bo'lsa tel qilinglar, yana o'zini oqlash yozmoqda deb o'ylamang...
Abdulaziz uyimizga kelganlaridan keyin o'z ko'zlari bilan sharoitimizni ko'rib oyimni so'radilar, oyim Qushbegidalar dedim, xoxlasez tel qilib beraman, shahxsan gaplashasiz dedim, ular kerakmas dedilar, bu nima degan gap, nega ahvolni ohirigacha bilmay ketdilar.
Man bir narsaga hayronman, musulmon, o'zbek degan nomimiz qani ?
P/S: ILTIMOS AbdulAziz qattiq ILTIMOS qilaman, shu postni o'chirmang, balki mandan xato o'tgandir, nega yuzimga aytmay orqamdan mavzu ochib mani yerga urib tashadingiz, bu mavzuni ko'rib oyim o'zlariga kelolmayapdilar !
Savollar tug'ilsa yoki haqiqatda nima bo'lganini bilmoqchi bo'lsangiz tel qiling yoki uyimizga keling, mani ALLOH ni oldida yuzim yorug', qarasam mani odam qatoridan chiqarib qo'ydinglar ! ! !