Assalamu alaykum va rahamatullohi va barakatuh!!!
Aziz muslim va muslimalar. Men Forumga 3-4 kun kira olmagandim. Bugun kirsam shuncha mojaro. Avvalo, ALloh barchamizga insof bersin va bizlarni mag'firat qilsin.
Men bu mavzuda post qilmoqchi emasdim. Lekin yuqoridagi fikrlarni o'qib, ayniqsa ummugulsumni postlarini o'qib post qilishga qaror qildim.
Bunday PM enga ham kelgandi, lekin men bu Pmni javobsiz qoldirgandim.
Bu yigit haqida Abdulazizni fikrlari bilan tanishdim, avvalo biz Abdulazizni bir nech yilda bei bilamiz. Uni aniq dalili bo'lmasa bir kishiga qarshi fikr bildirmaydi, men bunga ishonaman.
Bu yigit nima uchun asosan qiz ayollardan pul so'ragan? Bu savol yuqorida ham berilgan. Erkak kishi hech qachon tanimagan ayol qizlardan, ularni holatini bilmay, yashash tarzidan xabardor bo;lmay turib pul so'ramasligi lozim. Bu insoniy tomondan olganda shunday. Chunki hamma ayol qizlar yoki ota-onasi, yoki erini qaramog'ida bo'ladi.
Ummugulsum, sizga murojaatim, to'g'rirog'i, noroziligim bor. Siz bu forumga yangi kirgansiz, bu yerdagi ishtirokchilar bilan ham hali yaxshi tanish emassiz. Ualr haqida aniq fikr bildirishingiz ham juda mushkul. Shuning uchun sizga bilmagan kishilaringiz haqida guvohlik berishda ehtiyot bo'lishingizni maslahat berardim. Bu yerdagilarni ko'pi Iymoni butun, Alloh uchun xolis xizmat qilishga tayyor insonlar deb bilaman. Buni dalili, shu yigitni tanimay turib unga yordam bergan birodarlarimizni tutgan yo'llaridan ham bilsa bo'ladi.
Men Ummugulsumga bitta savol bermoqchiman:"Agar sizdan umuman tanimagan er kishi katta miqdorda pul yordam so'rasa, siz eringizdan yoki ota-onangizdan ruxsat olmasdan pulni bera olasizmi?"
Shaxsan men bera olmayman. Bu yigitni Pmini javobsiz qoldirganimni sababi ham shu edi. Meni qo'limda shuncha pul bo'lgan taqdirda ham, men erimdan so'ramasdan bunday pulni bera olmayman. Hatto onamga berishga ham haqqim yo'qku, erimni molini, begona kishiga yo'l bo'lsin. Oiladagi har narsa erni mulki hisoblanadi. Agar ayol eridan so'ramasdan qo'shnisiga bir dona narsa bersa ham bu xiyonat bilan teng bo'ladi. Bunga dalil so'rashni hojati yo'q.
Bu yigit haqiqatan ham shu pulga muhtojdir, lekin Abdulloh birodarimiz bu yigitga yordam qo'lini cho'sibdila, ALloh u kishidan rozi bo'lsin. Alloh har kishiga niyatiga yarasha beradi, bu yigitimiz savob umidida bergan ekanla, savoblarini to'la to'kis oladila, InshaAlloh. Alloh uchun yordam berdim, deb, bu yaxshiliklarini unutsinla, deb maslahat berardim.
Lekin bu yigit Abdullohdan shuncha yordam olganidan keyin, nega yana qiz ayollarga murojaat qilishda davom etgan. Agar, pul topishni xohlasa, bozorda arava tortib bo'lsa-da, pul topib oilalari cuhun ishlatganlarida, bu ham barakali, ham halol, ham minnatsiz bo'lardi.
Hali ham bu yigitga shuni maslahat bergan bo'lardim. Erkak kishi birovni qo'liga qarab o'tirishi yaxshi emas. Bitta ishi yurishmasa, boshqa ishni boshini tutgan yaxshi.
Men bu maslahatim bilan aqllilik qilmayapman, faqat bir birodarimizga, ALloh uchun xolis maslahat berdim, xolos.
Bu maslahatga amal qiladilarmi yoki yo'qmi,bu o'zlariga havola.
Yuqorida Dilsora singlimiz keltirgan hadisi sharifni yaxshilab o'qib unga amal qilishi lozim, har bir inson, ayniqsa erkaklar.
Alloh barchamizga rushti hidoyat ato qilsin.
Er yigitlarimizni g'ururlaridan ayrimasin,Alloh barchalarini ishlarini o'nglab, halol rizq ato qilsin va tophanlariga barakani ham nasib qilsin.
ALloh hech kimni O'zidan boshqaga muhtoj qilmasin!!!
Amiyn.