Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!  ( 35745 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Chustiy  08 Noyabr 2009, 22:56:09

 :as:

Shu kunlarda forumdoshlar orasida ushbu mavzuga yana ehtiyoj sezilayotgan ekan, shunga yana shu mavzuni qo'zg'ashga majbur bo'ldik.... Yana o'sha eski gap... Ehtiyot bo'ling azizlar..

Qayd etilgan


Chustiy  19 Noyabr 2009, 16:11:55

 :as:

Qayd etilgan


Arbuzchi  19 Noyabr 2009, 19:48:54

 :vslm:

Qayd etilgan


Arbuzchi  20 Noyabr 2009, 14:57:05

 :as:
Bugun, mavzu qahramoni bilan yuzma yuz uchrashdim. ismi Bahrom ekanmush, nicki esa Bahrom qori.
Lekin oldindan etib qo'yi, nick dindorcha bo'sayam lekin bolani o'zi na qori va na 5 mahal namozhon ekan.
Shu bola bilan uchrashib 15-20 minutli tushuntirish ishlarini olib bordik.
Hullas bir narsa ustida kelishdik shu bola bilan.

Endi bundan buyon forumda hozirgi nicki Bahrom Qori bo'lgan (ertaga boshqa nickdan kirib qolishiyam mumkun) user, boshqa forumchiladan yordam tariqasida pul so'ramaslikka va'da berdi. Peshana terisi bilan mehnat qilishga chin dildan so'z berdi.

Endi buyog'iga kimga hoh u user bo'lsin hoh userkaga, Bahrom Qoridanmi yoki boshqacharo nom bilan kirib qolgan userdan "qiynalib qoldim, pul berib turiyla" degan SMS la kelsa, to'g'ridan to'g'ri Arbuzchiga bildirish qip qo'yila.

Shu bilan forumdagi kelishmovchilikka barham berildi deb o'ylaymiza.... ;)

Qayd etilgan


Chustiy  20 Noyabr 2009, 17:07:24

:as:
Bugun, mavzu qahramoni bilan yuzma yuz uchrashdim. ismi Bahrom ekanmush, nicki esa Bahrom qori.
Lekin oldindan etib qo'yi, nick dindorcha bo'sayam lekin bolani o'zi na qori va na 5 mahal namozhon ekan.
Shu bola bilan uchrashib 15-20 minutli tushuntirish ishlarini olib bordik.
Hullas bir narsa ustida kelishdik shu bola bilan.

Endi bundan buyon forumda hozirgi nicki Bahrom Qori bo'lgan (ertaga boshqa nickdan kirib qolishiyam mumkun) user, boshqa forumchiladan yordam tariqasida pul so'ramaslikka va'da berdi. Peshana terisi bilan mehnat qilishga chin dildan so'z berdi.

Endi buyog'iga kimga hoh u user bo'lsin hoh userkaga, Bahrom Qoridanmi yoki boshqacharo nom bilan kirib qolgan userdan "qiynalib qoldim, pul berib turiyla" degan SMS la kelsa, to'g'ridan to'g'ri Arbuzchiga bildirish qip qo'yila.

Shu bilan forumdagi kelishmovchilikka barham berildi deb o'ylaymiza.... ;)


 :vslm:

Hudoga shukur, o'ziz "kinna" sop qo'yganiz yaxshi bo'pti...  ato o'tgan sapar AbulAziz va Abdullohlar sogan kinnalari uncha ta'sir qimaganakan , qani siznikini damini ko'ramizda...  ;D

Umiy hod qiganiga qoyil lekin bu Bahrom deganlarini, oldin Bahtiyor nickida edi, hozir Bahrom Qori nickida kirvolib paqat yangi a'zo bo'lgan userlarni "o'rashga" harakat qilgandi... Arbuzchini eski user ekanligini unitibti chog'i...  ;D

O'z nickida bo'lmasada, mehmon sifatida bu mavzuni o'qir deya, shu ukamizga, Abdug'afur Sobir Mirzoning "Insonnoma"laridan bir she'riy hikoyani iqtibos keltirmoqchiman, shoyadki tafakkur etsalar... Insonnoma manzili http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2955.msg162574#msg162574


O’G’RILIK VA TO’G’RILIK.

Nima yetsin bu dunyoda
Yashashga to’g’ri bo’lib,
Hech bir banda tug’ilmasdir,
Onadan o’g’ri bo’lib.

Ko’z ochib dunyo ko’rib ul,
Bunga asta qo’l urar,
:Ta’min" tuyib, so’ngra butkul
Bu illatga yuz burar.

O’marishni boshlagaydur
Avval oddiy tuxumni
So’ngra sekin tinchitadur
Yog’, asal to’la xumni.

So’ngra tovuq, xo’roz, qo’chqor"¦
Bir kun yetar xo’kizga,
Shul yo’sinda tushib olar,
Bir zumda "œyaxshi" izga.

Bu shaytoniy hislat uning
Singmasaydi qoniga,
Tegmas erdi hattoki bir
Chumolining doniga.

Ba’zisi der:"Bunga sabab
Menda bir oz yo’qchilik".
Xo’sh, ne sabab ro’kach qilar
Yurtda bo’lsa to’qchilik?

Hamma o’g’ri hayoti ham
O’tmagay bir xil tusda,
Ko’pi o’nglab hayotini,
Tavba qilar afsusda.

Bir voqea soz’lab beray
Senga sh’eriy yo’sinda,
Hech kim senga aytmagan bir
O’g’rilik xususinda.

"¦Qaysidir  bir qishloqda yosh
Eru xotin o’rta hol
Yashashardi, bunga sabab
Topishar edi halol.

Kuyov bir oz ishlab topib,
To’lagach to’yning qarzin,
Sog’in sigir xohlab qoldi,
Eshitib xotin arzin.

Ayol qilib ayolligin,
Kunda javrab, ochib jag’,
Eri sho’rlik tinmay topib
To’plashdi bir oz mablag’.

Kam yeb, kamroq ichib, kunda
Orttirganini hammasi,
Bo’g’oz bo’lgan bir sigirga
Yetar bo’ldi chamasi.

Bir kun kech payt kelin asta
Joyni soldi ayvonga,
Kuyov pulni sanab ko’rdi
Yetarmi deb hayvonga.

Barakasin tilab kelin,
O’tirar choy uzatib,
Bu holatni hamsoyasi
Turar edi kuzatib.

Kuyov pulni sanab so’ngra
Bir belboqqa boyladi,
So’ng belbog’ni uyga kirib
Qayergadir joyladi.

Bir oz o’tib, ko’ngli to’lmay
Yostiq tagiga joylar,
Hamsoya ham hamon bedor,
O’marishga payt poylar"¦

Va nihoyat payt keldi deb
Yarmidan oqqanda tun,
Qo’shni "œish"ga kirishdiyu,
Devordan oshdi beun.

Shuncha yillik do’st qo’shni bir
Zumda aylanib yovga,
Astagina yaqin keldi
Yotgan kelin kuyovga.

"œIsh" boshladi har bir nafas,
Xurrakka quloq osib,
"œPishiq"kuyov qotib yotar,
Yostiqni mahkam bosib.

Olish kerak pulni!Tamom!
Bo’lmas uni olmasa,
Nahot buning ilojini
Tonggacha topolmasa?

Xayolidan turli yovuz
Fikr bir-bir o’tardi,
Oxir kelin yonidagi
Beshikni shart ko’tardi.

Ko’zi kelin-kuyovda-yu,
Asta yurdi ketiga,
So’ng beshikni olib bordi
Hovlining bir chetiga.

Beshikda tinch orom olar
Chaqaloq — uch to’rt oylik,
Hamsoyaning hayolidan
Ketmasdi tekin boylik.

So’ngra asta chaqaloqni
Belidan chimchiladi,
U bilardi, shunday qilsa
Kuyov joydan jiladi.

Bola boshlab chinqirishni
Bo’ldi xuddi aytgani,
Avval xotin sakrab turdi
"œVoy, sjo’rom, bola qani?"

So’ngra birdan dod voy solib
Erni siltab uyg’otdi,
Er anglamay ne bo’lganin,
"œchiroyli" bir so’z qotdi.

So’ng chiqarib xotinini,
"œOvsar, jinni yomon"ga
Ikkov birdan otilishdi
Ovoz kelgan tomonga.

Qorong’uda paypaslashib,
Beshiklarin topishdi,
Bu lahzada "œuchar" qo’shni,
"œO’ljasiga" yopishdi.

Aytsam shu payt ne bo’lganin
Hayron qolar har kishi,
Xuddi shu payt birdaniga
Boshlandi yer silkishi!

Hamsoyaning ul holiga
Hatto maymun kuladi,
Ul badfe’lning boshiga bir
Balo — ayvon quladi!

Shum niyatli ul tadbirkor,
Bo’yaldi o’z qoniga,
Yosh oila omon qoldi,
Pul ham qoldi yoniga.

Angladilar keyin ko’rib
Jonsiz qo’shni tanasin,
Ana senga halollig-u,
Haqiqat tantanasin!

Qayd etilgan


Arbuzchi  20 Noyabr 2009, 17:35:44

Ha endi damniyam aylantirib soldiyde... :D
Bunaqa damni ko'tarish qiyin lekin.... :D
Ha mayli ko'ramizde qanchagacha yetarkan...
A tak  ustanovka hamma forumla uchun  qo'yilgan. Arbuz.com, ziyouz, islom.uz va uzislom.comlaga.... :1

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Noyabr 2009, 19:25:21

 :as:
Lekinchi oka, kimligini oshkor qilmasez yaxshiro bo'larmidi, Allohu a'lam

Qayd etilgan


_NOSTRA_  22 Noyabr 2009, 22:32:18

:as:
Lekinchi oka, kimligini oshkor qilmasez yaxshiro bo'larmidi, Allohu a'lam
Yo'q manimcha kimligini oshkor qilishgani yaxshi bo'libdi chunki mani ro'yxatdan o'tganimga uncha ko'p bo'lmadi aynan akamiz aytgan bahromqori janoblari man bilan @gentd huddi uzoq yillar oldin yo'qotib qo'ygan odamini yo'qotgande sertakalluflik bilan suhbat qurishdi lekin manga maqsadlarini aytishga ulgurmaslaridan vaqtim tugab qoldi,man u bahromqorini niyatlari nimaligini tushinishga ulgurmagandim
yaxshi ham vaqtim tugapti o'sha kunlari aynan stipendiya olgan kunlarim edi.))))
Lekin inson ayniqsa o'g'il bola 4 muchasi sog' bo'lsa g'ururini arzimagan narsaga sotmasligi kere.
Bu manimcha o'ziga ishonchsizlikdan kelib chiqgan bo'lsa kere.
Ertadan keyin shu akamiz ollohni bir hikmati ila badavlat bo'lib ketishsa vijdonlari qiynalmasmikan?

Qayd etilgan


Arbuzchi  26 Noyabr 2009, 23:10:03


Ertadan keyin shu akamiz ollohni bir hikmati ila badavlat bo'lib ketishsa vijdonlari qiynalmasmikan?
Qiynallala  qiynalalla, ungacha 5-10 so'm berib turin.... :D

Bolla hammasi yaxshi. Bahrom qori, yaxshi chunadigan bola ekan. Hozircha oldindan o'rganga kasblari bo'yicha ish chiqmagani uchun "shunaqa qilish kerey" dib, 5-10 tadan yordam puli so'rabdila. Lekin bo'tta 99% user hali istudent ekanligini hali inobatga omagan ko'rinalla... :D
Hich qisi yo'. Erkey kishi boshi sog' bo'sa ish topiladi. Mana hozir ishliyman disala, qassobchiliyga opkirib qo'yaman. Sal ish og'irroyu, lekin kelajeyda yaxshigina qassob usta bo'p qosala, soqqala o'zlari " :as:" dib kirib kelishadigan bo'p qoladide.... ;D

Qayd etilgan


Bahrom Qori  24 Yanvar 2010, 01:15:55

Assalomu Alaykum !

Bu postni yozishdan oldin juda ko'p o'yladim, to'g'ridan-to'g'ri bu gaplarni AbdulAziz o'zlariga PM orqali yoki pochtaga jo'natmoqchi bo'ldim, lekin hammaga haqiqatni yozishga qaror qildim.
Mani qoralab yozganlar avvalo vaziyatni to'liq bilib fikr bildirsalar maqsadga muvofiq bo'lardi.
Qizlardan ham yordam so'raydimi degan gapga javobim shuki man yordam so'rab hammaga xat yozganman. Hammaga yozmasdan Admin o'ziga yozing deyishgan, man xuddi shu yo'sinda keyin AbdulAzizni o'zlariga yozdim, javob xati ham keldi: " Qo'ni-qo'shnilardan bilsak bo'ladimi ahvolni " degan mazmunda, qolgani hammaga ma'lum, keldilar, ketib qoldilar.


Endi AbdulAziz
Uka, siz bilan suhbatlashdim.

Mana YOLG'ON, man xatto 10 ta so'z ham gaplashmadiz, yonlarida Abdulloh bor edi.
Oldin sahobalar adashgan odamlarni, xatto yahudiy ham dinga kirishinga nima sababchi bo'lmoqda deb yaxshi yo'lga solishgan, AbdulAziz kelib hotirjam o'tirib nima bo'ldi, nima majbur qildi shunchalik yordam so'radiz, deb gaplashsalar bo'lardiku, man hammasini gapirib berardim, balki manda ayb, xatolik o'tgandir, musulmon musulmonga oyna emasmi ?

Shu jumladan Chustiydan ham javob xati kelgan:

" Bizlar safarda bo'lganimiz bois biroz uzrimiz bor, siz www.islom.uz ma'muriyatiga to'liq vaziyatni yoritib xat yozing " degan mazmunda. Man yozganman, www.islom.uz dan javob kelmagan.

Agar man firibgar, o'g'ri, tekinxo'r bo'lganimda mani ishimni bilib qolishdi, qochib yo'q bo'lib ketgan bo'lardim.



Endi AbdulAziz

Musulmon degan odam musulmon birodarini aldamaydi. Payg'ambarimiz SAV aytdilar: "yolg'onchining joyi jahannamdir!". Vaqtida tavba qiling, ukam.
AbdulAziz ketganlaridan keyin kechroq Abdullohga tel qilib nomerlarini so'radim, bilmayman dedi, vaholanki man uchrashib gaplashganimda bilaman degandilar, bu YOLG'ON ga kirmaydimi ?

AbdulAziz Admin bo'lganliklari uchun hamma ishonadi, turgan gapki yaqinda kelgan odamga, ya'ni ishonishlari qiyin.
Bu postni yozishdan maqsad: manga yozilgan tuxmatlarga chidab turolmadim. Endi gap kelganda yozaman, man o'gay ota zug'umida yashayman, 2 singlim uchun birga yashahga majburman, bolada nima gunoh, haqiqiy otam 2001 yil o'tib ketganlar. Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga musibat yuborib sinaydi, balki bu manga yuborilgan sinodvdir.
Yo'q nolish emas, man har narsaga yetishganimda, ovqatlanganimdan keyin " Allohim sanga chehsiz hamdu-sanolar bo'lsin, Rasullulloh S.A.V ga salovatlar, oilalariga, yaqinlariga, sahobalariga salomlar bo'lsin, yetkazgan ne'matingga shukur, jahhanam azobidan saqla, jannatilar safiga qo'sh " deb duo qilaman. Biz hatto nochorlikdan, man Bank kollejini bitira olmaganman. Qarindoshlar boy-badavlat emas. Bu gaplarni chungan -chunadi, " Tana boshqa dard bilmas " deyishgan.
Maqsadim: mandan keyin Xudo ko'rsatmasin u-bu kim yordam so'rasa, oyoqosti qilib, qallobga chiqarib tashlamanglar, dunyoda yaxshilik qolmapdi deb da'vo qiladi.

Yana dardini yozibdi, uyalmasdan demanglar, vaziyatni shu mavzuga post qilganlar bilsin dedim.
Lekin shun o'rinda bir narsaki, besh qo'l baravar emas, mani tushunib yordam berganlar bor, aytish shart emas.

XULOSA O'ZINGIZDAN !


Qayd etilgan