Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 158634 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 10:07:35

Birodarga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Ommaviy madaniyat haqida tushunchangiz? U jamiyatimizga qanday xavf tug'dirishi mumkin?

Javob: Очиғини айтсам, оммавий маданист терминига қайси нуқтаи назардан фикр билдиришни билмайман. Аввал маданист нима сканлиги ҳақида умумий тушунчани ойдинлаштириб олишимиз керак.. "Мадиний" ссзи араб тилида шаҳарлик деган маънони англатишини биламан, холос.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:07:49

Ziyovuddinga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Eng katta islomiy va eng katta dunyoviy orzuyingiz?

Javob: Islomiy orzularim; Islomni chuqur o'rganish, bilish. Hajga borish - bu har bir musulmonni ozrzusi bo'lsa kerak (Hammamizga ham nasib qilsin).


2. Savol: Oxirgi marta qachon onangizga "Sizni yaxshi ko'raman, onajon!" deb aytdingiz?

Javob: Forumdoshlarimni aldash niyatim yo'q. Shu paytgacha iloji boricha onajonimni ko'ngillarini olishga harakat qilaman. Aytgan narsalarini iloji boricha o'z vaqtida bajaraman. Lekin shu paytgacha "sizni yaxshi ko'raman" deb aytganimni aniq eslolmayman.
Bu savol esa ko'zimni ochdi desam ham bo'laveradi.
Men bo'lamasa uyga tezroq boraqolay.


3. Savol: Shu forumga deyarli har kuni kirasiz. Sizga bu forum nimasi bn yoqadi?
Va shu forum orqali o'zingiz uchun nimadur foydali ola oldingizmi?

Javob: Ziyouz forumi man uchun eng qadrli forum! Bu yerda forumdoshlarning bir-biriga bo'lgan hurmati va forumdagi mulohazali, ilmli forumdoshlar va ularning ma`noli keng mulohazaga ega bo'lgan fikrlari(postlari) yoqadi. Ziyouzdan forumdoshlar orqali bir-birlari bilan fikr almashinib ko'p narsa o'rgansa bo'ladi. Bu forumga kirib ko'p narsani tushunib yetdim. Eng asosiysi o'zim hohlagandek forum.


4. Savol: Rahmat tugmasini POST yoqmasa ham bosgan vaqtingiz bo'lganmi? (Deylik o'sha insonga hurmat yuzasidan Rahmat tugmasini bosgansiz, yoki boshqa sababdan?)

Javob: Mandayam bunqasi hali bo'magan. Rahmatni postning mazmuniga qarab beriladi.


5. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?

Javob: Juma kuni bir do'stimni onasini so'ngi manziliga kuzatib keldik. Tobutni yelkalab ketar ekanman tobut ichida do'stimning onasi emas huddi o'zimni... eee yo'q, buni tushuntirish qiyin.(Lek tushuntirish ham shart emas) Ammo muborak oyda, juma kuni.... Joylari Jannatdan bo'lsin.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:08:10

AbdurRohmanga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Sizningcha, sevib va bir-birlarining faqat yaxshi tomonlarini ko'rib turmush qurgan yoshlar baxtli hayot kechiradimi yoki tanimagan holda, ota-onalari yoki qarindoshlari, tanishlari dalolat qilganidan keyin bir-birlarini faqat 1-2marta ko'rib turmush qurganlar baxtli bo'ladimi?
Iltimos, taqdirdagi bo'ladi, deb qutulmang. Bu gapga qarshiligim yo'q, lekin inson bunga sababchi bo'ladi. Vallohi a'lam.

Javob: Man guvohi bo'lganlarimni ko'pchiligida ota-onasi topib bergan qizga uylanib, lekin chiqishib ketolmagan, yoki bo'lmasam ota-onasi qistovi bilan turmushga chiqib, eriga mehrsiz bo'lib, oxirida hatto oila buzilishiga ham olib kelgan. Bunday holatlarning yana bir yomon tomoni oila buzilib ketgandan keyin ota-ona o'zini aybdor his qiladi, bir umr o'zini aybdor his qiladi.
Xullas mani fikrim o'zi tanishib, o'zi turmush qurgan yoshlar baxtli hayot kechiradi.


2. Savol: Forumga kelganingizdan beri forumda sizga mahbub bo'lgan  narsa, hislat...

Javob: Forumga kelganimdan keyin o'zimda his qilganim, asosan mehribonlik bo'ldi!


3. Savol: Sizga o’z sohangiz bo’yicha magistraturaga grant va butun dunyo bo’ylab sayohatga biletdan birini tanlang deyilsa, qaysi birini tanlaysiz va nega?

Javob: Anchadan beri Malayziyada o'qishni niyat qilib yurimman

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:08:37

Muhammad Aminga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: 1. Siz hurmat qilgan 3 ta o'zbekistonlik sportchi? Nima uchun hurmat qilasiz.
2. Siz havas qilgan 3 ta ajnabiy sportchi. Xavasingiz sababi?

Javob: 1. Artur Taymazov (Har doim faqat g'alaba qozonadi va O'zbek bayrog'ini baland ko'taradi)
2. Jasur Hasanov (O'yinda jon berib o'ynaydi)
3. Sherzodbek Karimov (Yosh bo'lsada unda juda ham ishtiyoq baland)

1. Krishtiyano Ranaldo (Juda ham profassional va kerak paytda o'zini ko'rsata oladi)
2. Stifon Jerard (Har doim jamosining yuragi, jamosi uchun har narsaga tayyor)
3. Ranaldinyo (Havas qilsa arzigulik fintlari va ajoyib tabassumi)


2. Savol: Int orqali biror insonni "yoqtirib" qoldingiz.Bu haqida ota onangizga ayta olasizlarmi? Turmush qurishdan avval juftingizni qaysi sifatlar bilan tasavvur qilasiz? Va siz o'zga insondan kutayotganingiz bu sifatlar o'zingizda bor deb o'ylaysizmi?

Javob: Int orqali birovni yoqtirib qolish juda qiyin. Lekin Alloh taqdir qilsa hech gap emas. Hammasi Allohni qo'lkida. Agar xolis yaxshi ko'rsa har bir inson aytaoladi.

Men juftimni birinchi navbatda dinu diyonatli, talim tarbiyali, imon e'tiqodli va albatda islomiy xislatlarga ega bo'lishini xohlayman va shu sifatlar unda mujassam deb tasavvur qilaman. Va o'zimda bu hislatlar bekami ko'st bo'lmasada bor deb o'ylayman. Be ayib Parvardigor.


3. Savol: Siz bir qizni Alloh yo'lida yaxshi ko'rib uylandingiz. Keyingi hayot tarzingizda unda kutmagan va siz yoqtirmagan "fazilatlar" ko'rina boshladi.
Shunda qanday yo'l tutasiz?

Javob: Agar unda men yoqtirmagan holat bo'lsa birinchi navbatda uni o'sha holatini dinimizga zidmi yoki zidmasmi shuni bilardim. Agar dinga zid bo'lsa albatda unga to'g'ri tushintirib, bu holatni tashlashi kerakligini aytardim. Agar dinga talluqli holat bo'lmasa unga o'sha holati yoqmasligini ochiq aytardim va tashlashini so'rardim. Faqat dindan kelib chiqqan holda hammasini tinch yo'l bilan, janjal chiqarmasdan hal qilishga harakat qilardim.


4. Savol: Rahmat tugmasini POST yoqmasa ham bosgan vaqtingiz bo'lganmi? (Deylik o'sha insonga hurmat yuzasidan Rahmat tugmasini bosgansiz, yoki boshqa sababdan?)

Javob: Yo'q. Bo'magan. Har bir rahmatimni post yoqqani uchun aytganman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:08:47

5. Savol: Hozirda ilmlik kishilardan ham, ilmsiz kishilardan ham, biror ishga kirishsak, bu ishingiz hozirgi zamonga to'g'ri kelmaydi. Hozirda sahobiylar va sahobiya ayollar yo'q(yo'qligiga to'la holda qo'shilaman), ularga o'xsholmaymiz ham, degan gaplarni eshitamiz. Shaxsan menga bu gap juda og'ir botadi. Biz ulardek bo'lolmaymiz, lekin bo'lolmas ekanmiz deb turishimiz to'g'rimikin. Ularni dengiz deb qiyos qilsak, shu dengizdani bir tomchisi bo'lishga harakat qilishimiz va shunga erishishimiz uchun nimalar qilishimiz lozim, deb o'ylaysiz.
(Bunga boshqa ishtirokchilarimiz ham javob berishlari mumkin)

Javob: Ha, siz aytgandek hozirda barcha yoshlar biz o'tmishdagi ota bobolarimiz kabi bo'lolmaymiz. Biz qaerdayu ular qaerda deyishadi. Buni bir necha bor guvohi ham bo'lganman. Shunday insonlar bilan ko'p bora tortishib ham qolganman. Bu yoshlarning juda ham tor o'ylashidan bo'lsa kerak menimcha. Dars paytida bir kuni tortishib qoldim. Bittasi biz o'zbekmiz kashfiyotlar qilishga bizlarni qurbimiz etmaydi deb qoldi. Men nimaga ekan diz o'zbek bo'lsak nima qilibdi. O'ylab ko'r bizning ota-bobolarimiz kim bo'lgan. Sen kabi fikrlashganmi? Yo'q biz ulardanda buyuk bo'lishimiz, ulardanda ziyod kashfiyotlar qilishimiz mumkin deb rosa surishdik.
Aytganingizdek bo'lolmaymiz desak albatta bo'lolmaymiz. Bu ishda bizdan faqat va faqat harakat talab qilinadi. va kelajakda buyuk inson bo'lishimizga ishonishimiz va shunga harakat qilishimiz kerak bo'ladi.
Aslida buyuk sahobiylaru sahobiyalar hammasi biz kabi oddiy insonlar bo'lishgan. Biz ham ulardek bo'la olamiz, chunki biz ham ulardek Allohni bandalarimiz.


6. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили с›одисани сслай оласизми?

Javob: Chamasi 5 yoshlarda edim. Bir kuni akam, amaki akam qishloq yo'llarida o'ynardik. Bir payt katta bir moshina yo'ldan bizga qarab kelaverdi. Oldinlari bunaqa moshinani ko'rmaganman. Akalarim meni qo'rqitishdi. "seni olib ketishadi hozir, bular yosh bolalarni olib ketishadi" deb. Shunda qo'rqqanimdan uyga ovozimning boricha yig'lab yugurdim. Onam meni yig'lab kelganimni ko'rib meni yupatishga harakat qildi. Lekin o'shanda hatto uyga kelib xushimdan ketibman. Uydagilar rosa qo'rqishibdi. Shunchalik qo'rqqan ekanmanki o'zim ham hozir o'ylab kulgim keladi . . .   :D :D :D


7. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Bemavrid jangu sulh foydasiz, ziyon,
Gulga gul bo‘lginu, tikonga tikon!

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:09:26

Kapalakka berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Turk qardoshlarimizning Ramazon bilan bog'liq bo'lgan, lekin bizda mavjud bo'lmagan qanday an'ana, odatlari mavjud?

Javob: Ramazon dunyoda Musulmonlarning yashagan har yerida zavq-shavq bilan kutib olinadi. Bu yerlardan biri ham Turkiya. Turkiyaga kelganlar biladi. Ko'chalar, maydonlarga Ramazonni eslatadigan plakatlar osilgan. An'analar haqida shularni aytishim mumkin. Saharga odatda dovul bilan uyg'otishadi. Hozir bomdod azoni 04.32 da o'qiladigan bo'lsa, dovulchilar 03.00dan keyin chalishni boshlashadi. Turkiyaga ilk kelgan sanam bu shovqindan juda qo'rqqan edim:) Tarihiy qal'a bo'lgan joylarda esa albatta to'p(pushka) bor. İftorda esa to'p otilib, habar beriladi. Keyin Ramazonga oid ovqatlar, shirinliklar bor. Shirinliklardan biri "Gullach" yufqa qilib tayyorlangan hamirlar orasiga sut to'kilib yumushatiladi. Eng ustiga esa pista ezmasi va anor donalari sepiladi. Eng mashhur ovqatlardan biri esi "erishta oshi" bizning ugrani esladi, lekin yana ham uzun va sertuhum qilib tayyorlanadi. Taroveh namoziga ayollar ham qatnashadi. Ayollar ertalab yoki iftordan keyin oralarida Qur'on Hatim qilish uchun uy yoki jome'larda to'planishadi. Bunga "Mukabele" deyishadi.


2. Savol: Siz judayam hurmat qiladigan inson Ramazon oyida, birdan oldingizga keldi-da, sizni tushlikka taklif etdi...
Nima qilasiz? Qanday yo'l tutasiz? Munosabatingiz o'zgaradimi?

Javob: Mening har hil toifadan, har hil dindan tanishim, o'rtog'im bor. Hatto mavzulardan biri haqida bir Rus o'rtog'imning musulmon bo'lganligi haqida gapirib bergan edim. U qiz bizning qora qoshimiz, qora ko'zimiz uchun musulmon bo'lmadi albatta. 2-3 yil davomida bizning hayotimizni, musulmonlikning faqatgina kitoblarda yozilgan narsadan iborat bo'lmasdan, yashay olishimiz mumkin ekanligini ko'rib din almashtirdi.
Agar meni juda hurmat qiladigan tanishlarimidan biri Ramazonda tushlikka taklif qilsa, avvalombor shirinsuhanlik bilan, Ro'zador ekanligimni aytib uzr so'rardim. Keyin masalaning boshqa bir tarafi ham bor. Meni tanigan inson avvalombor bir musulmon ekanligimni, bir Oz'bek ekanligimni bilishi shart. Va Xudoha shukr, hozirgi kungacha bu ikki asosiy kimligimni yashirishga hojat qolmadi. Holat bunday ekan, men tanib hurmat qiladigan inson ham mening hayot tarzimdan habardor bo'lishi va unga yarasha muomala qilishi kerak, deb o'ylayman. Turkiyada juda harhil insonlar bilan tanishishga muyassar bo'ldik. Qisqa vaqt uchun qarshimdagi insonning dini, dunyoqarashi muhim bo'lmasligi mumkin, lekin uzoq davom etadigan samimiyat hohlaydigan bo'lsam avvalambor qarshimdagi insonning menga, qolaversa dinimga, butun insonlarning ishonchiga hurmat qiladigan insonlar bilan yaqinlashaman. Bu mening haqqim, deb o'ylayman. Lekin boshqa dindasan, sen nimaga Ro'za tutmayabsan, deb ham hurmatsizlik ham qilmayman. Chunki men faqatgina bir inson emas, Haq dinga mansub bo'lgan insonlardan biriman. Balki bu yerda aytganlarim haddan tashqari bo'rttirmaday kelgandir, lekin uzoq yurtda bir qaltis harakat qildingizmi, haa O'zbeklar shunaqa ekanda, ular ham musulmon emasmi, degan gap eshitib qolishimiz hech gap emas.


3. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Bugun saharlikda aytib turgandim. Hazrati Alini nimagadir juda yaxshi ko'raman, deb. U kishini ismlarini eshitganimda juda gavdali, lekin o'ta vazmin va ko'zlari ma'noli qaraydigan, yuzi nur to'la bir inson ko'z oldimga keladi. Turkiya tv-da hozir Hazrati Yusuf filmi berilyabdi. Orada ko'zim tushib qoladi. Qaysi davlat olganini aniq bilmayman. Haz Yusufni bolaligidan ko'rsatishgani uchun juda chiroyli bolani Yusuf ro'lida ko'rsatishyabdi. Lekin Payg'ambarlarni va sahobalarni kinolarda ko'rsatish to'g'ri bo'larmikan? Agar gunoh bo'lmasa Haz Ali bilan bog'liq film suratga tushirgan bo'lardim. Masalan The Messaj , O'zbekchasi qanaqa bilmayman, menga juda ta'sir qilgan. Lekin u yerda ham Haz Hamza bor. İnsonlar kinolardan ko'p narsa o'rganishadi, va inson ko'rgan narsasini unutmaydi. Shuning uchun aslida Payg'ambarimiz, sahobalar, aziz avliyolarning hayotlari bilan bog'liq filmlar ko'payishi kerak, deb o'ylayman.
 

4. Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?

Javob: Yuqorida aytib o'tganim The Mesaj filmida Payg'ambarimizni hassalari ko'rinishi bilan bir musiqa eshitiladiku, o'sha sahnada har safar ko'rganimda hayajondan qotib qolaman. Yana shu filmda Haz Bilolning qiynoqqa olingan yeri bor. Shu filmning rejisyori tarafidan yozilgan "Men Bilol" degan kitobni o'qigandim. Kitobning bir joyida qiynoq asnosida Haz Bilol hushidan ketgan paytida ichidan o'tgan gaplarni yozadi. Kitobni o'qiganimdan keyin kinoning shu epizodidan yana ham ta'sirlanib ko'ra boshlaganman.


5. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?

Javob: O'limni kechagina esladim. Avtobus bilan o'rtog'imnikiga iftorga ketar ekanman ko'zim qabristondagi qabr yozuvlariga tushdi. Usmonli Podshohlari qabristonlarni har doim markazda, insonlarning har kuni ko'zi tushadigan joylarda bo'lsin, deb amir berishgan ekan.
O'limdan hech qachon qo'rqmaganman, jon U'niki, hohlagan payti oladi. Bazilari aytishadi, yana ozgina yashasaydim, qullik vazifalarimni joyiga keltirsaydim.
Bilaman butun vazifalarimni bajaraolmadim lekin U'ndan kelgan har narsaga tayyorman. Jannatning ham jahannamning ham sohibi U! Agar bizlar uchun onadan ham marhamatli bo'lgan Rabbimning buyruqlarini bajarmagan ekanman, demakki jazoni haq etdim. U'ndan kelgan amr qarshisida boshim qildan ingichka, buyruq esa qilichdan keskin. Ollohning marhamatidan, affidan aslo umidimni kesmayman, umidim bo'lmasa nimam borki.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:09:40

6. Savol: Siz uchun [kelajakda] turmush o'rtog'ingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?

Javob: Men turmushga chiqqanman, lekin turmush o'rtog'imda ko'p hislat bo'lsin, deb kech turmush qurdim. Ko'p o'yladim, turmush qurmasdan oldin. Qanday inson meni baxtli qila oladi, deb. Avvalambor, Ollohning butun farzlarini bajaraolmayotgan bo'lsam ham (Rabbim eng qisqa zamonda bajarishni nasib etsin jumlamiz uchun) Rabbimga shukrlar bo'lsinkim, Musulmonman va bu dunyoning sinov dunyosi ekanligini va asl hayotni ham bu yolg'on dunyoda qozonishimizni mantig'im, miyyam bilan qabul etganlardanman. Shunday ekan, boqiy dunyodagi yerimizni qozonishimizda er-xotin juda muhim, undan bo'ladigan farzandlar ham albatta juda juda muhim. Bola-balodir, derdilar ayam. İymonli qancha insonni, bola shirinlik qilib boshqasinin haqqini yeganini ko'p ko'rganman afsus...
Hullas men turmush o'rtog'imda avvalo shularni so'ragandim.
1. Ollohdan haqiqiy ma'noda qo'rqishini hohladim doimo, nima uchun haqiqiy ma'noda, chunki men Musulmonman, deb Ollohning shartlarini bajarmasdan yurgan qancha "Musulmon" bor afsus, din mavzusida mendan ancha ustun bo'lsin, menga o'rgatsin, namoz o'qiganda men ham ta'sirlanay, duo qilganda barobar hayajonga tushib yig'laylik, dedim.
2. Harom-halolga juda diqqat etsin, deb duo qildim. Rabbimga shukrlar bo'lsinkim, halol bir oilaning farzandi, qaynotam halollik mavsuzida juda "qattiq turadilar". Bir kuni: "Olloh shohid bo'lsinkim, shuncha yillik umrimda bazan och qoldik bollarim bilan, lekin bir luqma harom yedirmadim," degandilar. Shu gaplari "quloqlarimga sirg'a bo'ldi". Rabbim barcha ota-onalarga mana shunday dadil gapira olish nasib etsin insholloh.
3. Ota-onasiga mehribon, oilasiga bog'liq bo'lsin, deya duo qilardim. Chunki erkak kishi oilasiga bog'liq bo'ldimi, bilingki, kelajakda ayoli, farzandlariga ham juda bog'liq bo'ladi. Mehr berish  hayot davomida o'rganilmaydi, u sut bilan birga insonni vujudiga kiradi, eng boshda ota-onani qarashlari bilan mehr tanasiga singadi. Yani mehr ko'rgan insongina mehr bera oladi...

Rabbimga minglarcha shukrlar bo'lsin, duolarimni hammasi ijobat bo'ldi. Men aslida qizg'onchiq inson emasman, "tanigan bilganlarim mendan ham baxtli bo'lishsin, ularning faqat hush xabarlarinigina olayin," deb duo qilaman.
Bu forumda turmushga chiqqan qizlarimizni Rabbim oilalariga tinchlik-barakot bersin, uylarida huzur bo'lsin. Hali turmushga chiqmagan qizlarimizga esa, Rabbim o'zini yo'lidagi, iymonli va ayolini qadriga yetadigan birodarlarimizdan nasib etsin insholloh....


7. Savol: Sizni postlaringizni o'qib juda quvnoq va xushchaqchaq ekanligingizni taxmin qilyapman. Hayotda ham, ayniqsa boshingizga biror yomon kun yoki sinov tushganida ham shunday bo'la olishga o'zingizda kuch topa olasizmi? Yoki kuch topa olganmisiz?

Javob: Savolingizga o'z xarakterim, yashash tarzim, o'qigan-bilganim va eng asosiysi esa boshimdan o'tgan voqealarning menda qoldirgan ta'sirlaridan kelib chiqqan holda javob beraman. İlgari ham ta'kidlab o'tganimday men hech qachon bu forumdagi boshqa bazibir a'zolarday Diniy bilim olgan emasman. Shuning uchun bazi fikrlarimni, "œMusulmon bunday o'ylamasligi kerak", "œShunday yashash kerak," deb qarshilamanglar. Va yoki "œFikrlaringiz boshqalarga ham ta’sir qilishi mumkin", demanglar. Bu mening shahsiy fikrlarim.
Avvalo, "œyomon kun" degan tushunchani har kim har hil qabul qiladi. İnsonlarning yoshlari, diniy inonchlari, ularning hayotdagi voqealarni "œyaxshi kun", "œyomon kun" deb belgilashlarida katta rol o’ynaydi. Masalan, men uchun bundan bir necha yil oldin "œyomon kun" bo’lib sanalgan kunlar endigi kunda yomon hissoblanmaydi. Buning sababi, yoshimning ulg’aygani, tajribalarimning ortgani, ancha-muncha voqeani ko’raverib, "œko’zim pishib ketgani" bo’lsa kerak.

Shu onda men uchun eng yomon kun bir-ikki sabab bo’lishi mumkin. Undan tashqari, xayolingizga ham kelmagan voqealar men uchun oddiy holga aylandi. Masalan, buvim vafot etdilar, Olloh u kishini rahmat aylasin. Yani onamning onalari, onamday aziz, qadrdon, bizga singgan mehnatlarining son-sanog’i yo’q. Nevaralarining ichida ham menga juda boshqacha muhabbatlari bor edi. Men Turkiyada bo’lganim uchun o’lim habarlarini faqatgina 1 oydan keyin singlimdan majbur so’rab bildim. Menga aytishmabdi, uzoq yurtda siqilib yurmasin, ho’jayinini ham ikki oyog’ini bir etikka tiqmasin, deb. Dabdurustdan yo’lga chiqa olmaydigan uzoqlikdaman.. Lekin tushlarimda ayon bo’lgan edi vafot etganlari. İchimda juda g’alati iztirob bor edi. Ho’jayinim ham juda hassos inson, ovozimni qanday chiqqanidan darrov nima bo’lganini tushunadi. Balki u oddiy odamlarday kechasi kunduzi aniq bo’lgan, uyga kelish vaqti belgilangan ishda ishlaganda men ham to’yib to’yib yig’larmidim, balki bir necha kun aza ham tutarmidim. Ayollik vazifalarim ustun keldi, uyqusini to’yib ola olmayotgan, kechasi kunduzi qorishiq, Allohning menga omonat deb bergan qulini, o’lim xabari bilan dunyoviy shaklda o’ylab, yig’lab-siqtab hafa qilgim kelmadi. Xabarni sokin bir shaklda ertasi kuni aytdim"¦. Turmush o’rtog’im bilan birga "œYosin" o’qib, duo qildik, bu dunyoning qanchalar qisqa va vafosiz ekanligi, bir kun bizning ham u diyorlarga ketishi haqida suhbatlashdik.

Masalaning yana bir tarafi bor, Turklarda bir gap bor: Asosiysi aytilgan, yozilganlar emas, aytilmaganlar va yozilmaganlaridir"¦Nima uchun bu gapni aytdim, chunki forumda mening hushchaqchaq postlarim, aslida ichimdagi doimo "œmelanxolik" bo’lgan yonimni so’ndirish uchun. Buning ham sababi mening dunyoga kelmasimdan avval ona qornidaligimdayoq ayamning dard-alamlarini birga yashaganim va xarakterimning ko’proq "œinsonni yig’latadigan, siqadigan narsalarni yaxshi ko’radigan" turdan bo’lishi. "œİbrat izlaganga ibratdir dunyo" mavsuzida qoldirgan rasm va yozuvlarimni ko’rib, o’qisangiz qarshingizga tamoman boshqa Kapalak chiqadi"¦Ayam menga homilador ekanliklari bilmagan paytda dadam taraf bilan arazlashib ota uylariga ketgan ekanlar. Sababi ikki oilaning diniy va dunyoviy fikr va bilimlarining farqli bo’lishi. Qizni uzatayotgandda yigitning hamma narsasini so’rashadi afsus, Diniy Bilimi, Dinni yashashi qandayligini o’ylashmaydi"¦ Ayollarning ko’pchiligi biladi, bola necha oylik bo’lishidan qat’iy nazar onaning butun hissiyotlarini sezar ekan. Menga homila ekanliklari aniqlangandan keyin (u paytlar xozirgiday tibbiyot rivojlanmagan edi) yana bir necha oy uyda turibdilar. Xatto onam tarafdan ko’p qarindosh "œbolangni oldir, nima qilasan ko’paytirib, otasi senga ega chiqadimi yo’qmi", deb ancha zug’um qilishgan ekan. Lekin ayam "œmen bu bolani oldirmayman, o’zim katta qilib olaman", deb gaplarida qattiq turibdilar.

Keyin dadam va oilasi bilan yarashib men 6 oyligimda uyimizga qaytgan ekanlar. Men tug’ilgunimcha sekin-asta eski ginalar unutilsin, deb xarakat qilishibdi. Bolaligim ham oson kechmadi. Men maktabni bitirib ketganimdan keyin maktabimdagi o’qituvchilar doimo singillarimga meni o’rnak qilib ko’rsatishar ekan: "œBiz Zamirani tishining oqini ko’rmaganmiz, sizlar ham opangizday jiddiy bo’linglar," deyisharkan. Maktabni bitirgandan keyin sinfdoshlar uchrashdik, men u payt Nizomiyda o’qirdim. Universitetga kirgandan keyin eski hollarimdan, doimo tund sur’atimdan qutulish uchun ko’p urindim. Chunki eski kunlardan qolgan hotiralar bilan yashasang yangi kunni qadriga yeta olmaysan. Qolaversa men o’qituvchi bo’ladigan, hali har hil joylarda hilma hil inson bilan ishlaydigan biri edim"¦

Hullas sinfdoshlarim ishonasizmi, meni taniy olishmadi, xarakter ma’nosida. İlgari doimo jiddiy sur’atli, qattiqqo’l( klasskom edim 10 yil, ancha muncha sinfdosh bolani urganman, "Bolaligim seni sog’indim" mavzusida yozganman) bo’lgan Zamira kulimsirab gapirar edi.
Ham oilamizda ham opa bo’lganim uchun dadam-ayamdan doim "œSen opasan, singillaringa o’rnak bo’lishing kerak" deyishardi. Psixologiya o’qiganlar biladi, bu tur jiddy talablar bolani bolaligini yashay olmasligiga, soxta va eng asosiysi boshqalar uchungina jiddiy bo’lishga undaydi.

Ho’jayinim, menga so’z bergandi, "œmen senga bolaligingni yashataman", deb. Hayot hikoyalarimni eshitib shunday hulosaga kelgan bo’lishi kerak.
Eng yomon kunlardan biri, o’tgan yillarda, "O’zbegim", deb o’zimizga yaqin olgan singlimiz tarafidan "œshantaj" qilinishim bo’ldi. Shantaj mesaji kelganda men har hil millatlarga oid o’rtog’larim bilan, juda halol bir opamizning uylarida iftor dasturxonida edik. Menga alam qilgan yoni nima bo’ldi, bilasizmi, mehmonlarim bilan hali birga namoz o’qimoqchi, duolar etmoqchi edik. Biz uchun ataylab pishirilgan taomlardan Ozi’ga shukrlar keltirgan holda mehmonlarim bilan yemoqchi edik. İshtaham qolmadi, majbur mehmondan erta ayrildik. To’g’ri qizni uyiga bordim, kelishimni kutmagan ekan, chunki qayerda ekanligini bilmasdim, faqat mehmonga olib borgan o’rtog’larimdan biri aytib qoldi, shu yerda deb. Uzundan uzoq gaplashdik. Qizgina yig’ladi, siqtadi. "Kechiring meni, men yomon kunlarga tushib qoldim. Universitet ishlarimni hal qila olmayabman, sen talabalarni bosh’lig’isan (İstambul Shahar Hokimiyatida İstambulda o’qiydigan O’zbek talabalarning (vojagi) boshi edim) menga yordam berishing uchun shu yo’lni tanladim, men yomon gunoh ishladim,"dedi"¦Men ham nima derdim, sokin edim. Ertasi kuni u bilan Universitetiga borib, dissertatsiya domlamni yordami bilan tanish domla topdik  va qizni ishlarini hal qildik. Qizga esa: Menga qara, men sendan qo’rqqanim uchun emas, Allohdan qo’rqqanim uchun uchun senga yordam berdim, dedim, buni unutma va boshqa hech qachon bunday qilma, chunki boshqalari menday sabrli qabul olmasliklari mumkin"¦.

Qizning uyini aytgan dugonam, "Zamira sendagi sabrga hayron qoldim, men bo’lsam qizni bo’g’ib o’ldirib qo’yardim o’sha payt", degandi. Men esa "œAlloh bilsin, yetar", dedim.

Bunday misollarni sanayversam adog'i, yo'q...
 
Shunday hollarda siz o’ylayotganday kula olmayman, lekin chora topishga, sabrli bo’lishga harakat qilaman. Chunki hayotdagi har bir voqea, asosiysi yomon, deganlarimiz, bizga kuch beradi, ichimizdagi Alloh bergan butun go’zal sifatlarni o’rtaga chiqaradi"¦.
Alloh barchamizni yomon kunlardan saqlasin, men boshimga yomon kun, voqea kelganda nimaga hafa bo’laman, bilasizmi, ota-onamning eshitib, hafa bo’lishlaridan. Shu yoshimga qadar ota-onamga moddiy-ma’naviy dard-iztiroblarimni eshittirmasdan, o’zim Allhoning yordami bilan ustasidan kelishga harakat qildim. Bundan keyin ham shunday bo’lishim uchun duo qilaman. 


8. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?

Javob: Hozirda Turkiyadaman. Allohga shukrlar bo'lsin, turmush o'rtog'imning oilasi va bilganimchalik sulolasi dindor va ichkilik degan narsa hech yo'q nikohda yoki boshqa marosimlarda.
Menga nikoh, to'ylarda hamma harakatning ikki yoshning ertangi hayoti uchun qilingani juda yoqdi. To'yga kelgan qarindoshlar orasida pul, oltin yig'iladi. Hammasi kelin-kuyovga beriladi.
To'yda bizga o'hshab (men 5 yil oldingacha ko'rgan to'ylarimda shunday edi, baki xozir yanayam yaxshidir, degan umiddaman) ota-ona butun yiqqan pulini artistga, dasturxondagi noz-ne'matga bermaydi. Meva suvi, yonida torti keyin bodomga o'hshash narsalar beriladi holos. Yani dasturxon asosan bo'm-bo'sh bo'ladi:) shu tarafi menga uncha yoqmaydi lekin aytganimday kelin-kuyovga qolsin pul deb, ko'p harajat qilishmas ekan. Keyin bizga o'hshab hech qanday tabrik so'zi aytilmaydi....


9. Savol: 1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Javob: 1. Ho'jayinim men hohladim deb internet oldilar uyga. Agar sen Universitet o'qimagan biri bo'lganingda internet olmagan bo'lardim. O'qigan odam, oq-qorani tushunadi, deb o'ylayman, degandilar. Qolaversa ilgari ham yozganimday, bir ziyouz forumiga a'zoman. Ho'jayinimga aytganimda, mayli O'zbekcha gaplashib turishing uchun, Vatanni sog'inchini bir navi bo'lsa ham ozaytirishing uchun kerakli, deb bu forumga rozi bo'lgandilar.
2. İnternetda hohlagan saytimga kirishim mumkin. Ho'jayinim uchun ham shunday.
3. Ayol bilan erkak orasida bir-biriga ishonch bo'lmaganidan keyin bu munosabatga "oila" deyish mumkin emas. Hatto do'stliklarda ham qarshingizdagi insonga ishonch berishingiz va olishingiz kerak, aforizmlarda yozganimdek, ishonch bo'lmagan joyda sevgi ham bo'lmaydi.
Ayol ham erkak ham aniq bir maqsad uchun, haloli bilan internetdan foydalansa albatta uni mevasini ko'radi. Keyin meni ho'jayinim kechalari ishlaydi bazan. U uyda bo'lmagan vaqtlari yana uning izni bilan ko'proq internetdan foydalanaman.
Har kim o'z vazifasini vaqtida, haqqi bilan bajarsa hech qachon anglashilmovchiliklar bo'lmaydi.
Butun holatlarda, har doim shaytonning sharridan Allohga sig'inishimiz kerak. Alloh adashtirmasin insholloh...


10. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Javob: 1. Oiladagi ishonch hamma narsa. Meni yaratilishim shundayki, hatto bu forumdagi biri ham menga ishonmasa, "boreee, bu shunchaki internet-ku",  deb keta olmayman. Yani bu faqat erkak-ayol munosabatidagi "ishonch" kabi emas, avvalo bir inson bor qarshimda, o'zi haqida shularni yozibdi, demakki aytgan gaplarida jon bor, buniyam yuragidan toshib chiqqani uchun (shunchaki lay-laylom vaqt o'tkazish uchungina emas) bizlar bilan baham ko'ryabdi, deb ishonishim kerak va ishonishlarini hohlardim.
Ki bu oila va inshalloh menga haqiqiy dunyoda ham Allohning saodatini qozonishimga sababchi bo'ladigan har ikki dunyodagi umr yo'ldoshim. Shunday ekan, albatta u insonga ishonishim va ishonch berishim kerak.
Men bolaligimdan beri jonsarak biriman, juda qayg'uraman, ishonasizmi, bu forumga a'zo bo'lganimdan beri o'qigan postlarimni ko'pi tushimga kirgan, kiryabdi...Aslida bu unchalik yaxshi narsa emas, nima qilasiz, yaratilish masalasi...
Kasal tuzalishiga  ishonmasa, shifo topmaydi, Yaratganimizga chin ko'ngildan ishonmagunimizcha Allohning haqiqiy sevgisini qozona olmaymiz....
Hullas İSHONCH men uchun-HAYOT, degani...

2. Yo'q bu ishonchsizlik emas. Har bir insonning ilgari ham aytganimzday o'ziga yarasha vazifasi bor. Avvalo men ayolman. Turmush o'rtog'imni baxti-meni baxtim. U yo'l berib qo'ysa-yu, lekin baxtli bo'la olmasa, bu mashg'uliyatimni tashlayman, ishoning. Uning ovozidan, qarashlaridan sezaman, nimadan behuzur bo'lganini. Ayni holatlarda men ham o'z fikrlarimni bildiraman.
Avvalo "biz bir-birimizni hafa qilmaymiz, omonat ko'zi bilan qaraymiz", deb Allohning huzurida so'z berdik. Bundan ortig'i bormi... Alloh adashtirmasin...

3. Bundaylarga hayron qolaman, hamma narsada chegara bo'lishi kerak.
Keyin bu tur insonlarni oilasini, olgan tarbiyasini surishtirish kerak, qizni bermasdan oldin. Agar erkak, "hamma narsada erkinsan", deyotgan bo'lsa, ayol hafa bo'lmasin, bir kun kelib o'zi ham hamma narsaga "mayli" deyish majburiyatida qoladi. Muslimaxon, insholloh, javoblarim uzab ketmadi : )

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:09:53

11. Savol: Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Rabbim sevgan qullariga O’Zİ’ning mehr-muhabbatidan ulashgan ekan"¦.
Shunday ekan, bu dunyoda mehr-muhabbat, shafqat-achinish bilan to’la bir dunyo voqeliklarga juda ko’pimiz shohid bo’lgan bo’lishimiz aniq.

Menga eng ta’sir qilgan va birdaniga esimga kelgan bir-ikki voqeani aytib beray.
Mehr-shafqat deganimizda avvalo ota-onamiz ko’z oldimizga keladi.

Singlim bu voqeani aytib berganida rosa yig’lagandim. Har esimga kelishida o’zimni tuta olmayman, huddi xozirgiday"¦Uyimizga yaqin joyda texnikum bor edi. Bizni xovlimizda ham o’zimizga yarasha meva-cheva yetishardi. Sigirlarimiz bo’lgani uchun sut, qaymoq, qatiq ham serob edi.
Ayam yo’ldan o’tgan talabalarni ko’rganlarida qizmi-yoki o’g’il bolami, hammasiga: "œBolam talabamisiz, meniyam qizim begona yurtlarda yuribdi, sizlarni ham tushunaman, ota-onadan uzoqsiz, issiqqina nona yopgandim 2 ta o’rab beray, olib ketinglar, sut kerakmi yoki qatiqmi, deb so’rar ekanlar. Bazan qovun yoki tarvuz berar ekanlar. Talabalar hayron, boshda uyalishib" yo’q xola kerakmas, qo’ying" deyisharkan, keyin qarashsa ayam jiddiy. "œHa mayli xola hech bo’lmasa pulini beraylik", deyisharkan. Ayam bo’lsa: "œBollarim qizim uchun duo qilsalaring bo’ldi" der ekanlar yig’lamsirab"¦
Ayamni duolari va hatti-harakatlari bilan doimo qarshimga yaxshi insonlar chiqdi, hech kutmagan joyimdan yordamlar keldi, Alloh rizqimni berdi, hamd bo’lsin"¦
Ayam har doim: "œBolalarim sizlar uzoqda ekansizlar, har og’zimga luqma olganimda hammangizni o’ylayman, bolalarim bugun nima yeyishdi ekan, ochmikan, to’qmikan, deb nima yeganimni ham bilmayman""¦.
Onalik qiyin ma’suliyat"¦.Rabbim barcha onalarni panohida asrasin, uzun, hayirli umrlar nasib etsin insholloh.

Bundan 2-3 yil oldin İstambuldaman. Qish. Sovuq. O’qishdan qaytayotgandim. İstambulda yomg’ir yoki qor yog’dimi darrov "œprobka" bo’ladi. Avtobusni ichida qachon harakat etarkan bu avtobus, deb siqila boshlarkanman, birdaniga ko’zim bizga teskari yo’lda turgan chol-kampirga tushdi. İkkalasi ham 65-70 orasida, chol kampirini qo’ltiqlab olgandi. Svetofor yondi, ular bir-biriga suyanib tez tez yo’ldan o’ta boshlashdi. Yo’l ikkiga bo’lingani uchun yo’lni hammasini birdan o’ta olmadilar, yo’lovchilar kutadigan torgina yo’lakchada svetoforning yashil chirog’ini yonishini kuta boshladilar. Kutar ekanlar, chol-kampirning bir-biriga qarashi menga juda ta’sir qildi. Ular bir-biriga mehr bilan qarab kulimsirardilar. Bu yoshgacha bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbatlari hech so’nmaganini ko’rib ichimdan ah ah, deb qo’ygandim"¦

Yana İstambulda talaba ekanman uyda birga turadigan dugonalarim aytib berishgandi. Bizni mahallada o’tiradigan 70 yoshlarda hech kimi yo’q bir kampir bor ekan. U har kuni marketdan tovuqning suyakli qismlarini sotib olib, plastmassa idishlarga solib yo’l chekkalariga tashlab ketarkan. Sababi esa mahallada yashaydigan egasiz it va mushuklar ochlikdan o’lishmasin, deb shunday qilar ekan. Bu odatini esa 15 yildan beri kanda qilmas ekan"¦


12. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Rabbim barcha mo’min musulmonlar qatorida hammamizga "œMusulmonga yarashadigan" o’lim nasib etsin inshalloh. Kecha Juma bo’lgani uchun Tv’dagi Juma suhbatida juda chiroyli so’z eshitdim bir olima ayoldan.
"œBiz insonlar o’limdan keyingi hayotni har doim ham anglay olmaymiz. Hovuch qadar dunyodan voz kechib aqlimiz bovar qilmaydigan darajada azim va asosiysi boqiy bo’lgan dunyo uchun harakat qila olmaymiz, qo’rqamiz"¦Bu qo’rquv bir navi ona qornidagi bolaning holatiga o’hshaydi. Bola uchun ona qorni bir dunyo, u hali bilmaydiki tashqarida haqiqiy dunyo bor""¦
Ha biz ham bazan "œnarigi dunyo" haqida to’liq tasavvurga ega bo’la olmaymiz va bu dunyoga jon jahdimiz bilan "œyopishib" olamiz.
Qanday o’lim istashimga kelsak, menga yana duo qilishgina tushadi, chunki tasavvurim ojiz boshqa turli o’ylashga.
Rabbimiz Baqara Surasining 186 chi oyatida:  "œBandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar", deb buyuradi.
Menda Mehmet Dikmen va Bilal Eren’larning " 365 gun dua" degan kitobi bor. Yani har kun uchun bir duo yozilgan. Juda yaxshi ishlangan duo kitoblaridan biri. 
(Turkcha biladigan qardoshlarimizga bu kitobni tavsiya etaman)

Bu kitobda "œXunuk holatda o’lishdan Allohga sig’inish" duosi bor.
Duoning mazmuni quyidagicha: "œAllohim, qattiq yiqilib tushishdan, bo’g’ilishdan, yonishdan, aqlimni yo’qotadigan darajadgi qarilikdan Sen’ga sig’inaman. O’lar  chog’imda shaytonning iymonimni olishidan, Sen’ing yo’lingga teskari bo’lib o’lishdan va zaharli hayvonlar tarafidan chaqilib o’lishdan ham faqat Sen’gagina sig’inaman".
Qo’limdan kelguncha bu duoni o’qishga harakat qilaman, Rabbim ham duolarimni qabul qilgay inshalloh va chiroyli o’lim nasib etgay, deb niyyat qilaman"¦.
Aziz Mahmud Xudoiy Hazratlarini biladiganlar ko’p oramizda. U kishining maqbaralarida shunday duo yozigan:Turkchasi "œSağlığımızda bizi vefatımızdan sonra kabrimizi ziyaret edenler ve türbemizin önünden geçtiğinde fatiha okuyanlar bizimdir
Bizi sevenler denizde boğulmasın ahir ömürlerinde fakirlik çekmesin, imanlarını kurtarmadıkça göçmesin "

O’zbekchasi: "œSog’ligimizda bizni, o’lganimizdan keyin esa qabrimizni ziyorat etganlar va maqbaramizni oldidan o’tganlarida fotiha o’qiganlar bizdandirlar.
Bizni sevganlar dengizda bo’g’ilmasinlar, umrlarining ohirida faqirlik ko’rmasinlar, İYMONLARİNİ QUTQARMAGUNCHA narigi dunyoga ko’chmasinlar".
Bu aziz zotni ham ziyorat qilish nasib bo’ldi, hamd bo’lsin, insholloh duolaridan bizlar ham bahramand bo’lgandirmiz.
(Eslatma: İstambulga keladiganlar bo’lsa Uskudarda u kishining maqbaralari"¦)
Alloh barchamizning hayotimizni ham o’limimizni ham chiroyli qilsin insholloh"¦


13. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Turklarda bir gap bor: Qidirgan Mavlosiniyam, balosiniyam topadi.

(Mevla-Alloh (J. J)ning sifatlaridan biri.

Men ham har ikki dunyomga foydali bo'ladigan bir narsalar qidirdim, topdim bu internet-ummonidan.

Forum sabab ilm oladigan insonlarga kelsak aniq bordir. İnson vaqti kelganda o'z bolasini xarakterini, qiziqishlarini ham bila olmas ekan, men shuncha insonni haqiqiy xarakteri va qiziqishlarini bilishga qodir emasman.

Nasib bo'lgan payt men ham forumga joylangan dinim bilan bo'liq matnlardan bahramand bo'lganman.

Alloh rozi bo'lsin, joylaganlardan, masalan Alouddin Mansurga tegishli Quroni Karim tarjimasini ilk marotaba Ziyouzda o'qiganman. Buning sababi balki Vatanda bo'lmasligim hamdir. Bu yerda O'zbek tilida diniy kitoblar topish amrimahol.
Birgina İslom sahifasida juda ko'p foydali maqola va kitoblar berilgan.

Forumda yoshi kichkina a'zolar borligi uchun ham har bir aytgan gaplarimizga diqqat etishimiz kerak. Yoshlari endigina 13-14 bo'lgan bolalarni ko'rdim. Biz yoshi ulg'aygan insonlar (uylangan, turmushga chiqqan) bir-birimizga yomon munosabatda bo'lsak, ular ham "ha biz hali yoshmiz bularni oldida, men hali og'zimga kelgan gapni yozsam bo'laverar ekan", deydi....

Bu ham bir navi inson hulqi-odobi bilan bog'liq ilm olish nazarimda....

Forumda faqat Diniy ilm emas, dunyoviy ilm bilan bog'liq ham ummon bor.


14. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: Bolalik xotiralari bitmas-tuganmas. Har eslaganimizda o'sha beg'ubor kunlarga qaytamiz hammamiz.
Har bir bolani shirin shirin bolalik xotiralari bo'lsin iloyim...chunki bu muhim....
Men oilada 2 chi, 4 qizning esa eng kattasiman. Bilasiz, O'zbek oilasida butun vazifalar opaga tushadi : )
4 qizdan keyin eng kichkinamiz o'qil bo'ldi. Shu bilan birga 4 ukamni o'zim ko'tarib katta qilganman. Alloh ulardan rozi bo'lsin, ularga bergan mehrimni unutishmadi.
Uydagi ishlar va ukalarimga qarashdan na dugonalarimnikiga bora olardim na mahallada to'yib o'yin o'ynay olardim. Endiii o'yin o'ynayman, deb turganimda,ukalarimdan biri opaaa, ayam chaqiryabdi, yuring, deb yengimdan tortardi....
Bir kuni rosa jahlim chiqdi, "nima meni o'yin o'ynashga haqqim yo'qmi", deb. Ukalarimdan birini urib yig'latdim, alamimni undan oldim, keyin orqa tarafdagi hovlini devoridan oshib qochdim ko'chaga qarab : ) yoshim 9-10 bo'lsa kerak.
Ko'chada hatto narigi mahalladagi o'rtoqlarim bilan rosaaa o'ynadim, to'yguncha, hatto dugonamni onasi bizga ovqat ham berdi. Yani 2-3 soat "yo'q bo'lib ketibman"   : )
Singlimni urganim-u, 2-3 soatlab uydan qochganim esimdan chiqib kech bo'lganda uyga kulibb kirdim, qarasam ayam qo'llarida hipchin meni kutib turibdilar. To2satdan hamma "gunohlarim" esimga tushib ketdi. Birdaniga yig'lab yubordim, "aya kechiring", dedim, boshqa qilmayman : )
Ayam do'q-po'pisa qildilar-u lekin urmadilar.
Men ham boshqa bunday yaramaslik qilmadim : )


15. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Payg'ambarimizni Hadis-i Shariflari bor, mazmunan shunday:

"O'zining gunohlarini o'ylashdan boshqalarni gapirishga vaqt topa olmagan mo'minga mujdalar bo'lsin"...

Qo'limdan kelguncha shu hadisni o'ylashga harakat qilaman...

Aforizmlarni ham,maqollarni ham juda yaxshi ko'raman. Chunki har biri tajribaning mahsulidir....

Eng yaxshi ko'rgan maqolim: "Avval o'zingga boq, keyin nog'ora qoq"....

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:10:03

16. Savol: Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.

Javob: Alloh Mo'min-Musulmonlarning xonadonlaridan eng asosiysi huzurni ayrimasin.
Avvalo umr yo'ldoshi tanlashda Alloh hech kimni adashtirmasin ekan...
Lekin "xom sut emgan banda" yoki "Gunohsiz qul bo'lmas", degan gaplarga qaraydigan bo'lsak, inson bolasini bunday gunoh yo'llariga kirishi ham yana insonga hos, ko'z yumib bo'lmaydigan hodisalardan biridir.
Agar (Xudo ko'rsatmasin) shunday bo'ladigan bo'lsa va o'rtada farzand ham bo'ladigan bo'lsa men turmush o'rtog'imga hech narsa demay, bolamni olib uyimga ketgan bo'lardim.
Unga vaqt berardim. Chunki turmush o'rtog'im dindor oilani farzandi, insonlar nasliga tortadi. Qolaversa hiyonat qilgan inson avvalo mendan emas, Allohdan qo'rqmaganligini ko'rsatgan bo'ladi... Allohga tavba qilsin avvalo...

Uni vijdoni bilan yuzma yuz qoldirib, Allohdan sabr tilagan holda oddiy hayotimga oilamni yonida davom etishga harakat qilardim.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa eng boshda qaynota-qaynonam meni hech qayerga yuborishmagan bo'lishardi, bundan ismimday aminman. Chunki ular meni oilamdan omonat qabul qilib olishdi. Qaynotamlar omonatga hiyonat qiladigan insonlar emas...
Qolaversa farzandimga hech narsani sezdirmaslikka harakat qilardim.
Biz-ku yarim yamaloq yashadik, u bechorani aybi nima? Qo'limdan kelguncha unga ham ona, ham  ota sevgisini berishga harakat qilardim...
Alloh hech kimni bunday og'ir gunoh-hiyonat bilan imtihon etmasin inshalloh.
Chunki hiyonat qilgan ham, hiyonatga uchragan ham qattiq qalb yarasi oladi, bu yara esa osonlikcha bitmaydi....


17. Savol: А­нг сснгги олган фотоларингиздан сзингизга снг ёққан(лар)и қайсилар бслди?

Javob: Keyingi paytlarda rasmga olishga uncha vaqt bo'lmayabdi. Ham ish ko'p, ham mavsum qish. Lekin o'tgan hafta Ankaradagi "Genchlik", (Yoshlik) parkiga borgandik "ozgina bo'lsa ham shahar shovqinidan qulog'imiz uzoq qolsin", deb.
Bu parkka 1 chi marta borishim. O'zimizni "Komsomolskiy"ga o'hshar ekan juda. Xozir "O'zbekiston" bo'lishi kerak parkni nomi.
O'rtada kattakon sun'iy ko'l, hayron bo'lganimiz ko'lda chaykalar bor edi. Bilasiz, chayka asosan dengizda bo'ladi : ) bu yer esa sun'iy ko'l. Favvoralari juda yoqdi.
Sharni markazida bo'lishiga qaramay, hech shovqin yo'q edi. Parkni ichida 2 ta teatr bor.
Men asosan gullarni rasmga oldim. Menekshe-binafshalar qish gullari sanaladi. Mittigina bo'lishlariga qaramay, sovuqqa bardoshlariga hayron qolaman...
Olgan rasmlarimdan bir qanchasini "Bizning fotogallereya" mavzusiga joyladim.
Menga eng yoqqan rasmim binafshalar bo'ldi....


18. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob:1. Bu kungacha hamdlar bo'lsin, oilam-yaqinlarim tarafidan juda ko'p marotaba sovg'a olganman. Lekin hech esimdan chiqmaydigan sovg'a 3 chi sinfdaligimda tug'ilgan kunimda dadamni 1 korobka (30 dona) muzqaymoq olib kelganlari bo'lgan : ) O'ylab qarang, mavsum qish va siz muzqaymoqni "o'larday" yaxshi ko'rasiz... Shuning uchun aytishadi-ku, bolani ko'nglini olmoqchi bo'lsang, unga sovg'a ber, deb, bola buni hech qachon unutmaydi....
2. Payg'ambarimizni tug'lgan haftalarida Turkiyada ko'chada ko'p atirgul olganman. Bu yerda odat, hamma 1 hafta bo'yicha atirgul beradi bir-biriga. Atirgul-Payg'ambarimizni timsollari...
3. Dinimizda esa, "hadiyani hadiya qilish sunnatdir", degan gap bor. Menda bunday holat ko'p bo'lgan. Eng ohirgi marta dugonam menga sharf sovg'a qilgandi, qaynonamga juda yoqdi, unga hadiya etdim : )

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:10:23

Abdul_Malikga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan?

Javob: Darhaqiqat, sahobalarning hayotlarida bo'lib o'tgan voealardan ta'sirlanmasdan ilojimiz yuq. Chunki ularning qilgan amallarida biron bir riyo qo’shilmasdan, holis Alloh uchun amal qilishgan, ixlosi taqvosi Allohga juda kuchli bo’lgan.Ana shunday sahobalardan biri Abdulloh ibni Maktum — ko’zi ko’r bo’lgan bo’lsa ham islomga birinchi kirgan sahobalardan hisoblanadi. Bu sahobaning hayotida mo'min- musulmonlar uchun ibrat bo'la oladigan juda ko'p voqealarni uchratish mumkin. Ayniqsa qo'yidagisi: Abdulloh ibni Maktum ko'r bo'lgani uchun sahobalar Payg'ambar (s.a.v.)ning maslahatlari bilan, uning uyidan masjiga arqon tortib qo'yishadi va u kishi masjidga bemalol kelib ketib yuradilar.
Bir kuni Payg'ambar (s.a.v.) sahobalar bilan o'tirishganda Abdulloh ibni Maktum qo'lidan qon tomgan holda kirib keladilar.Buni ko'rgan sarvari koinot:
  - Birodarim Abdulloh ibni Maktum nima bo'ldi sizga? - deb so'raydilar.
  - Man arqonni ushlab namozga qatnab yurardim, buni ko'rgan mushrik kofirlar ko'r odamga bunday taqvoni nima keragi bor deb arqonni ayrim yerlariga utkir ustara bog'lab ketishibdi, bilmasdan ushlayman deb qo'limni kesib oldim, deb javob berdi Abdulloh ibni Maktum. Shunda Rosululloh (s.a.v.) u kishining qonab turgan qo'llarini muborak ko'zlariga surib :
   - Sizdek taqvosi Allohga baland bo'lgan sahobani ustidan kulib,sizni shu kuyga solgan u mushriklarni hisobini Alloh qilsin , man Allohga topshirdim, deb yig'lab yuborgan ekanlar.
    Shunda Jabroil (a.s) kelib - Ey habibim Muhammad (s.a.v.) Abdulloh ibni Maktum onasidan ko'r bo'lib to'g'ilgan, shunday yashaydi va o'ladi, ko'r holatda hisob beradi lekin jannatda Allohning jamolini birinchi bo'lib ko'radi.Agar istasangiz, hozir ko'zi ochiladi biroq Allohninig jamolini hamma qatori ko'radi,deganlarini Payg'ambar (s.a.v.) u kishiga yetkazdilar. Abdulloh ibni Maktum esa bu duyo yuzini ko'rishdan Allohning jamolini birinchi bo'lib ko'rishni ma'qul ko'rdi...


2. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?
 
Javob: Kecha eslagandim, "Qabrdan Maktub"ni tinglagandim, o'limdan keyin sodir bo'ladigan kechinmalar,qabr hayoti barcha-barchasi va bu narsalarga har daqiqada bir qadam ekanligimizni uylaganimda etim jimirlab ketdi.
   Alloh barchamizga shahodat kalimasini aytib jon taslim etishni nasib etsin.


3. Savol: Hozirda ilmlik kishilardan ham, ilmsiz kishilardan ham, biror ishga kirishsak, bu ishingiz hozirgi zamonga to'g'ri kelmaydi. Hozirda sahobiylar va sahobiya ayollar yo'q(yo'qligiga to'la holda qo'shilaman), ularga o'xsholmaymiz ham, degan gaplarni eshitamiz. Shaxsan menga bu gap juda og'ir botadi. Biz ulardek bo'lolmaymiz, lekin bo'lolmas ekanmiz deb turishimiz to'g'rimikin. Ularni dengiz deb qiyos qilsak, shu dengizdani bir tomchisi bo'lishga harakat qilishimiz va shunga erishishimiz uchun nimalar qilishimiz lozim, deb o'ylaysiz.
(Bunga boshqa ishtirokchilarimiz ham javob berishlari mumkin)

Javob: Javobga keladigan bo'lsam, shaxsan men ilmli kishining bunday ma'nodagi gapni aytishiga ishonmayman. Aksincha, ilmi sayoz, iymoni zaif hamda sahobalar hayotidan unchalik habari bo'lmagan kishigina sahobalardek bo'lomaymiz deyishi mumkin.


4. Savol: Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz forumlarda qatnashishni istasa qanday munosabatda bo'lasiz?

Javob: ayol kishi avvalambor oiladagi o'zining burch va vazifalarini to'liq bajarishi lozim. Ha, bulardan vaqt ajratib ilm olmoqchimi mavjud adabiyotlarni o'qisin manimcha internet, forumlarga hojat qolmaydi V/A.


5. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Tinglash san’ati gapirish san’ati bilan deyarli teppa-tengdir.
P. BUAST

Qayd etilgan