G_u_l_iga berilgan savollarga javoblar:
1. Savol: Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.
Javob: Bu forumdagi hamma-hamma user va userkalani hurmat qilaman.
Ayniqsa oldindan yahshi taniydigan:
Muhseena va Siddiqani, sababi ular b-n do`stlashib yahshi tomonga o`zgarganman, keyin doim bir ish qilsak maslahatlashib olamiz.
Munira xonim-bu userka opajonimga hurmatim o`zgacha, uladan ko`p narsalarni o`rganmoqchiman.
Zamiraxon- bu userka b-n ushrashganimzda shunga amin bo`ldim: juda ochiqko`ngil qiz.
Muslima bo`limidagi hamma opajon-u singlillarimni juda yahshi ko`raman: Noza, Muslima, Muslimaa, Rukhiya, Dilsora, Lolo. Agar ro`yhatni davom ettirsam, tugamasa kerakov.
AbdulAziz aka-uladan minnatdorman, forum u-n tinmay hizmat qiladilar.
Zubair-bilmadim nimaga lekin ukamday yahshi ko`raman.
Chustiy- to`g`risini aytsam, pazandalik bo`limidagi postlarini ko`rib, rasa uyalganman.
Qiz bola bo`p turib, shunaqa chiroyli taomlar pishira olmasligimdan.
Ro`yhatni uzoq davom ettirishim mumkin edi, ammo ko`p yozib hammani joniga tegmay.
2. Savol: G_u_l_i, siddiqa va Muhseena, Sizlar do'st ekansizlar. Hech bir-biringizdan arazlab qolgan paytlaringiz bo'lganmi? Kim birinchi bo'lib uzr so'ragan?
Javob: Siddiqa aytganidek, hali vaqt bo`lmagan arazlashishga inshaalloh bo`lmasinam. Aslini olganda hozir o`tirib eslolmadim, arazlashgan kunlarimizni!
3. Savol: Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?
Javob: Aslida, hamma postlarni katta qiziqish b-n o`qib chiqaman.Ammo eng so`nggisiga kelsak, Sizni sog`inaman, yo Rasulalloh bo`limidagi postlardan juda ta`sirlandim, va Muhammad Yusufning she`rlarni onam b-n birga o`qidik!
Foydali post qilayotgan har bir forumdoshimizdan Alloh rozi bo`lsin!
4. Savol: Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?
Javob: 1.Forumda eng hursand bo`lgan kunim, Siddiqani yaqin dugonalarimdan ekanini bilib qolganim, shunaqa hursand bo`lgandimki, ammo aksiga olib, quvonchli voqeadan so`ng Siddiqa forumga kirmadi(biroz muddatga)
, keyin Siddiqani hamma postlarini o`qib chiqishni boshlagandim o`shanda.
2.Bolaligimda hursand bo`lgan kunlarim juda ko`p bo`lgan, ayniqsa parkka, sirkka boradigan kunlarimizda, uydagilar ko`p barbi qo`g`irchoqlar sovg`a qilgan kunlarda juda hursand bo`lardim.
3.Ohirgi 3 yil ichida ko`p voqealar bo`lib o`tdi, ko`pi mening foydamga, shularning ichida juda hursand bo`lgan kunim, yenglari uzun chiroyli ko`ylak kiygan kunim bo`lgan(ayni jazirama yozda), muslimalikka tashlangan ilk qadamlar edi, o`sha damlar.......................
Siddiqa, Muhseena va bir qancha dugonalarimiz b-n birga oliy o`quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan damlarmizni qattiq sog`inaman...........
Har juma` Siddiqa va Muhseenani kelishlarini o`qishda kutiiiib o`tirardim.
5. Savol: 1. Siz sevgan O'zbekistondagi 3 ta shahar? Nima uchun siz bu shahrlarga mehr qo'ygnasiz?
2. Siz sevgan jahondagi 3 ta shahar (Makka, Madina, Quddusdan tashqari)? Nima uchun bu shahrlarni yoqtirasiz?
Javob: 1. Samarqandni yahshi ko`raman, chunki o`sha yerda tug`ilganman, garchi juda kam borgan bo`lsam ham.
Albatta, Toshkent, manimcha izohga hojat yo`q.
Buxoro, bu yerga ziyoratga borganimizda judayam yoqib qolgan bu shahar.
2. Bu savolingizga halicha javob berolmasam k-k, chunki ko`rmagan, bormagan shaharlarni yoqtirolmasam k-k