Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 158644 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 10:13:10

Kumushga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Kumushning - Otabekning Kumushi, sizga eng ko'p yoqqan jihatini bizga bildira olasizmi?

Javob: Nima deyishga ham hayronman.Kumushni yahshi ko'rgan ekanmanu lekin bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman.Nega desangiz Kumush o'zbek halqining sevimli personajiga aylanib ketganku.barcha Kumushning timsolida hayoli iboli zukko o'zbek qizlarini ko'radi.Endi eng yoqqan jihati qaysi ekan deb o'ylab qarasam o'sha davrda yashab turib tafakkuri hozirgi zamon qizlaridan yuqori ekanligi ko'proq yoqib qoldi...


2. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?
 
Javob: Assalomu alaykum birodarim.Savol uchun tashakkur.Kishi hayotida bunaqa holat sodir bo'lishi ehtimoldan holi emas.Ehtimol qay birimizning hayotimizda sodir bo'lgandir ham.Bilasizmi inson tabiati qiziq.Kimdir sen bilan qiziqib qolsa negadir o'sha odamdan o'zingni olib qochging keladi.Agar senga befarq bo'lsa aksincha...
Agar shu holatga tushib qolsam tezroq bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilaman.Yaniy o'zimni hech nimani sezmagandek tutamanda izimni bildirmay g'oyib bo'lishga harakat qilaman.Sevib qolgudek bo'lsa(bilmadim,nima deyishga ham hayronman.To'g'risi bir ko'rishda sevib qoladigan ko'zga yaqin qiz emasman : ))

P.S:Lekin hozir shu vaziyatga tushib qolmaganimga dadil dadil javob beryapman.Bu narsa haqiqatda boshimga tushib qolsa nima qilishimni o'zim ham bilmayman.Faqat Allohimdan madadkor bo'lishini so'ray olaman holos...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:13:23

ZUBAIRga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: So'nggi bor siz o'qib, tasirlangan maqola?

Javob: Menga ta'sir qilgan maqola- Kimning ko'zi ko'r maqolasi. Va yana Sheih Muhammad as-Soviyning zolim o'gay ona haqidagi gapirgan gaplari ham juda ta'sirli ekan.


2. Savol: Eng katta islomiy va eng katta dunyoviy orzuyingiz?
 
Javob: Eng katta islomiy orzularimdan biri, Qur'onni to'liq yodlab, uni esdqa saqlash.


3. Savol: O’zingizni bahsga moyil deb hisoblaysizmi? Qaysi hollarda bahs qilish behuda? O’zi bahs qilish kerakmi, nechog’lik foydasi bor?
 
Javob: To'grisi bahslashishni yoqtirmayman. Ahmoq odamni ahmoq ekanligini bilib turib u bilan tortishish ahmoqlik.


4. Savol: O'z Vataningiz va hozir yashab turgan manzilingizgiz qay jihati bilan o'xshashligi bor?
 
Javob: Menimcha o'xshashlik taraflari juda kam. Lekin afzallik taraflari ko'p (islomiy, diniy tomondan.) Bu haqda keyinroq yozarman insh.


5. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?
 
Javob: Ko'zingni hozir och, yumishga ulgurasan.=

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:13:31

Abdusalomga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Vatandan uzoq bo'lgan barchaga savol. Siz sog'inch juda kuchayib ketgan paytlari o'zingizni qanday ovutasiz?

Javob: Vatandan judayam uzoqda bo'lmaganman. Shunday bo'lsa-da, u meni ohanrabodek doim tortib turgan. Har qanaqa sharoit bo'lishidan qat'iy nazar o'z yurtimizda yashashdan ortiq baxt yo'q ekan.
Sog'inganda nima qilardim?
- Oyimla bilan gaplashganimda birdirmasdan yig'lab olardim.
- Ziyouz.comga kirib o'zbekcha maqola, kitoblarni miriqib o'qirdim.
- Ajnabiylar yurtida, bironta o'zbekcha so'zni eshitolmay, uyga kelib bir marta "Munojot" - "Kecha kelgumdir debon"ni eshitib, alamlarimni unutardim.
- Forumda O'zbekistonning rasmlarini tomosha qilib, ko'z o'ngimdanm o'tardi. Qatnashchilarning bolalik xotiralarini, o'z qishloqlaridagi eng go'zal manzalari va u haqidagi xotiralarini o'qib, ko'zim yoshlanardi...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:13:53

Musannif Adhamga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Bilishimcha sizlar ota onangizdan uzoqda mustaqil yashaysizlar.Ba'zilaringiz o'qish va ba'zilaringiz ish sababli.Aytingchi uylanishga qaror qilsangiz.Forumda islomiy postlar qoldirayotgan qizga   yozganlariga ko'ra turmush qilish taklifini qila olasizlarmi?

Javob: Qiziq savol. Odamni biroz o'ylashga majbur qiladi. Lekin to'g'risini aytsam, yaqin 3-4 yil ichida uylanish niyatim yo'q. Demak, bu yillar ichida forumdagi muslimalarning ko'p qismi turmushga chiqib ketsa kerak. Yanayam Alloh bilguvchiroq.


2. Savol: Oilada erkak kishi hamma tomonlama ayollardan ustun bo'lishi lozim, degan fikrga qanday qaraysiz?
Erkaklar ming harakat qilishmasin, ayollardan ustun bo'la olmaydigan tomonlari ham bormi? Insoniy fazilatlar tomonidan hisobga olinsa...

Javob: 1. Oilada erkak kishi ustun bo'lishi lozim. Chunki Alloh O'zi "Niso" surasida

34. Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir.

degan. Biz ham musulmon bir inson sifatida shuni tasdiqlaymiz.

Lekin ayni vaqtda barcha tomonlama erkak kishi o'z ayoliga bosim o'tkazishi kerak deb hisoblamayman. Balki kerakli o'rinlarda erkak ayoli bilan maslahatlashishi, lozim hollarda uning fikrini ham olishi zarur. Islom mana shu tenglikka da'vat qiladi. Bugungi dunyo da'vat qilayaotgan "erkak va ayol" tengligiga emas. Mana shundagina erkakning ustunligi, ayni paytda ayolning hurmati, izzati va sharafi o'z o'rniga qo'yilgan bo'ladi.

2. Alloh erkaklarni ham, ayollarni ham o'ziga xos vazifalar bilan yaratgan. Ularning vazifalarini bir-birlariga solishtirish murakkab holat. Masalan, erkak farzandni dunyoga keltira olmaydi. Uni emizish, boshlang'ich tarbiyasi bila shug'ullanish ham ayolning zimmasidadir. Mana shu - erkaklar ayollardan ustun bo'la olmaydigan holat. Buni ro'y-rost e'tirof etish lozim. Lekin boshqa jihatlarda - siyosat, iqtisod, madaniyat, qishloq xo'jaligining aksar sohalarida erkaklarning ayollardan ustunligi isbotlangan.   

3. Insoniy fazilatlar tomonidan har ikki jins vakillari orasida ham ustun jihatlarga ega bo'lganlar ko'pchilik. Masalan, onam meni juda ham yaxshi ko'radilar, ayni paytda otam ham o'ta mehribonlar. Umuman olganda men bugungi jamiyatshunos(sotsiolog)lar tasnif qilganidek "erkak-ayol tengligi", "jinslarning bir-biridan ustunligi" tushunchalarini qabul qilmayman. Agar oilada Islomiy muhitga rioya qilinsa, Insha Alloh hammasi o'z o'rnida bo'ladi. Mana shu mening so'nggi xulosam.


3. Savol: Hayotingizda Islom uchun, iymon bilan yiog'lashdan tashqari, boshqa dunyoviy holat uchun yig'lagan paytingiz ham bo'lganmi?

Javob: Ha, bunday holatlar yoshligimda ko'p bo'lgan. U paytda dunyo uchun yig'lash, din uchun yig'lash nima ekanligini unchalik tushunmas ekanmiz. Lekin bugun eslab ko'rsam, oxirgi marta dunyoviy holat uchun yig'laganimga 8,5 yil bo'libdi. Ya'ni 2000 yilning kech kuzida, Noyabr oyida nafsoniyatga tegadigan bir ish bo'lgandi. Shunda yig'laganman. Ayni paytda "Qornimga emas, qadrimga yig'layman", degan maqolning achchiq zahrini o'z tanamda his qilganman.

Bu qanchalik notabiiy va erkak kishi uchun gapirish qiyin bo'lsa-da, bugun savol bahona ochiq e'tirof qilishga majburman. Lekin nima voqea bo'ganini aytmayman. Chunki bu va o'z o'tmishimga tegishli bo'lgan ba'zi holatlarni eslashni yoqtirmayman. Ya'ni bo'lganini tan olaman, inkor qilmayman, lekin eslashni istamayman.

2002 yil avgustda o'qishga kirolmaganimda, juda ham yig'lagim kelgan. Lekin bu vaqtga kelganda diniy ma'lumotim ancha oshib qolgani uchun "Bundan keyin dunyo matosi uchun umuman yig'lamayman" deb o'-o'zimga so'z bermaganman. Alhamdulillah shundan keyin Alloh dunyo uchun yig'laydigan qilmadi.

Alloh hammamizni ham dunyo matosi uchun emas, O'zidan qo'rqib yig'aydiganlardan qilsin.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:15:08

Shokir63ga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Vatan degan ko'zingizga ko'rinadigan, xayolingizda namoyon bo'ladigan birinchi narsa, tasvir qaysi?

Javob: Vatan, dedim, balki savolning tasiridadir, xayolimga ko'p narsa keldi, ularning orasida qaysini tanlamay riyoga kirib ketayotgandekman.
Vatan deganda nimani tushunasizlar degan savolni ko'rdim, javob ham yozay deb  yergandim, bir-ikki tushunchamni shu yerda qoldiray.

Vatan degani "bu"dir deb berilgan javoblar to'g'ri emas deb o'layman. Chunki bu dunyoqarashga bog'liq.

Har kim vatanidan ayri tushganda nimani sog'insa, uning uchun vatan o'sha. Masalan bir kishi onasini sog'inishi mumkin, onasi yoniga kelgach vatanini hech eslamay qo'ysa uning uchun vatani onasi.

Men ham onamni sog'indim, do'stlarimni sog'indim, masjidlarimni, minoralarimni sog'ndim. O'zbegimni so'g'indim, xalqimni sog'indim, nurli yuzlarida tabassumi kulib turgan imomlarimni sog'indim.

Men O'zbekistonimni sog'indim, yuqorida keltirganlarimga shu yerda, g'urbatta erishsam ham, bari bir sog'inaveraman, qaytib uning rivoji uchun harakat qilaman. Qo'limdan hech narsa kelmasa, rivojing uchun nima qila olaman deb o'ylab yursam ham, o'sha yerda yuray deyman.

Qo'limizdan doimo keladigan, qo'limiz va tilimizni kesib olishsada, qila oladigan bir ishimiz bor, u ham bo'lsa duo. Duo qilib yuraman hech bo'lmasa.

Bir kun keladi, bobokalanlarimizdek avlod yetishadi va dunyoga bizning kim ekanligimizni qaytatdan namoyon etadi. Boshi yuksaklarda bo'lsada, qalbi yerlarda o'zbegim, dunyoga kuchlilar qanday bo'lishi kerakligini yana ko'rsatadi.
Ortidan Imperiya qoldirgan Boburdek, millatlarga saodat yo'lini kersatgan o'zbegim, men seni sog'indim! Qanisan, qayerdasan, ayt yeringni, qidirib boray, jonimning evaziga bo'lsada boray! Allohim bizga o'zingning nazdingdagi shonimizni, shavkatimizni qaytarib bergin, biz ajdodlarimizga xiyonat qildik, bizlarga qadrimizni tiklashga imkon bergin. Sen bizlarga kuch qudrat bergin Rabbim.

Bu savolni nega menga berdingiz, men ham hamma qatori oddiy, purqusur bandaman. Vatanning nima ekanligini tushuntura oladigan salohiyat menda nima qilsin.


2. Savol: Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Javob: Tez tez mehmonga chqiring, yoningizda do'stingiz ham bo'lsin. Har gal bir qadam tashlang. Uni o'ylashga majbur qiladigan savollarni do'stingiz sizga beradi, siz esa, ikkalasiga javob berasiz. Do'stlaringizni almashritib tursangiz ham bo'ladi. "Tushlikka kel, bir do'stim keladi, bahonada tanishasan", deb bahona qilasiz. sohasi bilan shug'ullanuvchi do'stlar bo'lsa-ku, nur ustiga a'lo nur.
Taomlar juda go'zal bo'lishi kerak, taom bilan bog'liq latifalar, hikmatlardan ustalik bilan foydalaning. Shoshilmang, savollarga javob berayotganda ehtiyot bo'ling, nafsoniyatga tegmasin. Ruslarni umuman yomonlamang. Sovetlarning ruslarning o'ziga, xristiyan diniga bergan zararlari haqida gapirib xristiyan diniga munosabatini o'rganing. Bolaning dunyoga, tabiatga munosabatini o'rganing. Xullas bolani fath eting, sizni sevsin, "zarba" berishga Alloh o'zi madad bersin.

Unutmang sizning xatoyingiz qimmatga tushushi mumkin. Duktorning xato qilishga haqqi yo'q deydilar, lekin sizninki mas'uliyatliroq, zero doktor faqatgina shu dunyo bilan bo'g'liq, siz boshlagan ish esa ikkala dunyo bilan ham.

qiziqarli savollar
biz qayerdan keldik, nima uchun keldik, qayerga ketamiz?
faqat uxlash, yeyish va ko'payayish uchun kelgan bo'lsak, hayvondan nima farqimiz bor?
Darvinning qilgan yangiligi insonni hayvon darajasiga, balki undan ham tubanga tushurdi deyishadi, shu to'grimi?
kabi savollarni do'stingiz sizga bersin, siz rus tilida javob bering. do'stingiz o'zbek tilida berib siz savolni rus tiliga tarjima qilib keyin javob bersangiz, tuzoq - tuzoqligini sal yashirgan bo'ladi.

Yuqoridagi gaplar - umumiy gaplar, siz o'sha bolaning shaxsiyatiga to'g'ri keladigan ishni qilishingiz kerak bo'ladi.


3. Savol: Sizningcha bugungi yoshlar, yigitlarni ham,qizlarni ham kiyinish uslubiga qanday qaraysiz?

Javob: Qizlarimizning kiyimiga fikr bildirmoqchi emasman. Chunki uning qanday bo'lishi kerakligi dinimizda aniq-tiniq qilib belgilab qo'yilgan. Aniqroq aytadigan bo'lsam tasattur (hijob) tarafdorimon.
Ko'r ko'rona havas ko'p yosh qizlarning ochiq sochiq kiyinishiga olib keldi. Bu kelajak nasl uchun juda ham xatarli. Buni oldini olish uchun mash hur kishilarimiz foydali bo'lishimi mumkin edi, amm afsus ko'p mashhur ayollarimizning o'zi ham jiddiy tarbiyaga muxtoj.

Yigitlarga kelsak. O'ziga yarashgan, chiroyli kiyimlar kiyishlari kerak. Tor, jismining shakli-shamoyilini ko'rsatadigan kiyimdan uzoqroq bo'lishsa yaxshi bo'lardi.
Nuroniy otaxonlarimiz ko'rganda bu bachkanalik nimaydi demaydigan, yoshlar qaraganda zamonadan orqada qolib ketibsan demaydigan darajada bo'lsa bo'ladi.

Har xil zanjirlarni taqib olgan yigitlarni ko'rsam, ajabo bularni bunday kiyinishga nima majbur qildi ekan deb o'ylayman. Manaviy bo'shliq va insonlar orasida ajralib turish kabi tushunchalar bugungi yoshlarni shu ko'yga soldi.

Atrofdagi odamlardan ajralib qo'ymaydigan kiyim kiyish kerak deb hisoblayman, kiyinishimiz ular bilan bizning oramizga devor qurmasin, biz bilan do'stlashsin, islomning go'zalligini ko'rsata olaylik.

Agar menda islomni anglata olish salohiyati kuchli bo'lganda, o'sha o'zim yoqtirmagan zanjirli kiyimni kiyib zanjirlilarning orasiga kirib, u yerdan bir kishini kiyimining va shaytonning zanjirlaridan forig' bo'lishiga erisha olsaydim, o'sh zanjirli kiyimni kiyardim va shu ishni qilardim, ammo hayhot, dinimni yashab korsatishda va anglatishda qanjalar bo'shman.


4. Savol: Yigitlarning kiyinish madaniyati haqida fikr bildiribsiz, raxmat. Lekin hozirgi kunda buni sabablari nima deb o'ylisiz? Umuman bu holatni cheklab bo'ladimi yoki shu ahvol avjiga chiqib davom etadimi?

Javob: Eng kuchli ta'sirga ega unsurlardan biri kino, yana biri musiqa. Yoshlar ma'lum bir obrazni yoqtirib qolishadi, uning gapirishiga, kiyinishiga hatto diniga taqlid qilishadi. Bola Jumongdek qilich o'ynaydi, Ramdek qasam ichadi va qolimizdan chiqib, baloga aylanadi...

Barchamiz bemani qo'shiq va xonandalar ko'payib ketdi deymiz, ba'zan shu ham qo'shiqmi, shu ham xonanda bo'ldimi deb xunobimiz ham oshadi. Lekin o'sha ko'shiqchilar nega "yulduzga" aylandi? Ularni hech kim tinglamasa, disklarini sotib olmasa, konsertlariga bormasa, ulardek KIYINMASA, ular "yulduz" bo'la olarmidi?

Yaqinda Avstralyalik musulmon bo'lgan kishining "Qanday musulmon bo'ldim" vidiosini ko'rdim. U musulmon bo'lganimdan keyin oldingi kiyimlarimga qarab "nega, qanday qilib bu kiyimlarni kiyib yurgan ekanman" deydi.

Buzish oson, qurish qiyin. Bir uyni bir kunda buzish mumkin, lekin uni qurish uchun, nafaqat ko'proq vaqt, balki ilm ham kerak.

Asrlar davomida bobolarimiz tomonidan qurilgan qadriyatlarimiz rus chorizmi va Sovet ittifoqi tomonidan yakson qilindi.
Sotsiyalizm inqirozga uchragach, yangi bir ma'naviy bo'shliq paydo bo'ldi va u hozir kim tomonidan nima bilan to'ldirilsa, o'sh bilan to'lib bormoqda. Afsuski "to'ldiruvchi"larning hammasi ham millatimizga yaxshilik sog'inmaydi. Ularning orasida bizga yot bo'lgan, millatimizning rivojini emas, tanazzulini xoxlovchilar ham yo'q emas. Bunday holatda yotlashish, albatta, davom etaveradi.

Buning oldini olish unchun esa har birimiz farzandlarimizni va gapimizga quloq soluvchilarni milliy rux ostida tarbiyalashimiz, komillik yo'llarini ko'rsatishimiz kerak.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:15:16

5. Savol: Shukronalik deganda nimani tushunasiz? Kishi qanday hollarda shukr qilishi kerak?

Javob: Shukronalik deganda kishining o'z holatidan shikoyat etmasligi, aksincha Allohga hamd aytishi, shukr qilishini tushunaman.

Bizni Alloh yo'qdan bor qildi, borqilibgina qolmay jon ato etdi, janlilar ichida eng ulug' maxluq inson etti, bu bilan ham cheklanmay, menga iymon nasib etti, yaxshi, mo'min birodarlarning ichiga soldi bular uchun shurk qilishim kerak, shukronasini ado eta olamayman ham.

Ayniqsa chet elga kelganimdan beri har qadamda shukr etadigan bo'ldim. Bu yerdagilar hayotning sirrini kashf eta olmagani uchun (men ham etaolmasdim, Allohning lutfi), o'zlariga ovunchoq qilib itiga, mushugiga, shishaga yana allambalolarga suyanganini ko'rib Allohimga beadad hamdu sanolar aytaman. Men ham shunday bo'lishim mumkin edi, lekin menga Alloh beadad lutfu ehsonlarda bo'ldi.

har qancha shukr qilsakda biz uchun oz ekanligi singari, shukr qilishimiz kerak bo'lgan holatlarning ham hisobi yo'q.


6. Savol: Vatandan uzoq bo'lgan barchaga savol. Siz sog'inch juda kuchayib ketgan paytlari o'zingizni qanday ovutasiz?

Javob: Yig'lab olaman. soatimga qarayman, vaqti kirgan bo'lsa namozimni qilsamda duo qilib, dardimni to'ksam deb.
telefonimda qolgan pulga qarayman, uydagilar bilan gaplashay deb
shaharni kesib o'tgan daryoga qarayman, shu oqayotgan su misoli soginchim va umrim o'tib ketadi, undan keyin ortiq ayriliq bo'lmas deb...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:15:39

Afruzaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: Albatta birinchi o'rinda shirin so'z bilan!
Har kuni ko'rishganimizda yuzlaridan o'pib qo'yaman.
Bu mayda hafagarchiliklarni ham bartaraf qiladi.
Xaqlariga duodamiz.


2. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: Bunday paytlar tushkunlikka tushganimda bo'lishi mumkin. O'zimni chalg'itishga harakat qilaman. Yaqin dugonam bilan suhbatlashaman. Muhimi, shuning uchun ham Allohga shukrona keltirishim kerakligini o'ylayman.


3. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?
 
Javob: Bir ko'rishda yaxshi ko'rib qolish kamdan kam bo'ladi. Manimcha, birinchidan agar din qoidalaridan habardor inson bo'lsa, nomahramga bot-bot tikilib qarashdan o'zini tortadi. Keyin, birinchi tasavvur har doim ham to'g'ri chiqmaydi. Agar niyati jiddiy bo'lsa, o'zbekchikikda sovchilik degan udatlar bor. Har tomonlama surishtirilgandan so'ng uydigi kattalar hal qiladigan masala deb bilaman. Bunday paytda o'zim mustaqil qaror qabul qilmayman. Indamay ketishni afzal ko'raman.


4. Savol: Tasavvur qiling, tusmushga chiqdingiz. Xo'jayingiz o'ziga to'q odam. Bolalarni bog'chadan olib kelish va boshqa yumushlarda foydalansang, mashhina olib beraman, desa rozi bo'larmidingiz?
 
Javob: Inshaaloh, agar shunday taklif bildirsalar rozi bo'lardim. Birinchidan , mashina haydashga qiziqaman, azgina mashq qilib ham turaman. Ikkinchidan, u inson shuni hohladilarmi, demak, bu ishonchni bildiradi. Ishlardan ortib, bunaqa mayda ishlarga ulgurolmasalar bu ishda ularga albatta yordam bergan bo'lardim. Faqat oldin prava olishim kerak  :)


5. Savol: "Alloh yo'lidagi birodarimsiz" deb turib ayni so'zning ma'sulyatini bila turib amalda bo'lmayotgan birodaringizga munosabatingiz?
 
Javob: Allohning muborak nomi tilga olingan joyda  ma'sulyatga amal qilmagan insondan  yana nimadir kutish qiyin...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:16:14

 
Shokirbekka berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: "O'zimda yaqinda shunday voqea bo'ldi. Hajga kelganlar orasida Qirg'izistondan kelgan bir nechta o'zbek yosh yigitchalar bor ekan. Universitetga hujjat topshirish uchun kelishganda meni yana uchratib qolishib, telefon raqamimni so'rashdi. Berdim. Bir-ikki kun o'tgach, tel. jiringladi:
- .... aka, bu sizmisiz?
- Ha.
- Bir arab sotuvchisi bizni tushunmayapti, shunga tarjima qilib tushuntirib yuboring.
- Xo'p, nima dey?
- Biz bundan 25 (7 dollarga yaqin) riyolga bir narsa olib, 10 dollar beruvdik, bizga 348 riyol qaytarib berib, pulni shuncha qaytarsak ham, omayapti, 100 dollar berdi deb o'yladi, shekilli.. Shuni aytib yuborsangiz unga..

Sotuvchi haqiqatan ham 100 dollar berdi deb o'ylab, ular pulni qaytarishsa kamsinishayapti, shuning uchun qaytarayapti, deb o'ylagan ekan.

Gaplashib bo'lgach, u yigitdagi amonat, iffatni o'ylab, ichimda unga tahsinlar aytdim, yigitligidanoq bunday amonatdor bo'lgan, birovning haqidan qo'rqadigan kishi kelgusida ummati uchun albatta foydali shaxs bo'ladi. Odamlar haqini turli yo'llar bilan tortib olayotganlar, bunday qulay kelib qolgan fursatdan emas, balki yolg'onchilik, firibgarlik evaziga pul yig'ayotganlar mana bunday yorqin namunalar borligini ham bilib qo'yishsa yomon bo'lmas edi.."


2. Savol: Ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган сизнинг наздингизча снг ибрат олса арзигулик бслган инсон ким?

Javob: Ulamolarning aytishlaricha (bunga tarix ham guvoh), payg'ambar sallallohu alayhi va sallam o'z ummatlarining barcha jabhalarida harakat qiluvchi kishilari uchun o'rnak va namuna edilar. U kishidan muallimlar (olimlar) ta'lim sohasida, tarbiyachilar tarbiya borasida, zohidlar zuhdda, botirlar shijoatda, qo'mondonlar boshqarish borasida, qozilar hukmda, taqvodorlar taqvo va parhezkorlik - vara' bobida, va h.k. juda ko'p o'rinlarda o'rnak olar edilar. Shuning uchun u zotga birkitilgan vazifa benihoya katta va og'ir edi, shuning uchun ham buning uhdasidan eng a'lo darajada chiqqan Rosululloh sallallohu alayhi va sallam Alloh taolo bergan eng ulug' maqomga haqli ravishda loyiq bo'ldilar.
U zot rafiqi a'loga ketganlaridan so'ng Islomni tablig' etish, dinni tarqatish zimmasi u zot izdoshlariga, ulardan so'ng ummat ulamolariga yuklandi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning vazifalarini bir kishi uddalay olish imkoni bo'lmaganidek, har tomonlama yetuk bo'lgan, barcha ezgu axloqlarni o'zida bekamu ko'st jamlagan mutlaq olim, ideal kishi uchrashining imkoni yo'q.
Shu yuqoridagi haqiqatga suyangan holda men o'zim ko'rishish va muloqot qilish sharafiga muyassar bo'lganim ulamolarning har biri ham umumiy holda namunali va o'rnak olsa bo'ladigan ulamolar bo'lib, biri ixlos bobida bizni qoyil qoldirgan bo'lsa yana biri saxovatda, boshqasi esa tavozu' va shikastanafslikda, tag'in bittasi behudalikdan qattiq uzoq bo'lishda, boshqa birlari zohidlik va tarkidunyochilikda ibrat bo'lganlar.
To'g'ri, ular ichida yuqorida zikri kelgan va kelmagan xislatlarning aksarini jamlagan kishilar ham bor bo'lib, bular ham bir nechta kishilardan iborat edi.

Eng muhim va biz uchun kerakli bo'lgani - Rasullulloh va sahobalar xislatlaridan o'shalar o'zlarida jamlagandek jamlay olishga urinishimiz, xislatda serqirra bo'lgan kishilar bo'lishga intilishimizdir.


3. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Albatta, o'lim haq. Musulmon kishining vazifasi - o'limni ko'p esga olish. Payg'ambarimiz "Lazzatlarni kesuvchi o'limni ko'p yodga olinglar" der edilar (Termiziy, Nasoiy va boshqalar rivoyat qiladilar). Men ham boshqa musulmon kabi hayotim yaxshilik bilan tugashini, chiroyli xotima topishimni orzu qilaman. Imom Muslim Sahl ibn Sa'd (r.a.) dan rivoyat qilgan hadisda payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam "Kim Allohdan shahidlikni chindan (chin yurakdan) so'rasa Alloh uni (Jannatda) shahidlar turadigan o'rinlarga yetkazadi, garchi to'shagida vafot etsa ham" deydilar. Alloh bizlarni shunday martabalardan bebahra qilmasin.


4. Savol: Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Javob: Qabr kovlab ko'rmaganman. Lekin qabrga tushgan vaqtlarim bo'lgan. Oxirgi bor qabrga tushganim bundan ikki yil ilgari Ramazon oyida ko'pchilik xabardor bo'lgan Abdulquddus qori (Abduvali qori aka o'g'illari) vafot etganida uning qabriga kiruvdim (mendan boshqa bir Makkalik asli o'zbek domla, Abdulquddusning bir qarindoshi bor edi). Hozirgidek esimda. O'sha kunlari Abdulquddus kelganidan keyin menga tel. qildi, bir necha bor gaplashdik. O'sha vaqtlarda Makkada edim. "Aka, Makkada ko'rishar ekanmiz unda, mana biz ham 13-Ramazonlarda Madinadan chiqayapmiz" dedi. Ha...  :( Makkada ko'rishdik, lekin qabristonda, qabr ichida ko'rishdik.. Ehromda jon taslim qilgani uchun boshi, yuzi yopilmagan, shunday kulimsirab yotar edi.. O'shanda o'pka to'lib ketganidan ancha vaqt o'zimizni yig'idan to'xtata olmagan edik.. Bir yoqda mahramlari uning onasini qo'yishayotgan, yana bir tomonda uning o'g'lini yerga berishayotgan edilar...
Unday paytda dunyo bir muddat odamning xotiridan ko'tarilib, oxiratdagi holatlarni eslab qoladi kishi.. Yurak dunyo ishlaridan sovib, barcha narsadan eng muhimi - qoldirilgan foydali amal ekanini chin dildan his qiladi odam...  Xotimamiz chiroyli bo'lsin Ilohim..

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:16:34

5. Savol: O'zlaringizni e'tiroflaringizcha forum arbuzda ko'p vaqtdan beri ishtirokchi ekansizlar.Shu ishtirokinglar davomida forum sizga nima berdiyu sizlar forumga (yoki forumdoshlar sizlarga ,sizlar forumdoshlaringizga) nima berdinglar?

Javob: Forumdan ko'p narsa o'rgandik. Birinchi navbatda shaxsan men o'z g'azabimni jilovlashni, yaxshi gaplar bilan birga yomon gaplarni hazm qila olishni o'rgandim desam noto'g'ri bo'lmaydi, buni men juda katta foyda deb bilaman. Forumga nima berganimiz esa postlarimizdan ma'lum, yaxshi narsa bergan bo'lsak Xudoga ming bor shukrlar aytamiz, agar boshqacha bo'lgan bo'lsa Alloh taolo o'zi kechirsin, qo'limizdan kelgan narsalarni yozishga harakat qildik.


6. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: - Yoshligimda sho'xliklar ko'p bo'lgan. Ko'plari yillar o'tib xuddi oftobda turaverganidan rangi uchib, yupqarib ketgan kiyimdek eskirib ketgan, elas-elas yodga keladigan, hayotda ularni qo'zg'ovchi turtki bo'lmasa yodga ham kelmaydigandek xayol tokchalarining bir chetida yotibdi.. Lekin bir voqea borki, u umuman yodimdan o'chmaydi, xotiramga qo'rg'oshindek quyilib qolgan, har safar uni qo'rquv va alam, afsus va nadomat bilan eslayman (agar buni sho'xlik deb atash mumkin bo'lsa..)..
Ikkinchi yo uchinchi sinflarda o'qir edik.. O'sha paytlar ayni yoz boshlangan vaqtlar bo'lib, tomorqamizda yeryong'oq pishgan palla edi.. Yeryong'oq ekkanlar biladi - avval egatlarga yeryong'oq urug'i (o'zimiz yeydigan yeryong'oq) har 8-10 smga ko'mib chiqiladi, sal o'tmay yeryong'oqning barra bargchalari yerni yorib chiqadi, bir necha kun o'tmay tomorqa ko'm-ko'k yo'l-yo'l ko'katlar bilan bezanib, ko'rganning ko'zini quvontiradigan holga yetadi. Bir-ikki oy davomida ishlov berish natijasida tomorqa ko'm-ko'k bedasimon yeryong'oq o'simligiga, yer tagi esa tuproq ostida yetilib chiqadigan yong'oqlarga - yer yong'og'iga to'ladi.. Ehh... Men gapirib bermoqchi bo'lgan voqea ham ayni yeryong'oq pishig'iga to'g'ri kelgan bo'lib, hosilini yig'ishtirish asnosida bo'lgan edi.. Bir kuni uydagilar (kattalar) yeryong'oqni yig'moqchi bo'ldilar, bunga vaqti, fursati bor qo'shnilar ham yelkalariga shoxa (panshaxa emas, balki temirlari uzun, ingichka qoziqdek qilib ishlangan besh uchli shoxa, beshlik. Buni o'tin ko'tarishga, g'ozapoya yig'imida ko'p ishlatishadi) qo'yishib kirib kelishdi. Tomorqamiz anchagina katta edi.. Bir chetdan har bir kishi xuddi belkurak orqali yer qazigandek shoxa bilan o'zining egatidagi yeryong'oqni yeri bilan ag'daradi, yerdan esa yeryong'oq tomirlariga osilib chiqqan, g'ij-g'ij pishgan hosillar oltindek tovlanib ko'zga quvonch beradi, tevarakka yangi qazilgan yer hidi, hali qurib ulgurmagan ho'l yeryong'oqning o'ziga xos jozibador ifori tarqaydi... Ba'zan yer uncha qumloq bo'lmay, loyi ko'proq bo'lsa hosillar loyga aralashib, qorayib chiqadi.. Biz yosh bolalar esa o'sha tomirlarga osilgan yeryong'oqlarni sitib, paqirlarga yoki kichkina qoplarga solamiz, keyin hovlidagi sementlangan maydonlarga yoyib chiqamiz... Kattalar yetarli egatlarni qazib bo'lib, to biz bularni yig'ib olgunimizcha tomorqani tark etishgan.. Shunday qilib bir-birimizni quvib, g'ala-g'ovur, qiy-chuv bilan ish qilib yurganimizda sheriklarimizdan biri "pishak!!" (janubliklar mushukni pishak deydi) deb baqirib yubordi! Hammamiz sherigimiz ko'rsatgan tomonga qarab chopdik.. Bir-ikkita sherigim kattalar ishlatgan shoxa bilan yugurib keldi.. Hali qazilmagan egatlardan birining orasiga kirib ketgan bu jonivor kichkinagina mushuk bolasi ekan... Bolalarning hay-huylariga uchib, o'zim ham qiziqqanimdan bo'sh turgan shoxalardan bittasini qo'lga olib, 5-6 ta bola mushukchani qurshovga ola boshladik.. Avval quvib, egatlardan tashqariga, yeryong'og'i qazib bo'lingan shudgor bo'lib qolgan yerga haydab keldik, keyin har tomondan hamla qilib o'ynay boshladik.. Mushukcha kichik bo'lganidan, atrofidagi vahshiylarning shoxalar bilan hamla qilaverganidan dovdirab qolgan edi, qochaman deb qalqib ketar, bundan qiyqirishib biz yana unga hamla qilar edik, oxiri qo'rqqanidan qaltiray boshladi, bir-ikki marta shoxa kelib tegib achchiq-achchiq chiyilladida, o'lishga ko'zi yetib, kim hamla qilsa unga sapchiy boshladi, axiyri ko'pchilikning qo'li baland keldi - biz g'olib bo'ldik, mushukchani o'ldirdik!!  :-[
Har doim mushuk haqida so'z borganida yoki shunday vahshiyliklar haqida so'zlanganda lop etib o'sha jon berayotgan mushukcha yodimga keladi, tomog'imga g'ip etib bir nima tiqiladi.. Alloh taolo o'zi kechirsin usiz ham dunohga g'arq bo'lib yotgan bu osiy bandasini...  :2

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:16:43

Bekmirzoga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: Moziy... O'sha vaqtlarda 10 yoshda edim.
Iyul oyi o'rtalari. Paxtazorda ishlash uchun chiqqan qizlar tush vaqtida ko'lda cho'milishardi, bu vaqtda kattaroq yoshli qizlar yigitlarni borini (o'zi quyosh ayni qizdirgan tush mahali ko'p yigit bo'lmasdi ko'lda) ko'lni huuv narigi chekkasiga haydab yuborardi. Ko'lning yonida 15 qatorli tutzor bor, pilladan keyin o'sganlari ham ancha uzun bo'lib ketadi, shunga kiyinish-yechinish xonasi tabiiy bo'lardi.
Uyimiz ko'ldan atigi 200 metr narida. Tushlik qilib bo'lgach, kitob o'qib o'tirsam, qiyqir-qiyqir qizlarning ovozlari eshitilib qoldi. Qo'shnimizni o'zimdan bir yosh katta o'g'lini chaqirvolib, "ketdik, qizlarni poylaymiz" dedim
Bordik tutzor oralab. Qizlar cho'milishyapti. Kuzatdik. Vah-vah, qishlog'imizni bir-biridan barno va go'zal qizlari hamma kiyimlarni suv chekkasida qoldirib, faqat bitta ko'ylak bilan cho'milib yurishibdi.
Vah-vah, deb sekiin tutzordan chiqib boribmiz deng
- Assalomu alaykuuum, opalar!
- Bor, yo'qol!
- Bizaram cho'milgani keluvdik.
- Bor, yo'qol, huuuv naryoqqa boringlar!

Mayli, dedigu, qizlarni kiyimlarini olvolib, qochdik.
50 metr nariga bir teparoq joyga borib o'tirvoldik. Endi qizlarni yalinishini ko'rsangiz.
- Bekmirzo, kiyimlarimizni ber. Uyga boraylik, qorin ochdi.
- Yo'q.
- Kiyimlarimizni ber!
(shu payt qo'shnim qulog'imga bir nima deb shivirladi, bir kulishvoldik):
- Kim menga muchchi bersa, o'shani kiyimini beraman.
(bitta shaddodrog'i bor edi, o'sha chaqirib qoldi):
- Ke, men senga muchchi beraman.

Qizlar hammasi hali suvda. Bir xillari dunyoga beparvo, uzun ko'ylagi suv ustida parashyutday shishib, suzib yuribdi qiyqir-qiyqir qilib.
Boyagi shaddod qizni kiyimini olib, sekin uyaliiib bordim muchchi olish ilinjida va tezroq qochish payida. Muchchini o'rniga bir mahal kutilmaganda qarsillatib shapaloq tortmoqchiydi, qochib qoldim.
"Otangga aytib beramiz seni", deyishgach, hammasini kiyimini qaytarib kelib berdik.

Ehhh, bolalikda sho'x vaqtlarimiz ham bo'lgan ekan ancha...

Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ko'zlar.
Axir, tushimda ham suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar...


2. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: 1) Y. W. Gyote: "Hayotga ishon, u har qanday notiq yoki kitobga qaraganda yaxshiroq ta'lim beradi."
2) L. N. Tolstoy: "Erkakka o'xshamoqchi bo'lgan ayol xuddi ayolsifat erkak singari tasqaradir."

Qayd etilgan