Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys  ( 139170 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 36 B


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:34:12

Biroq uning qora ko‘zlari hech qachon g‘azab bilan chaqnamas, vazmin, salobatli tovushini eshitish maroqli edi. Nega u ruhoniylarga qarshi? Bundan chiqdiki, Denti haq ekan-da. U otasi gapirganda eshitgan, Denti yoshligida tarki dunyo qilgan — rohiba bo‘lgan, keyincha akasi bilakuzuk va boshqa mayda-chuyda taqinchoqlarni qora xalqqa pullab boyigach, monastirni tark etgan, Alleganga ketgan. Ehtimol, shuning uchun u Parnellga qarshi bo‘lsa kerak? Ha, aytgancha, u Eylin bilan birga o‘ynasa Denti yoqtirmaydi, chunki Eylin protestant-da, Denti yoshligida protestantlar bilan birga o‘ynab yuradigan bolalardan protestantlar muqaddas Bibi Maryamning quyma haykalchasini tahqirlashganini eshitgan. "œFil suyakli minora — Tilla ko‘shk!"24, deyishgan ular. Qanday qilib ayol kishi fil suyakli minora yoki tilla ko‘shk bo‘lishi mumkin? Unda kim haq bo‘lib chiqadi? Uning xotirasiga Klongousdagi kasalxona oqshomi, qop-qora to‘lqinlar, ko‘rfazdagi mayoq yog‘dusi va qayg‘uli xabarni eshitgan olomonning dod-faryodi keldi.
Eylinning qo‘llari uzun, oppoq edi. Bir kuni kechqurun, ular ko‘z boylash o‘ynayotganda Eylin uning ko‘zlarini qo‘llari bilan bekitdi: qo‘llari uzun, oppoq, ingichka, sovuq va nozik. Bu o‘sha fil suyagi. Sovuq va oppoq, mana, fil suyakli minora nima degani.
— Bu qisqa va juda qiziq voqea, — dedi mister Keysi. — Bu Arklouda bo‘lgan edi, havo sovuq, bulutli kun edi, yo‘lboshchimiz qazo qilishlaridan sal oldinroq. Uning ruhini o‘zing shod qilgaysan, ilohim!

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:34:45

U madorsizlanib ko‘zlarini yumdi va biroz sukut saqladi. Mister Dedalus likopchadagi suyakni qo‘liga olib, go‘shtini tishlari bilan uzib olarkan, dedi:
— Aytmoqchisizki, uni o‘ldirishlaridan oldinroq bo‘lgan edi, demoqchisiz-da?
Mister Keysi ko‘zlarini ochdi, chuqur xo‘rsindi va davom etdi:
— Bir kuni u Arklouga keldi. Biz mitingda edik, miting tugagandan so‘ng, bir amallab, tirband olomonning orasini yorib, stantsiyaga o‘tishga to‘g‘ri keldi. Umrimda bunaqangi qiy-chuvni, dod-faryodni eshitmaganman! Olomon bizni goh u yoqqa, goh bu yoqqa surib ketadi. Shunda bir kampir, qari piyanista alvasti, negadir menga ariday yopishdi-qoldi. Atrofimda loyni kechib gir aylanadi, ko‘zini menga qadab olgan, tinmay qichqiradi: Ruhoniylarning dushmani! Parij birjasi! Mister Foks!25 Kitti O’Shi!
— Xo‘sh, siz nima qildingiz, Jon?— so‘radi mister Dedalus.
— Men uning akillashiga e’tibor qilmadim, — dedi mister Keysi. — Juda sovuq edi, badanni jinday qizdirar deb (meni kechirsinlar, xonim) tilimning tegiga dengiz tamakisidan ne miqdor tashlab olganman, turgan gap, og‘zimni ocholmayman, chunki og‘zim tamaki "œsharbati"ga to‘la.
— Xo‘sh, keyin-chi, keyin nima bo‘ldi, Jon?

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:35:01

— Xullas, men unga e’tibor qilmadim, mayli, Kitti O’Shini qoralaydimi, bilganicha akillayversin, degandim, biroq bu alvasti muhtarama xonimni shunday bir so‘z bilan haqoratladiki, bu so‘zni aytishga til aylanmaydi, harqalay mavlud dasturxonida o‘tiribmiz, qolaversa, begoyim, sizning ta’bingizni ham buzmay, o‘zimning lafzimniyam bulg‘amay.
U jimib qoldi. Mister Dedalus boshini ko‘tarib so‘radi:
— Xo‘sh, keyin siz nima qildingiz, Jon?
— Nima qilardim? — dedi mister Keysi. — Qarasam, u o‘zining burishgan jirkanch basharasini naq iyagimga tirab kelayapti, mening og‘zimda liq to‘la tamaki "œsharbati". Shunda men unga yaqinroq engashdim-da, mana shunday "œTfu!" dedim.
U yuzini chetga burib qanday qilganini ko‘rsatdi.
— Tfu! Uning shundoq ko‘ziga tupurib yubordim.
U qo‘li bilan ko‘zlarini bekitdi va joni qattiq og‘riyotgan odamday chinqirib yubordi:
— "œVoy, Iso Masih, Bibi Maryam, Yusuf! — deb ayuhannos solardi u. — Voy-dod, ko‘r bo‘lib qoldim, dod, o‘laman!"
U xirillab, kulgidan va yo‘taldan o‘zini to‘xtata olmay, bo‘g‘ilib takrorladi:
— Ko‘r bo‘lib qoldi, ko‘r bo‘lib qoldi!

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:37:02

Mister Dedalus qah-qah otib kulgancha o‘zini stulning suyanchig‘iga tashladi. Charlz tog‘a boshini chayqab qo‘ydi. Dentining yuzi qahrli tus oldi, o‘tirganlar xoxolab kulisharkan, u bir gapni tinmay takrorlardi:
— Yaxshi, juda yaxshi, juda soz!
Ayol kishining ko‘ziga tupurish yaxshimas.
O‘sha kampir Kitti O’Shini qanday so‘z bilan haqorat qildiykan, uni mister Keysi hatto tilga olishga ham hazar qildi-ya? Stiven olomon orasidagi mister Keysini ko‘z oldiga keltirdi: ana u, aravaning ustida, tik turib nutq irod qilayotir. Shuning uchun ham u qamoqda o‘tirgan. U beixtiyor esladi: bir kuni uylariga serjant O’Nil keldi, serjant dahlizda turib otasi bilan shivirlashib gaplashdi, ora-sira boshidagi temir qalpog‘ining charm bandini asabiy tishlab qo‘yardi. O‘sha oqshom mister Keysi Dublinga odatdagiday poezdda jo‘namadi, uylari oldiga arava keldi va otasining Kebintili orqali o‘tadigan yo‘l haqida nimadir deganini eshitdi u,
U ham otasi kabi Irlandiya uchun qayg‘urar, Parnellni yoqlar edi, biroq aslida Denti ham ular tarafda, chunki bir kuni saylgohda orkestr chalib turganda Denti bir janobning boshiga shamsiya bilan tushirib qoldi, kuy oxirida orkestr "œXudoyo, qirolichani o‘zing asra!"ni ijro etayotganda o‘sha janob boshidan shlyapasini yechgan edi.

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:37:27

Mister Dedalus alam bilan pixilladi.
— Hoy, Jon, — dedi u. — Ular o‘zi shunga munosib. Biz sho‘rliklar poplar qo‘l ostida ezilgan xalqmiz. Umrbod shunday bo‘lib kelgan va oxiratgacha shunday bo‘lib qoladi.
Charlz tog‘a boshini chayqab dedi:
— Ha, ahvolimiz chatoq, chatoq!
Mister Dedalus gapini takrorladi:
— Poplarning qo‘l ostida ezilgan va xudoning marhamatidan benasib xalq!
Shunday deb u o‘ng tarafida devorga osig‘liq bobosining suratiga ishora qildi.
— Jon, mana bu cholni ko‘ryapsizmi? — dedi u. — Halol Irland, uning davrida odamlar faqat mol-dunyo deb o‘lib-tirilgan emas. U oliy jazoga hukm qilingan Oq Bolalarning biri edi. Ming yetti yuzu oltmishinchi yili oq qo‘zg‘olonchi sifatida o‘limga hukm qilingan. U og‘aynilarimiz — cherkov a’yonlari haqida gapirishni yaxshi ko‘rardi, hech qachon ularni o‘zim o‘tirgan dasturxonga yo‘latmayman, derdi.
Denti chidab turolmadi:
— Bizni ruhoniylar boshqarib turibdi, biz bundan faxrlanishimiz kerak! Ular — yaratganning ko‘z qorachig‘i. Ularga otilgan tosh tangriga otilgan tosh bilan barobar.
— Bundan chiqdiki, bizning o‘z vatanimizni sevishga haqqimiz yo‘q ekan-da? — so‘radi mister Keysi.

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:40:12

— Bizni ortidan ergashtirish, yo‘lboshchi bo‘lish uchun tug‘ilgan insonga ergashish ham taqiqlanganmi?
— Vatan xoini, — baqirdi Denti. — Xoin, xotinboz! Cherkovimiz rahnamolari undan yuz o‘girib juda to‘g‘ri qilishdi. Ular hamisha Irlandiyaning sodiq do‘stlari bo‘lishgan.
— Siz shunga ishonasizmi? — dedi Keysi.
U mushti bilan stolni urdi va qoshlarini asabiy kerib, barmoqlarini birin-ketin yoza boshladi.
— Uniya davrida, yepiskop Lenigen markiz Kornuollisga fuqarolikni bay’at qilganda, irland yepiskoplari bizni sotmaganmidi? O‘sha yepiskoplar va poplar ming sakkiz yuzu yigirma beshinchi yili o‘z mamlakatining kelajagini katolik dinining erki uchun qurbon qilmaganmidi? Minbaru mehroblardan turib fenilar harakatini badnom etganlari-chi? Terens Belyu Makmenus xokini tahqirlaganlari-chi?
Keysining yuzi g‘azabdan bo‘g‘riqib ketgandi, Stiven uning yonib gapirayotganidan yonoqlari cho‘g‘day qizarib ketganini sezdi.
Mister Dedalus alam bilan kuldi.
— O‘, xudoyim, — deya hayqirdi u , — men qariya Pol Kallinni unutib qo‘yayozibman. Mana, tangrimning yana bir yorlaqagan ko‘z qorachig‘i.

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:40:50

Denti stol osha mister Keysiga qarab qichqirdi:
— To‘g‘ri qilishgan, judayam to‘g‘ri! Ular hamisha to‘g‘ri yo‘l tutishgan! Xudo, axloq va din hamma narsadan ustun!
Missis Dedalus uning g‘azablanganini ko‘rib dedi:
— Missis Rayorden, o‘zingizni bosing, ular bilan pachakilashmang.
— Xudo va din — hammasidan ustun! — qichqirdi Denti.
Mister Keysi mahkam siqilgan mushtini ko‘tardi va zarb bilan stolga urdi.
— Bo‘pti, yaxshi, — bo‘g‘ilib qichqirdi u, — agar shunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, bas, Irlandiyaga xudoning keragi yo‘q!
— Jon, Jon! — qichqirdi mister Dedalus mehmonning yengidan tortqilarkan.
Denti unga tikilgancha qotib qoldi: uning yonoqlari pirillab ucha boshladi. Mister Keysi stulni zarb bilan surdi-da, stol osha Denti tarafga egilib, qo‘lini ko‘zlari oldida xuddi pashshani quvayotganday asabiy sermay boshladi.
— Irlandiyaga xudoning keragi yo‘q! — baqirdi u. — U Irlandiyada juda ko‘p bo‘ldi. Bas, jonga tegdi! Yo‘qolsin!
— Shakkok! Iblis! — Denti chiyillagancha o‘rnidan sakrab turdi va sal bo‘lmasa uning yuziga tupirayozdi.

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:41:16

Charlz tog‘a bilan mister Dedalus mister Keysini bir amallab joyiga o‘tirg‘izib, tinchlantirishga urinishdi. U nafratdan chaqnagan qoramtir ko‘zlarini bir nuqtaga qadab tinmay baqirardi:
— Yo‘qolsin, daf bo‘lsin!
Denti ilkis qo‘zg‘alib, stulni zarb bilan chetga surdi va stoldan nari ketdi, stol ustidagi qo‘lsochiqlar solingan idish yerga tushib, gilamning ustida yumalagancha oromkursining oyog‘iga urilib to‘xtadi. Mister Dedalus o‘rnidan chaqqon turib, Dentining ortidan eshikka yugurdi. Eshik oldida Denti to‘xtab ortiga o‘girildi, uning yonoqlari uchar va g‘azabdan lov-lov yonardi, u xonani boshiga ko‘tarib qichqirdi:
— Do‘zaxilar! Biz g‘alaba qildik! Biz uni o‘limga mahkum etdik! Iblis!
Eshik sharaqlab yopildi.
Mister Keysi o‘zini ushlab turganlarni itarib tashladi va manglayini stolga urib ho‘ngrab yubordi.
— Badbaxt Parnell! — U o‘kirib faryod chekdi. — Halok bo‘lgan qirolimiz!
U bo‘zlab yig‘lardi.
Qo‘rquvdan yuzi dokaday oqarib ketgan Stiven boshini ko‘tarib qaradi, otasining ko‘zlari jiqqa yosh edi.

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:41:46

* * *
Har joy, har joyda to‘p-to‘p bo‘lib turgan bolalar gurunglashardi. Bittasi aytdi:
— Ularni Layens-Xill yaqinida ushlab olishibdi.
— Kim ushlabdi?
— Mister Glison bilan ruhoniy. Ular aravada ketayotgan ekan.
O‘sha bola tag‘in qo‘shib qo‘ydi:
— Menga buni yuqori sinfdagi bir bola aytdi.
Fleming so‘radi:
— Ular nega qochibdi?
— Sababini men bilaman, — dedi Sesil Sander. — Ular rektorning xonasidan pul o‘marishgan.
— Kim o‘g‘irlagan?
— Kikemning akasi. Keyin bo‘lishib olishgan.
— Juda bilag‘onsan-da, Sander! — dedi Uells. — Ularning nega quyon bo‘lganini men bilaman.
— Xo‘sh, ayt-chi, nega?
— Aytma deb iltimos qilishgan menga, — dedi Uells.
— Aytaqol, — chuvillashdi bolalar.
— Qo‘rqma, biz seni sotmaymiz.

Qayd etilgan


shoir  21 Oktyabr 2007, 20:42:16

Yaxshiroq eshitish ilinjida Stiven bo‘ynini cho‘zdi. Uells, birortasi kelmayaptimikan, deb atrofga alangladi. Keyin shivirlab gapira boshladi.
— Ibodat liboslari turadigan shkafda cherkovning vinosi saqlanadi, bilasizlarmi shuni?
— Ha.
— Qisqasi, ular shu vinoni ichib qo‘ygan, gunohkorni qidirganda hididan payqab qolishgan. Mana, nega ular juftakni rostlashgan, bildinglarmi endi?
Birinchi bo‘lib gap ochgan bola aytdi:
— To‘g‘ri, to‘g‘ri, men ham yuqori sinfdagi boladan shu gapni eshitdim.
Hamma jimib qoldi. Stiven ularning orasida bir so‘z aytishga jur’at etmay jim turar, eshitardi, xolos. U qo‘rqqanidan biroz vahimaga tushdi, a’zoyi badani bo‘shashib ketganday bo‘ldi. Ular bunga qanday qo‘l urishdiykan? U jim-jit qorong‘i hujrani ko‘z oldiga keltirdi. Hujrada yog‘och shkaflar bor edi, ichiga diniy kitoblar tartib bilan terib qo‘yilgan. Bu joy butxona emas, biroq baribir bu yerda faqat shivirlab gaplashish mumkin. Bu muqaddas joy. U yoz oqshomini esladi, o‘shanda marosim kuni — ibodat libosini kiydirish uchun ularni o‘rmondagi kichik bir butxonaga olib kelishdi. Sirli, sinoatli joy. Eshikning oldida turgan bola qo‘lidagi uzun zanjirga bog‘langan isiriqdonni ohista tebratar, tebranganda isriqdonning kumush qopqoqchasi xiyla ko‘tarilib-tushib, ichidagi cho‘g‘ olovlanardi. Isriqdonga pista ko‘mir solingan edi, bola idishni tebratganda ko‘mir miltillab cho‘g‘lanar va undan achqimtilroq hid taralardi. Hammaga ibodat libosi kiygizilgandan so‘ng bola isiriqdonni rektorga uzatdi va rektor idishga bir qoshiq sedana sepdi, ko‘mir cho‘g‘ining ustiga tushgan sedana jizilladi.

Qayd etilgan