Iqboljon, yaxshi taklifni ilgari suribsiz. Faqat uni qanday tartibda qilinishi haqida ham takliflaringizni yozsangiz. Pul qanday yig'iladi? Sarfi qanday qilinadi?
Forumdoshlar bilan o'tkaziladigan osh tadbirlarda hoxlagan user 5 ming-5 mingdan forum kassasiga pul bersa,pul AbdulAzizda tursa demoqchiydim.Xozirda 5 ming unaqa katta summa emas va forumdoshlargayam og'ir kelmaydi.Shunday 3-4ta tadbirlardan keyin kattagina summa yig'ilib qolardi.Uni yordamga muhtoj forumdoshlar uchun ishlatsak bo'ladi,yoki mehribonlik uyiga berarmidik.
Offtop:Bitta bo'goz qo'y olardik va qo'yni ko'zini yoriydi,bitta qo'yimiz 2-3ta bo'lardi.Yana qo'y olardik va shunaqqilib qo'ylarimiz soni 200-300taga yetardi.Qo'ylarni sotib 50tacha sog'in sigir olardik va ferma tashkil qilardik.Mehribonlik uylarini sut va go'sht bilan ta'minlardik.Ishsiz yurgan forumdoshlargayam ish bo'larmidi
Bahor kelishi bilan mollarni haydab ketardik Jizzaxdegi yaylovlarga,ham dam olardik ham biznes.Bosh cho'pon AbdulAziz Murod_bekka baqiryapti:
-Murod_bek,mollarni qaytarvoring,birovni ogorodiga kirib ketyapti.
-Nech marta qaytaraman man,kichkinekan deb ishga buyurovrasmi? Ana Yuristam qaytarsin.
-Yurist xoz ishi ko'p,Viktorinaga tayyorgarlik ko'ryapti.
-Chustiyga ayting bo'masam!
-Chustiy molga qarab ketsa,ovqatni kim pishiradi? Choping endi,uje payhon qilishni boshladi.Keyingisini AbdurRohman qaytaradi!
Murod_bek o'ziga o'ziga: Biza kichkinamiz,molam boquvramiz,sigiram sog'uvramiz,kiram yuvuvramiz,anu Iqboljon bo'sa daraxtga chiqvolib she'r yozgani yozgan