Forum fondini tashkil etsak  ( 26626 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Yaratganga shukr  08 May 2011, 01:23:24

Kamina barchani fikrinni uqib chiqdim.\
Forum fondini tashkil qilinishi yaxshi idea bopti.
Sofdil brodarimiz sizga butun forumchila nomidan rahmat aytmoqchiman shu forum fondi uchun jon kuydirganiz uchun.

Qayd etilgan


Humayro  08 Noyabr 2011, 13:12:23

Avvalo duo qilamiz Alloh o'zi madadkor bo'lsin opajon.

Innakegin Manda bir taklif bor forumda xayriya fondi tashkil etilsa yaxshi bo'larmidi?

Toma-toma ko'l bo'lur deganlaridek. Faqat ozgina qunt qilsak bo'ldi xolos. Ko'pchilik bir-birini yaxshi taniydi bu erda.

G'arb davlatlarida bu ishlar juda chiroyli yo'lga qo'yilgan.

Bugungi kunimizda - taraqqiyot zamonida bu ishlarni tashkil qilishi unchalik qiyin ish emas menimcha

Ancha savob bolardi-da. Nima deysizlar?

Qayd etilgan


Aqoid  08 Noyabr 2011, 13:17:36

Yaxshi fikr.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Noyabr 2011, 13:32:38

Bu fikr bo'yicha avval ham bahs bo'lgan.

Umumiy xulosaga ko'ra, poytaxtda yashovchi biron ko'ngilli uzer ushbu ishni bo'yniga olib, amalga oshirishni zimmasiga olsa yaxshi bo'lar edi, deyilgan.

Buni ayni sharoitda quyidagicha hal qilsa ham bo'ladi:
   - yuzerlar bilan bevosita uchrashib pulni olish;
   - tashkilotchi yuzerning telefon raqamni, internet xizmati uchun uning akkountiga Paynet orqali pul tashlash. Tashkilotchi esa, o'ziga tushgan pulni ishlatib, o'tkazilgan pulni naqd qilib, fondga qo'shadi. Bunda avvalo o'sha yuzerga PM yozilib, qaysi raqam yoki hisobga pul jo'natish kerakligi bilib olinadi. Jo'natuvchi shaxs esa, qancha yuborganini PMda ma'lum qiladi.
   - tashkilotchi har bir kelgan hisobni qog'ozga kiritishi va hisob-kitobni boshqa ishlardan ayri holda olib borishi lozim.
   - mana shu tartibda yig'ilgan pul to'planib, ma'lum maqsadlarga sarflanadi.

Shu ishni boshqara oladigan yuzer bormi?

Yuqoridagi opamizning holatlarida ham shunga o'xshash ishni bajarish mumkin. Bunda ham bir kishini vakil qilish mumkin. Men geografik yaqinlik hisobidan Aqoid akani taklif etaman (agar imkoniyatlari bo'lsa).
Xayr qilmoqchi bo'lganlar yuqoridagi usulda pul jo'natishlari mumkin. Agar Aqoid akaning Paynetdan pul tushirishga ehtiyojlari bo'lmasa, u holda u kishiga naqd pulni Andijon yoki Bo'zga qatnovchi taksilardan (taksi xizmatini ham o'zlari to'lagan holda) jo'natioshlari mumkin. Ma'lum muddatda yig'ilgan pulni yetkazish mumkin.

Bular bir taklif. Yana mulohzalar bo'lsa, qoldirishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Humayro  08 Noyabr 2011, 13:40:10

Bankda hisob ochsa yaxshiroqmasmi?? chetdagilar ham jo'natish imkoniga ega bo'lardilar?

Qilingan ehsonlar sekin-astalik bilan hisobda yigi'ladi. kegin shu tepadagi holatga o'xshagan holatlar ko'rib chiqiladi va kimga berilishi hal qilinadi, va shu pulga muhtoj insonga olib borib berish yaqin o'rtadagi uzerga topshiriladi.

Albatta hisob-kitobini biror uzerimiz olib boradi.

Man Payneti unchali chunmiymanda shunga, balki bu usul ham o'xshashdir. Ammo maqsadim nimaligini tushungandirsizlar.

lekin denejniy perevod ham qilinsa bo'ladi...xullas bu unchalik katta muammomas menimcha

Bu mani firkim...

Aqoid aka bo'lishiga man ham qarshi emasman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Noyabr 2011, 13:50:38

Bank hisobi uzun jarayon: bank va soliq xizmatlari kabi xarajatlar, turli hisob varaqalari...

Hozir esa asosiy maqsad turganda bu kabi tashkiliy ishlar ikkinchi darajali.

Naqdi va tezroq hal bo'ladigani hozir muhim.

Agar chetdan pul yubormoqchi bo'lganlar bo'lsa, opamizning ma'lumotlarini olib beramiz. Western Union va boshqa o'tkazmalar orqali ham to'g'ridan-to'g'ri o'zlariga yuborishlari mumkin.

Qayd etilgan


Humayro  08 Noyabr 2011, 14:24:10

Maqul. Tashkilot ishini unda o'zilar hal qila qolinglar.

Chetda ham hotamtoylar albatta bor deb o'ylayman.

Unda chetdagilar mablag'ni masul shaxsga sistema orqali jo'nata qolishadi deb hisoblaymiz.

Pulni yig'ib bergan maqulroq menimcha. Xayriya fondimizda yig'ilsa va kerakli insonga kerakli miqdordagisi berilsa.

Aqoid akamiz nima derkanlar??

Qayd etilgan


AL_laziz87  08 Noyabr 2011, 17:34:17

Bankda hisob ochsa yaxshiroqmasmi?? chetdagilar ham jo'natish imkoniga ega bo'lardilar?
Men mana shu fikrni qo'llab quvvatleman. Kelajagi xam bo'ladi. Bu bo'yicha adminimizga shaxsiy fikrimni bildirdim qo'llab yuborselar bo'lgani agar ma'qul kelsa.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Noyabr 2011, 18:03:07

Bankda hisob ochsa yaxshiroqmasmi?? chetdagilar ham jo'natish imkoniga ega bo'lardilar?
Men mana shu fikrni qo'llab quvvatleman. Kelajagi xam bo'ladi. Bu bo'yicha adminimizga shaxsiy fikrimni bildirdim qo'llab yuborselar bo'lgani agar ma'qul kelsa.

Mutasaddilikni zimmangizga olsangiz, keyingi xayriyalarda ushbu fonddan foydalanishimiz mumkin bo'ladi.
Xayriya uchun qanday mablag' o'tkazish yol-yo'riqlarini yozsangiz bo'ladi.

Qayd etilgan


AL_laziz87  08 Noyabr 2011, 21:54:51

Bu ishda birlik kerak..

Qayd etilgan