Forum fondini tashkil etsak  ( 26640 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ansora  06 May 2011, 14:26:24

:as:

Uzr aralashganim uchun. AbdulAziz, eshitishim bo'yicha Marg'ilonni eng katta boylaridan, u kishiga pond mond kere bo'masov ;D

: ) Allohga shukr, menga fond kerakmas. Tirikchiligim kunimga yetib turibdi.
Forum fondiga kelsak, to'g'risi uni boshqarishga menda vaqt va malaka yo'q.
Agar kimdir shuni o'z bo'yniga olib, xayrli ishlarni amalga oshirmoqchi bo'lsa, bemalol, qarshiligim yo'q.

Meni aytmoqchi bo'lganim "4970 bolangiz bor ekan" : )

tez tez xabar olib turadiganlar kamida 200 ta bo'lsa kerak, bir mail yozsangiz mana biz ham hayrli ish uchun tayyormiz...inshalloh...

Qayd etilgan


registan  06 May 2011, 17:13:29

Qisqasida,

Man beraman, man bermayman, man berolaman, man berolmayman degan gap-so'zlar ortiqcha, qilinadigan malomatlarku kishini ensasini qotiryapti.

AbdulAziz aytgandek, qo'lidan keladigan, vaqti bor, iymonli, ishonchli, savobtalab biror kishi bo'lsa tashkillashtirsin, qurbi yetganlar berishadi, bo'lmasa, bu mavzuda ortiqcha post qoldirish kerak emas.

Qayd etilgan


siddiqa  07 May 2011, 08:38:26

 :as:

Birorta user buni bo'yniga olsa agar bir kishiga qiyin bo'lsa 2 ,3 kishi ma'sul bo'lsa ham boladi har oyni ohirida hammadan yig'ib terib keyin nima qilinishini kelishvolishadi ,qizlardan ham boshliqlar saylab tashimiz .U qilaylik bi qilaylikdan ko'ra kim shu ishni qila oladi aytsin o'shanga yig'ib terib berishadi .

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  07 May 2011, 10:01:07

Aktiv userlardan birini ovozga qo'yib saylash mumkin. Misol uchun biza Habib okamizani ovozga qo'yamiza, rozi bo'salar.

Qayd etilgan


registan  07 May 2011, 10:02:32

Yaxshi fikr, man agar rozi bo'lsalar AbuMuso akamizni taklif qilardim.

Qayd etilgan


Abu Muso  07 May 2011, 11:03:59

Yaxshi fikr, man agar rozi bo'lsalar AbuMuso akamizni taklif qilardim.

 :as:

Avvalo bildirilgan ishonch uchun tashakkur... Ammo poytaxtlik bo'lgani ma'qulroq...

Qayd etilgan


Habib  07 May 2011, 11:21:58

Aktiv userlardan birini ovozga qo'yib saylash mumkin. Misol uchun biza Habib okamizani ovozga qo'yamiza, rozi bo'salar.
Assalomu Alaykum
Avvalo, tashakkur aziz forumdosh. Ammo bu ishni qila olaman deb ayta olmayman. Chunki ishlarim ko'proq. Xa, bo'ladi, qilaman desam-u eplay olmasam, o'zim qiynalaman. Shuning uchun mendan uzr. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman.
Fondni tuzish masalasiga unchalik qiziqmadim, ochig'i. Hafa bo'lmanglar yana, shunchaki menga qiziq tuyulmadi.
To'g'ri tushunarsizlar degan umiddaman.

Qayd etilgan


Ansora  07 May 2011, 13:37:53

Menimcha hisob ochish eng asosiy ish. Garchi bu ishlar O'zbekistonda qanday olib boriladi, bilmayman. Bu yerda judayam oson. Eng osoni, oddiy shaxs sifatida o'z hisobimga ochaman, u yerdagi pulni Ziyouzga oid, deb bilaman...

Shu hisobga tushgan pul AbdulAziz tarafidan (agar boshqa hech kim qabul qilmasa bu ma'suliyatni) hayrli tadbir uchun ishlatilib turilsa bo'lsa kerak, yani biz ishongan insonlarmiz, sadaqani berdik, qolgani Allohga havola.

Bu ish bilan shug'ullanadigan insonga men xozirdan ishonaman!

Ha undan keyin alohida mavzu ochilib, bu haqda ma'lumot berilsa, yani hisob raqamlari falon, keyin yuqorida rolik aylanib tursa, hech kimni nazaridan chetta qolmaydi.

Orada AbdulAziz, shu ish uchun hayr hisobimizdan faloncha pul sarfladik, deb xabar yozsalar xursand bo'lardik judayam:)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 May 2011, 17:06:27

Kapalak opaning fikrlariga to'la qo'shilaman. Fond tashkil qilinsa juda ajoyib ish bo'lardi. Yordamga muhtojlarga kam bo'lsa ham fonddan yordam berib turilsa bu juda katta savob bo'lardi.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  07 May 2011, 23:36:01

Yaxshi fikr, man agar rozi bo'lsalar AbuMuso akamizni taklif qilardim.

 :as:

Avvalo bildirilgan ishonch uchun tashakkur... Ammo poytaxtlik bo'lgani ma'qulroq...
Yaxshi unda poytaxtliklardan hisob ochishni biladigan userlarimizni qidirip koramiza, o'zimiz ham harakat qilip koramiza surishtirip. hullas bu hayrli ishiylani shu keloyotgan hafta ohirigacha hal qilsak qildik, o'xshamasa cho'zishdan foyda yo'q.(qo'pl gab bo'gan bo'sa uzur)

Qayd etilgan