Eng birinchi blog!  ( 191099 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 32 B


Y_U_R_I_S_T  27 Dekabr 2009, 01:46:20

Keyingi ishtirokchi---Titan-UZ

Savollaringizni ikkimizga payshanbaga qadar yo'llang.

rahmat

Nihoyat... :-)

Avvalo Xayrulla Hamidov bilan bo'lgan suhbatga ijobiy baho bergan barcha forumdoshlarga tashakkur. Ushbu rahmatlar aslida o'sha go'zal savollarni yuborgan a'zolarga va bu savollarga undanda betakror qilib javob bergan Xayrulla akaga tegishli. Men o'rtada vositachi bo'ldim xolos.

Ushbu intervyuni olganimdan so'ng bir xursand bo'ldim, bir xafa. Xursandligim X.Hamidov bilan suhbatni o'zim kutganimday o'tkaza olganim va buni forumdoshlarga yetkazganim bo'lsa, xafa bo'lishimga sabab bu mening oxirgi intervyum bo'lishi mumkinligi ko'nglimni xijil qildi.

Demak, ChehMik Titan-uz dan suhbat olganlaridan so'ng, "Eng birinchi blog"dagi intervyular loyihasi ham noma'lum muddatgacha yakunlanadi.

Shu fursatdan foydalanib bizga intervyu bergan Robiya, Muhammad Sohib, Muhammad Amin, Munira xonim va Xayrulla Hamidovlarga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor qilaman. Bizga ketkazgan vaqtingizga rozi bo'lgaysiz.

Shuningdek, Mahdiyahdan uzurimni so'rayman. Yanvar oyida ulardan intervyu olishni iltimos qilib, roziliklarini olib, ammo o'z so'zimning ustidan chiqolmaganim uchun...

Qayd etilgan


Nurzoda  27 Dekabr 2009, 02:00:35

:as:

Y_U_R_I_S_T shu qatorda manam chuqur minnadorchiligimni  bildiraman Alloh ilmingizni bundandan ziyoda qilsin  :) lekin nega forumni azgina vaqtga kimoqchimasmisiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Dekabr 2009, 02:10:11

:as:

Y_U_R_I_S_T shu qatorda manam chuqur minnadorchiligimni  bildiraman Alloh ilmingizni bundandan ziyoda qilsin  :) lekin nega forumni azgina vaqtga kimoqchimasmisiz?


Forumda 2 xil toifa insonlar bor. Biz Forumdoshlardan intervyular olib 1-toifa userlarni xursand qilib keldik. Endi intervyularga barham berib 2-toifadagi userlarni ham xursand qilmoqchimiz... Chunki hammani ko'nglini olish asosiy maqsadimizda!

Xursand bo'lishni boshlayvering aziz forumdoshlar...

Qayd etilgan


lolo  27 Dekabr 2009, 08:46:55

Assalamu alaykum! Hayrulla Hamidov bn bo'lgan suhbat bunday bo'lishini hech kutmagan edim. U kishining dasturlari, sherlari va maqolalariga nisbatan bu suhbat juda ham sayoz ko'rinishdadir. Suhbat jarayonida, ayniqsa mahsus savollarga javob berish mobaynida nimadandir ehtiyot bb qisqa va yuzaki, va hattoki unchalik ham mulohaza asosida bo'lmagan javoblar bn kifoyalanganlik o'zlariga unchalik ham yarashmagan. Nahotki bu kamchilik ko'proq intervyu oluvchiga bog'liq bo'lsa?!.., deb o'ylab qoldim. Biroq Yuristda biror kamchilikni ko'rganim yo'q va Raxmat aytmoqchiman. Ovora bb hamma uchun foydali ishga bel bog'lab vaqt ayamay xizmat qildiz. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Raxmat!

Endi esa suhbat asnosida bir noo'rin va hato tuzilgan savol haqida gapirib o'tmoqchiman. "...mazhab boshi bo'lgan Mujtahid ulamolarimizga malolat toshini otib qo'yishmoqda. Shularga aytmoqchi bo'lgan so'zlaringiz?..." Ko'pchiligimizga ma'lum, asosan Saudiya va Misrda ta'lim olayotgan ko'pchilik o'zbek yoshlarining ilmi va amalida mazhabimizda bo'lmagan (biroq sahih hadislarda bor bo'lgan) ishlarni ko'p uchratamiz. Lekin bu biz ularni mazhabboshilarni inkor etayotganlikda ayblashimizga aslo sabab bo'la olmaydi. Ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda tolibi ilmlarga bu kabi tuhmatlarni xalq ongiga sekin-astalik bn singdirib borishlikdan Allohdan qo'rqinglar, Ey Musulmonman deyayotganlar!!!

Alloh barchamizga foydali ilm, maqbul amal bersin. Amin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Dekabr 2009, 11:37:13

Assalamu alaykum! Hayrulla Hamidov bn bo'lgan suhbat bunday bo'lishini hech kutmagan edim. U kishining dasturlari, sherlari va maqolalariga nisbatan bu suhbat juda ham sayoz ko'rinishdadir. Suhbat jarayonida, ayniqsa mahsus savollarga javob berish mobaynida nimadandir ehtiyot bb qisqa va yuzaki, va hattoki unchalik ham mulohaza asosida bo'lmagan javoblar bn kifoyalanganlik o'zlariga unchalik ham yarashmagan.

Assalomu alaykum.
Fikringiz uchun rahmat. Lekin Xayrulla akaga bundayin yuzaki baho berishdan saqlaning. Sizga javoblari unchalik manzur bo'lmagan bo'lsa, unda buni vaqt mezoniga ham bog'lashni unutibsiz. Sababi ushbu intervyu tez olindi. Chuqur mushohada qilish uchun vaqt yo'q edi. Chunki ular o'sha vaqtda "Chempion" gazetasi tahririyatida, gazetaning keyingi sonini tayyorlash bilan band edilar. Gazeta uchun eng katta ma'sul sifatida ular qiladigan ish juda ko'p va og'ir ekanligini yaxshi bilaman.
Garchand shunday bo'lsada, iltimosimni yerda qoldirmaganlaridan xursandman.
Maqola va she'rlarda esa
holat boshqacha. Unda sizda o'z fikringizni ifodalash uchun vaqt ko'p bo'ladi. Tahrir qilish imkoniyatingiz ham bo'ladi.
Bu suhbat Xayrulla aka haqida yomon gumon qilishga asos bo'lolmaydi.

Qayd etilgan


siddiqa  27 Dekabr 2009, 13:03:15

 :as:

Intervyuni o'qiyman deb forumga kiruvdim ,blogning
o'tgan sahifasi ochilmayapti , :( :(

Qayd etilgan


Muhseena  28 Dekabr 2009, 01:18:46

lolo opa,ilohim shirin tashvishlariz ko'payib,forumga kirishga vaqtiz qomasin....Amiin.
Sahihi Buxoriy 2-kitob 6066-hadis:Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh s.a.v.:"Badgumon bo'lmanglar,badgumonlik-eng yolg'on so'zdir.Gap poylamanglar,tirnoq ostidan kir qidirmanglar,bir-biringiz bilan bahslashmanglar,bir-biringizga hasad qilmanglar,bir-biringizni yomon ko'rmanglar,arazlashmanglar.Aka-uka tutinib,Allohning (solih) bandalari bo'linlar",-dedilar.


Qayd etilgan


siddiqa  28 Dekabr 2009, 07:44:11

 :as:
Hayrulla akaning iymon haqidagi javoblaridan ..........tasirlanmaslikning iloji yo'q ,intervyu qisqa ,ma'zmunli .jurnalistimizga rahmat ,intervyuni mazza qilib o'qidim ,Hayrulla aka bilan bitta o'hshash tomonimiz bor ekan :
Ispaniyaga! "¦va Ispaniya chempion bo‘ladi, deb umid qilaman... :D :D

Qayd etilgan


shoir  29 Dekabr 2009, 10:12:02

Ko'pchiligimizga ma'lum, asosan Saudiya va Misrda ta'lim olayotgan ko'pchilik o'zbek yoshlarining ilmi va amalida mazhabimizda bo'lmagan (biroq sahih hadislarda bor bo'lgan) ishlarni ko'p uchratamiz.

Shu fikringizga tushunmadim. Misollar keltira olasizmi?

Qayd etilgan


shoir  29 Dekabr 2009, 10:13:41

So'nggi intervyu uchun tashakkur.
Savollar bor edi. Ulgurmabman.
Yurist, X.Hamidov bilan gaplashib ko'rsangiz. Yana savollar bilan murojaat qilsak-da, vaqt topilganda javob bersalar.

Qayd etilgan