Eng birinchi blog!  ( 191048 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 32 B


Y_U_R_I_S_T  13 Aprel 2009, 16:10:33

O'zbekistondagi yangi avtomobil raqamlari

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 iyundagi 131-sonli qaroriga binoan 2008 yil 1 oktabrdan boshlab Xalqaro standartlar talabi va xavfsizlik maqsadida hamda elektron qayd etish usullarini osonlashtirish sababli yangi ko'rinishdagi Davlat avtomobil raqamlariga o'tish belgilangandi.

Eski Davlat avtomobil raqamlarida yurishga 2011 yil 1 yanvar sanasigacha ruxsat beriladi.

Yangi Davlat avtomobil raqamlari maxsus texnologiya asosida chiqarilgan bo'lib, o'zida yorug'lik qaytaruvchi kukun (fosfor), zanglamaydigan va chidamli metalldan yasalgan, shuningdek, qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoyalangan.

Yangi Davlat avtomobil raqamlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun beriladigan ko'rinishlarining barchasida o'ng tomonda O'zbekiston bayrog'i hamda UZ yozuvi tasvirlangan bo'ladi. Orqa fon oq rangda, raqamlar, harflar va hoshiyalar esa qora rangda bo'ladi. Chap tomonda esa hudud raqami joylashgan.


Avtomototransportlar va ularning tirkamalariga beriladigan Davlat avtomobil raqamlarining ko'rinishlari:

I ko'rinish:

- Yuridik shaxslar uchun beriladigan Davlat avtomobil raqami.

II ko'rinish:

- Yuqori davlat hamda boshqaruv organlari va vazirliklar uchun beriladigan Davlat avtomobil raqami.

III ko'rinish:

- Jismoniy shaxslar uchun beriladigan Davlat avtomobil raqami.

IV ko'rinish:

- "CMD" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari diplomatik vakolatxonalarning faqat bitta avtomashinasi uchun Ichki Ishlar Vazirligining xati asosida beriladi.

V ko'rinish:

- "D" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari Ichki Ishlar Vazirligining xati asosida quyidagilarga beriladi:
a) Diplomatik elchixonalar va konsulliklar boshliqlarining (Favqulodda va muxtor elchi, Bosh Konsul) va ularning oila a'zolarining shaxsiy avtomashinalariga;
b) Diplomatik vakolatxonalarning agentlari va ularning oila a'zolarining shaxsiy va davlat avtomashinalariga.

VI ko'rinish:

- "UN" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari Ichki Ishlar Vazirligining xati asosida quyidagilarga beriladi:
a) Ichki Ishlar Vazirligidan akkreditatsiyadan o'tgan BMT vakolatxonasi yoki maxsus organlarining boshliqlari va ularning oila a'zolarining shaxsiy avtomashinalari uchun.
b) Ichki Ishlar Vazirligidan akkreditatsiyadan o'tgan BMT vakolatxonasi yoki maxsus organlari xodimlarining shaxsiy va davlat avtomashinalari hamda ularning oila a'zolarining shaxsiy avtomashinalari uchun.

X ko'rinish:

- "UN" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari doimiy yashaydigan yoki vaqtinchilik shaxsiy, kasbiy faoliyat yuzasidan, turizm yoki ta'lim maqsadlarida O'zbekiston Respublikasida vaqtinchalik bo'lib turgan xorijiy mamlakat fuqarolari yoxud fuqarosiz shaxslarga tegishli bo'lgan, ijaraga olingan avtomobillari uchun beriladi.



Davlat avtomobil raqamlarining jami 25 xil ko'rinishi mavjud. Yuqorida eng ko'p uchraydigan ko'rinishlarini xavola etdim.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Aprel 2009, 16:23:33

Davlat avtomobil raqamlarining hududlar bo'yicha bo'lingan raqamlari:

01-09 - Toshkent shahar
10 - 19    Toshkent viloyati
20 - 24    Sirdaryo
25 - 29    Jizzax
30 - 39    Samarqand
40 - 49    Farg'ona
50 - 59    Namangan
60 - 69    Andijon
70 - 74    Qashqadaryo
75 - 79    Surxondaryo
80 - 84    Buxoro
85 - 89    Navoiy
90 - 94 Xorazm
95 - 99    Qoraqalpog'iston Respublikasi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Aprel 2009, 16:57:20

O'zbekiston Respublikasi shaharlari o'rtasidagi masofalar (kilometrda)


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Aprel 2009, 17:13:40

Kiyimlarda uchraydigan belgilar ma'nosi:

- Tekis joyga qo'yib quritish zarur

- Siqmasdan quritish kerak

- Siqmang

- Torga osgan holda quriting

- Faqat qo'lda yuvish kerak

- Yuvish mumkin emas

- Kimyoviy tozalash

- Quruq holda tozalash

- Etil spirti orqali quruq holda tozalash

- Ko'p qizdirmasdan dazmollash mumkin

- O'rtacha issiqlikda dazmollash mumkin

- Katta issiqlikda dazmollash mumkin

- Dazmollash mumkin emas

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Aprel 2009, 17:41:42

O'zbekiston Pochta indekslari

O'zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 28 oktabrdagi 270-sonli qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasida 6 raqamli yangi pochta indekslari joriy qilindi.

Yangi pochta indekslariga o'z ichiga quyidagilarni oladi:

- Dastlabki ikkita raqam viloyatlar yoki ularning markazlarini bildiradi

- 3 va 4 raqamlar tuman markazlari, hududlardagi tumanlar va viloyatga bo'ysunivchi shaharlarni bildiradi

- 5 va 6 raqamlar pochta bo'limlarini bildiradi.

Masalan, 120216 indeksi quyidagilarni bildiradi:

12 - Sirdaryo viloyati, 02 - Boyovut tumani, 16 - Usmonobod aholi punkti pochta bo'limi

Toshkent shahrining pochta indeksi viloyatlarnikidan ozgina farq qiladi.

- Ilk uchta raqam Toshkent shahrining belgisi

- Keyingi uchta raqam esa shahardagi pochta bo'limlarini bildiradi.

   O'zbekiston viloyatlarining pochta indekslari:

     - Qoraqalpog'iston Respublikasi - 230100 (231100)
     -Andijon -170100 (171100)
     -Buxoro - 200100 (201100)
     -Jizzax - 130100 (131100)
     -Qarshi - 180100 (181100)
     -Navoiy - 210100 (211100)
     -Namangan - 160100 (161100)
     -Nukus - 230100 (231100)
     -Samarqand - 140100 (141100)
     -Toshkent - 100000
     -Termiz - 190100 (191100)
     -Guliston - 120100 (121100)
     -Farg'ona - 150100 (151100)
     -Urganch - 220100 (221100)

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Aprel 2009, 21:07:13

Qoyilman, Y_U_R_I_S_T. Yaxshi va foydali ma'lumotlarni kirityapsiz.

Mana shunday davom eting.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Aprel 2009, 20:23:57

Assalomu alaykum!

Kech ishdan uyga qaytsam, ota-onam Ozodbek Nazarbekovning 2009-yildagi konsert dasturini ko'rib o'tirishgan ekan. Men ham sekin tomosha qilishni boshladim. Lirik chekinish bo'lsa ham aytmoqchi edimki, ushbu honanda menga juda ham yoqadi. Ozodbekning san'atini qattiq hurmat qilaman.
Kecha esa konsert dasturida menga eng qattiq ta'sir qilgan holat - bu O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan hofiz Orolmirzo Safarov bilan aytgan "Gar nolisak" nomli duet qo'shig'ii bo'ldi. Yashirmayman ushbu qo'shiqni eshitib ko'zimga yosh keldi. Zalda o'tirganlarning ham ko'pchiligi yig'lab eshitishdi ushbu qo'shiqni. Hammamizga ma'lumki, Orolmirzo hofizning ko'zlari ojiz. Ular bu yorig' dunyoni ko'ra olmaydilar. Shu sababli qo'shiqni ijro etishayotgan vaqtda zaldagi chiroqlarni o'chirib qo'yishdi. Ko'zi ochiqlar ma'lum bir muddat o'zlarining tanalarida zulmat nimaligini his qilishsin degan bo'lsa kerak.
O'sha qo'shiq matnini esa qo'ldan kelgancha yozib oldim. (Xatolari bo'lsa uzr)

Gar nolisak...

Orolmirzo:
Zulmat ichra o’tar mening tunu-kunim,
Men ham sizdek ko’rgim kelar oy-quyoshni,
Lek taqdirdan nolimasdan yashaymankim,
Faryod solib boshga urmam aziz boshni.

Shukr deyman oyoq-qo’lim salomatdir,
Gar nolisam bu Xudoga malomatdir.

Ozodbek:
Ming bor shukr ko’kka yetar bo’ylarimiz,
Har kun to’yga ulanmoqda to’ylarimiz,
Tirik jonni rizqin berar qodir Xudo,
Elga tinchlik so’rar duogo’ylarimiz.

Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdir,
Gar nolisak bu Xudoga malomatdir.

Orolmirzo:
Topganim chin yoru-do’stlar,
Bilinmaydi uncha muncha kam-u ko’stlar,
Farzandlarim kulgisini eshitsam bas,
Xotirjamman ko’rmasa ham mayli ko’zlar.

Qalbing bilan ko’rish ham bir karomatdir,
Gar nolisam bu Xudoga malomatdir.

Ozodbek:
Kimga erta, kimgadir kech kelgay davron,
Kimlargadir shu kunlar ham bo’lgan armon,
Sinovlarga sabr qilmoq qanday go’zal,
Shunda o’zi qo’llar bizni buyuk Rahmon.

Shukr qilmoq mo’minlikdan dalolatdir,
Gar nolisak bu Xudoga malomatdir.

Tiriklikning o’zi ham zo’r mukofotdir,
Gar nolisak bu Xudoga malomatdir.

Ajoyib so'zlar... Haqiqatdan nega biz noliyveramiz-a?
Har kuni yeyishga nonimiz bor, ammo qornimiz to'ymayotganidan noliymiz...
Har kuni kiyishga kiyimimiz bor, ammo ustumiz yupunligidan noliyveramiz...
Har kuni yurishga oyoqlarimiz salomat, ammo tagimizda mashina yo'qligidan noliyveramiz...
Har kuni bizni o'pib uyg'otadigan ota-onamiz boshimizda borlar, ammo dunyoda suyaguvchi insonimiz yo'qligidan noliyveramiz...
Har kuni....
Doimo noliymiz....
Ba'zida "Ollohga shukur" deya zikr qilamiz-u, ammo 5 daqiqadan so'ng bironta mavzu ocghilib qolsa, nolish dasturxonimizga katta qilib yoyamiz.
Qani birodarlar, vaqtimiz va umrimiz o'tib ketmasdan, shukr qilishni boshlaylik. Zero, ishni xozir siz ushbu gaplarni internet orqali o'qib turganingiz uchun shukr qilishdan boshlang. Ko'zingiz ko'radi, aqlingiz joyida, internetdan foydalanish imkoniytingiz mavjud, yurtingizda (yoki siz bo'lib turgan davlat) tinchlik...
Ollohga shukr... Yaratganga shukr... Barcha-barchasiga shukr...

Qayd etilgan


Bobomurod-max  23 Aprel 2009, 21:14:42

Assalomu alaykum Hushnudbek!! qanday ajoyib mavzuni ku'tardingiz...
ertalab shu borada bir tanishim bilan gaplashgandik, nolib ketdi, nima gap desam "sevganim yu'q " deydi, nega ota-oanangchi, yaqinlaringchi dedim. Sevishmasa nega taginga Matiz olib bershdi dedim.
Ku'pchilik bir kunga ming marta " Hudoga shukr" deydi, lekin bu su'zni Ollohga shukr aytish uchun emas, oddiygina kundalik "replika" sifatida ishlatadi. nega aytganini hatto gohida uzi ham sezmay qoladi. Ollohi Karimni bizni inson qilib yaratganiga, nafas olishimi uchun kislorodni yaratganiga, bundan nafas olish uchun bizga u'pkamiz va burnimizni yaratganiga, boringki mana shu gu'zal dunyodaki hamma jarayonlarda faol ishtirok etishimizni muhayyo qilib qu'ygan Yaratganga shukronalar aytaylik!!! odam tirikligida shukr qilish imkoniga ega holos, bularni hammasi u'tib ketgandan keyin shukr emas pushaymon qila olamiz holos.
shu borada yana bir keksa qu'shnimni hikoyasi yodimga keldi:
yosh bola edik, vodoprovod suvi ku'chamizni boshida bu'lgani uchun tashib kelish malol kelardi(u'yinga qiziqqanimisdan) va noliy boshladik, shu suvni hovlimizgacha olib kelmaganda qabilida, shunda u qariya bizni yonlariga chaqirdilar va nolimanglar bolalarim deb, bizga bir hikoya aytdi:
" biz Ukraina qishloqlarini ozod qilish paytida nemislarga asir tushdik, ku'p u'tmay bizni kontslagerga olib ketishdi, u erda 10 kuncha itni boshiga dushmagan du'zah azobida azoblashdi. kunlarni birida 4 kishi hojathona kanalizatsiyasi orqali qochishga muvaffaq bu'ldik. juda ku'p y'ul yurib holdan toyib bir joydan tun qorong'usida ku'lmakda suv topdik, tuyib tuyib suv ichdik, biroq suv juda shu'r edi. shu erda tunab ertalab shu suvdan ichib yu'lga tushishga qaror qildik. tunab qolib ertalab turib dahshatdan dong qotdik!! Bir necha metr narida qator u'liklar boshsiz yotardi, ku'lmakdagi suv esa inson qoni edi"... shu hikoyani aytdida otahon uzoq vaqt u'yga tolib qoldi
Shukr qilaylik du'stlar, haliyam tirik ekanligimizga, ota onamiz "abort" qilib tashlamasdan dunyoga keltirganiga shukr qilaylik, hamma hamma yahshi kunlarimizga shukr qilaylik!!!
Ollohim yaratganinga shukr!!!

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Aprel 2009, 23:31:28

Bugun zakovat,mtrk.uzda shuni ko'rib qoldim:
http://zakovat.mtrk.uz/uz/content/zakovatchilar/page/3/#content/zakovatchilar/page/14/

Xushnudbek Xudayberdiyev
 F.I.Sh.: Xudayberdiev Xushnudbek G’ayratovich
..... ..... .....

 Ijobiy xislati:
   

So‘zga chechanlik

Salbiy xislati:
   

So‘zga chechanlik

Nima uchun ikkalasi birxil?

Qayd etilgan


ZUBAIR  26 Aprel 2009, 22:20:37

Y_U_R_I_S_T, Hozir matbuotda qalam haqi qancha berishadi?

Qayd etilgan