Ushbu loyiham uchun birinchi insonni topishim biroz qiyinchilik tug'dirdi. Dastlab eng munosib nomzodni topishga qiynaldim. Prodyusserim ChehMik bilan 3-4 ta nomzodlarni o'ylab qo'ydik. Ularga taklif bilan chiqdik. Ba'zilar rozi bo'lishmadi, ba'zilar rozi bo'lib, yarmidan to'xtatishdi. Quvonarlisi biz jurojat qilgan barcha userlarimiz mendan birinchi intervyu olsangiz, manmanlik bo'lib qoladi. Forumga mendanda ko'proq foydasi tekkan userlar bor, ularga murojaat qiling deya kamtarlik qilishdi.
Ammo aytib qo'yay, keyingi safar albatta sizlardan olaman, qochib qolish yo'q!
Nihoyat nomzodlar orasida mavjud bo'lgan ikkita qizmiz ham rozilik berishdi. Kamtarlik qayoqda deng
Hazil Aloqa bog'lash imkonimiz bo'lgan, eng birinchi userka bu - Robiyahon bo'ldilar. Dastlab ulardan intervyu olishga rozilik oldim va ertasi kuni telefon qilishga ruxsat so'radim. Ammo baz'i sabablar tufayli ertasi kuni telefon qilolmadim. Ulardan uzr so'ragan holda, bugun qo'ng'iroqlashdim va suhbatlarini oldim. Avvalo ularga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Ba'zi yigitlarimizdan mardroq chiqib, intervyu olish haqidagi taklifimizga "Labbay" deb javob berganlari uchun! (Kimlarni nazarda tutayotganimni o'zlari bilib turishgandir-a?)
Hazil!
Xafa bo'lish yo'q deganmanku!Marhamat ana endi ushbu suhbatning yozuv ko'rinishidan bahramand bo'lishingiz mumkin.
- Assalomu alaykum.- Va alaykum asslaom.
- Avvalambor sizni muborak Qurbon Hayiti ayyomi bilan tabriklayman. Olloh barcha ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin.- Rahmat.
- Ushbu suhbat nima uchun o'tkazilayotganini tushungan bo'lsangiz kerak. Siz bilan dildan do'stona suhbat quramiz va sizni xarakteringiz, ichki dunyoyingiz haqida ozgina ma'lumot ega bo'lib, ushbu haqida forumdoshlar yetkaza olsam xursand bo'laman.
Demak, bu rasmiy intervyu maqomida bo'lmagani uchun, boshlanishida agar xohlasangiz o'zingiz haqingizda ma'lumot berib o'tishingiz mumkin. Xohlasangiz albatta. Aytishni lozim topmagan ma'lumotlarni sir saqlashingiz mumkin. Bu unchalik ahamiyatga ega emas.- Xo'p, tushundim. Ismim Go'zal. Men 1988 yil 23 aprelda Buxoro viloyati Kogon shahrida tavallud topganman. 1994 yilda birinchi sinfga borganman. 3 ta maktabda o'qiganman. 4-sinfgacha rus maktabda, keyin beshinchidan to'qqizinchi sinfgacha boshqa maktabda, 9-11 sinflarni litseyda o'qiganman. 2005 yilda talaba bo'ldim. Gumanitar fakultet "Milliy istiqlol g'oyasi, huquq va ma'naviyat" bo'limini shu yil tugatib, Xudo xohlasa ishlarni boshlab yubordik
(Qaysi oliygohligini aytmadilar, men ham so'rab o'tirmadim, menimcha BuxDU bo'lsa kerak). Xozirda Kogon shahrida 9-o'rta maktabda tarix va huquqdan dars berib kelayapman. Shu...
- Yaxshi, rahmat ma'lumotlar uchun. Endi asosiy qismga o'tamiz.- Xo'p bo'ladi.
- Demak, birinchi savol. "Shamol bo'lmasa Robiyani ro'moli hilpiramaydi" degan maqol bor. Oxirgi vaqtlarda, o'zingizni ham xabaringiz bor, sizni to'yingiz haqidagi mish-mishlar juda bolaladi. Ba'zi bir ikkita user tomonidan bu gaplar rosa aylantirildi. Ular kim ekanligini qo'lim bilan ko'rsatib o'tirmayman. Xozir fursatdan foydalanib, forumdoshlarga shu mavzudagi bor haqiqatlarni aytsangiz. O'zingizni og'zingizdan eshitsak nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Savolim quyidagicha: Kuyov bola kim o'zi? - Kuyov bola...
(biroz o'ylanib)... Janob hech kim!
- Janob hech kim?!- Ha.
- Buni qanday tushunish mumkin. Kinodagi qahramon yigitmi?- O'sha bo'la qolsin. Forumda to'yni sog'inganlarga bu ham bitta gapda...
(Endi hujumga o'tamiz...)- Janob hech kim bilan ChehMikni nicklari sinonim...- Voy, ana, gapimdan tutdiz-ku...
(kuladi)- Mabodo, nima deysiz... Shunga shama qilmadizmi?- Yo'q, yo'q, yo'q. Olloh saqlasin...
(juda qattiq hujumga o'tamiz)- Iye, nimaga Olloh saqlasin, nima ChehMik shunchalar yomon bolami?-
(ba'zur kuladi. O'zi xozir meni urib o'ldirgisi kelayapti...) Xushnud, gapimdan tutib olmangda unaqa...
- Yo'q, men shunchaki savol berdim xolos.- Bu to'y haqidagi barcha gaplar bilmadim qayerdan chiqqan, userlarni o'zlarini shaxsiy xulosasidan kelib chiqib shunaqa degandirda.
- Demak, xozircha to'y boshlangani yo'q?- Ha.
- Xudo xoxlasa, siz haqingizdagi mana shunday xushhabarni eshitib qolamiz deb niyat qilaman.- Albatta.
- Tushunarli, keyingi savolga o'ta qolamiz. Forum haqida bo'ladi bo'ladi dastlabki savollarim. Ziyouz Forumiga dastlab qachon kirgansiz, ilk a'zo bo'lgan sanangizni eslay olasizmi?- Hmmm... Bu savolga javob berishim, sal qiyinroq, esimda qolmagandi chunki.
- Tahminan.- Tahminan... 2006 yil oktabr oyi bo'lsa kerak.
- Qanaqa topgansiz, bu forumni?- Bu forumni tasodifan Googledan o'zimga kerakli ma'lumotlarni qidirayotganimda duch kelib qolganman. Shunda a'zo bo'lgandim. Lekin qanaqadir tumshunmovchilik bo'ldi boshida. 1 yildan keyin yana qayta kirib, umuman qaytib chiqolmaydigan bo'ldim Forumdan.
- Nimasi bilan o'ziga jalb qildi Forum? Boshqa Forumlar emas, uforummas, arbuzmas, aynan ZiyoUz?- Xozir men sizga bitta gap aytamanda. Ba'zida biror narsani nima uchun yaxshi ko'rishini yoki yomon ko'rishini tushuntirib berolmaydida kishi. Nimasidir tortdi ishqilib... Qanaqadir sehrimi,
Ziyosimi...
- Menimcha Ziyosi tortgan. Sizga ma'lumot sifatida aytaman, siz 14 oktabr 2006 yilda a'zo bo'lgan ekansiz. Birinchi postingizni eslay olasizmi?- Birinchi postim... Yo'q, esimda yo'q!
- Nima uchun?- Qiziqmagan ekanman, rosti.
- Unda birinchi postingiz haqida ham ma'lumot beraman, profilingizdan qaragan edim, Futbol bo'limida qoldirgan ekansiz ilk postingizni.- Yo'g'ey?
(ajablanadi, balki ajablanmagandir, menga shunday tuyuldida endi)- Ha, 15 oktabr 2006 yilda. Buni eslay olmasligingiz yaxshilikkami yoki...- Yaxshilikdan, chunki Futboldan... qanday desam... futbol unchalik foydali emas degan xulosaga keldim. Xozirgi kunlarda.
- Iye, nima sizni bunday xulosa chiqarishingizga undadi. O'zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatsizligimi?- Yo'q, unaqa hech qanaqa muvaffaqiyatsizlik emas. Shunchaki foydasizligini anglaganday bo'ldim.
- "Sport - sog'liq garovi", "Sog' tanda - so'lom aql", "Barkamol avlod - kelajak poydevori"... Bu gaplar notog'rimi?- Yo'q, to'g'ri... Lekin undan ham foydaliroq ishlar borligini anglab yetdim. Kech bo'lsa ham.
- Kech bo'lsa ham? Demak oldin futbol bilan shug'ullanib turgan ekansizda.- Shunaqa desa ham bo'ladi.
- Futbol o'ynarmidiz?- Albatta.
- Iye, qoyil!(kuladi. kim kulganini aytmayman)
- Yaxshi. Yana bir Forum haqida savol. Siz Forumda Global moderatorsiz. Barcha mavzulardagi, bo'limlardagi mulohazalarni o'chirish, tahrirlash huquqiga egasiz. So'ngi vaqtlarda forumda shunaqa bir mavzu ko'tarildiki, Moderatorlar mulohazalarni o'chirayotgan vaqti, mulohaza egasini ogohlantirib qo'yishi kerak degan fikr ilgari surildi. Siz nima deysiz bunga. Birovni mulohazasini o'chirayotganda ko'ngliz qiynalmaydimi?- Aslida men unaqa ko'p mulohazalarni o'chirmaymanku, lekin masalan, forumni obro'siga, sha'niga zarar yetadigan bo'lsa, o'chiraman. Bunda hech qanaqa xijolatchilik bo'lmnaydida. Chunki uni keraksizligini tushunaman. O'zim uchun emas, forum uchun.
- Muallifga xabar berish haqidachi? "Sizni mana shu mulohazangiz, keraksizligi yoki forum qoidasiga zid ekanligi uchun o'chirdim" deyish haqida?- Bilmadim... Menimcha kerakmas bu narsa.
- O'zi hech o'chirganmisiz?- Ha, o'chirganman. Lekin bu haqida yozgandim, o'zigayam yozganman adashmasam.
- Yana forum haqidagi savol. Oxirgi vaqtlarda ba'zi userlarni hisoblashicha bo'yicha, Forum o'zgargan, salbiy tomonga. Ozgina yengiltakroq ko'rinishga kelganday, offpostlar ko'payib ketgan... Umuman oldingidaymas, sal o'zgarish bor deya hisoblashmoqda ba'zilar. Siz nima deb o'ylaysiz bu o'zgarish haqida, so'ngi bir oy ichida deylik...- Men ham sezdim bu o'zgarishni. ZiyoUz Forumidan ziyo sal uzoqlashganday tuyuldida. Chunki forumni ko'tarib turgan ba'zi userlar, bu bilan boshqa userlarni kamsitmoqchi emasman, forumni ko'tarib turgan, yaxshi post qiladigan userlarimiz kirmay qo'yishdi. Yangi userlar ko'payib, qoidalarni bilmagan tarzda, masalan
qoidani bilmaydigan haydovchidek, gazni bosib, tormozni unutib qo'yishdi. Shundan keyin, Forumga anchagina ziyon yetdi deb o'ylayman. Lekin bu ham yaxshilikka. Chunki eng yaxshi narsani ham yuqoridan turib, salgina pastlashishi bo'ladi-da. Menimcha bu ZiyoUz uchun ozgina orqa ketish bo'lsa ham, bundan keyin judayam gullab-yashnashiga zamin bo'ldi bu bir oylik faoliyat.
- Tushundim, yana bitta savolda. Aynan birma-bir sanab bera olasizmi, qaysi sabablar Forumdan ziyoni ketishiga olib keldi? Faqat offpostlar olib keldimi bunday holatga?- Yo'q, faqat offpostlarni sabab qilib ko'rsatishim ham noto'g'ri. Endi... Qanday tushuntirsam... Hamma o'zini fikrini to'g'ri deb hisoblab, bildiraverishida, chegarasiz.
- Unda fikr erkinligi qayoqda qoladi?- To'g'ri bu fikr erkinligi. Lekin bu bilan boshqa kishilarni kamsitib yoki boshqa kishilarni qadr-qimmatiga tegish ham sal noto'g'ri. Undan keyin offpostlarni Forumdan ziyoni tarqatishiga sabab bo'ladimi deganda, tushuntirib berolmayman... Baribir sabab bo'ladida.
- G'alati. "Yer nimaga aylanadi" desa "Baribir aylanadida" deganday gap... (kuladi)- Shuda... Offpostlarda haddan tashqari hazil-huzulga ko'p berilib ketilayaptida. Keyin meni eng yomon ko'rganim, Forumda adabiy tilni buzib, shevada gapirish. Oxirgi paytlarda judayam ko'p ko'zga tashlanayapti bu offpostlarda.
- Xo'o'o'o'sh.... Bu gapizni menda boshqa bir savolni paydo bo'lishiga olib keldi. Sizningcha, bir inson o'z shevasida gapirishga o'rgangan. U endi Forumga az'o bo'lib, o'z fikrini bildirish uchun, adabiy tilni o'rganishi shartmi? Shunaqa cheklov to'g'rimi?...*---------------------------------------------------------
- Oxirgi savolim. Ertaga musulmon olamida muqaddas ayyom. Ushbu ayypm bilan fursatdan foydalanib barcha forumdoshlarni tabriklashingiz mumkin...- Ertaga Islom olamida, shu jumladan yurtimizda musulmonlarning ulug' ayyomi Iyd al - Adho - Qurbon hayiti nishonlanadi. Barcha yurtdoshlarimni, qadrdon forumdoshlarimni ushbu bayram bilan tabriklayman. Alloh j.j. qalbida neki ezgu tilagi bo'lgan birodarlarni afzallariga erishtirsin. Ushbu dunyoda olayotgan nafasimizni-da manfaatli qilsin,ilohim! Iyd muborak,dindoshlar!
"Eng birinchi blog" uchun maxsus
Y_U_R_I_S_T suhbatlashdi.
* Intervyuning o'rtasini va aytish mumkinki, eng qiziq joyini, nasib qilsa ertaga bilib olasiz... "Eng birinchi blog" bilan birga qoling.