Assalomu alaykum. Avvalo kattalarni ishiga aralashganim uchun uzr. Lekin ushbu bahsda ko’tarib chiqilgan muammo boshqa userlarga ham tegishli bo’lgani uchun, o’z fikrimni bildirishga haqqim bor deb o’ylayman.
Bunaqa maydagaplik qilishni nima keragi bor, hayronman. Buning sababini bildingiz ham deylik. Sizga buning nima foydasi tegadi? Bizga buning nima foydasi tegadi? Axir siz har bir postdan foydali narsa olish haqida juda ko’p va xo’b gapirar edingiz-ku.
Buning ustiga Muhammad Sohib tushunarli qilib javob beribdilar. Agar buni siz tushunmagan bo’lsangiz, ularning aybi emas. Yana bir bor o’sha sabablarni keltirib o’taman:
1. Avvalo birinchi savolga javob
15 Iyul 2009 yilda berilgan ekan. Ikkinchi javob esa,
3 dekabr 2009 yilda berilgan. Oradagi vaqt farqi
4 oy-u 21 kunni (141 kun) tashkil qilmoqda. Bu muddat insonning biror fikrini o’zgarishi uchun nafaqat yetarli, balki ortiqcha ham.
Ha, yana, nega o’sha savolni sanasi bilan bermadingiz? Axir siz iqtibos olganda, barcha detallarga e’tibor berar edingizku?
2. Buning ustiga ular oldingi javoblarida ham, forumlarning umuman farqi yo’q demaganlar. Ba’zi farqlarini sanaganlar ham. Bu farqlar forumlarning umumiy statistikasi haqida edi. Ammo forumlarning ichki muhiti haqida ozgina farosatni ishlatib, yangi user bo’lganligi uchun fikr bildirib o’tirmaganlar. O’sha vaqtda ichki muhitni balki bilmagan bo’lishlari ham mumkin. Buning nimasi ajablanarli?!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
Yana tushunmagan bo’lsangiz, bilmadim nima deyishni.
Agar mana shunaqa orqa kavlashlar bo’ladigan bo’lsa, ko’p narsalarni aytish mumkin. Ba’zan men ham ba’zi userlarning ayrim fikrlariga tushunmay qolaman. Ammo o’sha narsani imkon qadar butun forumga "œdardini dasturxon qiladigan xotinlarday" yoymayman. PM orqali yoki e-mail orqali bog’lanishga harakat qilaman. Albatta har doim ham bunaqa qilaman deya olmayman, sharoitga qarab. Tushunishim bo’yicha sizga bor narsani forumdoshlar oldida so’rash ma’qulroq ekan. Unda sizdan ham ba’zi narsalarni so’rab olsam.
1. Avvalo intervyudan kelib chiqib, mana shunday e’tiroz bildiribsiz. Ular intervyuda ko’ngillaridagi barcha gaplarni biz bilan ochiqchasiga baham ko’rdilar. Samimiy, dildan suhbatlashdilar. Ularga rahmat. Ammo o’zingiz nega intervyu berishga rozi bo’lmadingiz? Men sizga "œForumdoshlardan intervyu" loyihasidagi birinchi suhbatni siz bilan qilsak, forumda hurmatingiz, o’zingizni o’rningiz bor. Sizga bo’lgan hurmatim ham cheksiz. Iltimos, ushbu taklifimga nima deysiz?" deganimda siz nima qildingiz? Xatto, ushbu maktubimga javob ham yozmadingiz-ku.
Xolislik bilan javob beringchi,
bu menga nisbatan hurmatsizlik emasmi?2. Shu o’rinda sizning ikkita postingizdan iqtibos olsam:
Сиз форумга аъзо бслаётиб А озиман деб рсйхатдан стган форум қоидаларини сна бир бор сслатаман:
Ва алайкум ассалом.
Мулоҳазаларингиз учун ташаккур, Юрист.
Агар, сиз каби ҳуқуқий томонини олиб қарайдиган бслсак, форумга аъзо бслаётганда шартнома чиқади. Ўша шартноманинг форумнинг асосий қоидалари ва фойдалари мавзусида нусхаси мавжуд. Ўша шартномага А озиман тугмасини боссангизгина форум аъзосига айланасиз. Ўша шартноманинг қуйидаги бандлари ҳам бор:
Mening beradigan savolim esa quyidagicha:
O’sha shartnomada quyidagi band ham bor ekan:
TA’QIQLAYMIZ:
- Bir xil mavzularni har xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
Siz esa "œSavolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)" mavzusiga qoldirgan postlaringizni, "œForumdoshlar kitobi"ga ham joylayapsiz. Shuningdek, "œForumdoshdan forumdoshga savol" mavzusida qoldirgan ba’zi postlaringizni "œSavolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)" mavzusiga ham qoldirgansiz.
Xolislik bilan javob beringchi,
bu forum qoidalarini global moderator bo’lib, buzish emasmi?3. Yaqinda bo’lib o’tgan tortishuvlar vaqtida, siz yopilgan mavzuga ham post qoldirgansiz.
Xolislik bilan javob beringchi,
bu o’z mansabini suiste’mol qilish emasmi?Mana shunaqa qilib maydalashishdan biror manfaat bormi? Meni savollarimga javob berib o’tirmang. Shart emas. Agar men bunday savollarga javob olishni xohlaganimda allaqachon so’ragan bo’lardim. Bularni shunchaki, mayda gaplar, ig’vo qo’zg’aydigan fikrlarning befoyda ekanligini ko’rsatish uchun yozgandim.
So’zim oxirida sizga
Musannif Adhamning bir postidan iqtibos olib murojaat qilaman:
Keyin yana bir gap: Sal ko'nglingizni oching. Har narsaga asabiylashib, qora bo'yoqlarda ko'ravermang.
Salomat bo'ling.