Eng birinchi blog!  ( 190976 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 32 B


Ansora  10 Dekabr 2009, 13:41:10

"Sevelim, sevilelim bu dunya kimseye kalmaz"....... Yunus Emre

"Sevaylik, sevilaylik bu dunyo kimsaga qolmas"....Yunus Emro

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  10 Dekabr 2009, 23:03:53

MUHAMMAD AMINdan intervyu:


FORUMDOSH QIZ BILAN HAYOTIMNI BOG'LAMOQCHIMAN!!!


BEMAZHABLIK HAQIDA...


MUHAMMAD AMIN O'QISHGA BOLA OBKIRADI (MI)!?


ARBUZ FORUMIDA MAJNUN VA QIZALOQ. ZIYOUZDA ESA MUHAMMAD AMIN VA ........!



Qiziqib qoldingizmi? Batafsilroq bilmoqchimisiz? Unda kuting!

"Ertaga tong otsin, hammasini ko'rasiz..." :-)

Faqat "Eng birinchi blog"da! Faqat bizda! Exclusive intervyu!

"BIR"da birga ko'ramiz!

Bizning blog bilan birga bo'lishingizdan bag'oyatda baxtiyormiz!

Hurmat bilan,
Y_U_R_I_S_T va ChehMik!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Dekabr 2009, 09:04:51

Ulani tongi - bizani peshin!

Hey, hey, tosh otilmasin! Bizani tongimizam normalniy tong. Faqat ba'zi birovlarga o'xshab, ertalabdan yuzini yuvmasdan, uyqusirab post qoldirmaymiz!

Intervyuga kelsak... Nima, osongina omoqchimidinglar? Ozgina kutasilarda endi... :-)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Dekabr 2009, 12:05:53

Jalilov Akbar O'rolovich.
1986 yil 17 sentabrda Qashqadaryo viloyati Dehqanobod tumani Tarqopchig'oy qishlog'i Oq dahna mahallasida tug'ulgan.
1993 yil Muqimiy nomidagi 29-maktabga borgan va bu dargohni 2004 yil tugatgan.
Hozirda Toshkent Moliya Instituti "œMoliya-iqtisod" fakultetining moliya yo'nalishi  4-kurs talabasi.
Yuradi. Ayniqsa xozir, talabalik davrida ko’p yurmoqda"¦ O’zlarini aytishi bo’yicha, moshina ogunlarigacha hali yana ko’p yurmoqchi ekan"¦
Muqaddam sudlanmagan. (Buni bilish uchun shaxsan Muqaddam opani o’zidan so’radim"¦)
Forumga 2007 yil 03 Aprelda a’zo bo’lgan. Oldingi niklari Akbar.



Ushbu joyda oldin Muhammad Aminning kulib tushgan rasmi bor edi.


Y_U_R_I_S_T: Assalomu alaykum!
Muhammad Amin: Vaalaykum assalam!
Y: Sizni yo’nalishiz moliya ekan. Asosan nima ish bilan sug'ullanmoqchisiz kelajakda? Yani moliyachi o'zi kim?
M. A.: InshaAlloh o'z soham bilan shug'ullanmoqchiman. Moliya Vazirligi yoki G'aznachilikda. Moliyachi pul mablag'larini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan shug'ullanadigan shaxs.
Y: Bu yil Institutni tugatasiz... Eshitishim bo'yicha yaqinda bir ish masalasida institutingizga kelisharkan... Shu haqida qisacha aytib bering...
M. A.: Ha. 15 dekabr kuni Moliya Vazirligidan kelishadi. Iqtidorli talabalar o'rtasida yig'ilish o'tkazib, iqtidorlarning iqtidorlisini stajirovka o'tash uchun olib ketishadi. Harakat qilamiz yaxshi qatnashishga.
Y: Chet elda yoki magistraturada ishlash niyatiz yo'qmi?
M. A.: Magistraturani chetda o'qish niyatim bor. Shunga harakat qilaman. Bu yoshlikdagi orzuyim...
Y: Dva v odnom deng... :-))) Agar chet elga o'qishga ketsangiz, unda to'y ancha kech bo'larkanda? Yoki uylanib keyin ketasizmi?
M. A.: Allohni xohlagani bo'ladi. Ikkinchisi yaqinroq...
Y: O'zi uydagilar "O'g’liiimm, ovqatingni yemaysanmi?" deyishmayabdimi?
M. A.: Bunga anchaaaaa bo'lgan............
Y: Sizchi?
M. A.: Oldin qiz yo'q edi, yani men xohlagan....
Y: Xozirchi? Endi ular sizni xohlashmayaptimi? :-))))
M. A.: Hozir Allohga shukur bor.
Y: Haaa..... Voy, ayyorey.... Qiz ham o'zimizdanmi? Qashqadaryodan?
M. A.: Qashqadaryodan emas. Bitta gap aytaymi? ...
Y: Aha.
M. A.: U ham forumdosh.
Y: Yo'g'ey!!!!!!! Kim ekan u forumdosh?
M. A.: "¦"¦"¦.
(bu yerda ular qizning nickini aytdilar. Faqat o’zlarining shaxsiy iltimoslariga ko’ra ularni oshkor qilolmaymiz)
Y:  U qiz bilan unashtirilganmisiz?
M. A.: Yo'q. Lekin ota-ona roziligi olingan . . . To'yga yaqin unashtirish bo'ladi InshaAlloh.
Y: Demak, siz xotiningizni forumga kirishiga qarshilik qilmaysiz?
M. A.: Forumga kirishi mumkin. Lekin ma'lum bir qoidalar va shartlar asosida...
Y: Qanday shart?
M. A.: Kerakli postlar qoldirish. Kerakli mavzularni o'qishi va yana meni aytganimni qilishi. Forumdan boshqa saytlarga kirishiga ruxsat yo'q. Yana ma'lum shartlar bor...
Y: Bo'lajak jufti halolingiz qanaqa bo'lishini xohlardingiz?
M. A.: Shariatda qanaqa qiz tanlash kerakligi aytilgan bo'lsa xuddi shunaqasini... Birinchi navbatda yaqinlarimni, qolaversa meni hurmat qiladigan. Eng asosiysi imonida mustahkam tura oladigan qiz.
Y: Yaxshi. Endi muxlislar savoliga o'tamiz. Sizga bir muxlisangiz shunday savol beribdi. "œAkbar aka, sizni postlaringizdan ancha dinga qiziqishingiz bilinib turadi. Aytingchi, siz so’ngi vaqtlarda tortishuvlarga sabab bo’layotgan mazhab tutmaslik haqida qanday fikrdasiz?"
M. A.: Dinga qiziqishim hamma qatori. Har bir mazhabdagilar o'z mazhablarini to'g'ri deb bilishadi. Vallohu alam. Meni fikrim bo'yicha mazhab bo'yicha emas, Qur'on va Sahih hadislar bo'yicha dinda borsak maqsadga muvofiq bo'lardi. Alloh bilguvchi... Biz ojiz bandalarmiz... Sahih hadislar va Qur'on hammasiga javob beradi...
Y: Bemazhablarchi?
M. A.: Bemahzablikka ham shunday degan bo'lardim... Chunki mahzablar ham Allohni bandalari tomonidan tuzulgan. Demak ular ham xato qiladi. Allohni kitobi esa Qur'on demak ...
Y: Yana bir user shunday savol beribdi: Dam olish kunlaringizni qanday o’tkazasiz?
M. A.: Dam olish kunlarim asosan shogirdchalar bilan o'tadi. Qolgan vaqtimda kitob mutoala qilaman va o'qishdan berilgan vazifalarimni bajaraman...
Y: ShogirdCHAlar?
M. A.: Ha o'qishga kirish uchun tayyorlanayotgan shogirdlar bor. Shularni nazarda tutdim. Qo'ldan kelganicha o'rgataman... Bu ham odamga zavq bag'ishlaydi. Bu o'z bilimimni oshirishga yordam beradi. Axir aytishadiku "O'rganishning eng zo'r yo'li bilganingni o'rgatishdir" deb...
Y: Yana bir userimizdan savol: Forum.ziyouz.com dan eng xursand bo’lgan kuningiz va xursand qilgan mavzu?
M. A.: Eng xursand bo'lgan kunim "Biz islomni bilamizmi?" tanlovining 4-o'rin sohibi bo'lganimda va buning uchun bir nechta kitoblar va esdaliknoma olganimda. Xursand qilgan mavzu juda ko'p...
Y: Forumga qanaqa qilib kirib kelgansiz?
M. A.: Bitta user orqali. Uning bergan ma'lumotiga asosan kelganman... Kimligini hozir bildiz. Aniqrog'i userka...
Y: Demak yangamizni yoshlari sizdan katta ekanda Forumda?
M. A.: Haaaaaaaaa. 9 oyga bo'lsa kerak menimcha...
Y: Forumga asosan kimlarning postlarini o'qish uchun kirasiz (albatta yangamiznikidan tashqari...)
M. A.: Munira xonim, AbdulAziz, Kapalak opa, YURIST, Muslima, Uzmus aka va boshqalar. Jumladan Chustiy ham. Chehmikning ajoyib xayollarini ham ko'p o'qiyman.
Y: Oldin nikingiz Akbar bo'lgan. Nega nikingizni o'zgartirgansiz?
M. A.: Sababi Akbar ismining ma'nosi buyuk , ulug' degan ma'nolarni anglatadi. Buyuklik faqat Allohga xos. Sabab shu...
Y: Oldin siz ancha og’ir, bosiq, uyatchang bola edingiz"¦ Xozir esa u xislatlaringiz ancha kamayganligi bilinib turibdi. Bunga Forumning (yangamizning) qanchalik hissalari bor?
M. A.: To'g'ri u xislatim ozgina yo'qolgan. Bunda nafaqat forumning balki talaba bo'lishimning ham ta'siri bor. Asosan bunga sabab forumdoshlar bilan uchrashuvlar va o'qituvchilar bilan bo'lgan suhbatlarning ta'siri bo'lsa kerak...
Y: Yangamizningchi...? Axir ular ancha shaddod...
M. A.: Unchalikmasu"¦ Oz moz...
(Qani "œYo’q" deb ko’rsinlaramchi"¦ Naq"¦. Userka bilan qanday tanishganlari haqida ozgina suhbatlashdik"¦)
Y: Yana bir userimizning savollari:  Sizningcha forumda eng namunali a'zo kim?
M. A.: Bunga bir qancha misollarni keltirish mumkin... Bularni sanab o'tirmiman. Chunki ular bir nechta.
Y: Keyingi ishtirokchi kim bo’lishini xohlaysiz? (Yangamizdan boshqa)
M. A.: Kapalak opa.
(Mualliflardan: Qahramonlarimizning ushbu fikrlari faqat tavsiyaviy xarakterga ega, majburiy emas. Biz imkon qadar keyingi intervyularda ushbu fikrlarga amal qilishga harakat qilamiz. Ammo aynan keyingisi o’sha user bo’ladi degani emas. Xozir shunaqa demasam, Kapalak opadan naq baloga qolamiz)
Y: Forumdoshlarga tilaklaringiz...
M. A.: O'zaro hurmat hech qachon yo'qolmasin. Har sohada maslahatgo'y bo'lishsin. Lekin hech qachon o'zinikini ma’qullab qattiq turib olishmasin. Ilmlari davomli bo'lsin. Urushqoqlar urushishlarini kamroq qilishsin. Hammaga omad. Alloh barchamizni hidoyatda davomli qilsin...
Y: Sizga mazmunli suhbatingiz uchun katta rahmat. Doimo omad yor bo’lsin!
M. A.: Rahamat sizlarga ham.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Dekabr 2009, 12:17:21

P/S: Yaqinda, ya’ni seshanba kuni "œForumlararo futbol musobaqasi"ga borganimda (aytgancha, haqiqatdan futbol ham o’ynadik. Faqat Ziyouz ham, Arbuzchilar ham islom.uz dan ko’proq mag’lubiyatga uchragani uchun, ikkala forum ham jimmmmmm!!!! :-)) Arbuzchilar Dushanba kuni forumdoshlari Majnun va Qizaloqlarning xonadonlariga borishganini, sho’rva va osh bilan mehmon bo’lishganini aytib turishganda rosa havasim kelgandi (aniqrog’i tomog’im tushgandi). "œBizni Forumda ham shunaqa bo’larmikin?" deb ko’nglimdan o’tkazgandim. Olloh nasib qilsa, shu kunlarga ham biror kun yetishimiz mumkin ekan.

Endi sizni o’sha userka kimligi qiziqtirayotgan bo’lishi mumkin. Bitta sirni aytaymi? Xozir mana intervyuga userkalardan kim birinchi rahmat bersa, o’sha "œo’sha" bo’ladi!

Obbo, bu gapni bekor aytdimooovvv. Endi userkalardan hech kim mendan xitlanmasin deb rahmat bermay qo’yadi shekilli. Faqat ikkita userkamiz bemalol, bexijolat rahmat bera olishadi. Hech kim shubhalanmaydi ulardan:

Robiya — baribir hamma Robiyani Buxorolik aqlli qiz ekanligini bilishadi"¦

Lolo — Baribir hamma Muhammad Aminni aqlli yigit ekanligini bilishadi"¦ :-)))))))

O’lding, qoch endi"¦.

Kapalak opa, qayerdasiz??? O’ziz boshlab bering rahmatlarni"¦.

Qayd etilgan


registan  11 Dekabr 2009, 13:26:06

Intervyu yaxshi chiqibdi, olganlarga ham berganlarga ham raxmat. Davom etaversin. Borgan sari qiziqarli bo'lib boryapti. Lekin manimcha shu rasmdagi muddatni nima keragi bor-a? Yoki bu ham reklamani bir turimi? ;D

Qayd etilgan


Abdusalom  11 Dekabr 2009, 14:30:00

Akbarjon, manimcha hali unashtiruv ham bo'lmagani holda e'lon qilganingiz yaxshi bo'lmabdi.
Odatda bunaqa xabarlar fotihadan so'ng e'lon qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2009, 14:39:41

Assalomu alaykum!
So'nggi ikki intervyu haqida shaxsiy fikrlarim:

1. Intervyu hajmi va jumlalalrdagi so'zlar soni qisqarib, uni o'qishliligiga sabab bo'lgan.

2. Qavs ichidagi kursivdagi izohlar garchi tabassumga sabab bo'lsa-da, intervyuning jiddiyligiga ta'sir etgan.

3. Intervyudan aniq maqsad ko'zlanganligini bilish qiyin. 2-intervyuda forum va forumdoshlar haqidagi qismiga o'xshab, mavzular bo'yicha alohida sarlavhachalar ham qilinsa, maqsadga muvofiq.

4. Intervuyulargagi ba'zi jumlalar haqida mulohazalar:

Iqtibos
MuhammadSohib: Ta'limni kitoblardan olganmiz.Diynga Alloh buyurgani uchun amal qilganmiz.

Muhammad Sohib, bir ustoz ham toping. Islomiy ilmni kitobdan ham o'rganish mumkin. Lekin ustoz bilan o'rganilgan ilm chuqurroq bo'ladi va qalbga yaxshi singiydi. Ustoz oynadek gap: doim sizni o'nglab turadi. Shuning uchun ham ulamolar islomiy ilmlarni o'rganishda bir ustozga tayanishni tavsiya qilishadi.

Iqtibos
ChehMik: Endi shu uylanmagan yigitlarga qanday maslahat berasiz?

Intervyu oluvchilar, savol so'rovchidan so'ralayotgan savoldagi jumlalarga yaxshilab e'tibor bersangiz.
Maslahat odatda, ma'lum bir sohada yetuk natijalarga erishgan insonlardan olinadi. Intervyu berayotgan shaxs endigina uylanganini hisobga olib, savolni maslahat emas, "umr yo'ldosh qidirish va 1,5 oylik turmush davomida ko'rganlaringiz xulosasi asosida qanday mulohazalar bildira olasiz?" tarzida savol qo'yilsa, menimcha, go'zalroq bo'ladi.
"Yoshlarga maslahatim..." degan javobni ham, "uylanish arafasidagi yoshlarga mening kichkinagina tavsiyam" tarzida ifoda etilsa, go'zalroq bo'lardi.


Iqtibos
Muhammad Amin: Meni fikrim bo'yicha mazhab bo'yicha emas, Qur'on va Sahih hadislar bo'yicha dinda borsak maqsadga muvofiq bo'lardi. Alloh bilguvchi... Biz ojiz bandalarmiz... Sahih hadislar va Qur'on hammasiga javob beradi...
Bemahzablikka ham shunday degan bo'lardim... Chunki mahzablar ham Allohni bandalari tomonidan tuzulgan. Demak ular ham xato qiladi.

Muhammad Amin, iloji bo'lsa mazhab haqida aniq bir fikrga kelishingiz uchun, aynan shu mavzudagi bilimlaringizni mustahkamlab oling. Aks holda siz qabul qilayotgan diniy axborotlarni tahlil qilishda biroz qiynalib qolasiz.
Mazhab ham Qur'on va hadis, qiyos, ijmo'dan tashkil topadi. Ahli sunna val-jamoaning 4 ta yo'li: hanafiy, molikiy, hanbaliy, shofe'iy mazhablari Haqqa olib boruvchi yo'l sifatida qabul qilingan. Mana shu yo'ldan qaysi birini tutsangiz, inshaalloh xato qilmaysiz.

Sahih hadislar va Qur'ondan topilmaydigan masalalar ham bo'ladi. Aynan o'sha maslalarni Alloh rahmat qilsin mazhabboshi mujtahidlarimiz qiyos va ijmo' bilimlari orqali bizga ma'lum qilib ketganlar.
Mana, masalan, burundan qon oqsa tahorat ketadimi?
Bu narsa Qur'onda ham, hadisda ham mavjud emas. Nima qilasiz?
Ana endi mazhabboshilarimizga murojaat qilamiz. Hanafiy mazhabiga ko'ra, tahorat ketadi.

Siz mazhab egalariga ergashavering. Chunki, bizning ijtihod qilishga ilmimiz ham, aqlimiz ham yetmaydi. Qur'on va hadisni qaysi holatda joriy bo'lgani, qaysi hukm uchun ishlatilishi haqidagi bilimlarimiz ham yo'q. Biz ergasguvchilarmiz. O'sha buyuk zotlarga ergashganimiz uchun savob olaveramiz.

5. Yana bir fikr. Berilayotgan savol va javoblarni oniy aloqa vositalari (Agent, Messenger) orqali emas, PM yoki emailda amlaga oshirgan ma'qulroq. Chunki javob beruvchida ham savol beruvchida ham shunda o';ylab, fikrlashga vaqt ko'proq bo'ladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  11 Dekabr 2009, 14:47:31

Akbarjon, manimcha hali unashtiruv ham bo'lmagani holda e'lon qilganingiz yaxshi bo'lmabdi.
Odatda bunaqa xabarlar fotihadan so'ng e'lon qilinadi.
:as:
o'yliymanki bu savol menga qaratilmagan :)

Yo'q, sizga qaratilmagan.
Siz bilan Muhammad Amin nikli Akbar adash ekansizlar.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Dekabr 2009, 15:31:13

Akbarjon, manimcha hali unashtiruv ham bo'lmagani holda e'lon qilganingiz yaxshi bo'lmabdi.
Odatda bunaqa xabarlar fotihadan so'ng e'lon qilinadi.

Assalomu alaykum.

Kechirasiz, avvalo bu e'tirozni Muhammad Aminga emas, shaxsan menga aytavering. Ular hech narsani e'lon qilgani yo'q. Yoki biror joyda falon narsa deb e'lon qilganligini ko'rdizmi? Shunchaki ular bir forumdosh qiz bilan munosabatlarimiz yaqin, ota-onamiz ham bunga rozilar, nasib qilsa to'y qilmoqchimiz degandilar xolos. Men uni juda keng Piar qilib, boshqacha ma'no kasb etib qo'ygan bo'lishim mumkin.

Shuning uchun e'tiroz manzilini menga qarating...

Menga aytganizni esa foydasi yo'qmi deymanda...

Qayd etilgan