Noyabr oylarida ChehMik telpon urib qoldi. Ha, desam, "Qonnaysiz?" deydi. "Zo`r" desam, "Qonnay zo`r?" deydi. "E, ezma!" devdim, muddaoga o`tdi: "Shu intervyularni yana davom ettirsak!"...
Rosti bu taklif o`sha paytda menga yoqmagandi uncha. Bir ko`ngil sovigan ishimni boshlashim juda qiyinligi uchun. Shu sababdan "Yo`q, shartmas" desam, ChehMik rosa yalinib turib oldi. Sababini so`rasam, "Ey, uka, BelliQizcha bilan kelishib qo`yuvdim, intervyu olaman deb va`da bergandim. Agar siz rozi bo`lsangiz, shu ishni boshlay qolay, zora baxtim kulib, BelleQizchaga yoqib qolsam bu ishim bilan" dedi.
Bunaqa gapdan keyin ustozga yo`q deya olmadim. Ikki yoshga baxt tiladim. Mayli, faqat meni aralashtirmang deya oldim xolos.
Keyin ancha vaqt forumga kirmagan paytlarimda, bildimki, ChehMik BelleQizchaga sizdan intervyu olaman deb bir chinor ostiga, bir daryo bo`yiga, bir bog`ga uchrashuvga taklif qilibdiyu, ammo va`dasini ustidan chiqmasdan qochib qolibdi
...
Yaxshiyam, baxtimizga LobarAZIZ bor ekan, u BelleQizchaga berilgan va'dani bajarilishiga yaqindan yordam berdi. Rahmat kattakon.
Intervyuni va unga berilgan ta`riflarni o`qib, xursand bo`ldim. Demak, forumdoshlarimizning fikrlari ancha o`zgaribdi
(balki forumdoshlar o`zgargandir). Bunaqa intervyudan keyin, ilgarigidek "Voy, eshitdilarmi, BelleQizcha, falonchini sevarkan
", "Voy sharmanda, qiz bola uyalmasdan shunaqa debdimi?", "Shariat bo`yicha..."
deganga o`xshagan gaplarni aytishadiyov deb o`ylagandim, hayriyat, unday bo'lmadi. Hamma iliq fikr bildirdi. Va hech kim mayda gap qilib o`tirmadi. Barchaga tashakkur
.
O`ylab qoldim, agar shunaqa samimiy va iliq munosabat bo`ladigan bo`lsa, unda balki intervyularni yana davom ettirarmiz
...
Agar bu kimlar uchundir qiziq va foydali bo`lsa albatta
...