Laissez faire  ( 33509 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Usmon  19 Avgust 2011, 10:24:27

O'zi asli ma'nosi "Essiz Fayz" edi... bizani tilda bu "Essiz... Fayz.." yoki "Essiz - fayz" degani...

Qayd etilgan


BelleQizcha  20 Avgust 2011, 11:31:53

Nima diydi?

Qayd etilgan


Usmon  24 Avgust 2011, 17:34:34

Buni bozor iqtisodiyotigayam, ijtimoiy muammolargayam umuman daxli yo'q!

Bugun judayam xursand bo'ldim bitta gapni eshitib, agar o'zim shunaqa muvaffaqiyatga erishganimdayam bunchali xursand bo'masdim manimcha....

Ishqilib, gap shundaki... ONAM O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi bo'ptila. Ichimga sig'maganidan shuyoqqa yozovrdim.. Hali uyga bormadim ishdaman, xullas, bugun uyda kotta bayram :7

Qayd etilgan


Музаффар  24 Avgust 2011, 17:37:52

Умрларини берсин....

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Avgust 2011, 19:23:34

Familiyangiz Fayziyevmi?

Qayd etilgan


Usmon  24 Avgust 2011, 20:50:54

aha, opamniki Fayzieva, bizaniki Fayz :-)

Qayd etilgan


Ansora  07 Sentyabr 2011, 12:32:26

Buni bozor iqtisodiyotigayam, ijtimoiy muammolargayam umuman daxli yo'q!

Bugun judayam xursand bo'ldim bitta gapni eshitib, agar o'zim shunaqa muvaffaqiyatga erishganimdayam bunchali xursand bo'masdim manimcha....

Ishqilib, gap shundaki... ONAM O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi bo'ptila. Ichimga sig'maganidan shuyoqqa yozovrdim.. Hali uyga bormadim ishdaman, xullas, bugun uyda kotta bayram :7

Men ham judayam xursand bo'ldim. Doimo bosh qosh bo'lib yuraversinlar farzandlariga, ona baribir ona-da : )

Forumimiz nomidan ham tabriklab qo'ying onajoningizni.



Qayd etilgan


Usmon  08 Sentyabr 2011, 13:59:14

Bundan uch yil avval ishxonada rahbariyatdan zo'rg'a ruxsat olib, magistraturaga o'qishga hujjatlarni topshirgandim. O'zimni Milliy universitetimga topshiray desam, man o'qigan Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo'nalishi yopilib ketgan, fakultetimizni boshqa yo'nalishlariga esa mani bakalavr diplomimdagi ta'lim shifri to'g'ri kemasmush...

Qayoqqa borishgayam hayron qoldim. O'sha paytda XIM yo'nalishi hamma joydan olib tashlanib faqat Diplomatiya va NarXozda qoldirilgandi adashmasam (undan avval Sharqshunoslik, Milliy, hatto, Islomda ham XIM bor edi)

Shunday qilib, diplomni ko'tarib to'o'g'ri Diplomatiyaga yo'l oldim. Afsuski, qabul komissiyasi diplomiga qarab ham o'tirgani yo'q. Emishki, ular faqat Diplomatiyani bitirganlarni qabul qilisharkan... Bizam soddagina bo'lib, "Ashindeyakandaaa" deb tarvuzni qo'ltig'dan tushireeb ketdik u yerdan.

Xaritamizdagi keyingi joy tabiiyki, NarXoz bo'ldi. Qabul komissiyasi ochered, tirband, hamma o'shayaqqa topshirvottimi diyman... Ishqilib 3 kun diganda navbatim sal yaqinlashib qoldi. O'zimcha XIMga topshirmoqchiman, mandan oldin 10tacha odam bor soat 5 ga yaqinlashib qogan, 6 da esa qabul komissiyasi ishini tugatadi va ertasi kuni oxirgi kun.

Shunaqilib, "bugun topshirolarmikinman" dib o'ylab tursam, bitta amakim foyeda o'rtaga chiqib, e'lon qib qoldila: "Diqqat! Universitetimizda yangi yo'nalish ochildi "Korporativ menejment", topshiradiganlani bezochered qabul qilamiz!!!". Kutvurib charchaganidim, yonlariga borib so'radim "Ta'lim shifrichi? unga qaramiysilami?" Amaki (keyin bilsam u amak qaysidir fakultet dekaniykanla) "Yo'q, farqi yo'q shifrini, iqtisod bo'sa bo'ldi (!)" dedila... Angrayib turgandim, savol berib qoldila: "Ingliz tilini bilasmi?" Uncha-muncha bu tildan xabarim boriydi "Ha" deb javob berdim. "Unda topshirin, nime cho'chiysiz, kak raz siladaka bolla kere! Darslani ko'pi bu yo'nalishda ingliz tilida o'qitiladi"... Ikkilanib qoldim, birinchidan ertaga qogim kemadi, ikkinchidan Korporativ menejment o'zim oldindan qiziqqan soha. Yana darsla ingliz tilida o'qitilsa.... "Nima qilaman XIMni?" deb o'yladim, "to'rt yil shuni o'qiganim yetar..." Amakiga etdim "mana, man topshiraman shu yo'nalishga!". Ulayam xursand bo'p ketdila negadir. Ishqilib, hujjatlani 5 minutga qomiy qabul qivolishdi.

Imtihongayam ozgina qogan.... Bakalavrda korporativ menejment umumiy menejmentni bir qismi sifatida qisqa qilib o'tib ketilgan, uyda o'tirvolib rosa qaytardim o'ziyam..

Ishqilib imtihonlayam o'tdi 3 ta fandan topshirdik, hozir qanaqa imtihon bo'ganiniyam eslagim kemiydi...Ballarim ja yomon bo'madi lekin. Topshirganlayam uncha ko'pmasiydi.

Xullasikalom 20 avgustlada javob chiqadigan bo'ldi... 1-sentabr keldiyamki, darak yo'q javobdan.. har hafta qatnab turibman, aynan korporativ menejmentni javobi yo'q. Hamma yo'nalishlar mandati e'lon qilingan, KM yo'q. Oktabr, noyabr o'tdi... Dekanatga kirsam.."bizayam kutvommiz vazirlikdan, tel. raqamizi qoldirin chiqishi bilan etvoramiz.." deydi... "Xo'p" deyman, kutaman..telefon raqamimniyam kamida 3-4 marta obqolishdi ungacha...

Ashinde cho'zilib, cho'zilib, ishqilib yanvar oyini 20-lari edi adashmasam...borsam KMga kirgan tolibi ilmlar ro'yxati osilib turibdi.

Dunyodagi barcha qiziq narsalani yig'ib kesayam shu ro'yxat hammasidan qiziqroq bo'sa keragooov.. Ro'yxatda yo'nalish bo'yicha qabul qilingan talabalarning ism sharifi turibdi xolos... Na to'plangan ballar, na kirolmagan bechoralani familiyasi bor.....

Dekanatga ko'tarildim.. so'radim "Bu qanaqa ro'yxat? mani familiyam umuman yo'g'u, kiromaganla qani?"... "Familiyezi etin...hmmmm... Fayz..bilasmi, siz ro'yxatda 9-chi bo'p turibsiz, kimdir o'qishni xohlamasa, kontraktni to'lolmasa, sizga xabar beramiz" .. sho'ppayeeeb chiqib ketdim.... e magistraturengayam.... KMingayam... dekanatingayam...digim keldi

Xullas bu voqealar o'tib ketdi. Keyingi yil magistraturaga undan o'lsa o'ligi ortiq joyga o'qishga kirdim, Xudoga shukur, bitiribam oldim. Hozir o'shanda kirmaganimga xursandman qaytaga...

Lekin bir voqea bo'ldi, shu bo'lmaganda bu yerda bu postni qoldirish niyatim yo'q edi...

Bir bola bilan tanishib qoldim.. Gapdan gap chiqib qayerni bitirganini so'rasam... "Iqtisodiyot universitetini KM yo'nalishini magistraturasini" deb qoldi. :-) "Ibi...ha bu.. manam siz kirgan yiliz o'shanga topshirganman", desam, "O'ziz kirmoqchi bo'ganmisiz?" deb so'radi.. "Aha, shundoq bo'ganiydi" dedim..."Kimlar qabul qilinishi oldindan ma'lum ediyu uyoqqa" deb kuldi :-) hmmmm..ehh Usmon, Usmon, dedim ichimda.. Demak haligi Amak reklom qivotganlarida nedobor bo'lib gap eshitib qomiylik, raqobat bo'sin dib man va manga o'xshaganlani qurbonlik keltirvorganakanladeee :-) yaxshi..... juda zo'r

O'sha bolaga etdim: "O'sha yili mandat judaaa cho'zilib ketgandi, yanvarda chiqqandi o'ziyam" disam, yana kulib: "Qiziqmisiz? Mandat 3-sentyabr kuni chiqqan" deb qosa bo'ladimi... ana KMuu, mana XIM yashavor NarXoz, didim ichimda.

O'l-e Usmon, jinni qilib, suvga oborib sug'ormiy obkelishibdi, sanam yurvuribsan ketligidan lo'killaaab...ketgan vaqtimga va mehnatimga achindim....


P.S. Keyin surishtirib bilsam, "9-bo'lib kirdiz" taktikasi hamma shunaqa yo'nalishlarda qo'llanilarkan. "O'zini bosib olsin, janjal ko'tarib yurmasin" deyishsa kerak-da... Shundayam oddiy xalqni o'ylashibdi baraka topkurla

Qayd etilgan


Usmon  17 Oktyabr 2011, 11:00:33

/O'zbekiston Axborot Agentligiga hurmat saqlagan holda/

Yurtimizda bugun asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, Axborot makoni kengayib bormoqda, tabiiyki bu jarayon axborotning sifati, tezligi va ishonchliligi kabi bir qator ko'rsatkichlarning oshishi bilan hamqadamlikda yuz bermoqda.

.uz axborot saytlari ham ancha-muncha ko'payib qolganligi e'tiborga molik.

Shulardan o'zim ko'pincha kirib o'qiydigan saytlardan uza.uz, uzreport.com, uzdaily.uz, ut.uz, xs.uz larni misol qilib keltirishim mumkin. Taassufki, baribir, ko'pchilik axborot saytlarimiz hali ham asosiy ma'lumot va maqolalarni rus tilida berishmoqda. Lekin bugungi post bu muammoga bag'ishlanmagan.

O'zbekiston Axborot Agentligi va uning veb-sayti bugun yurtimizda eng nufuzli axborot manbai hisoblanishi hech kimga sir emas.

Men to'xtalmoqchi bo'lgan masala esa shu saytdagi maqolalardagi birxillik va laganbardorlik kasb etuvchi gaplar, parazit maqtov so'zlari edi.

Gap shundaki, negadir maqola va axborot mualliflari imkon tug'ildi deguncha yaltoqlanib maqtov so'zlarini ishlatishga urinishadi. Kimgadir yoqishga urinishadimi bu bilan, yoki buni ko'rsatib qo'yishgami, yoki boshqa maqsadda - bunisi menga qorong'u.

Gaplarim dalilsiz bo'lmasligi uchun quyida saytdagi yangi qo'yilgan axborot va maqolalardan iqtibos keltiraman, o'zingiz baho bering;

Mana bu "œIdas Elektroniks Sistem" O‘zbekiston — Singapur qo‘shma korxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan Matiz, Damas, Spark, Nexia hamda Lasetti avtomobillari uchun CD/MP3 pleyerlari hamda raqamli soatlar ishlab chiqarayotgani haqidagi yangilikdan:

Iqtibos
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasida ishlab chiqarish subyektlari, qo‘shma korxonalar safi kengayib, ular xalq farovonligini oshirish, aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
Mana bunisi Toshkent farmatsevtika institutida aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlashga bag‘ishlangan anjuman o'tkazilgani haqidagi yangilikdan:
Iqtibos
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari U.Vafoyev, Toshkent farmatsevtika instituti rektori A.Yunusxo‘jayev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson manfaatlarini ta’minlash, aholi salomatligini muhofazalash va tibbiyot tizimini takomillashtirishda yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Mana bu "global iqlim o‘zgarishi muammolari, uning inson salomatligi, ekologik muvozanat hamda iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani" bo‘lib o‘tgani to'g'risidagi yangilikdan:
Iqtibos
O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.Umarov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mintaqaviy va global ekologik muammolarning oldini olish hamda ishlab chiqarish tizimiga ekologik sof texnologiyalarni joriy etishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Bunisi esa "œAlkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingani haqidagi yangilikdan:
Iqtibos
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazilgani haqidagi maqoladan:
Iqtibos
...Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari G‘.Mirzayev, "œKamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi boshqaruvi raisi B.G‘aniyev, xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Xolbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda yosh avlodni barkamol insonlar yetib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanganini ta’kidladi.

Yana qo'yardim iqtiboslardan...ochig'i, zerikdim...

Shu va shunga o'xshash yaltoqlanishlar haddan tashqari ko'pligiga nima sabab? Maqola, yangiliklar mualliflarining laganbardorligimi yoxud ularni tahrirlayotgan muharrirlarning mas'uliyatsizligidanmi?

Hammamiz bilamiz - bugungi kunda barcha islohotlar Prezidentimiz boshchiligida o'tkazilyapti. Mamlakatdagi erishilayotgan barcha yutuqlar va bartaraf etilishi kerak bo'lgan kamchiliklar uchun albatta birinchi navbatda davlat boshlig'i mas'ul bo'ladi, buning ajablanarli tomoni yo'q. Ha, haqiqatdan ham bu o'ta katta mas'uliyat. Lekin shu narsani har ikki gapning birida, imkon bo'lsa ikkalasida ham qayta-qayta uqtiraverish nahot Agentlik xodimlarining "tishiga tegmasa"...

Balki gaplarim noo'rindir, lekin menga bugun shunday tuyuldi...

Qayd etilgan


Usmon  05 Dekabr 2011, 02:38:06

Shuyaqqa yozmasam qayaqqa yozaman diganakan mashoyixlarimizdan biri....

Оммавий ахборот воситаларидан снг қулайи Интернет бслиб қолди... Яқинда газета.уз сайтини "варақлаб" стириб бир кичкинагина снгиликка ксзим тушди. Мақола рус (!) тилида бслиб, унинг мазмуни қисқача қилиб айтганда, мобиль операторларининг катта учлиги (МТС-Ўзбекистон, UCell ва «Билайн») тарифларни ошираётгани, снги йилдан уларнинг барчасида асосий пакетларда бошқа мобиль оператори абонентлари ёки шаҳар телефонлари номерига чиқиш 3 яентни ташкил қилиши,  UCell ва «Билайн»нинг пре-пеид пакетларида сса 1 яентлик абонент тслови киритилиши сълон қилинган ва операторлар расмий сайтига ҳаволалар берилган сди.

Бир қарашда ҳаммаси оддий, "Ҳа, нима бспти, сълон берса бергандир, бир яентга осмон узилиб ерга тушармиди, ҳеч бсмаса, олдиндан огоҳлантиришибди-ку", дейиш мумкин. Лекин ҳаммаси ҳам бунчалик осон смас.

Агар биргина МТСнинг абонентлари сони десрли 10 миллион скани, айтайлик шулардан учдан бири (3 миллион киши) фаол деб ҳисобласак, шу уч миллион одам кунига ҳеч бсмаганда 1 минут гаплашсин. Бу кунига 30 000 АҚШ доллари ойига сса.... салкам 1 миллион АҚШ доллари (!) дегани. Майли, балки бу ҳисоб-китоб жуда қспол ва бир томонламадир. Лекин, мен сътиборингизни қаратмоқчи бслганим бутунлай бошқа жиҳат.

Аритгични миллий қонунчилигимиз томон бурсак. Гап шундаки, 1996 йил 27 декабрда қабул қилинган 355-I сонли "ТОВАА  БОЗОА ЛАА ИДА МОАОЛОЛИСТИК ФАОЛИЯТАИ ЧЕКЛАШ ВА А АҚОБАТ ТЎҒА ИСИДА"ги қонуннинг 6-моддасидаги бир "кичкинагина" жойи масалани бошқа призмадан ксришга имкон сратади. Шу жойни сиз билан бслишсам:

Хсжалик юритувчи субъектларнинг рақобатни чеклайдиган битимлари (келишиб қилинган ҳаракатлари)
Муайсн товар бозорида жами сттиз беш ва ундан ортиқ фоиз улушга сга бслган сзаро рақобатлашаётган ёки рақобатлашиши мумкин бслган хсжалик юритувчи субъектларнинг рақобатни чеклаб қсйган ёки чеклаб қсйиши мумкин бслган битимлари (келишиб қилинган ҳаракатлари), шу жумладан:
қатъий нархлар, тарифлар, чегирмалар, устамалар, қсшимча тсловлар ёки ортиқча нархлар белгилаш ёки уларни сақлаб туришга;
сркин бозор нархлари қарор топишига тссқинлик қилиб, уларни сунъий равишда сстириш ёки пасайтиришга;
...
қаратилган битимлари (келишиб қилинган ҳаракатлари) тақиқланади ва белгиланган тартибда тсла ёки қисман ҳақиқий смас деб топилади.

Ана бслди. А­нди бирма-бир жавоб берамиз:
(1)
- Бу уч гигант компанис мобиль алоқа бозорининг 35%дан ксп қисмини сгаллайдими?
Жавоб аниқ:
- Ҳа. АЛБАТТА! МТС, Билайн ва Юселл биргаликда бозорнинг десрли 90%ни (GSM алоқада 100%) ташкил қилади, адашмасам. Аима бслганда ҳам, бу ксрсаткич 35дан юқорилигини 6-синф боласм билади (5-синф ҳали фоизларни стмаган).

(2)
- Улар сзаро рақобатлашувчи компанисми?
- сна ҲА! бунга ортиқча изоҳни керагисм йсқ.

(3)
- Уларнинг бу ҳаракати рақобатни чеклаб қсйиши мумкинми?
- уҳҳҳҳ, сна ҲА. Албатта! Чунки, агар компанислар келишмай туриб, улардан бирортаси скка ҳолда шу ишни қилганда рақобат натижасида сз абонентларининг анчасидан айрилиши мумкин сди. Келишиб қилинганда сса... рақобат чекланади, абонент ҳам бошини қайси деворга уришини билмай гаранг..

А­нди нархнинг сунъий равишда, келишиб олинган ҳолда оширилаётганига далил шарт смас, деб сйлайман. Ҳар ҳолда Шерман қонунлари киритилганда Америка монополислари бир вақтда "билмаган ҳолда" шу ишни қилишса, улар қаттиқ жазоланган бслса керак.

Хуллас, ана шунақа гаплар. Янги йилга снгича совға. Гап бу ерда яентлар ҳақида смас, шу билан кимдир бойиб қолмаслиги мумкин (лекин 30000 доллар.... сйлаб ксриш керак :-)), аммо ҳалоллик билан бизнеснинг барча қонун-қоидаларига риос қилиб иш тутиш ҳатто хорижий инвесторларнинг ҳам ссидан чиқаётганлиги сйлантиради. Тсғри, мен юрист смасман, балки масалада мен томонимдан тушириб қолдирилган ва муаммога жузъий таъсир стадиган тафсилотлар бордир.. Бироқ шу хушхабарни биринчи ксрганимда келган фикрлар билан сртоқлашгим келди. Иии ... узр телефоним жиринглаб қолди....

З.Қ. Қонундаги товарлар бозори тушунчасига хизматлар ҳам киради.

(c) Usmon Toship

Qayd etilgan