GUNOHDAN TIYILAYLIK...
* Hamma odam o'z gunohlarini yashi biladi.Mening hech qanday gunohim yo'q,deganlar shu gap bilan ham gunoh qilgan hisoblanadi.
*"Men gunoh qilmakni Odam safiyullohdan o'rgandim",deb yozgan edi Boborahim Mashrab.Bu satrlar aslida shoirning iztirobi,tashvishlanishidir.Ammo ayrimlar, "ana,Odam Ato ham gunoh qilgan ekan",deya o'zini ovutadi va shu tariqa hatolar ummoniga g'arq bo'laveradi.
*Ko'ngilni ranjitish ham gunoh.Ka'ba imoratini emas,qalb imoratini vayron qilganlar gunohkordirlar,deya bejiz aytmagan Jaloliddin Rumiy.
*Ota -onaga qo'pollok qilish ham gunoh.Farzandga qo'rs muomila qilish va ularning haddan ortiq erkalash ham gunoh ekan.
*Maqtovga berilish gunoh.Chunki barcha maqtovlar Alohga xos.
*Dunyoga berilish,mol dunyo ortidan quvish,ortiqcha hoyu havasga berilish ham gunoh.Negaki hamma narsa o'tkinchi.Qanoat bobida Imom G'azzoliydan andaza olish kerak.Ul zotning yeguligi bir burda nonu bir kosa suvdan iborat bo'lgan ekan.
*Ko'cha-ko'yda,to'y-tomoshada chiroyli ayollarga(yoki erkakka) qarab,"rosa kelishgan ekan",degan fikrning dildan o'tishi ham kotta gunoh (tovba,bir kunda qancha gunoh qilarkinmiz a?!)
*Yengilgina kasallikka chalinsak ham do'htir do'htir deymiz.Ammo aksariyatimiz vujudimizning yolg'onu hasadddan, kibru manmanlikdan kasallanib bo'lganini anglamaymiz.Vujidning ruhning hastaligidan asaraylik.
*Ishga kechiksak,topshiriqni vohtida bajarmasak,rahbarimizdan dakki eshtishdan qo'rqamiz.Lekin FANO dan BAQO tomonga kun sayin yaqinlashsakda,OHIRAT JAZOSINI unitib qo'yib,yana,yana,yanagunohga botayotganlar kammi?!
*Juda zarurat bo'lmasa,QARZ olish,birovning ustidan behuda ARZ qilish,keraksiz orzu-umidlarni FARZga aylantish,manmanlik uchun Narz berish insoniyligimizdan DARZ ketkazadi.
Agar 20 yoshga kirgan kishi, "NOMOZNI 60 YOSHGA KIRGANDAN KEYIN BOSHLAYMAN",desa, o'ziga 40 yillik gunohni naqd xarid qilgan bo'lar ekan.
manba:"Darakchi" gazetasi Maqsud Jonixonov.
Bu gaplarni yozayotgan men,o'qigan siz,gunohdan tiyilmasak,ikki karra guhonga botamiz.Shunday ekan,keling yurish turishimizni xatti harakatlarimizni shu qadar o'zgartiraylikki,chap yelkamizdagi Farishtaga umuman ish qolmasin.
OMIYN VA Robbil Olamiyn.