Assalamu alaykum...
O'tgan yili boshqa bir restoranda ishlardim, bir sushist (yapon oshxonasi hodimi) kasbdoshimiz bo'lardi, karis millatiga mansub, o'zi Uzbda tug'ilgan, ammo Russia fuqaroligini allaqachon qabul qilgandi...
O'zini tutishi, muomlasi, hatti harakati, shilqimligini sira hushlamasdim, ko'pincha qarama qarshi fikrlashimiz bois, uncha kelisha olmasdik...
Oradan bir muncha vaqt o'tib, boshqa sheriklarimdan, man bilan ko'rishmoqchi ekanligini, Islom diyni hususda qiziqib qolgani va savollari borligini aytibti...
Hursand bo'lib kettim, oldingi hushlamasliklarni, o'rnini qandaydir iliqlik qamrab oldi... Fursatdan foydalanib, Ahmad Deedatni barcha disput va disklarni sotib olib ko'rib, o'zi hulosa yasar deya, u bilan birga ishlayotgan kasbdoshlarimdan berib yubordim...
Kuni kecha ko'rgazmada Horun Yahyoning ham, asarlari, lekciyalari, hujjatli filmlarini olib chiqishgan ekan...
Yaxshi niyatlar ila, "Chudo Korana", "Isus vernyotsya" diskini va yana ikkita kitobini "dlya lyudey rasmishlyayushih" va "otveti ob Islame iz Korana" harid qildim, ko'rgazmadan qaytishda, eski ish joyimga kirib, barcha sheriklar bilan hususan o'sha Lyosha bilan ham ko'rishib, biroz suhbatlashib Horun Yahyoning asarlarini ham hadya qilib qaytdim...
Suhbat davomida, u ayni damda falsafa bilan qiziqib qolganini va falsafiy fanlarni o'rganayotganini aytdi, Moskovdayam bir yaxshi filosof borligini, u kishi ham sobiq nasroniy va 16 yillik cherkov ruhoniysi bo'lganini va ayni damda islomni qabul qilib ko'plab kitoblar va maqolalar muallifi ekanligini, hohlasang u kishi bilan ham bog'lanib savollar bilan murojat etish mumkinligini aytdim (Ali Polosinni nazarda tutib) ...
Kecha sheriklarim kelib, Lyosha dushanba kuni dam olishi va shu kuni birga masjidga borib, o'z ko'zi bilan ko'rib, islomni qabul qilishini aytibti, o'zi borishga botina olmayotgan ekan... Bu habarni eshitib judayam quvonib kettim, o'zimcha nasoro diynini o'rganish mevasi shu bo'lsa ajab emas degan hayollar ham o'tti, albatta hammasi Allohdan ekanligini unutmagan holda...
Ammo u bilan dushanba kuni masjidga bora olmasligimni, chunki ertaga boshqa shaharga uchib ketishim kerakligini o'ylab biroz dil hira bo'ldi va bo'lmoqda
...
Iltimos, shu do'stimizni haqqiga duo mahalda, iftorlik chog'da, joynamoz ustida duo qilinglar, Alloh unga hidoyat eshiklarini keng qilib ochib qo'yishini va ko'ksini islom va iymon nafasi ila to'ldirishini so'rab...