Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750859 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 ... 155 B


JaviK  31 Oktyabr 2010, 00:07:49

Hayot qiziq ekan...
o`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, mana bu yerda qattiq adashgandim, qaniydi imkon bo`lsayu, tuzatib olsam degan hayol o`tadi miyangizdan...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Umr o`taverar ekan...
O`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, bolalikni qo`msab, yana unga qaytishni orzu qilasiz...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Zamon ham o`zgaraverar ekan...
O`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, o`sha zamonlar yana qaytishini orzu qilasiz...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Oxirat ham yaqinlashaverar ekan...
O`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, Iymon, Islom hukm surgan zamonlarni qo`msab, da'vatga oshiqasiz...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Shumi endi hayot degani? Haqiqat deganlari shu bo`ldimi?
Unday bo`lsa haqiqat achchiq ekan... :-[


Haqiqatni shirin bo`lishini iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Qayd etilgan


UzMuslim  31 Oktyabr 2010, 22:30:24

Taqdirimga Yozilganini KO'raman<Hammasiga Chideyman,Hammasiga Roziman Endi...

Qayd etilgan


BelleQizcha  16 Noyabr 2010, 09:33:29

Ozi ozgartirvolib, birovlaga to'nkiydi

Qayd etilgan


UzMuslim  16 Noyabr 2010, 09:59:06

Hehe Diniy Idora Vakillariga Soqol Qo'yish Taqiqlangan Bo'sa...

Qayd etilgan


JaviK  17 Noyabr 2010, 09:56:26

Hehe Diniy Idora Vakillariga Soqol Qo'yish Taqiqlangan Bo'sa...

Ig`vo qo`zg`amang, Tuhmat qilish gunoh!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  17 Noyabr 2010, 17:26:25

Hayot qiziq ekan...
o`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, mana bu yerda qattiq adashgandim, qaniydi imkon bo`lsayu, tuzatib olsam degan hayol o`tadi miyangizdan...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Umr o`taverar ekan...
O`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, bolalikni qo`msab, yana unga qaytishni orzu qilasiz...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Zamon ham o`zgaraverar ekan...
O`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, o`sha zamonlar yana qaytishini orzu qilasiz...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Oxirat ham yaqinlashaverar ekan...
O`tmishga nazar tashlab, xotiralarni qo`lga olasizu, Iymon, Islom hukm surgan zamonlarni qo`msab, da'vatga oshiqasiz...
Lekin iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Shumi endi hayot degani? Haqiqat deganlari shu bo`ldimi?
Unday bo`lsa haqiqat achchiq ekan... :-[


Haqiqatni shirin bo`lishini iloji yo`qligini bilasizu, umid qilasiz...

Haqiqat achchiq bulmaydi. Haqiqat shirin buladi.

Qayd etilgan


azizbek_mx  17 Noyabr 2010, 21:48:43

Aka Samarqandiy, juda baxtiyor kunlarni boshdan kechirmoqdasiz shekili, a? Baxtizga ko`z tegmasin, barcha niyatlarizi Tangrim o`zi ijobat aylasin!

Qayd etilgan


UzMuslim  17 Noyabr 2010, 23:07:08

Hehe Diniy Idora Vakillariga Soqol Qo'yish Taqiqlangan Bo'sa...

Ig`vo qo`zg`amang, Tuhmat qilish gunoh!
Bu Gapizga Qo'shildim...Uzur Uzur..

Qayd etilgan


BelleQizcha  21 Noyabr 2010, 04:12:24

Eyyy osyoliklar... osyoliklar..

Qayd etilgan


ibrohim  27 Noyabr 2010, 16:08:59

 "Bir tiyin"

... eh o'rtag'im, o'rtag'jonim...

    Esimda, Amerikaga ketishingizdan oldin rosa hayajon bilan, ming iztiroblar bilan tayyorlanib imtihonlarga bordingiz. Amerikaga 5 yilga o'qishga yutvoganizdan keyin, xayrlashdik. "Telefon qilib turaman, netdan gaplashib turamiz" dedingiz. Bir-bir gaplashdik, keyin sizni toplmay qoldim, o'zim ham yo'qolib ketdim:telefon yo'q, netga ham kirolmadim. Shundan so'ng na sas bor, na sado...

    ...Kecha shundoq bir joydan chiqa tursam sizni ko'rib qoldim, ichimdan quvonchga to'lib, baqirib chaqirmoqchi bo'ldim. Lekin odamlar borligi uchun sal uyaldim. Sekin borib "o'rtaq qalesiz" dedim. Meni ko'rdiz-u jilmayib:
- ee o'rti qalesan, tuzimmisan, ishlar yaxshimi?
- rahmat, o'zing qalesan, qachon keldin Amerikadan-a, amerikan boy, dedim
   Siz bo'lsangiz men bilan sal tortinibroq salomlashdiz. Boshqa tomondagi allakimlarga qarab qo'yardiz. Nega bunday ekan deb o'ylasam, sal nariroqda uchta to'rtta do'stlariz turishgan ekan. Kelishgan, bo'ylari uzun, qopqora kastim-shimda. Ular ham men bilan sal tortinib so'rashishdi. "Telefon nomerizi berin" dediz-u, "bo'pti o'rtaq man ishxonaga borishim kerak" deb kettiz.
  Xayron bo'ldim, nega bunday qildi, nega unchalik iliq so'rashmadi... Axir shuncha yil ko'rishmadik-ku yoki ust-boshim ularnikiga to'g'ri kelmaganmidi?.. Keyin o'zimni koyib ham berdim... Ko'zimda yosh, ichimda bir alam bilan "yoki hamma amerikaga borganlar shunaqa bo'lib kelishadimi..?" deb o'ylanib, uyga qaytdim...

Qayd etilgan