Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 749368 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 ... 155 B


GRAND  01 Dekabr 2010, 19:12:19

Assalomu aleykum bu mavzuni ko'rib meni ham esimga bir narsa tushubqoldi qoldi buni qaysidir jurnalda o'qigandim va o'sha jurnalni topishga xarakat qildim buni qarangki o'sha jurnalni menga kerakligina betlari saqlanib qolgan ekan.  Shunday qilib boshladim.SALOM XAT! O'glim Ketmonxo'ja! Maktubni juda sekin yozyapman,chunki bilaman,unversitetda o'qisang xam juda sekin o'qiysan.Menam enanggam yaxshi.Xa aytgancha,tog'ang magazin ochdi, 300 so'mga olgan narsani 250 so'mdan sotyapti.Aytishlaricha pulni pul toparmish, buning ustiga naqd pul "oboroti" tez aylanib, shundan katta foyda qilarmish.Ja "xitriy-da", tog'ang. Ukang Mamat yomon aqlli chiqdi zang'ar, bu bilimi bilan sening o'qishingga bemalol kirib ketsa kerak. Kecha qarasam qo'lida ip, tepalikda yuribdi.Enang "Bolam, nima qilib yurbsan?" dep so'rasa, bandman, ip yordamida ob-xavoni urganyapman depdi. Men xam qiziqib, kechqurun yonimga chaqirib, bu jarayon qanday bo'lishini so'radim. Tushuntirib berdi, lol qoldim. Sen xam eshit: agar ip tebransa shamol esayotgan bo'larkan, agar ip xo'l bo'lsa yomg'ir yoqqan bo'larmish. Xatto senam bu yoshda unchalik aqlli emasding. Maxalamizga xali soqoli chiqmagan "Botir baklashka" oqsoqol etib saylandi. Juda halol inson. Tunov kuni bir "Damas" xaydovchisi mashinasida bitta tovuqni bosib qo'ydi. Tovuqning egasini  topib, rozi qilish uchun "Botir baklashka" ning oldiga borib, "Toga,bu tovuq kimniki?" dep so'rabdi. "Botir baklashka" tovuqning  yanchilgan boshiga diqqat bilan nazar solib: "Uka, men sizga garantiya berib aytaman,bu tovuq bizning maxalladan emas. Chunki maxalamizda hech kim yassi bosh tovuq boqqanini eshitmaganmang. Ko'shni maxalaga borib ko'ring", depdi.   Xa aytgancha senga pul yubormoqchi edim, ex esim qursin, qarichilik bilmasdan konvertni yopib qo'yibman mayli xechqisi yo'q. Enang bilan, yog'i... Salom bilan otang.                  P/S: Ko'payib ketgan bo'lsa uzur.   

Qayd etilgan


BelleQizcha  02 Dekabr 2010, 02:41:07

hahaha.. qaysi qishloqdan kegan hat-bu>?

Qayd etilgan


braupov  07 Dekabr 2010, 15:06:51

TAKLIFNOMA
:as:
Hurmatli FORUMDOSHLAR!

Sizlarni 25 dekabr kuni bo'lib o'tadigan "FORUM.ZIYOUZ.COM AWARD- 2010" ning taqdirlsh marosimiga taklif etamiz.
Tadbirda:
2010 yilning eng odobli ishtirokchisi
2010 yilning eng yaxshi suratchisi
2010 yilning eng quvnoq uzeri
2010 yilning eng yaxshi oshpazi
2010 yilning eng ko'p rahmat aytuvchi useri
2010 yilning eng qiziqarli uchrashuvi
2010 yilning eng yaxshi blog egasi
2010 yilning eng ibratli mavzusi  
2010 yilning eng qiziqarli mavzusi  
2010 yilning eng yaxshi tashkilotchisi
2010 yilning eng yaxshi moderatori
2010 yil offtopchisi

kabi bir qancha nominatsiyalrning g'oliblari aniqlanadi.
Shuningdek tadbirda ko'plab yulduzli USERBEK va USERAXON larning tashrif buyurishi kutilyapti.
Shulardan:
Forumda hizmat ko'rsatgan mashhur OFFtobchilar: Mr. TITAN-UZ janoblari (qarsaklar)
Forumda va hatto MDH da hizmat ko'rsatgan OSHPAZ : Mr.Chustiy
Tadbirimiz mehmonlari:
Turkiyalik mashhur ONA - KAPALAK xonim hamda Kanadalik mashhur oftobchi BELLEQIZCHA.
Tadbirimizda yan sizlarni ko'plab yangiliklar kutib qoladi.




P.s. Hato kamchiliklari bo'lsa oldindan uzur so'rayman. 
 

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  07 Dekabr 2010, 17:43:40

Yaqindagina qor yog`ib o`tgan. Ko`cha sovuq, izg`irin yuzlaringizni chimchilab-chimchilab oladi... Qavat-qavat kiyinib olgan odamlar tezroq issiqqina xona, avtobus, metro yohud uydan panox topish uchun shoshilishadi. Men ham sovuqdan qunishgancha bekatga shoshilaman. Shu choq muzdek barmoqchalar qo`llarimdan tutadi:
- Puy beying-g!
O`girilaman. Yupun kiyingan, sochlari jingalak, yuzlari kir-chir bolakay etagimdan tutib, beg`ubor ko`zlari bilan iltijoli boqar, sovuqdan dag`-dag` qaltiraydi...
Sal nariroqda esa (onasi chog`i) bir ayol asfaltga karton qog`oz yozib o`tirib olgan, qo`lida surpga o`ralgan chaqaloq, o`tgan ketgandan tilanib o`tirardi...
Yuragim achishib bolaga pul uzataman.
Ayolning qo`lidagi chaqaloq chirillab yig`laydi...
Balki ayol chindan ham muhtojdir, pul zarurdir, biroq... ONA-ku ahir?! Nahor bag`ridagi bolasining vujudi muzlab borayotganini, sovuqdan ko`zlari achishib ketayotganini his etmasa? Nahot ko`zlarini javdiratgancha odamlardan o`rgatib qo`yilgan robotday "Puy beying!" deb titrab-qaqshab sarson kezib yurgan jimitdekkina bolasiga achinmasa?
- E, yur-yur! Nimasiga achinasan shularni? Qoch naryoqqa!
Bolani chetga surib, qo`limdan tortib ketadi dugonam.
"Ona" go`dagi chirillab yig`lagani sayin balandroq ovozda baqira boshlaydi:
- Xudo hayringizni bersin! Xudo yo`liga...
Sovuqdan titrab-qaqshagan odamlar issiqroq joydan panoh topish uchun shoshilishadi, goh-gohida, allaqayerdandir ojizgina, "Puy beying!" degan tovush eshitilib qoladi...
- Qoch naryoqqa!- deydi kimdir.- Tekinxo`rlar!
Yaqindagina qor yog`ib o`tgandi...
Qor parchalari zaminni oppoq qilgandi-yu, odamlarning yuragiga yog`ishni unutgandi xalos...

Qayd etilgan


Sevdo  12 Dekabr 2010, 21:20:43

Chemik sevgi haqdagi maqolangiz bugungi kunimizni tulig' yoritibdi,rahmat.
                                                                        





                                                                                              
                                                        
                                                                                
                                                                                              



                                

Qayd etilgan


UzMuslim  13 Dekabr 2010, 09:24:33

Albatta Dunyo biri kam deganlari Rost ekan,kunlar birdek o'tovrarkan,atrofindegilar borgan sari sanga qarab o'zgaraverishar ekan,bir porlagan,mansabi bor,amaldor bo'gan odamlar bugun o'tgan kunlarini eslab o'tirishibdi.Farzandiga bergan Tarbiyasi va unga ajratilmagan vaqt uchun achinib ham o'tirishgandir.Nima bo'gan Taqdirda ham Hayot Davom etadi,ALLOH TAOLo Peshonamizga yozganini ko'ramiz,oxirat Kuni esa Qilgan Amallarimizgina Bizni azoblardan Qutqara Oladi,bu Dunyo qiyinchiligi,azobi bu Faqatgina banda uchun berilgan Sinovdir.ALLOH TAOLO Barchangizdan Rozi Bo'lsin.

Qayd etilgan


ibrohim  13 Dekabr 2010, 17:42:40

Chexmikka tanqidiy savol

... o'zingiz bilasiz ijodkor zoti tanqidni yomon ko'radi, lekin yaxshi tanqid bo'lsa yo'q demaydi(lekin baribir ichida so'kib qo'yadi "eee sani o'sha....."deb)

    Siz ta'riflagan "sevgi" ikki yoshni turmush qurgungacha bo'lgan holatiga ta'rif-mi? Yoki turmush qurgandan keyingi-mi?... Yoki umuman olgandagi ta'rif-mi..?

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  13 Dekabr 2010, 18:07:11

Tog'ay Murod bn Chexmikki parqi shuki, Tog'ay Murod XX asrda o'tib ketgan. Chexmik esa zamondoshimiz, porimdoshimiz. Svejiy chiqqan Sevgi nadur degan maqolalarida  yaxshi xayollar yozilibdi.
Muxlisaxon Tog`ay Murod XX asrda emas, 2003 yilda vafot etganlar...

Qayd etilgan


Ansora  13 Dekabr 2010, 18:16:19

Demak Tog'ay Murod yaxshi tanilmas ekan forumdoshlar orasida, u kishini asarlarini joylayabmiz, vaqt bo'lganda o'qib ko'ringlar:)

http://forum.ziyouz.com/index.php?board=66.0

U kishini asarlaridayam ancha-muncha "Xayolga sig'magan xayollar" bor...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  13 Dekabr 2010, 18:57:50

Iqtibos
Turmush qurgandan keyin,sevgi bo'lmaydi,MEHR bo'ladi deb hisoblayman.

 :bsm:

Hayotda ko'proq qiyos qilishni yaxshi ko'raman. Mana shu gapingizni o'qib ushbu fikringizga o'z mulohazalarimni, aniqrog'i qiyoslarimni qoldirib o'tishni joiz deb bildim. Bu ham kimlar uchundir Xayolga sig'magan xayoldir.

Xullas, sizning fikringizcha, turmushdan keyin sevgi bo'lmaydi, mehr bo'ladi. Mening fikrimcha esa ikkalasi ham bo'ladi.

Sevgi oliy tuyg'u. Bu so'z bilan  bir necha sinonim so'zlar yelkama yelka turishadi. Mehr, muhabbat, ishq v.h.

Sevgi oila tayanchi, ya'ni ustunidir. Usiz turmush bo'lmaydi.

Bu tushunchalar ham guyoki oiladagi ota-ona, va uning farzandlari kabi bir-biriga chambarchars bog'liq. Birisiz biri bo'lmaganidek, sevgisiz mehr ham bo'lmaydi yoki aksincha mehrsiz sevgi bo'lmaydi. Bu tushunchalarni alohida alohida emas, balki bir - biriga o'zviy bog'liq deb qarashe kerak.

Bularnig bir ota bo'lsa, biri ona. Yana boshqasi esa bu ikki yoshning jigarg'o'shasi - farzandi. Sevgi - ota, Ishq - ona, Mehr - ularning sevimli o'g'li, Muhabbat - ularning sevimli qizi. Kishi turmush qurgandan oila deb atalmish muqaddas maskanda davru davron suradi. Turmushning to'la to'kisligi oilaning jamiljamligi, bunda xulosa qildimki, kishi turmush qurgandan keyin hammasi jamuljam bo'lishi kerak.


Qayd etilgan