Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750535 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 155 B


Robiya  06 Iyul 2009, 11:23:02

Bir suhbatdan...

- Seni menga mehring yo'q.
- Nega unaqa deysiz, mehrim mana bu yerda (yuragimni ko'rsatdim)...
- Eee, u yerda bo'lganini nima qilaman, bilinmaydi,baribir oshkora bo'lishi kerak.
- Ana,qo'lga tushdiz. Shoshmang endi, dilingda bo'lsa bo'ldi degan Sizmasmisiz? Unda nega hijobga qo'ymayapsiz?.
- ...


Qayd etilgan


Muzayyana  07 Iyul 2009, 15:36:04

Azon ovozini juddda sog'indim...
Ehhh, qani endi azon ovozidan uyg'ongan kunlarimiz...
U kunlarni sog'inib yashayapmiz...
Bir kunda besh mahal shu azon ovozi bazida muslim kanligimizni eslatib turar ediya!
Alloh o'zing sabr bergin...

Qayd etilgan


Muzayyana  07 Iyul 2009, 15:49:37

:as:
Kecha NTT degan kanalga ko'zim tushub qoldi. Qandaydir bir ko'rsatuv bo'layotgan ekan. U ko'rsatuvda ko'cha-kuyda hijob kiyib yuradigan muslimalar haqida gap borar edi. Ularning aytishicha ko'chada hijobda yurish mumkin emas ekan. Bu narsa qonunan mumkin emas ekan.
   Hozirgi kunda Yevropa olimlari hijobning foydalarini birma-bir isbotlab berishayapti. Bu ko'rsatuvda esa hijobning "zararlari" haqida bir doktor (Doktormi yo'qmi bilmadim) opamiz gapirib berdilar. Ishqilib hijob haqida nima desalar dedilar. Keyin ko'chada yurgan hijobli ayollarni so'roqqa tutdilar. Mani eng jahlim chiqqan joyi bir ayoldan so'radilar:
-nega bunaqa qop-qora kiyimlarda o'ranib yuripsiz?
-Dadamiz o'tib qolgandilar azadormiz.
-Bunaqa kiyimda ko'cha-kuyda yurish mumkin emasligini bilasizmi?
-Yo'q. Bilmasdim.
-...
Ayol boshida o'ragan ro'molini yechib tashladi. Atrofda turgan odamlar esa bu hijobni yechayotgan "muslima ayolga" maqtovlar aytishdi:
-Bizni mana shunaqa mardu-maydon ayollarimiz bor (E o'sha mardi-maydoningayam ... deb yuborganimni bilmay qoldim)
Hullaskalom nimani gapirsa gapirdi bu rapartajni tayyorlagan "odamlar"
   Hozir O'zbekistonda hijobli muslima opa-singilarim uchun haqiqiy sinov ketmoqda. Man ularni o'ylab ish tutishlarini so'rardim. Ular uchun kecha-yu kunduz duodaman.

Alloh rozi busin Ziyovuddin postiz oxirida o'rinli maslahat beribsiz bu qo'shtirnoq ichidagi muslimalarga.
Man yaqinda qiziq bir gap eshitib qoldim, nimamish bazi qizlar quyosh nuridan saqlanish uchun, yana turmushga chiqa olmayotganliklari uchun turmushga chiqish uchun, yana bazilari imidjni o'zgartirish uchungina hijob kiyishayotgan emish.
Siz yuqorida keltirgan o'ringa mana shunday opa-singillar to'g'ri kelib qolshsa, albatta ro'molni yechishyapti-da, buni kasriga qolgan taqvoli opa-singillar qolishyapti. Sababi ro'molni yecha olmayman deseyiz, "mana boshqa qizlar yechishyaptiku vaziyat qaltisligida, siz norozilik qilib nimayam bo'lardiz" mana shunday gaplar. Agar o'sha qizlar ham o'z  hollarida, yani hijobda qat'iy turishsinchi, yo'q unday qilisha olmaydi.
Man o'zim guvohman o'tgan yili hijobda yurgan qizlar, mana bu yil mini yubkada yurishibdi, ehhh mana shunaqa.
Alloh o'zi isloh qilsinu, hidoyat yo'lidan adashtirmasin.
Aytishadiku, "Bu dunyo mo'minning zindoni,
kofirning jannati" deb!
Alloh hijobli opa-singillarimni o'z hibzu himoyasiga olsin,
sinovlardan taqvo va iymon bilan o'tib olishlikni nasib qilsin, amin...
InshaAlloh bu dunyoda ham ohiratda ham hushxabar eshitguvchilardan qilsin...

Qayd etilgan


Hadija  07 Iyul 2009, 21:19:18

:as:
Kecha NTT degan kanalga ko'zim tushub qoldi. Qandaydir bir ko'rsatuv bo'layotgan ekan. U ko'rsatuvda ko'cha-kuyda hijob kiyib yuradigan muslimalar haqida gap borar edi. Ularning aytishicha ko'chada hijobda yurish mumkin emas ekan. Bu narsa qonunan mumkin emas ekan.
   Hozirgi kunda Yevropa olimlari hijobning foydalarini birma-bir isbotlab berishayapti. Bu ko'rsatuvda esa hijobning "zararlari" haqida bir doktor (Doktormi yo'qmi bilmadim) opamiz gapirib berdilar. Ishqilib hijob haqida nima desalar dedilar. Keyin ko'chada yurgan hijobli ayollarni so'roqqa tutdilar. Mani eng jahlim chiqqan joyi bir ayoldan so'radilar:
-nega bunaqa qop-qora kiyimlarda o'ranib yuripsiz?
-Dadamiz o'tib qolgandilar azadormiz.
-Bunaqa kiyimda ko'cha-kuyda yurish mumkin emasligini bilasizmi?
-Yo'q. Bilmasdim.
-...
Ayol boshida o'ragan ro'molini yechib tashladi. Atrofda turgan odamlar esa bu hijobni yechayotgan "muslima ayolga" maqtovlar aytishdi:
-Bizni mana shunaqa mardu-maydon ayollarimiz bor (E o'sha mardi-maydoningayam ... deb yuborganimni bilmay qoldim)
Hullaskalom nimani gapirsa gapirdi bu rapartajni tayyorlagan "odamlar"
   Hozir O'zbekistonda hijobli muslima opa-singilarim uchun haqiqiy sinov ketmoqda. Man ularni o'ylab ish tutishlarini so'rardim. Ular uchun kecha-yu kunduz duodaman.
Alloh rozi bo'lsin, Ilohim Alloh  :jl: duolaringizni ijobatini bersin... Sizdek duogo'y muslimlar sonini InshaAlloh ko'paytirsin...

Qayd etilgan


Hadija  07 Iyul 2009, 21:20:45

Dilozor

Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq bo’lishiga qaramay,biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga rahmim keldi.
-    Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? — dedim.
-    Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u.
-    Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6 yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar "œhujum" ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi.
-    Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. — Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor qilmadi.
-    Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bus afar haydovchiga yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi "œprobka" da turib qoldik. Haydovchi nima gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
-    Mendan oldingi ketgan taksi "œKamaz" ga urilib ketibdi!
Men "œyalt" etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi.
-    Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? — dedi kimdur achinib.
-    Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.

M.Hamroyev
(Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

Qayd etilgan


Hadija  07 Iyul 2009, 22:28:23


Yaxshi niyat qilgan yaxshi

Nafisa anchagina qaysar va shaddod qiz edi. Unga sinifdosh do’sti tomonidan sovchi keliganida kuyov bo’lmishni masxara qilib: "œMen lattaga o’hshaganlarni yomon ko’raman. Shunday erga tegayki, qamchisidan qon tomib tursin", degan edi.
"œYaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishta "œomin" deydi", deganlaridek, uning aytgani bo’ldi. Kuyov bola o’qimishli, lekin juda badjahil ekani ma’lum bo’ldi. Arzimas narsani bahona qilib savalar ekan. To’yidan biro y o’tar — o’tmasdanoq onasinikiga yuzlari ko’karib keldi. Birinchi homilasi esa kaltak zarbidan nobud bo’ldi.
Kunlarning birida Nafisani ko’rib tanimay qoldim. yuzlariga barvaqt ajin tushibdi. Garchand ko’ngliga og’ir botsa-da, qizlik paytidagi niyatini eslatdim. Uning ko’zlari namlandi va afsuslanib boshini chayqadi:
- Bekor shunday degan ekanman. Chiroyli, ilmli erim boru, lekin qamchisidan qon tomadi. Hech kim yomon niyat qilmasin ekan.

Nurniso Qosimova
"œMusulmonlar taqvim kitobi"dan olindi

Qayd etilgan


Afruza  08 Iyul 2009, 11:58:41

Bir kuni oylik yo'l chiptasi olish uchun bozorcha oldidagi katta yo'ldan o'tayotganimda, yo'l chetida bir yoshi kattaroq kishining yotganiga ko'zim tushdi. Balki aroq ta'siridir....Balki kasallikdan.... nima bo'lganida ham mashina qatnaydigan yo'lni bir chetida shunday ahvolda. Shuncha erkaklar, yigitlar qarab o'tib ketmoqda (birov achinib, birov jirkanib. Ammo ishimni bitirib qaytib kelmoqdamanki u odam haliyam shu ahvolda). Qiz bola bo'lsam, qo'limdan nima kelardi...
Bu holatni tez-tez ko'chada ko'rib turamiz. Ammo....
Shu voqeani ertasi kuni ertalab o'qishga ketayotganimda yana shunda o'xshash hodisaga ko'zim tushdi. Shundoq bekatni oldida bir itni yaqindagina mashina urib ketibdi. U ham kechagi qariya misoli yo'l chetida... Hayron qolarlisi, yana bir it kelib atrofida aylangani-aylangan. Bir yo'lni u betiga o'tadi, yana qaytib keladi. Avtobusim kelguncha kuzatib turdim.
Qiziq, kechagi inson edi, bugungisi  esa bir daydi it....   

Qayd etilgan


Abdul_Malik  10 Iyul 2009, 17:32:06

Nega hamma ishimni tashlab internetga yuguraman.Unga sarf qilgan vaqtimni ota onamni hizmatiga,ko'makka muhtoj qarindosh urug'imni hizmatlariga sarflaganimda savobga ko'milib ketgan bo'lardim...
Bu huddi nafsga o'hshaydi.
Ey Allohim nafsimni o'zimga qul qilib bergin...

Net bu do'stim balodur
Yonar o'tga solodur
Bir o'rgansa odamzot
"Banggi" bo'lib qolodur......(((


Forumumizda bu mavzuga oid achchiq bulsa ham haqiqat bulgan juda foydali ma'lumotlar bor.

Qayd etilgan


Muzayyana  14 Iyul 2009, 15:57:48

Bir kuni buvim bilan Qur'on ta'limini birga olgan, Umra ziyoratidan aytgan onaxonni ziyorat qilish uchun bordik. Uyga kirib bordik uyda bizdan boshqa ayollar ham ko'p ekan. Mashalloh onaxonga hoji ona bo'lish juda yarashgan ekan. Onaxon hikoyalarini boshladilar.
-Biz diniy qo'mita bilan kelishilmagan holda ketgan edik, yani sayohatchi tarzida, bizni bu yerdan Dubayga olib borishdi, hali Makkaga ruhsat yo'q deb. 6 kun turdik hamki ruhsat yo'q. Na tomoig'imizdan ovqat o'tadi, na uxlagandek bo'lamiz.
Aeroportga chiqdik, bizni guruhni o'tkazmaymiz deyishdi sababi guruh bilan mumkin emas ekan. Shunda ichimizda bir kishi kelinglar tinmasdan istig'for aytaylik dedi. Shu yerga kelganda onaxonni ko'zlarida yosh ko'rindi, Allohni biz gunohkor noshukurlarga qilgan mehribonchiligini qarangki, 5 minut oldin oyog'ini tirab turgan yigitni o'zi bizni chaqirib bitta-bitta samolyotga chiqarib yubordi. Makkaga keldik...Ey voh shunaqangiyam chiroyli joy bo'ladimi a, debman.
Onaxon hikoya qilar ekanlar ko'zlaridan tinmay yosh quyilardi, o'tirganlar hammasi xavas bilan qarashdi.
Madinaga keldik, deb hikoyani davom ettiradilar onaxon.
Tog'larga qaradim, yo Allohim shu tog'larga Rasululloh  :sw: ning ko'zlari tushgan ediya, naxot men ham shularga qarayapman deymanu, tinmasdan yig'layman.
Onaxonni gaplarini eshitib, har qanday muslimni ham o'sha yerlarga borish uchun ishtiyoqi oshadi.
Allohim barchamizga o'sha duolar ijobat, tavbalar qabul bo'ladigan makon ziyoratini nasib qilsin, amin...

Qayd etilgan


Hadija  17 Iyul 2009, 21:07:11

Худо дуоларимни қабул ст!!!

Худодан, мени кибр-у, ҳаводан ҳалос стишини ссрадим, аён бслдики, кибр-у, ҳаводан ҳалос стилмайди, ундан воз кечилади! Худодан менга сабр-у, тоқат ато стишини ссрадим, билдирилдики, сабр-у, тоқат синовлар туфайли ҳосил бслади, унга арзимоқ керак! Худодан менга БАХТ туҳфа стишини ссрадим, англадимки, У мени срлақайди, БАХТли бслишим сса сзимга боғлиқ! Худодан, мени азоб-у, уқубатлардан асрашини ссрадим, кснглимга солдики, азоб-уқубат мени беҳуда ташвишлардан узоқлаштириб, Ўзига сқинлаштиради! Худодан, одамларни ҳудди у мени севгани каби севишим учун мадад ссрадим ва ниҳост, Ундан нима тилашим лозимлигини англадим!
Мен, куч-қувват тиладим, тобланишим учун синовлар юборилди! Донолик тиладим, бош қотиришим учун, чигаллик юборилди! Сабот-у, матонат тиладим, хавф-хатар юборилди! МУҲАББАТ тиладим, мурувватимга муҳтож бечоралар юборилди. Хайр-саховат тиладим, имконист юборилди! Менга тилаган нарсаларим смас, кераклиси ато стилди!!!

Худо дуоларимни қабул ст!!!

Жамолинг соғиниб,
Шом-у, саҳар мен зор йиғларман.
Жунин саҳросида,
Девона мажнунвор йиғларман!!!

Qayd etilgan