Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750542 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 ... 155 B


Aqoid  09 Iyun 2011, 15:28:23



Soch oqaribdi....
Soch oqarishi-bu o'limdan elchilarga o'xshaydida.

Qayd etilgan


AbdurRohman  09 Iyun 2011, 15:30:59



Soch oqaribdi....

Ha tushunarli, shunchun "xotinni gapiga kirma" debsizda ;D

shunaqa tezmi? ;D

Va yoki, xotinni gapiga kirmaganliklari uchun oqargan ;D ;D ;D

oqarsa ham bor ekanu, manda oqarmasdan to'kilvotti :D :D

Uka, yoqtirgan yoqtirdi, malikayi turandodga ega bo'ldingiz, butun sochlar tark etsa ham mayli bundan keyin ;D

nolimiman, opajon, Allohga beadad hamdlar bo'lsin. qilgan niyatimga yarashasini berdi. Sochim to'kilishi ham niyatga yarasha. barbir sochim to'kilib ketadi db yurardim. "Ol qulim" db niyatimni ijobat qildi :)

Qayd etilgan


AbdurRohman  09 Iyun 2011, 15:31:46



Soch oqaribdi....
Soch oqarishi-bu o'limdan elchilarga o'xshaydida.

Oqargan soch Allohni nuri db eshitganman.

Hammasiga sevgi aybdor... ;D

Sevgi diganda nimani tushunasiz???

Qayd etilgan


Ansora  09 Iyun 2011, 15:32:05



Soch oqaribdi....
Soch oqarishi-bu o'limdan elchilarga o'xshaydida.

Chehmikni kayfiyatlari yo'qqa o'hshaydi, yana ham tushib ketmasin, meni dadamni sochlari 18 yoshlarida oqara boshlagan ekan, hapa bo'mang ukasi:)

Qayd etilgan


Aqoid  09 Iyun 2011, 15:42:03

Chexmikni kayfiyati yo'qligiga sabab,ha shuncha payt oinaga qaramagan,mana bugun bir qarab sochining oqini ko'rib qobdi. Sistemani o'zgartirishmas,oinani joylashishini o'zgartirish kerak.

Qayd etilgan


Ansora  09 Iyun 2011, 15:45:50

Chexmikni kayfiyati yo'qligiga sabab,ha shuncha payt oinaga qaramagan,mana bugun bir qarab sochining oqini ko'rib qobdi. Sistemani o'zgartirishmas,oinani joylashishini o'zgartirish kerak.

Chemik, hamma narsani yurakka yaqin olavermang, hammasi o'tib ketadi:)

Hali ota bo'lsangiz nima qilasiz, osonmaaas:) uyqusiz kechalar, o doktordan bunisiga yugirishlar, privivkalar, eheee, shunchun asabni asrang:)

soch oqarsayam joyida turibdiykan-u, sizga ham AbduRohmanga aytgan gapim: yoqtirgan yoqtirib bo'ldi:)

Qayd etilgan


UzMuslim  09 Iyun 2011, 21:38:56

Qatga Kirsen ham 3Dni Reklamasi Jonga Tegdi ommo...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  10 Iyun 2011, 20:46:49

Бехтарин гавхари ганчинаи хастй сухан аст,
Гар сухан чон набувад, мурда чаро хомуш аст?


nima digani bu?

Gavharning a'losi, so'z boyligidir.
Gar so'z jon bo'lmasa, o'lik nechuk jim?
Vallohu a'lam.
(ojizona tarjima)

Qayd etilgan


_IYMONA_  12 Iyun 2011, 05:00:55

Sohibjamol va Mahluq multfilmida Bell ga sovg'a qilingan Qirol uyidagi kaaaatta kutubxonaga havasim keb ketadide :)
Qaniydi mangayam wunaqa kutubxona sovg'a qiliwsa...
Ha-ya... Hamma o'z dardi bilan o'zi ovora! Kimdir soch tolasini oq-qora ajratiw bilan ovora, yana kimdur kaaata kutubxonasi bo'liwini xomxayol qiladi :)
ORZUGA AYB YO'Q.

Qayd etilgan


Sadulla  12 Iyun 2011, 06:53:20

                                          :asl3:

                                     Bir tomonli tanga

   Bir tomonli tangani hech ko’rganmisiz?Bunday tanga bo’lishi mumkin emas-a.To’g’rida tangani ham bir tomonligi bo’ladimi.Axir u o’z nomi bilan tanga-ku!Demak unda ikki tomon bo’lishi kerak.Mayli tanga haqida keyinroq"¦
   Ba’zi paytda ishlarimiz yurishmay qoladi,bir narsaga astoydil harakat qilamiz-u,lekin u ish amalga oshmaydi.Shunda albatta ketgan vaqtimizga,ko’pchiligimiz esa pulimizga achinamiz.Nega shuncha harakat qilsam ham bu ish amalga oshmadi deb o’ylay boshlaymiz.Va bunga javob ham kelib chiqadi,bundan-da yaxshiroq harakat qilish kerak edi,bu narsada tajribasizligim pand berdi,bu narsa amalga oshishiga boshqalar to’sqinlik qildi va oxirgi variantlardan biri omadsizman"¦
Omad —u nima o’zi?Qanday insonlar omadli?Bir ishni xohlasa uni amalga oshiradigan insonlar omadlimi,yoki og’zidan chiqqani bir zumda muhayyo bo’ladiganlar omadlimi,yoki bir narsaga boshqalar qiyinchilik bilan erishsa,u osongina shu narsaga yetishsa mana shu — omadmi?Omadsizlik-chi?Biror narsani eplayolmaydigan,qilgan ishlari chappasiga ketadigan,bir narsaga yelib yugursa ham o’sha ishi amlga oshmaydigan insonlar omadsizmi?Bu ikkisiga biz tajriba,ilm,mahorat,harakatchanliklarni ham sabab qilib ko’rsatishimz mumkin.Va yana bir narsa taqdir"¦ Ha agar biron narsa bizga taqdir qilinmagan bo’lsa,biz qancha yelib yugurmaylik o’sha narsa bizga nasib qilmaydi.Omad va omadsizlikni birgina so’z taqdir bilan alishtirsak qanday bo’larkin?Axir taqdirimizdan qochib qutula olmaymiz,agar taqdirimizda bo’lsa,omad ham,omadsizlik ham biz bilan birga bo’lishi mumkin.Demak bu almashtirishni amalga oshirsak bo’ladi.Men hayoti omadsizliklar bilan o’tganini noligan kishilarni ko’rsam hayron qolaman.Qanday qilib butun umri davomida faqat va faqat mashaqqatlar ko’rib,nafas rostlashga ham ulgurmay,bu hayotni omadsizliklar bilan o’tkazib yuborish mumkin?Shunday insonlar o’zlari omadsizlik deb qabul qilgan ishlarining biron-bir yaxshi tomoni bo’lishi mumkinligini hech o’ylab ko’rishganmikin?Masalan oily o’quv dargohiga hujjat topshirib talaba bo’lishini xohlagan abiturient o’qishga kira olmadi.U keyingi yilgacha yaxshilab tayyorlansa, budjetga kirib ketishi mumkinligi haqida hech o’ylab ko’rganmikin?Yoki biron malakali mutaxxasis ishga joylashmoqchi bo’lib,biron korxonaga borsa,turli xil bahonalar bilan uni ishga olishmadi,u shu paytda agar yaxshilab harakat qilsa,bundan yaxshiroq korxonaga ishga joylashishi mumkinligi haqida o’ylab ko’rganmikan. Mayli shu joyida menga ko’p yillik umrini qiyinchiliklar bilan o’tkazgan biron odamni misol qilib keltirarsiz,yo bo’lmasa,bir oily o’quv yurtiga 4-5 yillab kira olmaganlar haqida gapirarsiz,yo o’qishni bitirib ish topa olmay necha yillab sargardon bo’lib yurganlar haqida e’tiroz bildirarsiz.Ha shunday odamlar ham bo’lishi mumkin,lekin ularni omadsizga chiqarib bo’lmaydi.Bu insonlar qattiq sinovlarga duch kelishmoqda xolos.Shunday insonlar agar bu sinovlarga bardoshli bo’lib faqat yaxshi niyat bilan to’g’ri yo’l sari odim qadam tashlasalar bu qiyinchiliklardan keyin yaxshilik ham keladi.Agar bu foniy dunyoda ro’shnolik ko’rmasalar,qilgan sabrlari va qiyinchiliklarga qaramay to’g’ri yo’lda bardavom bo’lganliklari uchun boqiy dunyo —oxiratda ajrga ega bo’ladilar.Shular haqida ham hech o’ylab ko’ramizmi? O’ylash kerak.O’ylash- bu so’zni fikrlash bilan alishtirsak ham bo’ladi.Bizga hozirgi kunda aynan shu fikrlash yetishmiyapti.Biron ishimiz yurishmasa shu zahoti omadsizlik haqida o’ylab qolamiz,yo bo’lmasa shum taqdirdan nolimiz.Mana shu yerda tangaga qaytsak.Tangani ikki tomoni bo’lganidek,qiyinchiliklardan keyin yaxshilik yetishiga umid qilish kerak.Tanga faqat bir tomon mashaqqat-u,qiyinchiliklardan iborat bo’lmaydi.Faqatgina biz o’zimiz uchun bir tomonli tanga yasab olishimiz mumkin xolos.Bu esa har birimizning o’zimizga bog’liq.
   Xohlagan ishing amalga oshmadimi,ko’p g’amga botma "œHar bir ishda hikmat bor

P.S.Bu meni alg’ov-dalg’ov fikrlarim,xatolar bo’lsa(xato albatta bo’ladi)kaminani mazur tutgaysizlar.


Qayd etilgan