Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750754 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 155 B


Ansora  13 Sentyabr 2009, 21:14:07

Menga ham Sumeyye ismi juda yoqadi. İslom dinida ilk shahid bo'lgan ayol ismi.

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 21:25:42

Men ham 2-3 kun oldin hafa bo'lganimda o'yladim. Bir atrofingga qara! Avvalambor Olloh meni İnson qilib yaratdi, keyin Musulmonman. Hamdlar bo'lsinki Musulmon bo'lishimni farqiga borishimga sabab bo'lgan, bo'layotgan insonlarning orasidaman. Qolaversa, menga qarshi aytilgan bo'lsa ham bu yozuvlarni o'qiy olish uchun Yaratgan sog'-salomat ko'z beribdi. Qolaversa kompyuterdan foydalana olaman. Ham internetga bog'lanihs uchun sharoitim bor. Eng asosiysi, opaginam, men va siddiqa sizni sog'indik, degan xatlar Cheh Mik'dan kelib turibdi: )
Yana bir tarafi Ramazondamiz. Azonlarning ovozi bilan ro'zamizni ochyabmiz. Osmonimizda samolyotlarning emas, qushlarning ovozlari eshitilyabdi.

EEE dedim, bular mening hafa bo'lishimga sabab bo'lganlardan qat-qat ko'p ekanku. Demakki hayot davom etyabdi.
Cheh Mik, sizni baxtli eta oladigan sabablar ishonaman yana ham ko'pdir. Shunday ekan, siz ham u birodarimizga yomon javob bermang.
Eng yumshoq yostiq-holis vijdon ekan, Olloh vijdonimizni halol bo'lishini nasib etsin. Siz ham sizni hafa qilganlarga "Olloh sendan rozi bo'lsin, mening nafsimni yer bilan bir qilishda yordam, berding, deng va yumshoq yostig'ingizda mazza qilib uhlang:) 

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 21:33:19

İstambul uchun azon o'qildi. Jannatda eng uzun bo'yli insonlar muazzinlar bo'lar ekanlar va qanchalik inson ularning o'qigan azonlarini eshitgan bo'lsa, shunchalik savob berilar ekan. Azon o'qigan domla Turkiyada azon oqish bo'yicha 1.chi bo'lgan domla ekanlar. O'ylanib qoldim, bu televizorni faqatgina Turkiyani o'zida 70 milyondan ko'p odam ko'radi, azonni ham eshitdi, undan tashqari juda ko'p mamlakatlardagi Turklar ham o'z kanallarini ko'radilar. Shunday ekan, azgina oldin azon o'qigan domlamizning savoblari acnhaaa bo'libdi-da:) Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 21:43:44

Turkiyada, asosan İstambulda sel bosqini bo'lganini ko'pchilik eshitgandir. Bu sabab bilan meni so'rab, hol-ahvol so'ragan barcha ziyo uz a'zolaridan Alloh rozi bo'lsin. Xudoni ishlari, men İstambulning Anado'lu, yani Osiyo yoqasida "voy dissertatsiyamni qanday qilib xatosiz beraman," "voy charchadim" deb yugirib yurar ekanman, ayni soniyalarda İstambulning Yevropa yoqasida 26 kishi suvdan bo'g'ilib o'layotgan ekanlar. Eng qattiq ta'sirlanganim servis mashinalarining ichidan chiqa olmay o'lgan insonlar bo'ldi. Ajalning qayerdan, qanday kelishini hech birimiz bila olmaymiz. Olloh o'limning ham hayirlisini bersin.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  13 Sentyabr 2009, 22:32:13

"Fotima va Oisha" ismlarini niyat qilganman inshoOlloh.

:ms: men ham aynan shu ismlarni niyat qilib yurgandim...

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 22:40:14

Azizlar, o'g'il bolalar uchun qanday ismlarni o'ylagansizlar? Turmush o'rtog'im Turkiyalik bo'lgani uchun Yıldırım Temur qo'ysakmi, deb hazillashib qo'yamiz bazan:)


Qayd etilgan


Muhseena  13 Sentyabr 2009, 22:53:28

Men Abu Bakr qo'yishni xohlayman.Yaqinda qiz jiyanlik bo'lgandim.Ismini Maryam qo'yishdi.Quvonchdan ichimga sig'madim.

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 23:04:06

Bizlar shunday ismlar qo'yishimiz mumkin, lekin hamma ham bizday talaffuz qila olmasdan buzib aytishi mumkin bu chiroyli ismlarni. Masalaning bu tarafi meni tez tez o'ylantirib turibdi. Keyin ism qo'yayotganda kimga o'hshatib, kimni o'ylab qo'yishingiz ham juda muhim ekan. Chunki bola u kishining harakterini olar ekan. Olloh sizga ham Abu Bakr (Siddiqday) Payg'ambarimizga va dinimizga sodiq farzand bersin. Maryam ismi ham juda muhim ism. Mening jiyanimni ismi ham Maryam:)
Soni oz bo'lgan Musulmonlar Habashistonga qochganlarida Nasroniy diniga mansub bo'lgan qirol Qur'oni Karimda Maryam onamiz bilan bog'liq bo'lgan oyatni eshitishi bilan Musulmonlarga ega chiqib, ularni Musulmonlarning dushmanlariga bermaganligini bilamiz. İslom dini qanchalar Haq din, butun din va Payg'ambarlarga ega chiqadi. Turkiyada İso, İshoq, Zakariya ismlarini tez tez eshitishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 23:10:01

Qizlarda

Mehpare (Oy parchasi)

Mehrimoh (Oy va quyosh) ismi ham yoqadi.

Mehrimoh- Usmonli Podshohlaridan Qonuniy Sulton Sulaymonning birgina qizi edi.
Otasining o'limidan keyin anchagacha siyosat bilan shug'ullanib, davlatni tinchlik va huzur ichida boshqaradi.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  14 Sentyabr 2009, 03:08:54

Azizlar, o'g'il bolalar uchun qanday ismlarni o'ylagansizlar?


Muhammadsaid InshaAlloh shu ismni qo'yaman.

Qayd etilgan