Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750701 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 155 B


Mahdiyah  15 Sentyabr 2009, 08:33:27

Mana shu voqea CHUQUR o'ylashga arzidi...

Ustoz shogirdlari bilan ketishyotganda shogirdlardan biri devor atrofida bir biri bilan oynayotgan itlarga qarab shunday dedi "Anavi itlarni dostligini qarang"
Uztoz javob berdi "O'rtasiga bir suyak tashlang, keyin korasiz ularni bir biriga dostligini"

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Sentyabr 2009, 09:40:33

Erta bahor. Osmonni qora bulut qoplagan. Sovuq badanni junjiktiradi. Mayingina sеvalab turgan yomg'ir birdan tеzlashdi. Ko'kda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi.

Tuman markaziga еtganimda yomg'ir sharros quyib yubordi. Mashinaning oyna tozalagichi ham oynani artib ulgurolmay qoldi. Shuning uchun mashinamni yo'lning bir chеtiga olib, to'xtatishga majbur bo'ldim.

Xuddi shu paytda bozor darvozasidan bir mo'ysayfid kishi chiqdi-da, nima qilishni bilmay ikkilanib, o'rtada turib qoldi. Nazarimda, u yomg'irda ivib kеtayotganini ham sеzmayotgandеk edi. Unga rahmim kеlib, mashinaning eshigini qiya ochdim-da, yonimga chaqirdim.

- Assalomu alaykum, kеling otaxon!

- Vaalaykum assalom! Rahmat sizga, o'g'lim.

- Otaxon, so'raganning aybi yo'q. Shunday yomg'irda qayoqqa otlandingiz?

- Asti so'ramang. Shu dеsangiz, o'g'limni ko'rgani bormoqchi bo'lib, yo'lga chiqqandim. Endi esa, oyog'im tortmay qoldi.

- Balkim yomg'ir tufaylidir?

- Yo'q, bunga yomg'irning sira dahli yo'q. Mеning dardim, manavi joyda, bolam, - dеdi otaxon asta ko'ksiga mushtlarkan.

- Dard yomon narsa. Siz ichingizdagi dardingizni tortinmay mеnga aytavеring. Zora, shunda biroz еngil tortsangiz. Yomg'ir ham hali bеri tinadiganga o'xshamaydi. Qulog'im sizda otaxon.

Dardimni sizga aytsam, ayta qolay. Ortiq uni ko'tarib yurishga toqatim ham qolmadi.

O'sha paytlarda mеn kolxozda bosh mirob edim. Ayni vujudim kuchga to'lib, oyog'imdan o't chaqnaydigan damlar edi. To'y va sayillarda kurash tushardim. Eng oldi sovrinlar mеniki bo'lardi. Qishlog'imiz ahlining eng ishongan polvonlaridan biri bo'lib, obro'-e'tiborim ham o'zimga yarasha edi. Buni qarangki, xotinim kеtma-kеt bеshta qiz tug'ib bеrsa bo'ladimi?

Mеn esa tеzroq to'y-tomosha qilib, el-yurtga osh bеrishni, buning uchun xotinimning albatta o'g'il tug'ib bеrishini juda-juda xohlardim. Aksiga olib, oltinchi farzandimiz ham qiz tug'ildi. Shundan kеyin xotinim ko'zimga xuddi alvastidеk yomon ko'rinib kеtdi. Mеn tеz-tеz ichib olib, uni kaltaklaydigan odat chiqardim. Bunday paytlarda bеchora xotinim qo'shnilarnikiga qochib qutulardi. Hayotimiz shu tariqa janjal-to'palon bilan o'tib borar, xotinimdan sira ko'nglim to'lmasdi.

Shunga qaramay, xotinim yana homilador bo'ldi. Lеkin uning oyoqlari shishib, sog'ligi yomonlashdi. Еttinchi farzandimizni dunyoga kеltirayotganda o'zi ham bir o'limdan qoldi. Baxtga qarshi bu chaqaloq ham qiz bola edi. Endi o'g'ildan butunlay umidimni uzdim. Kеng dunyo ko'zimga xuddi qafasdеk tor ko'rina boshladi. Battar ichkilikka bеrildim. O'sha paytlarda gustohlik qilib, doim qiz tug'ilishning sababini o'zimdan emas, balki bеayb xotinimdan qidirardim. Gunohsiz ayolimni avvalgidеk do'pposlashni kanda qilmas edim. Agar mahalla oqsoqollari, qo'ni-qo'shnilar o'rtaga tushmaginida bilmadim, mastlikda uni o'ldirib qo'ygan bo'lardim.

Bahor kunlarining birida Qoradaryo o'zanidan toshib, qishlog'imizga xavf sola boshladi. Biz sеpoyalar qurib, qirg'oqni mustahkamlay boshladik. Tumanimiz va viloyatimizdan yordamchi kuchlar еtib kеldi. Ko'pchilik bo'lib, hayqirib shiddat bilan oqayotgan tеlba daryoning yo'lini katta qiyinchilik bilan to'sib, toshqin xavfini bartaraf qildik.

Kеchqurun ishdan horib-charchab, choyxonada dam olib, o'tirganimda ulfatlarimdan biri:

- Polvon, bu dеyman bеlingiz qiz bolaning urug'iga to'lib kеtgan shеkilli. Еttinchi farzandingiz ham qiz tug'ilibdi, dеb eshitdik. Shu rostmi? - dеb so'rab qolsa bo'ladimi. Ko'pchilikning oldida uning gapi yuragimga xuddi nashtardеk og'ir botdi. Jahlim qo'zib, go'dakning kallasidеk kеladigan mushtim bilan savol bеrganning basharasiga qulochkashlab solgandim, u o'tirgan joyida cho'zilib qoldi. Hammaning kayfiyati buzilib, o'tirish ham rasvo bo'ldi. Uning burnini sindirganim uchun o'zim ham "ºqamalib chiqdim.

Xotinim еttinchi bolasini tuqqanidan kеyin o'zi ham ancha kasalvand bo'lib qoldi. Do'xtirlar endi tug'sa, o'lishi mumkinligini aytishdi. Shunda ham xotinimni davolatib, parvarish qilishni o'ylab ham ko'rmabman. Nеgadir, unga sira ichim achishmasdi. Barchasiga u aybdor, dеb o'ylardim. Bir kuni xotinim:

- Dadasi, mеni kеchiring. Sizga o'g'il tug'ib bеrolmadim. Qani endi ixtiyor mеnda bo'lganida edi, bolalarimizning hammasini o'g'il bo'lishini istardim, - dеganicha boshini egib, xomush bo'lib qoldi.

Oradan bir yil o'tib, ayolim yana homilador bo'lib qolganini aytib tashvishlandi. Mеn bo'lsa unga javoban:

- Nеga tashvishlanasan? Ehtimol bu safar o'g'il tug'arsan? - dеdim.

- Koshkiydi, shunday bo'lsa, lеkin do'xtirlar endi tug'magin, dеyishgandi-da!

- Qo'rqma xotin, do'xtirlar og'ziga kеlganini qaytarmay aytavеradi-da! Axir ular Xudo emas-ku!

O'shanda do'xtirlarni bеkorga ayblagan ekanman. Sho'rlik xotinim mеning azaliy orzuyimni amalga oshirib, o'g'il tug'ib bеrdi-yu, lеkin o'zi bu dunyodan ko'z yumdi.

Mеn tеntak quvonishimni ham, yig'lashimni ham bilolmay, arosat ko'chasida qolgandim. Sakkizta bola chirqirab qoldi. Mеn uchun nihoyatda qiyin va azobli kunlar boshlandi. Boshimga tushgan bu kulfat hatto, dushmanimning boshiga ham tushmasin dеyman. Sakkizta bolaning qornini to'yg'azish, kiyintirish, kir-chirlarini yuvishning o'zi bo'lmas ekan.

Aslida mеning ko'zlarim ko'r ekan. Tillolarga almashmaydigan xotinim bor ekan-u, mеn ablah uning qadriga еtmay umrini xazon qilibman. Buning uchun o'zimni hеch qachon kеchira olmayman. "Odam shunchalik ham shafqatsiz va kaltafaxm bo'ladimi", dеya o'zimni koyirdim.

Allohning oldida ham, xotinimning ruhi va vijdonim oldida ham juda og'ir gunohga botgandim. Mеning so'qir ko'zlarim juda kеch ochildi. Kunlar o'tgan sayin ich-etimni еb borardim. Mеn yomon dеb, sha'niga loaqal bir og'izgina shirin so'z aytib, erkalamagan ayolimning o'rni va qadri shunaqayam bilindiki, buni so'z bilan ifodalab bеrishga ojizman. Mеn ichish va chеkishni tashladim. Islom ibodatlarini o'rganib, qo'limdan kеlgancha bajara boshladim.

Ibodatga bеrilgan sarim еlkamdagi gunohlarimning qanchalik og'ir ekanligini his eta boshladim. Hatto, bir safar o'zimni o'zim o'ldirmoqchi ham bo'ldim. Ammo o'z joniga qasd qilgan odam do'zaxi bo'lishini va bir etak bolalarimning kеlajak taqdirini o'ylab, shaytonga hay bеrdim. Yaratgan egamga tavba-tazarru qildim. Qolgan umrimni bolalarimga bag'ishlashga ahd qildim. Shunda zora, xotinimning ruhi mеni kеchirar, dеgan umid bilan yashay boshladim.

Qarindosh-urug'lar va qo'ni-qo'shnilar mayda bolalar bilan qiynalayotganimni ko'rib, mеni bir farzandsiz yolg'iz ayolga uylantirib qo'yishdi. Baxtimga ayol ham ancha oqila ekan, bolarimga aslo o'gaylik qilmadi. Aksincha, bolalarimni tarbiyalashda mеnga madadkor bo'ldi. Birin-kеtin qizlarimizni uzatdik.

Endi yolg'izgina o'g'limizni uylantirish harakatiga tushdik. Biroq o'g'limiz Yodgorbеk harbiy xizmatni tugatib, o'zi bilan bir rus xotinni ergashtirib kеldi. O'g'lim xotinini bizga Svеtlana, dеb tanishtirdi. Xudodan tilab-tilab olgan farzandimning bu qilig'idan juda jahlim chiqdi. Ikkovini ham uydan haydab solmoqchi bo'lgandim, lеkin еtti qizim baravar o'rtaga tushib, bunga yo'l qo'yishmadi.

Mеn kampirim bilan qo'shni qishloqda yashay boshladik. Kampirning ota-onasi vafot etib, hovli-joylari huvillab qolgandi.

O'g'lim ikkita farzandli b"ºo'ldi. Lеkin mеnga sira mеhri yo'q. Hеch otamdan xabar olay dеmaydi. Ba'zida o'ylab qolaman. "Bu bola ayolimni ho'rlaganim uchun Xudoyimning mеnga yuborgan jazosimikan yoki bo'lmasa mеhrsizligim uchun bolam ham mеhrsizmikan?" Xudoga shukrki, qizlarim onda-sonda bo'lsa ham kеlib turishadi.

Hozir yoshim еtmish oltiga borib qoldi. Bеsh vaqt namozni kanda qilmayman. Har kuni masjidga chiqib turaman.

Biroq, o'g'limning g'ayridin ayoli bilan yashayotgani mеni barcha qilayotgan toat-ibodatlarimni havoga sovuryapti.

Shuning uchun ham o'ris kеlinimni bolalari borligiga ham qaramay, haydab yubormoqchiman. O'g'lim, siz ko'rinishingizdan o'qigan va ko'pni ko'rgan yigitga o'xshaysiz. Qani, mеnga aytingchi, shunday qilsam to'g'ri bo'ladimi?

- Otaxon, agar mеning gapimga quloq solsangiz, kеliningizni aslo haydamang. Chunki u garchi g'ayridin bo'lsa ham, Xudoning bandasi. Ustiga-ustak tirik еtim bo'lib qolgan ikki go'dakning uvoli sizni battar og'ir gunohga botiradi. Siz o'zingizning rohatingizni ko'zlayapsiz-u, biroq go'daklarning taqdirini hеch o'ylamayapsiz. Axir, bu adolatdan emas-ku!

- Unda mеnga jo'yaliroq bir maslahat bеring.

- Otaxon, sizga maslahat bеrishga mеn hali yoshlik qilaman. Lеkin sizning ahvolingizni tushungan holda quyidagi taklifni aytishim mumkin.

O'g'lingiz Yodgorbеk va kеliningiz Svеtlanaga hamda nabiralaringizga iloji boricha muloyim gapiring. Svеtlanaga o'zbеkona urf-odatlarimizni erinmay o'rgating. Tеz-tеz to'y-marakalarga jo'natib turing.

Qarabsizki, Svеtlana biror yildan kеyin haqiqiy musulmon ayoliga aylanadi, qoladi.

- Rahmat, o'g'lim. Yosh bo'lsangiz ham ko'p narsalardan xabardor ekansiz. Siz tufayli dardim ancha еngillashdi. Sizdan juda-juda minnatdorman.

Bu orada yomg'ir ham tinib, ko'chalar yana odamlar bilan gavjumlashdi. Mеn otaxonni avtobus bеkatiga tashlab, xayrlasharkanman ko'nglimda allaqanday yoqimli qoniqish va xotirjamlik hissini tuydim. Bеgunoh ikki norasidaning baxti asrab qolinganidan o'zimda yo'q shod edim.

Oradan bir oz vaqt o'tib, yana otaxonni uchratib qoldim. Otaxon bu safar ancha mamnun ko'rinardi. Uning aytishicha, Svеtlana bir yil o'tmayoq o'zbеk urf-odatlarini a'lo darajada "o'zlashtirib" olibdi. Uzun sochlarini mayda o'rib, boshida do'ppi, dasturxon ko'tarib to'yga kirib kеlganda hеch kim uni o'ris, dеb aytishga botina olmas ekan. Chunki u o'zbеk tilida ba'zi bir o'zbеklardan ham yaxshi, ravon gapirarkan.

Svеtlana faqat sochining sariqligi va moviy ko'zlari bilangina boshqa ayollardan ajralib turarkan. Hozir ularning bеsh nafar farzandi bo'lib, ikki qizini turmushga uzatibdi. Otaxon esa 79 yoshida kеlinidan xotirjam bo'lib bu dunyoni tark etdi.

Qachon ko'cha-kuyda Svеtlanani ko'rib qolsam, uni ikki yosh bolasi bilan haydab yubormoqchi bo'lgan polvon otaxon yodimga tushavеradi. Shularni o'ylar ekanman, bu dunyodagi hamma narsa umr ham, baxt va mol-dunyo ham o'tkinchi ekaniga yana bir karra ishonch hosil qildim.

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 20:31:21

 :) :) :) :) :)

Bularni hammasi siz uchun, yetarki begona yurtlarda ko'nglingiz hech o'ksimasin:)
Olloh siz bilan insholloh din qardoshim...

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 20:39:38

Jamshidjonni rahmat aytganlarini azgina oldin Turkiyaning naq Davlat kanalidan xabar berishdiya :D

Qayd etilgan


saltanat  16 Sentyabr 2009, 13:05:53

Shoxjahon, unda siz Turkiyadagi bazi hijoblarni hech ko'rmang ekan:((( İslom dinini ataylab yomon ko'rsatish uchun yo'lga chiqqan bu qizlar:(



Tasatturni asil maqsadi, ayol kishini ko'zga tashlanadigan yerlarini berkitish. Bular esa oddiy ochiq ayollardan ham badtar diqqat tortmayabdimi sizningcha??

YO RABBIM, bizlarga asl islomda yashashlikni nasib et, unga yangilik kiritishdan o'zing saqla.

Qayd etilgan


Muhseena  16 Sentyabr 2009, 14:47:15

Endi yangi o'quv yili boshlandi,hamma o'zgargan... :5 :5 :5 Patokda hursandchilik.Ikki kursdoshimizning to'yi bo'lar emish...Xayriyat deb yubordik,to'g'risi  :D,darsda domlalardan gap eshitaverib charchab ketishgan shekilli,mana sizlarga deb to'yni boshlab yuborishibdi...Ilohim Allohim ularga iymon va ofiyat nasib etsin...
 :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :) :)

Yoz mobaynida o'qishni sog'ingandim.Lekin o'qish boshlansa muhitning ta'siriga tushib qolishdan doim qo'rqaman.Bittasi kelib Voy bilasanmi,kech bir yigitni xotiniga hijob o'ratgani uchun qamab qo'yishibdi..Sanga hech narsa qilmadimi??? :o :o :o desa bo'ladimi..Mana ko'rib turibsanku,o'qishda bemalol yuribman,havotirlanma,manga g'in deyolmaydi.Tankam juda kuchli  ::)-deb qo'ya qoldim. ;).
 ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::) ::)  ::) ::)

Bugun xayolimga kelishi kerak bo'lmagan xayol kepqoldi  :),to'g'rirog'i uni xayolimga kelishiga turtki berib yuborishdi.                  
Bir dugonam  shu darajada ochilib ketibdiki,biz u bilan gaplashish uchun navbat poylab turibmiz,endi bunisi bo'rttrib etildi,o'zila tushunvogandirsila.Oxirgi vaqt Alloh bir dard bergandi,sal o'zimmi oldirib qo'ygandim.Bugun yonimga kelib Nodi,siz endi ochilmasangiz bo'lmaydi,bu nima ko'rinish-deb koyib qo'ydi.Iye qanaq qilib ochilaman desam,sal o'zizga qarab,pardoz-andoz qilib yurmaysizmi,dedi.Nega bunga hojat bormi,manga Alloh tabiiy go'zallik ato etganini ko'rmayapsizmi  ::)--deb qo'ydim.Lekin uni gapini o'ylamayman deganimda ham o'yladim.Uyga kelib darrov oynaga qaradim.Menimcha hammasi joyida.Sal ozganimni aytmasam...Oisha onamiz ham juda nimjon bo'lganlarku nima qipti sal ozibman xolos,bir birodarim aytganlaridek,ismaloq yeb hali kuchli qiz bo'lib ketaman-deb qo'ydim. :D Hozir xayolimga kelgan gap,eh kelib-kelib shu narsani o'ylimanmi?Hali qancha ishim bor..Bugun Qadr kechasi inshaAlloh,Gulinikiga boraman,Siddiqa ham kelar ekan.Bugun mazza qilamiz,Allohim niyatlarimga yetkazsin o'ylab yurgan narsalarimni qaranglar.Ishqilib birodarlar duo qilinglar,Muhseena kuchli qiz bo'lib ketsin deb. ;D ;)
***
Cheh Mik smayllarni sog'ingan deb eshitdim.Mana shu smayllar sizga mendan Ramazondan tuhfa bo'lsin.Hayitlini o'sha kuni olarsiz.... :)

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 15:00:43

Erinibgina televizor ko‘ryapman.
— Sotkangiz qani uglim deb kolishdi onam, zaryadkaga qo‘yib qo‘yaman... —  deyishdi onam narigi xonadan.
— Ko’ylagimi cho‘ntagida bo‘lsa kerak...
— Topolmayapman, yo‘q-ku...
— Unda, shimimni ko‘ring.
— Unda ham yo‘q.
— Qo‘yavering, — dedim televizor ko‘rishimga xalaqit berishgani uchun biroz g‘ashinib, — Keyinroq o‘zim topib qo‘yarman dedim
— Biror joyda tashlab kelmadingizmi, ishqilib...
— Yo‘g‘-e.
Jiyanim uy telefonidan raqamimga qo‘ng‘iroq qila boshladi.
— Gudok ketyapti, lekin jiringlamayapti-ku?!
Hayron bo‘ldim.
— Allo... — Qarang, kimdir javob beryapti.
O’rnimdan sakrab turdim-u, go‘shakni oldim.
— Allo!
— Allo, eshitaman, kim bu? — narigi tomondan rus tilida javob keldi.
— O’zingiz kimsiz?
— Menmi? Insonman. — kuldi suhbatdoshim. Aftidan, yoshi kattaroq kishiga o‘xshardi. — Siz o‘zingiz kimsiz?
Nima deyishni bilmay qoldim. Tilimga javob keldi:
— Men — qo‘lingizdagi telefonning egasiman!
— Qaysi telefonning?
— Siz topib olgan telefonning.
— Ha, telefoningizni yo‘qotdingizmi?
— Shunday, shekilli.
— Qaerda yo‘qotdingiz?
— Shu, o‘zimam hayronman, taksiga minganimda yonimda edi.
Suhbatdoshim yana kuldi.
— Qanaqa mashinaga mingan edingiz?
— «Matiz»ga.
— Telefoningiz necha so‘m turadi?
Suhbatdoshimning maydalab savol-javob qilishi malol kelsa-da, sabr qildim.
— 200 ming so‘mga olishsa kerak.
Lekin meni shu tobda telefonimning tannarxi qiziqtirmayotgan edi. Rosti, ishonasizmi-yo‘qmi, telefonim yo‘qolganiga ortiqcha kuyinganim yo‘q, faqat uning xotirasida shaxsiy ma’lumotlarim, oilaviy suratlarimiz, videolavhalarimiz borligi ko‘nglimni g‘ash qilardi. Bu ma’lumotlar begona kishining qo‘liga tushib, ermaklab tomosha qilishini o‘ylarkanman, asabim buzildi.
— Taksida qaerda tushgandingiz?
—«CHPK»ni bozoridan o‘tgach...
— E, uka, telefoning halol pulga kelgan ekan! — birdan u tomondagi kishi sof o‘zbekcha gapira boshladi. — Sendan keyin ham ikki soatcha kira qildim. Telefoning orqa o‘rindiqqa tushib qolgan ekan, hech kim ko‘rmabdi. Uyga kelib qarasam — turibdi. Xafa bo‘lmaysan, telefon chindan ham senikimi-yo‘qmi, aniqlash uchun biroz tergov qildim.
— Hechqisi yo‘q, aka.
— Nima, senga telefon hoziroq kerakmi?
— Ha.
— Kech bo‘lib qoldi-da. Hozir o‘g‘limga aytay-chi, uxlab qolmagan bo‘lsa olib borib beradi...
Soatimga qaradim — 23.15.
— O’sha tashlab ketgan joyimga chiqib kutib tur, uka, o‘g‘lim 20 daqiqada boradi.
Jiyanimni qo‘l telefonini olib, aytilgan joyga chiqdim. «Matiz»lar g‘ir-g‘ir o‘tib yotibdi, lekin hech biri oldimda to‘xtamaydi, deng. Chindan ham olib kelarmikan, deb o‘ylayman ichimda, yoki shunchaki aytib qo‘ydimikan...
Yigirma daqiqa kutgach, raqamimga yana qo‘ng‘iroq qildim. «Boryapman, aka, yaqin qoldim» — yosh yigitning ovozi keldi u tomondan. O’n daqiqalardan so‘ng, oldimga bir «Matiz» kelib to‘xtadi. Shofyor yigit mashina ichida u yoq-bu yoqqa alanglab qaray boshladi. Shu ekan, deya mashinaga yaqinlashib, old eshikni ochdim-u, ichkariladim.
— Yaxshimisiz, uka. Telefon egasini izlayapsizmi? — kuldim salomlasharkanman.
— Uzr, biroz kuttirib qo‘ydim. Lekin, aka, omadingiz bor ekan...
— Rahmat...
Sekin telefonimga qo‘l cho‘zdim. Yigit uni menga uzatarkan, xijolatomuz kuldi:
— Suyunchisi bordir...
— Albatta! — oldindan tayyorlab qo‘yganim 20000 ming Sum pulni ming karra rozi bo‘lib qo‘liga tutdim. Axir, bemahalda birovning yo‘qolgan telefonini qaytarish uchun issiq o‘rnidan qo‘zg‘algan inson har qancha taqdirlashga arziydi-da. Agarda «Ertaga falon joyga kelsang, olasan» desa ham, nailoj, rozi bo‘lardim. Qolaversa, vaqt va benzin sarfi bor. Eng muhimi — birovning haqiga xiyonat qilmasdan, nafsini yengani tahsinga sazovordir. Axir, u ham inson — ichida shaytonlar «qo‘y, egasiga qaytarma, o‘zing ishlataver, sotsang — falon pul bo‘ladi» deb bir zum qutqu qilgan bo‘lsa ajab emas. Biroq u — imoniga dog‘ tushirishni istamagan inson birovning haqiga xiyonat qilmadi: yo‘qolgan matohni egasiga qaytib berdi. Telefonim topilgani — bir xursandchilik bo‘lsa, oramizda shunday insonlarning borligi dilimga yana-da surur, quvonch baxsh etdi. Xayrlasharkanman, dilimdagi beixtiyor tilimga ko‘chdi:
— Katta rahmat. Adangizga aytib qo‘ying haqiqatan INSON ekan!!!
Uyga qaytarkanman, o‘zimcha o‘yladim: «Telefonim topilmasligi ham mumkin edi-ku. Axir, birovning cho‘ntagidan ataylab o‘g‘irlab olib, keyin bemalol ishlatib yurganlar qancha...»

Mahmudjon G'orib.

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 15:02:36

Alloh sizga va sizga o'hshagan butun O'zbek qizlariga kuch-quvvat bersin.
Lekin o'zizga yaxshi qarang. Menimcha sizda ham kamqonlik bor. Kamqonlik butun ayollarda uchraydi. Katta katta yeng. Kamqonlik insonda eng yomoni hotira zayifligiga ham olib keladi.

 Keyin XAYOLLAR XAYOLİZGA KELMAAAY YURMANG  :D :D :D

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  16 Sentyabr 2009, 16:47:31

Мен шу форумга кирмасимдан аввал "Копис", "Вставит"нинг усталари борлигини хаёл қилардим-у, лекин ЖАМШИДЖОА каби устаси фаранглар борлиги хаёлимга сиғмасди. :)

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 16:55:22

Мен шу форумга кирмасимдан аввал "Копис", "Вставит"нинг усталари борлигини хаёл қилардим-у, лекин ЖАМШИДЖОА каби устаси фаранглар борлиги хаёлимга сиғмасди. :)

Rahmat:............................ bilasizu kaminani, o'zi aytib turodim mani chetda qoldirib ketishyabdida deb Sog' - omon bo'ling baxtimizga.

Qayd etilgan