Kecha bir ajoyib namunali din-diyonatli islom ayli haqida Imomlarimizdan birining ma'ruzasini eshitdim. Eshitdimu lol qoldim, to'g'risi qoyil qoldim o'sha sahobaning ayoliga uning dinga bo'lgan qarashiga, hurmatiga va etiqodiga. Siz ham bir o'qib ko'ringa.
Kunlardan bir kuni bir sahoba safarga ketishi oldidan ayoliga qarab:
-Men uydan bir necha oyga ketayapman. Kelgunimcha biron joyga chiqmagin. Uyda o'tirgin. Men shuni xohlayman debdi va yo'lga ravona bo'libdi.
Kunlar o'tibdi bir kuni sahobaning ayolining oldiga uyidan xabar kelibdi. "Otangiz kasal og'rib qoldi" borib bir ko'rib keling" degan xabar. Shunda u ayol:
-Borib otamga ayting men borolmayman. Erim menga hech joyga chiqmagin deb tayinlab ketgan. Shuning uchun erimning ruxsatisiz men borolmayman dedilar va xabarchini jo'natib yuboribdilar.
yana bir ikki kun o'tgach xabarchi yana kelibdi va debdi:
-Otangiz g'arg'ara hjoliga tushdi, borib ko'rmasangiz bo'lmaydi. Tilida faqat sizning ismingiz boshqa hech narsa deyaolmayapdi yuring borib ko'ring.
Shunda u ayol o'ylanib qolibdi. Nima qilsam ekan, otamni borib ko'ray desam erim hech qaerga chiqma degan, agar otamni borib ko'rsam erimga itoatsizlik qilgan bo'laman deb qattiq siqilibdi. Shunda haligi xabarchi "Yuring otangizni shunday paytda borib ko'ring, axir eringiz buni tushinar" debdi.
Shunda ayol:
-Erimku hech narsa demaydi, lekin shariat nima deydi, din nima deydi?-dedilar va xabarchiga xat yozib berdilar va bu xatni Rasululloh s.a.v ga oborib ko'rsating nima derkan dedilar. Xabarchi xatni olib ketdilar va Rasululloh s.a.v ning huzuriga olib kelib ko'rsatdi. Xatni o'qib Rasululloh s.a.v "U ayolga ayting erining aytganini qilsin uyida o'tirsin" deb aytdi.
xabarchi Rasululloh s.a.v ning xabarini etkazdi.
Shunda haligi ayol "Otamga borib ayting oldilariga borolmayman. Endi otam bilan u dunyoda ko'rishamiz" dedilar.
Kunlar o'tib sahoba uyiga qaytib keldi. Shunda ayoli unga qarab "Siz menga uydan chiqma deb aytdingiz, otam qattiq kasal bo'lib g'arg'ara holiga tushib qoldi, shunda ham oldilariga borib ko'rolmadim, otamning diydorlariga to'yolmadim" deb turgan payt eshik taqilladi. Qarasalar Rasululloh s.a.v eshik oldida kulib turibdilar.
Ular "Yo Rasululloh keling" deyishdi. Shunda Rasululloh s.a.v "erining gapidan chiqmay, otasi kasal bo'lganda ham borib ko'rmagan ayol shumi?" deb so'radi. Ular ha deb javob berishdi. Shunda Rasululloh s.a.v kulib turib :
_Hozir menga Jabroildan xabar keldi. Bu ayol erining aytganini qilib shariatning dinining Qur'onning yo'lidan chiqmadi. Hatto otasi shunday holda bo'lganda ham eriga itoatsizlik qilmadi. Shuning uchun bu ayolni ham otasini ham Alloh taolo JANNAT bilan siyladi" deb gaplarini tugatdi.
Shunda haligi ayol erining qo'lidan ushlab unga bosh egib "Yo janobim siz tufayli man ham otam ham JANNATdan joy oldik shafoat qilindik. Alloh rozi bo'lsin sizdan" deb erining qo'lidan o'pdi.
Hozir ham mana shunday ayollar bormikan degan xayol birdan xayolimga keldi. Alloh har birimizga mana shunday sadoqatli, din-diyonatli, itoatkor va imon-etiqodli, xulqi go'zal saliha ayollar nasib qilishini O'zi nasib aylasin Amin!!!