Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750140 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 ... 155 B


Ansora  20 Oktyabr 2009, 19:39:53

Men ohirgi marta (bilmadim nechanchi marta o'qishim) O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitoblarini o'qidim.
Bu kitobni dadam 14.10.1999 yili Gulistondan olgan ekanlar. Shuning uchun ham qadrli bo'lsa kerak. Olgan paytlari hech xayol qilganmidilar ajabo, bir kuni qizim Turkiyalarda o'qib yuradi deb....ha inson hayoti qiziq-daaa.

Har satrida dunyo ma'no bor, Alloh yozuvchimizdan rozi bo'lsin. Ayniqsa onalariga bo'lgan muhabbatlari har doim yuragimni zirqiratib yuboradi. Qisqa novellalar bor edi, "Gilam paypoq" balki eslarsizlar.....rosa ta'sirli...

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 19:55:46

Yonimizda poyezd stansiyasi bor. Poyezd o'tib bo'lguncha butun yayov yo'lovchilar kuta boshladik. Poyezd vagonlari va temir yo'liga qarab, nimagadir
"Tutqich bermas qasoskorlar" filmi esimga tushib ketdi:)
Baribir zo'r ishlangan kinolardan edi. Bolalikda rosa qiziqib ko'rardik akam bilan. Katta bo'lganimizdan keyin bu tur filmlar O'zb-da berilmay qoldi. Bir kuni Rossiya kanallaridan birida berildi. Akam: Voy hammasi yosh bola ekan-u, deb rosa kulgandilar:) Biz bolaligimizda ular ko'zimizga katta odamday ko'ringan ekan-da:)

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 20:09:39

Baribir Sovet paytini ta'siri katta bo'lganda menga o'hshab yoshi 25 dan oshganlar uchun:)
Eng yaxshi ko'rgan kinolarimdan biri "Hur qizlar" edi...Yig'lab yig'lab siqilib-siqilib tomosha qilardim.
İsmim "Z" bilan boshlangani uchun o'zimga Zina Portnova ismini tanlagandim:) chunki shunday deb tayinlashgan edi maktabda:)
sochimni ham unikiday qilib kestirgandim.
Zoya Kosmedemyaskaya haqida kitob o'qib bo'lib "dooood" deb yig'lagandim. Uyimiz 2 qavatli edi, ayam bechora halloslab tepadagi xonaga chiqqandilar. Qizim nima bo'ldi, deb...Ukalarim opam yig'layabdi, deb ayamni yuragini chiqarib yuborishgan ekan...
Ha bazan hotiramga juda eski narsalar keladi, charchab ketaman. Chunki bir-biriga o'hshamagan hayot tarzlarini ko'rdim. Ko'zimni ochganimda SSSR, ulg'aya boshlaganimda Mustaqil O'zbekiston, keyinchalik esa bizga tamoman begona tuzumdagi Turkiyada yashay boshladim...
Allohga shukr, hammasiga qaramay Rabbim O'Zİ'ni tanishni nasib etdi....

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 20:14:16

Maktabdagi "Temurchilar komandasi"ni boshlig'i edim:)
Yani qizbola Temur edim:) Ehtiyoji bo'lgan qariyalarga uy ishlarida yordam berardik:) Ayam: Voy meniyam yordamga ehtiyojim bor, kim menga yordam beradi, deb meni jo'natgisi kelmasdilar. Aya derdim, siz yoshsiz:) Qariganizda sizga ham Temurchilar komandasi yordam beradi, derdim ishonch bilan.
Maktabda bu tur faoliyatlardan mas'ul domlamiz bizga ro'yhat berardi, bugun shu yerga ertaga bu yerga boriladi, deb. Keyinchalik bilsam, bir onaxon u domlani onasi ekan:)

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Oktyabr 2009, 10:53:28

Bir kitobni o'qiganimda undagi kerakli gaplarni, iqtiboslarni eslab qolishga harakat qilaman, hayotda as qotadi dib.

Oxirgi vaqtda o'sha o'qigan kitoblarimni ochib, eslab qololmagan biror gapni topmoqchi bo'lsam Ctrl+F ni qidiradigan bo'b qopman  :D

Qayd etilgan


Robiya  21 Oktyabr 2009, 19:19:44

:as:

 So'nggi o'qigan kitobim Ahmad Lutfiy Qozonchining "Qaynona" kitobi edi. Hozir "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" kitobini o'qiyapman...

Off: ChehMik,savol konkret bo'lgani uchun javobimni ham izohsiz qoldiraman. Haa,menam yoshligimda "Sariq devni minib"ni o'qib,SEHRLI QALPOQCHAni qidirganman :D

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 19:41:54

Men ham Sehrli qalpoqchadan rosa ta'sirlanganman:) ayam, dadam bizni urishishganda "anaaa, iblis ayamni, dadamni ichiga kirib oldi" deb rosa qo'rqardim:)
Aslida bu yozuvchining yutug'i, balki o'sha paytlar farishtalar, shaytonlar haqida, umuman Dinimiz haqida gap aytish mumkin emas edi. Balki yozuvchimiz bu yo'l bilan bizga yaxshi inson bo'lishimiz kerakligini eslatib o'tgandirlar...
Eskiii molxonamiz bo'lardi, sehrli qalpoqchani shu yerdan rosa qidirganman :7

Qayd etilgan


registan  21 Oktyabr 2009, 19:50:11

Mani eng birinchi o'qigan kitobim Hudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" asari edi, o'qib sehrli qalpoqchani qidirishgacha bormasam ham lekin juda ta'sirlanganman. O'qib turib, o'zimdan-o'zim kulib yuborardim. Uydagilar hayron qolishardi. Man o'qib bo'lgandan keyin opam o'qidila. U kishi ham xuddi shu ko'yga tushdilar keyin. :D

Qayd etilgan


Robiya  21 Oktyabr 2009, 20:02:08

Haa, ko'pchilik forumdoshlarga begona emas ekanda bu asar?..
Chindan ham xayolga sig'magan xayollarga guvoh bo'ldik. Sehrli qalpoqcha haqida gap boshlab, ko'pchilikni bolalik kochalariga boshlagan insonga ham rahmat!

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 20:38:21

Jiyanim kihkinaligida Shahrisabz, Shahrisabz, degan ashulani ayamni ismlari Shahrinsa bo'lgani uchun: Shahrinsa aya , Shahrinsa aya, deb ayamga atab aytardi..... : )

Qayd etilgan